Aziz Nesin. G'aroyib bolalar (roman)  ( 97202 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 21 B


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:14:10

Karnay-surnay bilan to'y qilishibdi. Er yana bir ismni tanlab, orzu-umid bilan xotinini tug'uruqxona¬ga kuzatib qo'yibdi. Bu gal ham oshna-og'aynilariga katta o'tirish qilib beribdi. Dam-badam dasturxon
tepasidan turib, tug'uruqxonaga telefon qoqarmish. Xullas, yarim kechaga borganda natija ma'lum bo’libdi. Qovoq-tumshug'i osilibdi-yu, lekin sirni boy bermabdi. Mehmonlar:
—   Ha, qalay, o'gilmi, holva? — deb so'rashgan ekan:
—   Erkakning xo'roziga xo'roz munosib-da, ha! — debdi kerilib. Ammo boyoqishning ichiga chiroq yoqsa yorimasdi o'shanda.
Dugonam Hikmat shu zaylda dunyoga kelgan ekan. Oltinchisiga ham qiz ko'rgan sho'rlik ota noiloj keyingisidan umid qilishga majbur bo’libdi. Peshonasi sho'r ekanmi, yana umidi puchga chiqibdi — qiz ko'rishibdi. Shundan keyin ancha vaqt xotini tug'may yuribdi. Eri endi bo'ldi, qo'yaman, deb yurganida xotini yana og'iroyoq bo’libdi.
— Yana qiz tug'adigan bo’lsang, o'shanaqasi ketaver, uyga qaytib kelma! — deb po'pisa qilibdi eri uni tug'uruqxonaga eltib.
Hikmatning onasi ham: «Ilohim o'g'il bo’lsin», deb ko'p zorlanibdi-yu, ammo duosi ijobat bo’lmabdi. Yana qizmish. Bunisiga Suad degan ismni tanlab qo'yishgan ekan. Suad bo’lsa Suad-da! O'g'il bola-gayam, qiz bolagayam bo’laveradi bu ism.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:14:37

Hikmatning onasi tug'uruqxonaning bosh hamshi-rasiga yig'lamoqdan beri bo’lib ahvolini tushuntiribdi. Mabodo erim telefon qilib qolsa, qizligini aytmang, deb yalinibdi.
—   Suyunchini cho'zavering, o'g'illik bo’ldingiz, — debdi bosh hamshira ham otani qutlab.
Boshi osmonga yetgan ota o'pkasini qo'ltiqlab tug'uruqxonaga yuguribdi.
—   Qani, qani, azamat o'giimni bir ko'ray! — deb turib olgan ekan, yo'rgaklangan chaqaloqni ko'rsatishibdi.
—   Uch oygacha uyimiz to'yxonaga o'xshab to’lib turdi, — hikoyasini davom ettirdi Hikmat. — Dadam hamisha chaqaloqni «valiahdim», «shahzodam» deb chaqirardi. Shahzodaning onasi — malikaga kuniga har xil sovg'a-salomlar kelardi. Biz ham erkin nafas ola boshladik. Qiz bo’lib tug'ilganimizni dadam endi yuzimizga solmasdi. Dadamiz Suadni yalang'och holda ko'rib qolmasin, deb hammamiz oiib-tirilardik. Dadam kelguncha oyim chaqaloqni yuvib-tarab, tagini almashtirib qo'yardi. Dadam bor paytlarida Suadni cho'miltirmasdik! Bir kunmas-bir kun sir oshkor bo'lishi aniq edi-ku, lekin biz o'sha mash'um kunni qoidan kelgancha nariroq surishga harakat qilardik. Ungacha dadamiz ancha hovuridan tushib qolar deb o'ylardik.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:15:15

Dadam shirakayf bo’lib kelgan kunlari «hammalaring o'giimdan aylanib-o'rgillaring», deb qolardi. Keyin shahzodani bir cho'miltiraman, deb oyogini tirab turib olar, oyim esa, qo'ying hozir o'zi sal shamollab turibdi, deb uni zo'rg'a shashtidan qaytarardi. Eh, bundan ikki kun oldin uyimizda qiyomat qoyim bo’ldi... Hammamiz uxlab yotgan edik, birdan shovqin ko'tarildi. Uyg'onib ketdik. Dadam ovozining boricha baqirar, oyim esa ho'ng-ho'ng yigiardi. Kechasi dadam nima bo’lib ham Suad o'g'il bola emasligini bilib qolibdi. Rosa to'polon qildi. Chaqa¬loqni oyogidan dast ko'tarib olgancha, hadeb: «Meni aldabsanlar... O'gillaring shumi hali», deb bo'kiradi. Suad bechora big'-big' yigiaydi.
Oxiri dadam chaqaloqni oyimga qarab irgitib yubordi.
— Yo'qollaring ko'zimdan! Meni rosa chuv tushi-ribsanlar... Esiz-esiz ketgan pullarim... Jo'nalaring uyimdan!
Dadam bizni uydan haydab chiqardi. Qo'shnimiznikida tunni o'tkazdik.
Hikmat ho'ngrab yigiab yubordi. Dadasi bilan oyisi endi ajralisharmish.
Ketma-ket sakkizta qiz ko'rgan odamga oldiniga kuldim, keyin Hikmatga qo'shilib men ham yig'lab oldim.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:15:43

O'sha kuni maktabdan qaytgach, oyimni so'roqqa tutdim.
—   Oyi, opam tug'ilganida dadam xursand bo’lganmilar?
—   Ha, albatta.
—   Men tug'ilganimda-chi? Undayammi? Oyim jerkib berdi:
—   Ko'p vaysama! Bor, ishingni qil! Men oyimni o'z holiga qo'ymadim.
—   Ayta qoling, oyijon, dadam meni eshitib xafa bo’lganlarmi — yo'qmi?
—   Bunisi o'g'il bo'ladi, deb o'ylagan edi.
—   Metin tug'ilganida rosa suyungan bo'lsalar kerak-a?
—   Ha, o'zini qo'yarga joy topolmay qolgan. O'rtoqlarini chaqirib, katta o'tirish qilib bergan.
—   Bordi-yu, Metinning o'rniga yana qiz ko'rganingizda nima bo'lardi, oyi?
—   Qaydam.
—   Dadam o'g'il bo'lsin, deb turib olarmidilar?
—   Kim biladi deysan... Ehtimol shundaydir. — Xo'sh, namuncha surishtirib qolding buni?
—   O'zim, shundoq.
Tomog'imga bir nima qadalganday bo'ldi. Tashqariga chiqib ketdim.
Hikmatning boshidan o'tgan voqea meni juda o'ylantirib qo'ydi. O'shandan beri bir fikr menga tinchlik bermaydi — xo'sh, baxtsiz odam qiz bola bo'lib tug'iladi-yu, peshonasi yarqiragani o'g'il bo'libmi?
Bu xususda sen nima fikrdasan? Shuni bilmoqchiman.
Oyim boyadan beri: «Yot endi, kech bo’ldi», deb qo'ymayapti. Vaqt ham allamahal bo’lib qoldi, Mayli, yotsam yota qolay. Ertaga maktabdan qaytishda xatni qutiga tashlayman.
Omon boi, do'stim Ahmad.
Zaynab Yolqir.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:16:35

Hali yoshlik qilasan

Istanbul, 14-dekabr, 1963-yil.
Zaynab!
Xatingni o'qir ekanman, yigiashimniyam, kulishimniyam bilmay qoldim. Dugonang Hikmatga qattiq achindim. U bechoraning ahvoli nima kechadi endi? Oilasida biror yangilik ro'y bersa menga ham xabar qil, bilay.
Baxt degan narsa qiz yoki o'g'il bo’lib tugilishga bogiiq ekani ilgari hecham xayolimga kelmagan ekan. Shuning uchun dadamdan fikr so'radim. Dadam buni uzoq tushuntirib berdilar. Gaplarining asosiy mazmuni shu bo’ldi: o'rtada hech qanday farq yo'q, insoniyat erkak va ayoldan tashkil topgan.
—   Gapingiz to'g'ri, dada, — dedim. — Ammo siz qiz bola bo’lishni xohlarmidingiz?
Dadam o'shqirib berdi:
—   Bu nima bema'nilik!
Nimaga jahli chiqqanini tushunolmadim. Go'yo hozir dadam qayta tug'iladiganday. Ayni shu savolni oyimga ham berdim.
—   Koshkiydi erkak bo’lib tugilsam,— dedi u uh tortib.
Kecha o'qituvchimiz bizni muzeyga olib bordi. Qaytishimizda undan ham shuni so'radim.
—   Nega so'rayapsan buni? — hayron bo’ldi u.
Men bor gapni aytib berdim.
—   Bu — kattalarning ishi, sen hali tushunmaysan, qo'y bu gapni, — dedi u oxiri.
Shunaqa gapni eshitsam, qonim qaynaydi. Bizni nuqul hech narsaga aqli yetmaydi, deb o'ylashadi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:16:59

Bir kuni uyimizda qiziq gap bo’ldi. Ukam nimanidir tushunmay dadamdan so'radi. Dadam bo’lsa:
—   Sen hali yoshsan, bunday narsalarga tushun¬maysan, — deb qo'ya qolgan edi, ukam yana qistalang qildi:
—   Siz tushuntirishga urinib ko'ring, dada, tushu-nib qolarman balki.
Dadam uning gapini hali-hali eslab qo'yadi.
Men bir narsaga hayronman. Kattalar biror gapni tushuntirib berish o'rniga nega bizga nuqul: «Hali yoshsan, aqling yetmaydi», deyisharkin-a?
Yaqinda qiziq bir gap bo’ldi. Mana eshit, gapirib beraman.
Oyim ukamni olib qo'shnilarnikiga chiqibdi. Bir gala xotin-xalaj o'tirgan ekan. Shulardan biri homilador bo'lib, bola ko'rishni istamas ekan. Hamma o'z bilganicha unga maslahat beribdi. Ukam bularning gapiga parvo qilmay bir burchakda tinchgina o'ynab o'tirgan ekan, bir juvon: «Hoy ovsin, yosh bola bor-a, eshitib qolmasin tag'in», debdi. Ukam bu gapni eshitib, qulog'ini ding qilibdi. «E, parvo qilmang, go'dak narsa nimani tushunardi», debdi ikkinchisi. Bu gap ukamga qattiq botibdi. O'yinchoqlarini o'ynab o'tirgan bo'lib, hamma gapni eshitib olibdi. «Qo'ying, eshitib qoladi», «Eshitgan bilan baribir tushunmaydi, aqli kirdi-chiqdi hali», degan gap-so'zlar ham qulo-g'iga chalinibdi.
Keyin bilsak, ukam hamma narsaga aqli yetishini ko'rsatib qo'yish uchun payt poylab yurgan ekan.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:17:19

Tunov kuni uyimizga mehmonlar kelishdi. Ham¬ma o'tirgan edi, ukam mehmonlardan biriga qarab to'satdan:
—   Homilador ekansiz-a, xola?— deb qolsa bo'ladimi.
—   Shunday, o'g'lim,— dedi boyagi juvon o'ng'aysizlanib.
—   Endi tug'asizmi?
Dadam bilan oyim ko'z urishtirib olishdi. Ukam hamma narsaga aqli yetishini isbotlamoqchi bo'ldi shekilli, yana valdirab berdi:
—   Bitta xolani ko'rdim, qorni katta-yu, lekin tug'mayman, dedi. Oyi, to'g'rimi gapim?
Oyim lavlagidek qizarib ketdi. Bu noqulay ahvoldan chiqish uchun erkaklar gapni boshqa yoqqa burishdi. Lekin ukamning jag'i tinmadi.
Hamma eshitgan gaplarini oqizmay-tomizmay so'zlab berdi:
—   Bas endi, jim bo'l! — jerkib berdi oyim.
Ukam yana javray ketdi. Eshitgan-bilgan narsalarini to'kib soldi. Mehmonlar kulishgan bo'ldi. Oxiri oyim uni qo’lidan ushlab, narigi xonaga olib ketdi. Ukam ho'ng-ho'ng yig'lab:
—   Ha, hech narsaga tushunmas ekanmanmi... Hammasiga aqlim yetibdi-ku... Nimaga meni tushun¬maydi deysizlar, — deb uyni boshiga ko'tardi.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:17:39

Oyim ukamni tinchitgach, xonaga qaytib kirdi.
—   Shu zamonning bolalariga hayronman. Hamma narsaga aqli yetadi-ya, — dedi boyagi juvonning eri.
Men odinroq lip etib o'rnimdan turib ketgan edim.
To'g'risini aytsam, ukamning bu qiiig'idan ko'p xursand bo'ldim.
Dars paytida o'qituvchimiz men nima xayolda o'tirganimni sezganday:
—   Yurtimizda respublika e'lon qilingach, erkak¬ lar bilan ayollar teng huquqqa ega bo'ldi. Endi har sohada ularning huquqi teng, o'rtada zarracha farq yo'q, — dedi.
Bu gap Yasharning erkaklik nafsoniyatiga og'ir botdi.
—   Hecham farq yo'qmi?
—   Aslo.
—   Rostdanmi?
—   Ha! — o'shqirdi o'qituvchi.
—   Unday bo'lsa, nimaga «Xotin-qizlarning huquqini himoya qilish jamiyati» tuzilgan? Nega erkaklarniki yo'q? Oyim shu jamiyatga a'zo, bilaman buni.
Befarosat Nash'a luqma tashladi:
—   Jonivorlarni himoya qiladigan jamiyat ham tuzilgan...

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:17:56

Uyga qaytayotganda ham nuqul shu haqda gaplashib keldik.
Kechki ovqatdan keyin dadam gazeta o'qib o'tirgan edi. E'longa ko'zim tushdi. Yangi kazino ochilibdi. Striptizga tushadigan xotinlarning yalang'och rasmi ilova qilingan.
—   Dada, erkaklar nega striptiz o'ynamaydi?
Dadam gazetani bir chekkaga uloqtirib, menga g'alati qilib tikildi.
—   Esing joyidami, o'g'lim? Erkak kishiga balo bormi striptiz o'ynab?!
—   O'qituvchimiz bugun erkaklar bilan ayollar teng huquqli bo'lgan, deb aytdi-ku axir. Huquq teng bo'lgandan keyin erkaklar ham striptiz tushishi kerak-da.
—   Er kishining yo'rig'i boshqa, o'g'lim. Harholda erkak bilan xotin kishining o'rtasida qandaydir farq bo’lishi kerak.
Ish tikib o'tirgan joyida oyim gap tashladi:
—   Nimasini aytasiz. Erkak kishi kechasi bilan ko'chada sang'ib yursa hech kim hech narsa demaydi. Ayol kishi qilsa-ya, shu ishni... Darrov badnom bo'ladi. Bunisiga nima deysiz? To'g'rimi shu?
Dadam bilan oyim gap talashib qolishdi.
Menga bergan savoling haqida ko'p o'ylab ko'rdim. Tagiga yetolmadim. Kimdan so'ramay, tuzukroq javob ololmadim. Menimcha, ayol kishining ham, erkak kishining ham o'ziga yarasha baxti bor. Tarixda juda ko'p oqila, buyuk ayollar o'tgan. Agar shu ayollardan: «Erkak bo'lib tug'ilishni istarmidingiz?» deb so'ralganida nima deb javob bergan bo'lishardi, bilasanmi? Chamamda, yo'q, istamayman, degan bo’lardi. O'g'il yoki qiz bo'lib tug'ilishning ahamiyati yo'q. Eng muhimi — har kim o'zidan, o'z ishidan rozi bo'lsin. Baxt mana shunda.
Senga chin yurakdan muvaffaqiyat tilayman.
Ahmad Tarbay.

Qayd etilgan


ZUBAIR  25 Mart 2010, 02:18:31

O'mrov suyagi

Istanbul, 2-dekabr, 1963-yil.

Zaynab, do'stim!
Sendan har ikki-uch kunda bir marta xat olishga o'rganib qolganman. Kuniga pochtalonni kutaman. Maktabdan kela solib, menga xat-xabar bormi, deb oyimdan ham so'rayman. Agar sendan xat kelmagan bo'lsa. o'zimni qo'yarga joy topolmay yuraman. Odatda, senga xat yozib yuborganimning to'rtinchi yoki beshinchi kuniga borib javob olguvchi edim. Ammo mana to'qqiz kun ham bo'ldiki, sendan hamon darak yo'q. Yuragimga g'ulg'ula tushdi. Javobini ham kutmay darrov xat yozgani o'tirdim.
Senga oldingi xatni yozib yuborganimning ertasi kuni sinfimizda qiziq bir hangoma bo'ldi. Mana, eshit.

Qayd etilgan