Rahmatulloh Obidov. Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir  ( 231828 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 B


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 09:51:14

Tavrotning odamlar qo‘li bilan o‘zgartirilgani, ba’zi hukmlar olib tashlangani, keraksiz narsalar qo‘shib yuborilgani haqida Alloh shunday xabar beradi:

أَفَتَطْمَعُونَ أَنْ يُؤْمِنُوا لَكُمْ وَقَدْ كَانَ فَرِيقٌ مِنْهُمْ يَسْمَعُونَ كَلامَ اللَّهِ ثُمَّ يُحَرِّفُونَهُ مِنْ بَعْدِ مَا عَقَلُوهُ وَهُمْ يَعْلَمُونَ

«Vaholanki, ulardan bir guruhi Allohning kalomini eshitib, anglab olganlaridan so‘ng, bila turib, uni o‘zgartirar edilar». (Baqara, 75.) 

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 09:52:34

Qatoda (r.a.) aytadilar: «Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, menga nozil qilgan kitobingda «ummatlarning eng yaxshisi» haqida xabar topdim. Ular odamlarni yaxshilikka buyurar, yomonlikdan qaytarar ekanlar. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh taolo dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir».

Muso(a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda men bir ummat haqida xabar topdimki, ular oxir zamonda yaratiladilar, ammo jannatga birinchi kiradilar. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir».

Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim men kitobda bir ummatning xabarini topdimki, ular sening muqaddas kitobingni yoddan o‘qir ekanlar. Ulardan avvalgi qavmlar kitoblarini qarab o‘qir ekanlar, kitob ko‘tarilib ketgandan keyin esa uni yoddan o‘quvchilar topilmagani uchun ahkomlardan bexabar qolar ekanlar. Mazkur ummatga esa avvalgilarga berilmagan «hifz» ne’matini ato etganing uchun, ular orasidan ahkomlar yo‘qolmas ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir».

Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda bir ummatning xabarini topdimki, ular sening huzuringdan nozil qilingan birinchi kitobga ham, oxirgi kitobga ham, ya’ni barcha muqaddas kitoblarga imon keltirar ekanlar, zalolatga qarshi jihod qilar ekanlar, hattoki «g‘ilay kazzob»(Dajjol)ga ham qarshi kurashar ekanlar. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.» Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, men kitobda bir ummatni topdimki, ularning biri sadaqa qilsa, ikkinchisi bu sadaqani yer va sadaqa qiluvchiga esa ajr yozilar ekan. Avvalgi ummatlarning sadaqasini Alloh dargohida qabul qilsa, osmondan olov tushib, sadaqani yeb ketar, agar qabul qilmasa, osmondan olov tushmas va sadaqani qurt-qumursqalar, vahshiy hayvonlar yer edi. Mazkur ummatning sadaqalari boylaridan olinib, kambag‘allariga berilar ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin». Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir». Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda men bir ummatning xabarini topdimki, ulardan biri yaxshilikni niyat qilsa, ammo amalga oshirmasa, unga bir savob, agar amalga oshirsa, unga o‘ntadan yetti yuztagacha savob yozilar ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir.» Muso (a.s.) dedilar: «Rabbim, kitobda men bir ummatning xabarini topdimki, ular shafoat qilar va shafoatlari qabul qilinar ekan. O’shalarni mening ummatim qilgin!» Alloh dedi: «Ular Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridir».

Qatoda aytadi: «Menga rivoyat qilishlaricha, Muso (a.s.) kitobdan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ummatlari haqidagi yana ko‘plab marhamatlarni ko‘rib, havas qilib: «Rabbim, o‘shalarni mening ummatim qilgin!» - deb munojot qildilar». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 286-287-bet.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 09:56:08

Muso (a.s.)ning Parvardigorga qilgan munojotlari borasida ko‘plab kitoblar va tafsirlarda turli rivoyatlar kelganki, ularning rostligiga hech qanday dalil va asos yo‘qligi sababli e’tibordan chetda qolib ketgan. Ammo quyida biz keltiradigan rivoyatlar esa oyat va hadislar bilan o‘z isbotini topgan.

Mug‘iyra ibn Sho‘‘ba minbarda turib Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan shunday rivoyat keltiradi: «Muso (a.s.) Parvardigordan: «Ahli jannatlarning eng past darajasi qanday bo‘ladi?» - deb so‘radilar. Alloh taolo shunday javob berdi: «Barcha ahli jannatlar jannatga kirib, o‘z maqomlariga ega bo‘lganlaridan keyin, bir jannatini olib kelinadi va unga: «Jannatga kir!» - deb amr etiladi. Jannati odam: «Men qaerga kiraman, avval kirganlar jannatning hamma joylarini egallab olibdilarku?!» - deydi. Alloh taolo undan: «Senga jannatdan Yerdagi podshohlar egallagan mulkchalik mulk bersam, yetadimi?» - deb so‘raydi. Jannati rozi bo‘lgach, Alloh taolo unga: «Sen rozi bo‘lgan mulkdan ikki barobarini senga berdim!» - deydi. Jannati odam rozilik bildirgach, Alloh unga yana: «Bundan tashqari ko‘ngling nimani tusasa, ko‘zing nimadan quvonsa, o‘sha narsalar ham senga!» - deydi.

Muso (a.s.) Alloh taolodan: «Ahli jannatlarning eng afzali qanday bo‘ladi?» - deb so‘radilar. Alloh taolo Musoga: «Ularning bog‘larini men o‘z qo‘lim bilan yaratganman, ularga beriladigan ne’matning qiyosi yo‘q, dunyoda u haqda biror quloq eshitmagan, biror kishining tasavvuriga tushmagan, biror ko‘z uni ko‘rmagan» - dedi. (Termiziy. Sunan. 3198-hadis.  Sahihi Muslim. 312-hadis. Mazkur hadis Ibn Hibbonning "œSahih"ida ham keltirilgan. Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 287-bet.)

Bu ma’no Alloh taoloning quyidagi oyati karimasida bayon etiladi:

فَلا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَا أُخْفِيَ لَهُمْ مِنْ قُرَّةِ أَعْيُنٍ جَزَاءً بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ

«Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot uchun yashirib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (oxirat ne’matlarini) hech kim bilmas». (Sajda, 17.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 09:56:54

Abu Hurayra (r.a.) rivoyatlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: «Muso (a.s.) munojot paytida Rabbilaridan yetti narsani so‘radilar. Ularning oltitasi o‘zlari uchun edi, yettinchisini esa Muso (a.s.) yaxshi ko‘rmas edilar.

Muso dedilar: - Rabbim, qaysi bandang taqvoli roqdir?
Alloh taolo dedi: - Meni doim eslab yuradigan va unutmaydigan bandam.
Muso dedilar: - Qaysi bandang eng to‘g‘ri yo‘lda?
Alloh dedi: - Hidoyatga ergashgani.
Muso dedilar: - Qaysi bandangning hukmi o‘tkirroq?
Alloh dedi: - Odamlarga xuddi o‘ziga hukm qilayotgandek hukm qilgani.
Muso dedilar: - Qaysi bandang biluvchiroq?
Alloh dedi: - Ilmga to‘ymaydigan va odamlarning ilmini o‘z ilmi bilan jamlaydigani.
Muso dedilar: - Qaysi bandang azizroq?
Alloh dedi: - Qodir bo‘la turib kechirgani.
Muso dedilar: - Qaysi bandang boyroq?
Alloh dedi: - Berilganiga shukr qilgani.
Muso dedilar: - Qaysi bandang faqirroq?
Alloh dedi: - Nuqson sohibi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 09:57:47

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Isroil avlodlari Muso (a.s.)dan: «Rabbingiz uxlaydimi?» - deb so‘ragan edilar. Muso (a.s.) ularni: «Bunday deyishga Allohdan qo‘rqinglar!» - deb ularni qaytargan edilar. Munojot paytida Muso (a.s.)ga Alloh dedi: «Ey Muso, qavmingiz sizdan: «Alloh ham uxlaydimi?» - deb so‘ragan edilar. Siz qo‘lingizga ikki oynani olib, kechasi tik turing!» - deb amr etdi. Muso (a.s.)ni kechaning uchdan bir qismi o‘tganda mudroq bosdi va qo‘llaridagi oynalar tizzalariga tushdi. Muso (a.s.) darhol hushyor tortib, oynalarni mahkam ushladilar. Tong otishga kelganda qattiq uyqu eltdi va qo‘llaridan oynalar tushib ketib  chil-chil sindi. Alloh taolo Muso (a.s.)ga xitob qilib: «Ey Muso, agar men uxlasam Yer va osmonlar shunday halokatga uchraydi» - dedi. (Ibn Abu Hotam. Tafsirul Qur’on. Oyat al-Kursi tafsirida.)

Muso (a.s.) qavmlariga Tavrotni keltirganlaridan keyin, undagi ahkomlarga amal qilishni buyurdilar. Isroil avlodlari Muso (a.s.)ga e’tiroz bildirishib: «Tavrotdagi barcha hukmlarni bizga sharhlab tushuntirib bering, agar bizga ma’qul kelsa, biz ularni qabul etamiz va amal qilamiz» - dedilar. Muso (a.s.) ularga bir necha marta murojaat qilsalar ham, ular o‘z so‘zlaridan qaytmadilar. Alloh taolo farishtalarga buyurdi va ular katta tog‘ni ko‘tarishib Muso (a.s.)ning qavmlari ustiga kelishdi. Tog‘ qavm ustida qora bulutdek soya solib turdi. Farishtalar qavmga xitob qilib: «Agar Tavrotda bor hukmlarni to‘laligicha qabul qilmasalaringiz, boshlaringizga mana shu tog‘ni tashlab yuboramiz» - deyishdi. Qavm Tavrotni qabul qildilar, sajda qilishga buyurilgan edilar, tog‘ning boshlariga tushib ketishidan xavf qilishib, bir yuzlarini yerga qo‘yib, ikkinchisini osmonga qilib, ko‘zlarining qiri bilan tog‘ni kuzatgan holda sajda qildilar.

Ular doim aytib yuradilarki, Bizlar uchun eng ulug‘ sajda boshimizdan Allohning azobi ko‘tarilgan kundagi sajdadir.

Ulamolardan Abu Bakr ibn Abdulloh aytadilar: «Allohning farishtalari tog‘ni ko‘tarib, Isroil avlodlari qavmiga tahdid qilib, keyin azob ko‘tarilganda, Yer yuzidagi jamiki tog‘lar, toshlar va daraxtlar silkinib ketdilar. Yahudiylarning birortasi huzurida Tavrot tilovat qilinsa, darhol uni qaltiroq bosishi va boshini ko‘tarib osmonga qarashi ana shu dahshatli kundan odat bo‘lib qolgan». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 290-bet.) 

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 09:59:35

4.3. Muso (a.s.) bilan sodir bo‘lgan
boshqa voqe’alar

Alloh taolo Qur’oni karimning «Baqara» surasida Isroil avlodlari va Muso (a.s.) o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan tarixiy sigir voqeasini bayon etadi.

Ibn Abbos, Ubayda as-Salmoniy, Abul Oliya, Mujohid, as-Sadiy va boshqa mujtahid mufassir ulamolarning rivoyat qilishlaricha, Isroil avlodlari orasida bir keksa kishi bo‘lib, mol-dunyosi behisob, ammo farzandi yo‘q edi. Uning kambag‘al jiyanlari meros ilinjida boy amakining o‘limini sabrsizlik bilan kutardilar. Ulardan biri qotillikka qo‘l urdi, o‘z amakisini o‘ldirdi va jasadini odamlar yig‘ilib turadigan joyga yashirincha olib borib tashladi. Ertalab yig‘ilgan olomon bir-birlaridan gumon qilishga va janjallashishga o‘tdilar. Qulay fursatni g‘animat bilgan qotil jiyan odamlar oldiga kelib, dod-voy qilib, yig‘ilganlarni ayblay boshladi. Mojaro kuchaydi. Aqlli kishilardan biri: «Katta ko‘chada mojaro qilmasdan Allohning payg‘ambari Muso (a.s.)ning huzuriga boringlar, muammoni u hal qilib, qotilni aniqlab beradi» - dedi. Hammadan oldin Muso (a.s.)ning huzurlarida qotil jiyan paydo bo‘ldi va shikoyat qildi. Muso (a.s.): «Muammo to‘g‘ri hal bo‘lishi uchun qotillik haqida biror narsani bilgan odam Alloh roziligi yo‘lida guvohlikka kelsin» - dedilar. Hech kim guvohlikka kelmaganidan so‘ng, bu muammoni hal qilishni Allohning o‘zidan so‘rab iltijo qildilar. Alloh taolo bir sigir so‘yilishi lozimligini aytdi. Muso (a.s.) qavmga Allohning buyrug‘ini yetkazganlarida, ular: «Ey Muso, bizni mazax qilyapsizmi?» - deb ajablandilar.

وَإِذْ قَالَ مُوسَى لِقَوْمِهِ إِنَّ اللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَنْ تَذْبَحُوا بَقَرَةً قَالُوا أَتَتَّخِذُنَا هُزُوًا قَالَ أَعُوذُ بِاللَّهِ أَنْ أَكُونَ مِنَ الْجَاهِلِينَ


«Eslang, Muso o‘z qavmiga: «Alloh sizlarga (bir) sigir so‘yishlikni buyurdi», - deganida, ular: «bizni istehzoga tutyapsanmi?» - dedilar. (Muso) dedi: «Johillardan bo‘lib qolishimdan meni Alloh asrasin». (Baqara, 67.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 10:01:55

Ibn Abbos, Ubayda, Mujohid, Ikrima, as-Sadiy, Abul Oliya va boshqa mufassirlarning aytishlaricha, Agar Isroil avlodlari uchragan bir sigirni ushlab so‘yishganda, maqsadlari hosil bo‘lardi. Lekin ular sigirning turini surishtirib, avval qanday sifatga ega bo‘lishini, keyin rangini, undan keyin esa yoshini so‘radilar va o‘zlariga ishni qiyinlashtirib oldilar. Alloh aytadi:

قَالُوا ادْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّنْ لَنَا مَا هِيَ قَالَ إِنَّهُ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ لا فَارِضٌ وَلا بِكْرٌ عَوَانٌ بَيْنَ ذَلِكَ فَافْعَلُوا مَا تُؤْمَرُونَ (٦٨)قَالُوا ادْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّنْ لَنَا مَا لَوْنُهَا قَالَ إِنَّهُ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ صَفْرَاءُ فَاقِعٌ لَوْنُهَا تَسُرُّ النَّاظِرِينَ (٦٩)قَالُوا ادْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّنْ لَنَا مَا هِيَ إِنَّ الْبَقَرَ تَشَابَهَ عَلَيْنَا وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللَّهُ لَمُهْتَدُونَ (٧٠)قَالَ إِنَّهُ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ لا ذَلُولٌ تُثِيرُ الأرْضَ وَلا تَسْقِي الْحَرْثَ مُسَلَّمَةٌ لا شِيَةَ فِيهَا قَالُوا الآنَ جِئْتَ بِالْحَقِّ فَذَبَحُوهَا وَمَا كَادُوا يَفْعَلُونَ

«Ular dedilar: «Rabbingdan duo qilib so‘ra, u (sigir) nimaligini bayon qilsin». Muso dedi: «(U) aytmoqdaki, u qari ham, yosh ham bo‘lmagan o‘rta yosh sigirdir. Bas, sizlarga buyurilgan narsa (ish)ni qilinglar!» Ular dedilar: «Rabbingdan duo qilib so‘ra, uning rangini bayon qilsin». Muso dedi: «U aytmoqdaki, u yarqiroq, sariq rangli sigir bo‘lib, ko‘rganlarni shod etur». Ular dedilar: «Rabbingdan duo qilib so‘ra, uning qanaqaligini bayon qilsin, zero, bizga sigirlar bir-biriga o‘xshash tuyuldi. Xudo xohlasa biz, albatta, to‘g‘ri yo‘lni topuvchilarmiz». (Muso) aytdi: «U aytmoqdaki, u shunday sigirki, yer haydashga ham, ekinlarni sug‘orishga ham o‘rgatilmagan bo‘lib, nuqsonsiz, unda (sarg‘ish rangidan boshqa) rang yo‘q». Ular: «Endi haqiqatni keltirding» - deb uni (o‘sha sifatlarga ega sigirni zo‘rg‘a topib) so‘ydilar, vaholonki, (bu ishni) qila olmasliklariga sal qolgan edi». (Baqara, 68-71.)

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 10:03:24

Isroil avlodlari sigirni so‘yishga so‘yib, endi bu yog‘iga nima qilishni bilmay turganlarida, Alloh taolo bu yog‘ini ham o‘rgatdi, ya’ni sigirning bir parchasini kesib olib, u bilan jasadni urishlari lozimligini ham vahiy qildi. Bu parcha et sigirning qaysi a’zosi ekanligi haqida ulamolardan «bir parcha go‘shti», «dumg‘azasi», «dumi», «ikki kuragining orasidagi payi» degan turli fikrlar rivoyat qilingan.

وَإِذْ قَتَلْتُمْ نَفْسًا فَادَّارَأْتُمْ فِيهَا وَاللَّهُ مُخْرِجٌ مَا كُنْتُمْ تَكْتُمُونَ (٧٢)فَقُلْنَا اضْرِبُوهُ بِبَعْضِهَا كَذَلِكَ يُحْيِي اللَّهُ الْمَوْتَى وَيُرِيكُمْ آيَاتِهِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ


«Eslang, bir insonni o‘ldirib qo‘yib, shu mojaro sababli janjallashib qolgan edingizlar, holbuki, Alloh sizlar yashirgan narsalarni (sirlarni) yuzaga chiqaruvchidir. Dedik: «Uni (o‘ldirilgan odamni) uning (so‘yilgan sigirning) bir bo‘lagi bilan uringlar». Alloh o‘liklarni (xuddi) shu kabi (osongina) tiriltiradi...» (Baqara, 72-73.)

Alloh taolo «Kahf» surasida Muso (a.s.) bilan Xizr (a.s.) o‘rtalarida sodir bo‘lgan voqeaning xabarini beradi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 10:04:26

Imom Buxoriy «Sahih»ida rivoyat qilingan hadisda Sa’id ibn Jubayr aytadilar: «Biz Ibn Abbos (r.a.)ning uylarida u kishi bilan suhbatda o‘tirgan edik. Ibn Abbos (r.a.) bizga: «So‘ranglar!» - deb xitob qildilar. Men Ibn Abbosga: «Jonim sizga fido bo‘lsin! Menda bir savol bor. Kufada Navf degan bir qissachining rivoyat qilishicha, Xizr (a.s.)ga yo‘liqib, u kishidan ilm o‘rgangan odam Muso payg‘ambar emas, balki, boshqa Muso ekan, shu gap to‘g‘rimi?» - deb savol berdim. Ibn Abbos darhol: «Allohning dushmani yolg‘on aytibdi. Menga Ubay ibn Ka’bning rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: «Allohning rasuli Muso (a.s.) bir kuni jamoa oldida shunday zikrlar qildilarki, o‘tirganlarning dillari erib, ko‘zlaridan yoshlar quyildi. Ularning biri Muso (a.s.)ga mehri tovlab, muhabbati oshib ketganidan: «Ey Allohning rasuli, bu dunyoda sizdan bilimdonroq odam ham bormi?» - deganda, Muso (a.s.): «Yo‘q!» - deb javob berdilar.

Alloh taolo Muso (a.s.)ning «Mendan Alloh biluvchiroqdir!» - deyish o‘rniga g‘ururlanib ketganlaridan norozi bo‘ldi va Muso (a.s.)ga itob qilib: «Ey Muso, bu dunyoda sendan ham biluvchiroq odam bor!» - dedi. Muso (a.s.): «Rabbim, u odam qaerda?» - deb so‘radilar. Alloh taolo: «Sen qidirgan odam «Majma’ul bahrayn» (Ikki dengiz qo‘shilgan joy) da dedi. Muso (a.s.) o‘sha ilmli zot bilan uchrashish va undan ilm o‘rganishga Allohdan ijozat oldilar». (Ushbu hadis Imom Buxoriy va Imom Muslimning "œSahih"larida hamda Imom Termiziyning "œSunan"larida keltirilgan.)

Sufyonning rivoyat qilishlaricha, Muso (a.s.) o‘z shogirdlari Yusha’ ibn Nun bilan «Majma’ul bahrayn» tomon yo‘lga tushdilar. Yusha’ safarda iste’mol qilish uchun savatda qovurilgan baliq ham ko‘tarib olgan edilar. Ikkovlari dengiz sohilidagi bir xarsang tosh yonida to‘xtadilar. Muso (a.s.) boshlarini xarsangga qo‘yib uyquga ketdilar. Xarsang toshning yonida «hayot bulog‘i» bor bo‘lib, uning suvidan qovurilgan baliqqa sachradi va baliq shu onda tirilib, dengizda ajoyib iz qoldirib suzib ketdi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  12 Fevral 2009, 10:06:13

فَلَمَّا بَلَغَا مَجْمَعَ بَيْنِهِمَا نَسِيَا حُوتَهُمَا فَاتَّخَذَ سَبِيلَهُ فِي الْبَحْرِ سَرَبًا


«Qachonki, u ikkisi (ikki dengiz) qo‘shiladigan yerga yetishgach, baliqlarini unutdilar. Bas, u (baliq) dengiz qa’riga yo‘l oldi». (Kahf, 61.)

Yusha’ bu voqe’aga o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘lsalar-da, Muso (a.s.)ni uyg‘otishga xijolat bo‘lib, uyg‘onganlaridan so‘ng aytishni dillariga tugib qo‘ydilar. Ammo Muso (a.s.) uyqudan turganlarida esa u kishiga bo‘lgan voqeani aytish Yusha’ning yodlaridan ko‘tarildi va ikkovlari yo‘lga tushdilar. Yarim kun yo‘l yurganlaridan so‘ng charchab dam olishga to‘xtadilar.

فَلَمَّا جَاوَزَا قَالَ لِفَتَاهُ آتِنَا غَدَاءَنَا لَقَدْ لَقِينَا مِنْ سَفَرِنَا هَذَا نَصَبًا (٦٢)قَالَ أَرَأَيْتَ إِذْ أَوَيْنَا إِلَى الصَّخْرَةِ فَإِنِّي نَسِيتُ الْحُوتَ وَمَا أَنْسَانِيهُ إِلا الشَّيْطَانُ أَنْ أَذْكُرَهُ وَاتَّخَذَ سَبِيلَهُ فِي الْبَحْرِ عَجَبًا (٦٣)قَالَ ذَلِكَ مَا كُنَّا نَبْغِ فَارْتَدَّا عَلَى آثَارِهِمَا قَصَصًا

«Bas, qachonki (u yerdan) o‘tishgach, (Muso) yigitiga: «Nonushtamizni keltir, haqiqatan, bu safarimizdan juda charchadik», - dedi. U (xizmatkor) aytdi: «Buni ko‘ring, biz (dengiz sohilidagi) qoyaga borib (orom olgan) paytimizda, men baliqni unutibman. (Buni sizga) aytishni faqat shayton yodimdan chiqardi. U (baliq) dengizga ajib (yo‘sinda) yo‘l olgan edi». (Muso) dedi: «Mana shu biz istagan narsadir». So‘ng (Xizrni) qidirib, izlariga qaytdilar». (Kahf, 62-64.)

Qayd etilgan