Rahmatulloh Obidov. Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir  ( 232012 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 36 37 38 39 40 41 42 43 44 B


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 15:48:15

Umar ibn Xattob (r.a.) Payg‘ambar masjidlarini kengaytirish lozim bo‘lganda quruvchi ustaga shunday amr etgan edilar: «Masjidni avval qanday bo‘lsa, odamlar uchun xuddi shunday qurib bergin, devorlarni sariq, qizil ranglarga bo‘yamagin, namozxonlarni chalg‘itmasin!»

Ibn Abbos (r.a.): «Masjidni yahudiylar va nasroniylar kanisalarini bezaganlaridek tillo bilan bezamanglar!» - deganlar.

Bunday dabdababozlikdan qaytarishni musulmonlarga bo‘lgan hurmat deb qarashimiz kerak. Chunki, masjidlarning obod va go‘zalligi jamoatning ko‘pligi, ibodatni butunlay Allohga tavajjuh bilan qilinganligidadir.

Muso (a.s.) qurgan «qubbatuz zamon» bani Isroil adashib yurgan Tiyh vodiysida edi. Shuning uchun bu qubba yahudiylarning ka’basi va qiblasi bo‘ldi. Bu ka’baning imomi Muso (a.s.) edilar. Qubba yonida qilinadigan qurbonliklarga esa Horun (a.s.) mutasaddi edilar. Horun (a.s.)ning vafotlaridan so‘ng, u kishining avlodlari qurbonlik marosimlarini hozirgi vaqtgacha boshqaradilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 15:50:23

Muso (a.s.)ning vafotlaridan keyin u kishining ishlari shogirdlari Yusha’ ibn Nunga qoldi. Yusha’ ibn Nun bani Isroil qavmini Baytul maqdisga olib kirdilar. Muso (a.s.) o‘rnatgan qubba Baytul maqdis yonidagi katta qoyatosh ustiga o‘rnatildi. Odamlar shu qubbaga qarab namoz o‘qirdilar. Qubba yo‘q bo‘lib ketganidan keyin uning poydevori bo‘lgan qoyatoshga qarab namoz o‘qish davom etdi va bani Isroil payg‘ambarlarining qiblasi shu qoyatosh bo‘lib qoldi. Hatto Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham hijratdan avval shu qiblaga qarab namoz o‘qir edilar va o‘zlari bilan qibla orasiga Ka’bani qo‘yardilar. Madinaga hijrat qilganlaridan keyin namoz farz bo‘ldi va Rasululloh (s.a.v.) o‘n olti yoki o‘n yetti oy Baytul maqdisga qarab namoz o‘qidilar. Keyin asli Ibrohim (a.s.)ning qiblalari bo‘lgan Ka’ba Payg‘ambari miz (s.a.v.)ga va barcha musulmonlarga qibla qilib berildi.

Muso (a.s.) Allohning amri bilan qurgan qubba va tobut haqida Qur’oni karimning «Baqara» surasida ishora bor:

وَقَالَ لَهُمْ نَبِيُّهُمْ إِنَّ آيَةَ مُلْكِهِ أَنْ يَأْتِيَكُمُ التَّابُوتُ فِيهِ سَكِينَةٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَبَقِيَّةٌ مِمَّا تَرَكَ آلُ مُوسَى وَآلُ هَارُونَ تَحْمِلُهُ الْمَلائِكَةُ إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَةً لَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ


«Payg‘ambarlari ularga aytdi: «Uning podshohlik belgisi shuki, sizlarga bir sandiq keladi. Unda Rabbingizdan taskin va Muso hamda Horun oilalaridan qolgan qoldiqlar joylashgan bo‘lib, uni farishtalar ko‘tarib turadilar. Agar chin mo‘‘min bo‘lsangizlar, shubhasiz, bunda sizlar uchun belgi bor». (Baqara, 248.) 

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 16:22:22

Alloh taolo Qur’oni karimning «Qasos» surasida Muso (a.s.) bilan Qorun orasida sodir bo‘lgan voqe’ani bayon etadi.

إِنَّ قَارُونَ كَانَ مِنْ قَوْمِ مُوسَى فَبَغَى عَلَيْهِمْ وَآتَيْنَاهُ مِنَ الْكُنُوزِ مَا إِنَّ مَفَاتِحَهُ لَتَنُوءُ بِالْعُصْبَةِ أُولِي الْقُوَّةِ إِذْ قَالَ لَهُ قَوْمُهُ لا تَفْرَحْ إِنَّ اللَّهَ لا يُحِبُّ الْفَرِحِينَ (٧٦)وَابْتَغِ فِيمَا آتَاكَ اللَّهُ الدَّارَ الآخِرَةَ وَلا تَنْسَ نَصِيبَكَ مِنَ الدُّنْيَا وَأَحْسِنْ كَمَا أَحْسَنَ اللَّهُ إِلَيْكَ وَلا تَبْغِ الْفَسَادَ فِي الأرْضِ إِنَّ اللَّهَ لا يُحِبُّ الْمُفْسِدِينَ

«Albatta, Qorun Muso qavmidan edi. Bas, u qavmga kibr qildi. Biz unga xazinalardan kalitlari baquvvat jamoatga ham og‘irlik qiladigan narsalarni ato etgan edik. O’shanda qavmdoshlari unga: «Hovliqmagin. Chunki, Alloh hovliquvchilarni suymas! Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan bo‘lgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham odamlarga ehson qil! Yerda buzg‘unchilik qilishni istama. Chunki, Alloh buzg‘unchilarni suymas» - dedilar». (Qosos, 76-77.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 16:29:17

Ibn Abbos aytadilar: «Qorun Muso (a.s.)ning amakivachchalari edi».

Ibrohim an-Naxa’iy, Abdulloh ibn al-Horis, Sammok ibn Harb, Qatoda, Molik ibn Dinor, Ibn Jurayj va boshqa mufassirlar Qorunning nasabini Qorun ibn Yashab ibn Qohis, Musoning nasabini Muso ibn Imron ibn Qohis deb keltiradilar».

Ibn Ishoqdan «Qorun Muso (a.s.)ning amakilari edi» degan rivoyat ham bor.

Qatoda (r.a.) aytadi: «Qorun Tavrotni juda chiroyli ovoz bilan qiroat qilardi, shuning uchun unga «munavvir» (dillarni munavvar etuvchi) degan laqab berilgan edi. Shunga qaramasdan, Somiriydek uning qalbida ham munofiqlik bor edi. Boyligining haddan tashqari ko‘p bo‘lishi uni halokatga uchrashiga sabab bo‘ldi. Alloh taolo oyati karimada uning moli behisob ekanligini xabar beradi. Ba’zi mufassirlarning aytishlaricha, Qorunning dunyosini emas, balki uning xazinasi saqlanadigan omborlarning kalitini qirq tuya yoki oltmishta xachir ko‘tarib yurardi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 16:36:51

Unga o‘zining qavmlaridan ba’zilari nasihat qilib:

«Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan bo‘lgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham odamlarga ehson qil!» - deyishdi. Qorun esa bu mol-mulkning Alloh berganini inkor etdi:

«(U) «Men unga faqat o‘zimdagi bilim sababligina erishdim» - dedi. Axir, u o‘zidan avval Allohning undan ko‘ra quvvatliroq va zaxirasi ham ko‘proq avlodlarni halok qilganini bilmasmi?! Jinoyatchilarning gunohlari haqida so‘rab o‘tirilmas!

Qorun o‘zining mol-mulkidan odamlarga sadaqa, ehsonlar qilib, ularning muhabbatini qozonishni o‘ylamas, aksincha hammaga ko‘z-ko‘z qilib, qimmatbaho liboslar kiyar va  boshqalarning hasadini, adovatini qo‘zg‘ashga harakat qilardi:

فَخَرَجَ عَلَى قَوْمِهِ فِي زِينَتِهِ قَالَ الَّذِينَ يُرِيدُونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا يَا لَيْتَ لَنَا مِثْلَ مَا أُوتِيَ قَارُونُ إِنَّهُ لَذُو حَظٍّ عَظِيمٍ (٧٩)وَقَالَ الَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ وَيْلَكُمْ ثَوَابُ اللَّهِ خَيْرٌ لِمَنْ آمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا وَلا يُلَقَّاهَا إِلا الصَّابِرُونَ

«So‘ng, (Qorun) qavmi oldiga yasanib chiqqan edi, dunyo hayotini istaydigan kimsalar: «Eh, qani edi, bizlarga ham Qorunga ato etilgan narsa (boylik) bo‘lsa. Darhaqiqat, u ulkan nasiba egasidir» - dedilar. Ilm ato etilgan kishilar esa: «O’lim bo‘lsin sizlarga! Imon keltirgan va ezgu ish qilgan kishi uchun Allohning savobi yaxshiroq-ku! U savobga faqat sabrli kishilargina erishurlar» - dedilar. (Qosos, 79-80.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 16:41:02

As-Sadiy va Ibn Abbosdan rivoyat etilishicha, Qorun bir buzuq ayolga sovg‘a-salomlar berib, qornida Muso (a.s.)dan bo‘lgan bola bor ekanligini da’vo qilishga buyurdi. Muso (a.s.) katta jamoatga mav’iza qilib turgan vaqtlarida ayol kelib: «Sen men bilan qilgan ishingdan men homilador bo‘ldim» - dedi. Muso (a.s.) uning iddiosidan qaltirab ketdilar va darhol o‘rinlaridan turib, ikki rakat namoz o‘qib, Allohga iltijo qildilar. Keyin qaytib kelib ayolga qasam ichishni yoki bu tuhmatni kim o‘rgatganini aytishni talab qildilar. Ayol bu tuhmatni Qorun o‘rgatganini tan oldi, tavba qilib, Allohga sajda qildi, istig‘for aytdi. Muso (a.s.) ham Allohga sajda qilib, Qorunni duoibad qildilar. Alloh taolo Qorunni qanday jazolashni Muso (a.s.)ning o‘zlariga havola qilib, Yerni Muso (a.s.)ga mute qildi. Yer Qorunning o‘zini, boyligini va qasrini birgalikda yutib yubordi.

Ba’zi mufassirlarning aytishlaricha, Bir kun Muso (a.s.) qavmlariga qiyomat haqida so‘zlab berayotgan edilar. Qorun o‘zining eng qimmatbaho libosini kiyib, tillo taqinchoqlarini taqib, bezatilgan xachirga minib, jamoat yoniga keldi. Odamlarning xayoli payg‘ambar suhbatidan burilib, Qorunning dabdabasiga mahliyo bo‘lishdi va ba’zilari hayajonlarini yashirolmay, o‘rinlaridan turib ham ketishdi. Qorun Muso (a.s.)ning oldilariga kelib: «Ey Muso, sen payg‘ambarliging bilan mendan ustunlik qilsang, men mol-dunyo, boyligim bilan sendan ustunman. Agar xohlasang, maydonga chiqib kuch sinashamiz: men sening haqinga, sen esa mening haqimga duo qilishamiz» - dedi. Muso (a.s.) va Qorun ikkovlari keng maydonga yig‘ilgan jamoa oldiga chiqdilar. Kelishuvga muvofiq avval Qorun Muso haqiga duoibad qildi. Alloh taolo uning duosini ijobat qilmadi va Muso (a.s.)ga hech qanday zarar yetmadi. Ikkinchi bo‘lib Muso (a.s.) Qorunni duoyibad qildilar va dedilar: «Ey Allohim, Yerga amr etgin, bugun mening itoatimda bo‘lsin!» Alloh taolo Yerning itoatini ulug‘ payg‘ambari Muso (a.s.)ga berdi. Muso (a.s.) Yerga: «Ey Yer, Qorunni barcha boyligu qasrlari bilan yutgin!» - deb amr etdilar. Barcha odamlarning ko‘zi oldida Qorun va uning topgan narsalari Yer qa’riga g‘oyib bo‘ldi.

Mufassir Qatoda (r.a.) aytadilar: «Yer Qorunni har kun bir odam bo‘yi o‘z tubiga tortadi».

Ibn Abbosning aytishlaricha, Qorun yetti qavat Yer ostiga tushadi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 16:43:33

Alloh taolo oyati karimada shunday dedi:

فَخَسَفْنَا بِهِ وَبِدَارِهِ الأرْضَ فَمَا كَانَ لَهُ مِنْ فِئَةٍ يَنْصُرُونَهُ مِنْ دُونِ اللَّهِ وَمَا كَانَ مِنَ الْمُنْتَصِرِينَ (٨١)وَأَصْبَحَ الَّذِينَ تَمَنَّوْا مَكَانَهُ بِالأمْسِ يَقُولُونَ وَيْكَأَنَّ اللَّهَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَنْ يَشَاءُ مِنْ عِبَادِهِ وَيَقْدِرُ لَوْلا أَنْ مَنَّ اللَّهُ عَلَيْنَا لَخَسَفَ بِنَا وَيْكَأَنَّهُ لا يُفْلِحُ الْكَافِرُونَ

«Bas, Biz uni ham, hovlisini ham yerga yuttirdik. So‘ng uning uchun Allohdan o‘zga yordam beradigan biror jamoa bo‘lmadi va uning o‘zi ham g‘oliblardan bo‘lmadi. Kechagina uning maqomini orzu qilganlar: «Vo ajab, Alloh bandalaridan o‘zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib, (O’zi xohlaganlarining rizqini) tang qilib berar ekan-da! Agar Alloh bizga marhamat qilmaganda, bizlarni ham yerga yuttirgan bo‘lur edi. Vo ajab, kofirlar najot topmas ekan-da!» - deb qoldilar». (Qosos, 81-82.)

Allohning oyati karimasida «Bas, Biz uni ham, hovlisini ham yerga yuttirdik» - deyilgan. Bani Isroil hovli-joyni Misrda qurgan edilar. Tiyh vodiysida adashib yurgan vaqtlarida, hovli-joy ham, qasr ham qurilmagan edi. Shuning uchun Qorun bilan sodir bo‘lgan voqea Tiyh vodiysida emas, balki Misrda sodir bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 16:47:55

Alloh taolo Qorun haqida «G’ofir» va «Ankabut» suralarida ham xabar bergan:

وَقَارُونَ وَفِرْعَوْنَ وَهَامَانَ وَلَقَدْ جَاءَهُمْ مُوسَى بِالْبَيِّنَاتِ فَاسْتَكْبَرُوا فِي الأرْضِ وَمَا كَانُوا سَابِقِينَ (٣٩)فَكُلا أَخَذْنَا بِذَنْبِهِ فَمِنْهُمْ مَنْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِ حَاصِبًا وَمِنْهُمْ مَنْ أَخَذَتْهُ الصَّيْحَةُ وَمِنْهُمْ مَنْ خَسَفْنَا بِهِ الأرْضَ وَمِنْهُمْ مَنْ أَغْرَقْنَا وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

«Qorun, Fir’avn va Homonni ham (halok qildik). Muso ularga (payg‘ambar ekaniga) hujjatlarni keltirganida, ular yer yuzida kibr-havo qildilar va (lekin) o‘zib ketuvchi bo‘lmadilar. Biz ularning har birini o‘z gunohi bilan tutdik. Bas, ularning orasida Biz ustiga tosh yog‘dirganlar ham, ular orasida dahshatli qichqiriq tutganlar ham, ular orasida Biz Yerga yuttirganlar va ular orasida Biz suvga g‘arq qilgan kimsalar ham bordir. Alloh ularga zulm qiluvchi bo‘lmadi, lekin ular o‘zlariga jabr qiluvchi bo‘ldilar». (Ankabut, 39-40.)

Haqiqatda ham Alloh taolo Qorunni Yerga yuttirdi, Fir’avn va Homonni suvga g‘arq ettirdi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 16:56:11

Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda, Abdulloh ibn Amr Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan shunday rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir kuni namoz haqida gapirib turib shunday dedilar: «Kimki, besh vaqt namozni o‘z vaqtida o‘qisa, namoz unga Qiyomat kunida nur, hujjat va najot bo‘ladi. Kimki, uni vaqtida ado etmasa, uning uchun nur, hujjat va najot bo‘lmaydi hamda Qiyomat kuni u odam Qorun, Fir’avn, Homon va Ubay ibn Xalaf bilan birga bo‘ladi». (Imom Ahmad. Musnad. 2-j. 169-bet.)   

Muso (a.s.) payg‘ambarlar orasida rasullik, nabiylik, ulul azmlik, kalimullohlik va sohibi Kitoblik fazilatlariga ega bo‘lgan buyuk payg‘ambar edilar. Alloh o‘z kalomida shunday deydi:

وَاذْكُرْ فِي الْكِتَابِ مُوسَى إِنَّهُ كَانَ مُخْلَصًا وَكَانَ رَسُولا نَبِيًّا (٥١)وَنَادَيْنَاهُ مِنْ جَانِبِ الطُّورِ الأيْمَنِ وَقَرَّبْنَاهُ نَجِيًّا

«(Ey Muhammad,) ushbu Kitobda Muso (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u tanlab olingan elchi-payg‘ambar edi. Biz unga Tur (tog‘i)ning o‘ng tomonidan nido qildik va uni munojot qilgan holida (O’zimizga) yaqin etdik». (Maryam, 51-52.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 16:58:47

قَالَ يَا مُوسَى إِنِّي اصْطَفَيْتُكَ عَلَى النَّاسِ بِرِسَالاتِي وَبِكَلامِي فَخُذْ مَا آتَيْتُكَ وَكُنْ مِنَ الشَّاكِرِينَ

«Ey Muso! Men seni odamlar uzra risolalarim (Tavrot bitiklari) va gaplashganim bilan mumtoz (tanlangan, xos) etdim. Bas, senga berganimni (qabul etib) ol va shukr qiluvchilardan bo‘lgin!» - dedi (Alloh)». (A’rof, 144.)

Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Muso (a.s.) juda sharm-hayosi kuchli, o‘z badanlarini ochilib qolishidan qattiq uyaladigan zot edilar. Bani Isroil qavmidan ba’zi beodoblar Muso (a.s.) haqlarida bo‘lar-bo‘lmas ig‘volarni, Musoning badanida peslik, moxovlik yoki boshqa kasallik bor, degan mish-mishlarni tarqatar edilar. Alloh taolo bir kuni Muso (a.s.)ning pok ekanliklarini qavmlariga ko‘rsatib, mish-mishlarga barham berishni iroda qildi. Muso (a.s.) odamlarning ko‘zidan xoliroq joyga borib, kiyimlarini yechib, tosh ustiga qo‘ydilar va yuvinib g‘usl qildilar. Keyin kiyimlarini olib kiymoqchi bo‘lganlarida, tosh joyidan surilib, kiyimni olib qochdi. Muso (a.s.) qo‘llarida asolarini tutganlaricha: «Ey tosh, kiyimimni ber!» - deb toshning orqasidan quvib ketaverdilar. Shu borganlaricha, Bani Isroil qavmidan bir jamoa yig‘ilib turgan joyga yetdilar. Jamoa oldida tosh ham to‘xtadi. Muso (a.s.) esa shu yerda kiyimlarini kiyar ekanlar, qavm Muso (a.s.)ning badanlarini yalong‘och holda ko‘rib, Alloh yaratgan insonlarning eng chiroylisi ekaniga guvoh bo‘ldilar». (Buxoriy. "œSahih". Muslim. "œSahih". Ahmad. "œMusnad".)

Qayd etilgan