Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 96968 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 21 B


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:16:27

Vijdon azobi

Istanbul, 7-dekabr, 1963-yil.

Zaynab!
Nima yozsam, shuni maqtayapsan. Bu bilan sen meni yaxshiroq yozishga da'vat etyapsan. Iliq gaplaring uchun rahmat. Bir xatingda: «Sen nuqul kuladigan narsalarni yozasan», degan eding. Esingdami? Bu galgisi kulgidan yiroq, yurakni ezib yuboradi. Voqeani o'qituvchidan eshitdik. Bizga juda-juda ta'sir qildi.
Tunov kuni darsda Husayn kitobdan bir nimani o'qib berayotgan edi, vijdon azobi, degan birikmaga duch keldi. O'qituvchimiz uni to'xtatib, vijdon azobi nima ekanini bizga rosa tushuntirib berdi. Keyin: «Mana shunga vijdon azobi deyiladi. Tushunarlimi?» deb so'ragan edi, hammamiz «tushunarli, tushunarli», deb aytdik.
—   Tushunarli bo'lsa endi bunga misol keltiramiz.
   Yashar qanaqa bola ekanini o'zing bilasan. Hozir ham orqa partada o'tiradi. Fikri darsda emas, boshqa narsalarda. Dam yonidagi markalarini sanasa, dam qog'ozga rasm chizib o'tiradi. O'qituvchi to'satdan Yasharni chaqirib qoldi.
—   Qani, Yashar, sen ayt-chi, vijdon azobiga hech uchraganmisan?
Yashar o'qituvchining oldingi gaplarini sira eshit-magandi. Chunki o'yin bilan ovora edi. Lekin quv bola emasmi, «ha, dedim, tutildim, yo'q, dedim, qutildim», qabilida ish ko'rganim ma'qul, deb o'yladi. Shuning uchun:
—   Yo'q, afandim, sirayam vijdon azobiga uchramaganman, — deb javob berdi.
—   Iya, bu qandoq bo’ldi? Vijdoning hecham azoblanmaganmi?
—   Hecham, afandim.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:16:44

Nash'a hamisha mahmadonalik qiladi. O'qituv¬chining ko'ziga bo'zrayib qarab turadi-da, sekin qo'lini ko'taradi. Shundayam tinch o'tirolmaydi, hadeb:
—   Men aytib beray. Menga so'z bering, menga so'z bering, — deb javrayveradi.
—   Ha, mayli. Nash'a, sen aytib beraqol. Qani, necha marta vijdon azobini tortgansan, nima voqea ro'y bergan, eshitaylik-chi?
—   Vijdon azobiga ko'p uchraganman, — javob berdi Nash'a kerilib.
—   Bo’lmasa eshitaylik.
—   Qaysinisini aytib beray?
Sinfdagilar sharaqlab kulib yubordi. Sho'ring qurg'ur Nash'a vaqtdan yutmoqchi bo'lgan edi-da. O'qituvchimiz ham miyig'ida kulib qo'ydi.
—   Obbo Nash'a-ey! Vijdoning juda ko'p azob tortgan ekan-da? Mayli, o'zingga ma'qulini gapirib beraver.
Nash'a odatdagidek g'o'ldiray boshladi. Odatini o'zing bilasan, hamisha shunaqa qiladi. Gapni rosa rezinkaday cho'zadi. Bu safargisi ayniqsa oshib tushdi. Oxiri:
—   Kattaga izzat, kichikka hurmat ko'rsatish kerak, — deb ming'illadi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:16:59

Uning bu nasihatomuz gapi o'qituvchini ham qiziqtirib qo'ydi.
—   Xo'sh, innaykeyin? — so'radi u Nash'ani batar hovliqtirib.
—   Bir xotin o'g'liga shu gapni aytib turgan ekan, qo'qqisdan ko'cha eshigi taqillab qopti. Boyagi xotin derazadan mo'ralab qarasa, qaynotasi emish. Darhol o'giini chaqiribdi-da: «Bor, eshikni och, buvang keldi, meni so'rasa, uyda yo'qlar deb ayt», debdi. Bola yugurib borib eshikni ochipti, keyin: «Buvajon, oyim uyda yo'qlar, ko'chaga chiqib ketuvdilar», debdi. Buni eshitgan chol nevarasiga: «O'g'lim, oyingga borib ayt, ko'chaga chiqib ketadigan bo'lsa kallasini derazaga qo'yib ketmasin», deb orqasiga o'girilib ketaveribdi.
Nash'a gapini tugatgach, chuqur tin oldi.
—   Bu gapning senga aloqasi bormi?
—   Yo'q, men buni bir jurnalda o'qigan edim.
—   Unday bo'lsa buning senga nima daxli bor?
—   Menga emas, o'sha bolaning onasiga daxli bor. Vijdon azobini u tortgan.
O'qituvchimiz hammadan bir-bir surishtirib chiqdi. Ma'lum bo'lishicha, oramizda hech kim vijdon azobiga uchramagan ekan. Hamma birovlarni misol qilib keltirdi.
—   Demak, sizlar vijdon azobi nimaligini hali bilmas ekansizlar,— dedi o'qituvchi savol-javobdan keyin. — Biror shaxs biror nojo'ya ish qilgan va keyin o'zi pushaymon bo'lgan taqdirda, u vijdon azobiga duchor bo'ladi. Uning bu nojo'ya harakati kimgadir og'ir botishi kerak.
O'qituvchi biroz o'ylanqirab turdi-da, keyin qo'shimcha qildi:
—   Hozir men sizlarga bir voqeani aytib beraman. Vijdon azobi uchun juda mos bu.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:17:22

Hammamiz jim bo'ldik.
—   U paytlari biz litseyda o'qirdik. Direktorimiz juda badjahl odam edi. O'qishlarni boshlab yuborganimizga endi ikki-uch kun bo'lgan. Sinfimizda yangi bola paydo bo'ldi. Boshqa maktabdan o'tgan ekan. Hali uning isminiyam bilmasdik. U doim bir qo'lini shimining cho'ntagiga tiqib yurardi. Hali yaxshiroq tanishib olmaganimiz uchun nega bunday qilib yurishini so'ramagan edik.
Bir kuni katta tanaffusda litsey hovlisida o'ynab yurgan edik, birdan direktor kelib qoldi. Yangi bolaga ko'zi tushgan bo'lsa kerak, darhol uni chaqirdi. Bola yugurib oldiga keldi. Kelishga keldi-yu, lekin cho'ntagidan qo'lini olmadi.
O'yin taqqa to'xtadi. Bolaning qo'li hamon cho'ntakda. Hammamiz xavotirga tushdik. Chunki direktor qanaqa badjahl odam ekanini bilamiz.
—   Nega qo'lingni cho'ntakka tiqib turibsan? — o'dag'ayladi u. Yangi bola boshini quyi solganicha churq etmay turaverdi.
—   Chiqar qo'lingni!
Direktor qattiq o'shqirdi. Bola qimir etmadi.
—   Karmisan, senga aytyapman!
—   Eshitdim, afandim, — zo'rg'a javob berdi u.
—   Eshitgan bo'lsang, nimaga serrayib turibsan? Ol qo'lingni cho'ntakdan!
Bola sekin boshini ko'tarib, atrofini o'rab olgan tengqurlariga, keyin qarshisida turgan direktorga mo'ltirab qaradi. Ammo cho'ntakdagi qo'lini qimir-latmadi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:17:33

—   Bezorixona emas bu yer! Aytgan gapni qil, ablah!
Qoni qaynagan direktor qulochkashlab turib bolaning yuziga qattiq tarsaki tushirdi. Bola gup etib yerga ag'darildi. Shimining cho'ntagiga tiqilgan chap yengi shalvirab, yoniga tushdi.
Hamma turgan joyida qotib qoldi. O'rtaga mud-hish sukunat cho'kdi. Direktor surat bo'lib qolgan edi.
Bola qo'lsiz ekan. Bir qo'li yo'qligini bizga bildir-maslik uchun yengini shimining cho'ntagiga qayirib yurarkan.
Direktorning ko'ziga yosh keldi. Yerga engashib bolani o'rnidan turg'azdi. Keyin siniq ohangda:
— Shuni ilgariroq aytsang bo'lmasmidi, bo'tam, — deganicha uni qo'ltig'idan olib, xonasiga boshlab ketdi.
O'sha kungi voqeadan keyin qo'lsiz bolani maktabda qayta ko'rmadik. Bola bechora umuman maktab ostonasiga boshqa qadam bosmadi. Direktor uning uyiga borib o'zidan va ota-onasidan kechirim so'radi. Maktabga qaytib kelsin, o'zim unga qarab yuraman, deb yalindi hamki, bola bu dargohga qayta qadam bosmadi.
O'qituvchimiz hikoyasini tugatgach, sinfga chuqur jimlik cho'kdi. Hammani og'ir xayollar chulg'ab oldi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  22 Mart 2010, 01:17:48

Tanaffusga qo'ng'iroq chalindi.
—   Shu voqeadan keyin, litsey direktoriga sinfdan chiqayotib, — vijdon azobi shunday bo'ladi, — dedi.
—   O'qituvchining o'ziyam boshqa odamlarning vijdon azobini gapirib berdi-ku, — hayron bo’ldi Nash'a ancha sergaklanib olgach.
Darvoqe, to'g'ri. O'qituvchimiz ham xuddi bizga o'xshab birovlarning boshidan kechgan voqeani aytib bergan edi.
O'g'ilbola gapni Yashar aytdi:
—   Masala ravshan, bolalar. Vijdon azobi degan narsa egasining esida turmas ekan. Hamma birovlarnikini aytib yurarkan.
Ertasi kuni Damir yangi gap topib keldi.
—   Men buni dadamdan so'radim. Dadam bolalarda vijdon azobi bo'lmaydi, chunki ular hali balog'atga yetmagan, deb aytdilar. Vijdonsizlik ko'proq kattalarning qo'lidan kelarkan.
Bilaman, eng to'g'ri gap shu. Xo'sh, sening fikring qalay? Shunga qo'shilasanmi?
Har kuni o'qishdan kelgach, oyimdan menga xat bormi, deb so'rayman. Meni xursand qilmoqchi bo'lsang, tezroq javob yoz. Yaxshi kunlar yor bo'lsin senga, Zaynab.
Ahmad Tarbay.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:12:58

Sakkiz qizning otasi

Anqara, 10-dekabr, 1963-yil.
Ahmad!
7-dekabrda yozgan xatingni oldim. O'qituvchingiz juda alamli voqeani gapirib bergan ekan. Direktordan kaltak yeb, yerda cho'zilib yotgan nogiron bola hamon ko'z o'ngimda turibdi. Biram yuragim ezilib ketdiki...
Sinfimizda Hikmat degan bir qiz bor. Shu dugonam yaqinda menga bir gap aytgan edi, senga yozay-mi, yo'qmi, deb rosa ikkilandim. Oxiri uning aytganlarini xatga solishga qaror qildim. Sababi shuki, Hik¬mat bu gapni sinfda hech kim bilmasin degan edi. Men ham hozirgacha birovga aytganim yo'q, sir saqlab yuribman. Sen Hikmatni tanimaysan, binobarin, uning sirini senga aytgan bilan so'zimdan qaytgan bo'lmayman. Shundaymi?
Men bu bilan dugonamning g'iybatini qilmoqchi emasman. Masala ancha jiddiyroq, meni juda o'ylantirib qo'ydi. Bu haqda sening fikringni ham bilmoqchiman.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:13:09

Maktabga yangi kelgan kunlarim Hikmatga uncha e'tibor bermagan ekanman. Beozorgina yuradigan, kamgap qiz edi. Oldiniga men uni o'g'il bola deb yurgan edim. Ko'rgan odam uni chindan ham o'g'il bola deydi. O'g'il bolalarga o'xshab kiyinib yuradi, sochlari ham kalta qilib qirqilgan. Juda nimjon. Tanaffus paytida qizlarga ham, o'g'il bolalarga ham qo'shilmaydi, ancha odamovi. Kimligini otiga qarab ham bilib bo'lmaydi. Hikmat degan ism o'g'il bolalardayam, qizlardayam bor.
Bir kuni fizkultura darsi ketayotgan edi. O'qituvchi bolalarni ikki to'pga bo'ldi — qizlar bir tomonda, o'g'il bolalar boshqa tomonda. Hikmat qizlar to'dasiga borib turdi. Oldiniga tushunolmay hayron bo'ldim. Shundagina lining qiz bola ekanini bildim. Juda qiziqib qoldim.
Bir kuni Hikmat maktabga ruhi qattiq ezilgan holda keldi. Sababini so'rasam, aytmadi. Juda qistaganimdan keyin oxiri:
—   Rostini aytsam, men ham bor gapni aytib, bir oz yengil tortgim keladi, — dedi. — Ammo hammaning og'ziga tushishdan qo'rqaman.
Men hech kimga aytmaslikka so'z berdim. Shundan keyingina u butun dardini to'kib soldi. Otadan ular sakkiz farzand ekan. Hammasi qiz bola emish.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:13:26

Hikmatni ba'zan maktabga o'zidan kattaroq bir bola olib kelguvchi edi. Men akasi bo'lsa kerak, deb o'ylab yurardim.
—   Bo’lmasa u bola senga kim bo'ladi? — deb so'radim.
—   Opam-ku u. Kiyimini ko'rib hamma uni o'g'il bola deydi.
Hamma opalari shunaqa kiyinib yurisharkan.
Sababini so'radim.
—   Dadamning ra'yi shu.
—   Xo'sh, nima qipti? Shunga ham xafa bo'lasanmi?
Gapiga qaraganda, otasi o'g'il ko'rishni orzu qilarkan. To'ng'ichiga qiz tug'ilganda rosa ko'ngli o'ksib yuribdi. Ha, mayli, keyingisi o'g'il bo'lar, deb o'zini ovutibdi. Hatto irim qilib, chaqaloq tug'ilmas-danoq ismini o'ylab qo'yibdi. Tanlagan ismi o'g'il bolaniki ekan. Go'yo bola ismga qarab tug'iladigandek... Uning yana omadi kelmaptimi yoki aksiga olibmi, xullas, ikkinchisiga ham qiz ko'ribdi. Ota necha haftagacha kar-soqov bo'lib yuribdi. Tanish-bilishlari uni yupatib, «hali yoshsan, yana ko'p farzand ko'rasan», deydigan bo'lsa, «bular ham qiz bo'lsa nima qilaman», deb ich-ichidan kuyunarmish. Yana farzand ko'radigan bo'lishibdi. Uchalasi ham ketma-ket qiz bo'lmas axir. Ota shu umid bilan yana o'g'il bolaning ismini mo'l qo'yibdi. O'ziga ishonib yuborganidan xotinini tug'ruqxonaga jo'natishi bilan oshna-og'aynilarini uyga chaqirib, ziyofat qilib beribdi. Ziyofat ayni qizib turganida tug'uruqxonaga tele-fon qilgan ekan, yana qiz ko'rganini aytishibdi. Buni eshitib hushi boshidan uchibdi. Lekin nomusi zo'rlik qilib, mehmonlarga buni bildirmabdi. Hammaga o'g'il ko'rdim, deb e'lon qilibdi. Xotini bilan qizlariga po'pisa qilib, birovga gullab qo'ymasliklarini qattiq tayinlabdi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:13:43

O'g'iltalab ota o'ylab-o'ylab oxiri xotinidan ajralishga qaror qilibdi. U o'g'il tug'maydigan xilidan ekan, degan fikrda xotinini qo'yib, boshqasiga uylanibdi. Taqdirning taqozosini qaraki, yangi kelinchak bir yoia egizak qiz tug'ib beribdi... Oldingi xotini boshqa kishiga turmushga chiqib ketgan ekan, arslon-day o'g'il ko'ribdi. «Ahmoq ekanman, xotinimning endi o'g'il tug'adigan payti kelganda qo'yib yuborib, chakki ish qilgan ekanman», deb boyoqishning ichidan rosa qirindi o'tibdi.
O'g'il dog'ida kuyib yurgan ota beshta qiz ko'rga-niga nomus qilibdi. Endi nima degan odam bo'ldim, oshna-og'aynimning yuziga qandoq qarayman, degan andisha bilan boshini olib, boshqa yurtlarga ketibdi. Oradan ancha vaqt o'tgandan keyin uyiga qaytib, ikkinchi xotinini ham taloq qilibdi.
Hikmat bu tafsilotlarni boshqalardan eshitgan ekan, menga ham shu eshitganlarini gapirib berdi.
O'g'il ko'rishni niyat qilib olgan bu odam endi bir beva xotinga uylanibdi. Beva uchta o'g'il ko'rgan ekan, shuning uchun o'g'il tug'ishning qonun-qoidasini bilsa kerak, deb o'ylabdi.

Qayd etilgan