Axloq-odobga oid hadis namunalari  ( 74713 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 B


Foniy  01 Mart 2008, 19:11:46

661. Moxov kasaliga uchraganlarni tikilib tomosha qilmanglar!

662. Odamlardan hech bir narsani tilanib so’rama. Hatto ot ustidan qo’lingdan oqamching tushib ketsa ham, o’zing tushib ol!

663. O’lib ketganlarni yomonlab haqorat qilmanglar, chunki ular qilmishlariga yarasha mukofot yoki jazo oladigan joyga ketganlar.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:12:29

664. O’lganlarni haqoratlab, ularning tirik qarindoshlarini ranjitib qo’ymanglar!

665. Ayollarni urmanglar!

666. Birodaring biror og’ir ahvolga tushib turganda sen uning ustidan kulma. Agar kulsang Tangri unga marhamat qilib, og’irini yengil qilishi va uning kunini sening boshingga solib qo’yishi mumkin.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:13:30

667. Birovning tashqi ko’rinishiga yoki qilayotgan yaxshi ishiga qarab uni maqtashga shoshilmanglar, balki uning oxirgi holiga nazar solinglar!

668. G’azablanma!

669. Qabr yonidan o’tayotgan odam hayotdan to’yganligidan: "œKoshki shu qabrdagi o’lik o’rnida men yotsam", - deydigan zamon kelmaguncha qiyomat qoyim bo’lmaydi.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:14:18

670. Badbaxt odamdagina rahmu shafqat bo’lmaydi.

671. Hayotda ko’p yanglishgan va ko’p tajriba orttirgan kishilargina yuvosh va muloyim bo’lib qolurlar.

672. Bo’sh yerlarni o’zicha chegaralab o’ziga mulk qilib olish va savdoda o’zi olmayhdigan narsaning bahosini ko’tarib ketishlik islomda yo’q.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:15:05

673. Bir-birlaringga Tangrining la’nati, g’azabi yoki do’zaxini tilab so’kishmanglar.

674. Mehmondo’st bo’lmagan odamdan yaxshilik kutilmaydi.

675. Birovga ham zarar yetkazma, o’zingga ham birov zarar yetkazishiga yo’l qo’yma. Bularning ikkisi ham islomda yo’q.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:15:57

676. Mozorlarga, aziz-avliyolarga atab qurbonlik qilish islomda yo’q.

677. Birovning molu mulkiga tajovuz qilish islomda yo’q.

678. Istig’for (kechirim so’rash) bilan katta gunohlar ham kechiriladi. Muttasil qilinaversa kichik gunohlar ham kattaga aylanaveradi.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:16:34

679. Gunoh ishlarni qilaman deb ichilgan nazr (qasam) amalga oshirilmasin.

680. Johiliyat odatlaridan biri hayvonlarning birinchi bolasini qurbonlik qilish, ikkinchi odat — rajab oyida jonlik so’yish islomda yo’q.

681. Uch kundan ortiq arazlashib yurish islomda yo’q.

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:17:16

682. Tilini befoyda so’zlardan tiyib olmaguncha kishi imonning halovati qanday bo’lishini sezmaydi.

683. Hech bir savobli ish Tangri man etgan narsalaridan saqlanishga barobar kela olmaydi.

684. Bir-birlaringizga tuhmat va bo’hton qilmanglar!

Qayd etilgan


Foniy  01 Mart 2008, 19:18:22

685. Mo’min kishi birovning haqiga xiyonat qilmaydi.

686. Hech kim o’ziga-o’zi o’lim tilamasin. Chunki yaxshi odam bo’lsa, tirik holida savobli va xayrli ishlarni ko’p qilishi mumkin. Agar gunohlari ko’p bo’lsa, tavba qilishga imkoniyat topadi.

687. Dinu diyonatini saqlash yo’lidagi qiyinchililklarga sabr qilaman degan odam uchun go’yo qo’lida yonib turgan cho’g’ni ushlab turgandek bo’ladigan zamonlar ham keladi.

688. Ishni puxta va chiroyli bajaruvchi odamni Tangri do’st tutadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Fevral 2009, 09:48:24

Axloq-odobga oid hadis namunalari



Muallif: Hamidulla Hikmatullayev, Abdulaziz Mansurov
Hajmi: 149 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan