Muallif Mavzu: Rahmatulloh Obidov. Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir  ( 138532 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #420 : 13 Fevral 2009, 05:54:36 »
Alloh taolo Muhammad(s.a.v.)ning ummatlariga ham hidoyat yo‘lini ochiq-oydin ko‘rsatib qo‘ygan. Ularni toqatidan ortiq biror amal va ibodatga zo‘rlamaydi:

فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ (٧)وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ

«Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo‘lsa, (Qiyomat kuni) uni ko‘radi. Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan bo‘lsa, uni ham ko‘radi» (Zalzala, 7-8.)  - deyishlik bilan yomonlikni oshkora ham, maxfiy ham qilmaslikni ta’kidlaydi. Alloh uchun maxfiy narsaning o‘zi yo‘q. U dildagini ham, qo‘ldagini ham aniq bilib turuvchidir. Undan kichkina narsani ham yashirib bo‘lmaydi:

يَا بُنَيَّ إِنَّهَا إِنْ تَكُ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِنْ خَرْدَلٍ فَتَكُنْ فِي صَخْرَةٍ أَوْ فِي السَّمَاوَاتِ أَوْ فِي الأرْضِ يَأْتِ بِهَا اللَّهُ إِنَّ اللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌ

«(Luqmon dedi): «Ey o‘g‘ilcham, shubha yo‘qki, agar isiriq urug‘idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo‘lsa, bas,u(amal) biror xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo‘lsa, o‘shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh latif va ogoh zotdir». (Luqmon, 16.) 

Demak, har bir inson o‘z ishini bilib qilishi, yomonlik, kufr va zulmdan saqlanishi, amalini ham, niyatini ham sof qilishi zarur. Shundagina, u halokat va falokatdan amonda bo‘ladi.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #421 : 13 Fevral 2009, 05:55:39 »
3. Shirin so‘z bilan ilon inidan chiqar. Muso (a.s.)ning qissalarida shirin so‘z bilan da’vat qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Chunki, Muso va Horun (a.s.)lar da’vat uchun borayotgan qavm ham, ularning boshlig‘i Fir’avn ham takabbur, buning ustiga zolim va jabbor kimsalardir. Dabdurustdan ularning g‘azabiga uchramaslik, maqsadlarini oxirigacha aytib olish, shu bilan birga zolim va jabborlardan farqli o‘laroq, o‘zlarining iymonli, hayoli va odobli ekanlarini namoyish etish uchun muloyimlik va shirinsuxanlik juda zarur edi. Shuning uchun Alloh taolo Muso va Horun (a.s.) larga shunday amr etdi:

اذْهَبَا إِلَى فِرْعَوْنَ إِنَّهُ طَغَى (٤٣)فَقُولا لَهُ قَوْلا لَيِّنًا لَعَلَّهُ يَتَذَكَّرُ أَوْ يَخْشَى


«Ikkingiz Fir’avnning oldiga boringiz, chunki u «Men-xudoman» deb haddidan oshdi. Bas, unga yumshoq so‘z so‘zlangiz! Shoyad, u eslatma olsa yoki (halok bo‘lishidan) qo‘rqsa!» (Toha, 43-44.)
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #422 : 13 Fevral 2009, 05:57:13 »
Da’vatni muloyim qilish, barchaga barobar ochiq chehrali bo‘lish, kechirimlilik qilish payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning ulug‘ sifatlari va fazilatlaridan edi. Alloh taolo U zotga ham ummatlarini «mav’izai hasana» bilan da’vat qilishga buyurgan edi:

ادْعُ إِلَى سَبِيلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ وَالْمَوْعِظَةِ الْحَسَنَةِ

«(Ey Muhammad), Rabbingizning yo‘li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da’vat qiling!». (Nahl, 125.)

Musulmon kishi faqat dinga da’vat etayotganidagina emas, balki har qachon oilasi, qo‘shnilari, qarindoshlari, hamkasblari orasida shirin so‘z va ochiq chehrali bo‘lishi lozim. Axir, aytadilar-ku:

Shirin so‘z bilan ilon inidan chiqar,
Yomon so‘z bilan musulmon dinidan chiqar.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #423 : 13 Fevral 2009, 05:59:25 »
4. Ilm talab qilishlik har bir musulmon erkak va ayolga farzdir. Qissada Muso (a.s.) Allohning g‘ayb ilmidan nasiba bergan bir solih odam bilan uchrashish uchun safar qilganlari, u odamni topganlaridan so‘ng, o‘zlari ulug‘ payg‘ambar bo‘lsalarda, unga: «Sizga bildirilgan bilimdan, menga ham to‘g‘ri yo‘lni ta’lim berishingiz uchun sizga ergashsam maylimi?» - deb yolvorib so‘raganlari va Alloh muyassar etganicha ilm olib qaytganlari haqida bayon etiladi.

Alloh taolo insoniyatni yaratgan kundan boshlab, unga ilm tufayli fazl berdi. Shuning uchun barcha zamon va makonda yashagan barcha millatga ham Alloh taolo bilmaganini o‘rganish, bilganini boshqalarga o‘rgatishga buyurdi. Inson bir joyda qotib qolmasligi uchun o‘z ustida ishlashi, zamon bilan hamnafas bo‘lib, yangiliklardan ogoh bo‘lib turishi, imkoniyati bo‘lgan ilmni umrining oxirigacha ham o‘rganishi  lozim.  Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: «Ilmni beshikdan to qabrgacha o‘rganing!».

Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hadislarida «ilm» so‘zi dunyaviy ilmga ham, diniy ilmga ham barobar ishlatilgan. Xususan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning quyidagi: «Ilmni Xitoyga borib bo‘lsa ham o‘rganinglar!», «Ilm-hikmatni o‘rgan! Uning qanday idishdan chiqishi senga zarar qilmaydi», singari muborak so‘zlari ilmdan murod har ikki ilm ekanligini tasdiqlaydi. Ahli ilm bilan ilmsiz kishilarning Allohning huzurida barobar emasligi xususida ham Qur’oni karimda ko‘plab oyatlar mavjuddir. Bizlarga ibrat shuki, inson bor umrini bilmagan narsasini o‘rganishga sarf qilsin.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlaridek: «Ilm o‘rganuvchi yoki ilm o‘rgatuvchi bo‘l! Uchinchisi bo‘lmaginki, u go‘ngqo‘ng‘izdir!»
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #424 : 13 Fevral 2009, 06:01:49 »
4.4. ILYOS (A.S.)
   

Ilyos (a.s.) Horun (a.s.)ning uchinchi avlod nabirala ridir. Nasab ulamolari Ilyos (a.s.)ning to‘liq nomlarini Ilyos an-Nashabiy ibn al-Ozor ibn al-Iyzor ibn Horun ibn Imron deb keltiradilar. Alloh taolo Ilyos (a.s.)ni Damashqning g‘arbida joylashgan Ba’labakka aholisiga payg‘ambar qilib yubordi. Ilyos (a.s.) qavmlarini Allohning yagonaligiga imon keltirish va muqaddas kitob – Tavrotga amal qilishga da’vat qilganlar. Ilyos (a.s.) da’vat qilgan qavm hozirgi kunda Isroilda yashayotgan yahudiylar edi. Bu qavm o‘sha paytda «Ba’l» ismli butga sig‘inishar edi. Ba’zi rivoyatlarda «Ba’l» ayol kishining ismi ekanligi aytiladi. (Ibn Kasir.Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 345-bet.)

Xalqning e’tiqodi buzilgan, axloqi juda tubanlashgan edi. Tavrotga amal qilishni unutgan, ko‘ngillariga nima kelsa tap tortmas edilar. Ular kechqurun Ba’l xotin buti yoniga sham yoqishni ulug‘ savob deb bilardilar. Alloh taolo o‘z kalomida aytadi:

وَإِنَّ إِلْيَاسَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ (١٢٣)إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ أَلا تَتَّقُونَ (١٢٤)أَتَدْعُونَ بَعْلا وَتَذَرُونَ أَحْسَنَ الْخَالِقِينَ (١٢٥)اللَّهَ رَبَّكُمْ وَرَبَّ آبَائِكُمُ الأوَّلِينَ (١٢٦)فَكَذَّبُوهُ فَإِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ (١٢٧)إِلا عِبَادَ اللَّهِ الْمُخْلَصِينَ (١٢٨)وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِي الآخِرِينَ (١٢٩)سَلامٌ عَلَى إِلْ يَاسِينَ (١٣٠)إِنَّا كَذَلِكَ نَجْزِي الْمُحْسِنِينَ (١٣١)إِنَّهُ مِنْ عِبَادِنَا الْمُؤْمِنِينَ

«Ilyos ham, albatta, payg‘ambarlardandir. Qaysiki, o‘z qavmiga degan edi: «(Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?! Sizlar yaratuvchilarning yaxshisini qo‘yib, Ba’l nomli butga sig‘inyapsizlarmi? Sizlarning Rabbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning ham Rabbini qo‘yib-a?!»  Bas, (Ilyosni) yolg‘onchiga chiqardilar. Bas, albatta, ular (do‘zaxga) hozir qilinuvchilardir, illo, Allohning ixlosli bandalarigina (hozir bo‘lmaslar). Biz keyingi avlodlar orasida u (Ilyos) haqida (go‘zal maqtovlar) qoldiraylik. Ilyosga Salom! Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz! Darhaqiqat, u Bizning mo‘min bandalarimizdandir». (Vas-soffot.123-132.)
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #425 : 13 Fevral 2009, 06:03:18 »
Ilyos (a.s.) yahudiylarga: «Ba’ldan voz keching. Yakkayu yagona Allohga sig‘ining, Unga ibodat qiling», - deb nasihat qildilar. Agar Ba’ldan voz kechmasalar, Allohga qaytmasalar qattiq azob bo‘lishini aytdilar. Lekin Alloh qalblarini muhrlab qo‘ygan qavm payg‘ambarlariga quloq solmadilar, uni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar.

Ilyos (a.s.) qavmlaridan qochib, tog‘dagi g‘orlarda umr o‘tkazdilar.

Ka’bul Axborning rivoyat etishicha, Ilyos (a.s.) tog‘ ostidagi g‘orda o‘n yil istiqomat qildilar, rizqlarini qarg‘alar keltirardi. Alloh taolo o‘sha zamon podshohini halok etdi va uning o‘rniga solih odam podshoh bo‘ldi. Ilyos (a.s.) g‘ordan chiqib, qavm huzuriga  keldilar, podshohni da’vat etdilar. Podshoh va qavm islomni qabul qildi. Ammo qavmdan o‘n ming kishi islomni qabul etmagani uchun podshoh ularni qatl ettirdi.

Ibn Abud-dunyoning rivoyatida, Ilyos (a.s.)ning g‘ordagi hayotlari faqat qirq kun bo‘lgani aytiladi.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #426 : 13 Fevral 2009, 06:04:26 »
Vahb ibn Munabbah aytadi: «Ilyos (a.s.)ning qavmlari takzib qilib, u zotga ko‘p ozorlar yetkaza boshlaganidan keyin Alloh taolo Ilyos (a.s.)ni vafot ettirishni iroda qildi. Ilyos (a.s.)ning huzurlariga osmondan olov rangli bir hayvon tushdi. Unga mingan zahoti Ilyos (a.s.)da qanot paydo bo‘ldi, nurdan libos kiygizildi, uni taom va sharob lazzatidan xalos qilindi, Ilyos (a.s.)da ham farishtalik, ham insonlik, ham osmoniylik, ham yerlik xususiyati paydo bo‘ldi. Payg‘ambarlikni al-Yasa’ ibn Axtubga vasiyat qilib, o‘zlari osmonga chiqib ketdilar».

Abu Bakr al-Bayhaqiy rivoyat etishicha, Anas ibn Molik (r.a.) dedilar: «Biz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan safarga chiqqan edik. Bir joyda dam olish uchun to‘xtadik. Shu payt, vodiydan bir odamning: «Allohim, meni o‘zing gunohini kechirgan, rahmat qilib ummatga yuborgan payg‘ambaring Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridan qilgin!» - degan nidosi eshitildi. Men vodiyga chiqib, ovoz kelgan tarafga bordim. Ro‘paramda bo‘yi uch yuz gaz (Bir gaz yetmish sm ga teng) (taxminan ikki yuz ellik metr) keladigan bahaybat odam o‘tirar edi. U menga: «Sen kimsan?» - deb savol qildi. Men: «Anas ibn Molik, Alloh Rasulining xodimiman» - deb javob qaytardim. «U qaerda?» - deb so‘radi. Men  Rasululloh (s.a.v.)ga ishora qildim. U dedi: «Unga mendan salom aytgin va deginki: «Sizga birodaringiz Ilyos salom yubordi». Men Rasululloh (s.a.v.)ning huzurlariga qaytib kelib, Ilyosning xabarini berdim. Rasululloh (s.a.v.) Ilyosning oldiga keldilar va ikkovlari uchrashib, bir-birovlari bilan quchoqlashib ko‘rishdilar. Keyin yonma-yon o‘tirib suhbatlashdilar. Ilyos dedilar: «Ey Allohning rasuli, men bir yilda faqat bir marta taom yeyman. Bugun mening taom yeydigan kunim, siz bilan iftor qilaman». Shu payt osmondan dasturxon tushdi. Unda non va pishirilgan baliq bor edi. Ikkovlari tanovul qildilar, menga ham taomdan berdilar, keyin birga asr namozini o‘qidik. Keyin ikkovlari xayrlashdilar va osmondan bir bulut tushib, Ilyos (a.s.)ni olib chiqib ketdi». (Ushbu hadis to‘qilgan hadis bo‘lib, Ibn Al-Javziy uni “Mavzu’ot”da keltirgan.)

Ushbu hadisni an-Naysoburiy «Mustadrak»ida Imom Buxoriy va Imom Muslimdan deb keltirgan. Holbuki, bu hadis to‘qilgan, yolg‘on hadisdir. Qolaversa, uning mazmuni sahih hadisga munosib kelmaydi, balki zid keladi.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #427 : 13 Fevral 2009, 06:06:05 »
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda, janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Alloh taolo Odam (a.s.)ni oltmish gaz qilib yaratgan. Shundan buyon uning zurriyoti to hozirgacha kichrayib borishda davom etmoqda»

Mazkur hadisda: «Ilyosning yoniga Muhammad (s.a.v.) keldilar» - deyilgan. Holbuki, bu haqiqatga mos kelmaydi, Chunki Ilyos (a.s.) oxirgi zamon payg‘ambari huzuriga borishlari lozim edi.

Hadisda, Ilyos (a.s.)ning bir yilda bir marta ovqat yeyishlari aytilgan, holbuki, Vahb ibn Munabbah rivoyat qilgan avvalgi hadisda: «Ilyos (a.s.)dan yeyish-ichish lazzati olib qo‘yildi» - deyilgan yoki yana bir hadisda, Xizr va Ilyos bir yilda bir bor zam-zam suviga qonib olishlari aytilgan. Xulosa shuki, Ilyos (a.s.) haqlarida aytilgan yuqoridagi hadislarning barchasi bir-biriga muxolif, botil, yolg‘on, to‘qilgan hadislardir. (Ibn  Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 346-347-bet.)

Xizr (a.s.) kabi Ilyos (a.s.)ning haqlarida ham isroiliy rivoyatlar juda ko‘p to‘qilgan. Yuqorida keltirganimiz, Xizr (a.s.) va Ilyos (a.s.)ning Baytul muqaddasda uchrashib, Ramazon ro‘zasini birga tutishlari, ikkovlari birga Makkaga hajga borishlari, zam-zam suvidan bir yilga kifoya qiladigan darajada qonib ichishlari, har yili Arafotda uchrashishlari va shunga o‘xshash rivoyatlarning hammasi isroiliy – to‘qilgan rivoyatlardir.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #428 : 13 Fevral 2009, 06:08:01 »
Ammo Abu Bakr ibn Abud-dunyo shunday bir hadisni keltirganki, unday xolatning sodir bo‘lishiga aql bovar qiladi, odam ishonadi. Chunki, bunday holat ko‘p odamlarda sodir bo‘ladi, o‘sha holatga tushgan odamlar: «Men Xizrni ko‘rgan bo‘lsam kerak, Ilyosni ko‘rgan bo‘lsam kerak, shunday gumon qildim» - deydilar. Quyidagi rivoyatda ham shunga o‘xshash voqea bayon etiladi:

«Sobit aytadilar: «Biz Mus’ab ibn Umayr (r.a.) bilan birga «Savodul Kufa»da edik. Men bir devorning orqasiga o‘tib, namoz boshladim. Namozning rakatlariga zam sura qilib, «G’ofir» surasining boshidan qiroat qildim:

حم (١)تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللَّهِ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ (٢)غَافِرِ الذَّنْبِ وَقَابِلِ التَّوْبِ شَدِيدِ الْعِقَابِ ذِي الطَّوْلِ لا إِلَهَ إِلا هُوَ إِلَيْهِ الْمَصِيرُ

«Ha, mim. (Ushbu Qur’on) qudratli va bilimli Alloh (tomonidan) nozil qilingan Kitobdir. U gunohni mag‘firat qiluvchi, tavbani qabul qiluvchi, azobi qattiq va ehson egasidir. Undan o‘zga iloh yo‘q. Qaytishlik faqat Uning O’zigadir». (G’ofir, 1-3.) 

Mening orqamga xachirga mingan, ustiga yamaniy libos tashlagan bir odam kelib, men «U gunohni mag‘firat qiluvchi» deganimda, u: «Ayt!: «Ey gunohlarni kechiruvchi, mening gunohimni kechir!» - dedi. Men: «tavbani qabul qiluvchi» - deganimda, u: «Ayt!: «Ey tavbalarni qabul qiluvchi, mening tavbamni qabul et!» - dedi. Men: «azobi qattiq» - deganimda, u: «Ayt!: «Ey azobi qattiq, meni azoblamagin!» - dedi. Men: «ehson egasi» - deganimda, u: «Ayt!: «Ey ehson egasi, menga rahmatingdan ehson et!» - dedi. Men namozni tugatib, orqamga qarasam, haligi odam yo‘q edi. Men devor orqasidan chiqib, tashqaridagi odamlardan: «Xachir mingan, yamaniy libosga o‘rangan odamni ko‘rdingizlarmi?» - deb so‘radim. Ular hech kimni ko‘rmaganlarini aytishdi. Keyin: «Bu bizga ko‘rinmay, senga ko‘rinib, Allohdan tilak so‘rashni o‘rgatgan kishi Ilyos (a.s.) bo‘lsalar kerak» - deyishdi.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #429 : 13 Fevral 2009, 06:08:41 »
Ilyos (a.s.) ketganlaridan keyin Alloh ularning yeriga yomg‘ir yog‘dirmadi, qattiq issiq bo‘ldi, qavm ochlikdan o‘la boshladi. Odamlar o‘limtiklarni yeyishga ham majbur bo‘lishdi. So‘ngra bu baloning sababi Ilyos (a.s.)ga ishonmaganliklari ekanligi ma’lum bo‘ldi va  Ilyos (a.s.)ni qidirib topishib, unga tavba qildilar. Alloh taolo duolarini ijobat qildi va ulardan baloni ko‘tardi.

Yahudiylar balodan qutulgan va farovonlikka erishganlaridan keyin avvalgi holatlarini unutdilar, bergan so‘zlaridan qaytdilar va kofir bo‘ldilar.

Ilyos (a.s.) ularga nasihat qilaverib charchadilar, o‘rnilariga amakivachchalari Alyasa’ni qoldirib, o‘zlari tanholikka chekindilar.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #430 : 13 Fevral 2009, 06:09:24 »
4.5. ALYASA’ (A.S.)

Alyasa’ (a.s.) ham yahudiylarning tarbiyasi va islohi uchun ko‘p urindilar. Alyasa’ning nasablari haqida Ibn Ishoq: «Alyasa’ ibn Axtub edi» - deydi.

Ibn Asokir esa o‘zining «Tarix»ida: «Alyasa’ bu Al-Asbot ibn Adiy ibn Shutlam ibn Afroim ibn Yusuf ibn Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim al-Xalildir» - deydi.

Ba’zi olimlar: «Alyasa’ Ilyos (a.s.)ning amakivachchalari edi. Ba’labakka podshohidan tog‘da yashirinib yurgan paytlarida hamroh bo‘lganlar. Ilyos qavmga qaytganlarida Alyasa’ ham birga kelganlar. Ilyos (a.s.) osmonga ko‘tarilib ketganlaridan so‘ng, Alyasa’ o‘rinlariga payg‘ambar bo‘lib qoldilar» - deyishadi.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #431 : 13 Fevral 2009, 06:11:01 »
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:

وَزَكَرِيَّا وَيَحْيَى وَعِيسَى وَإِلْيَاسَ كُلٌّ مِنَ الصَّالِحِينَ (٨٥)وَإِسْمَاعِيلَ وَالْيَسَعَ وَيُونُسَ وَلُوطًا وَكُلا فَضَّلْنَا عَلَى الْعَالَمِينَ

«Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham hidoyat qildik. Barchalari solih bandalardandir. Ismoil, Alyasa’, Yunus va Lutni ham hidoyat qildik va barchalarini butun olamlardan afzal qildik». (An’om, 85-86.)

وَاذْكُرْ إِسْمَاعِيلَ وَالْيَسَعَ وَذَا الْكِفْلِ وَكُلٌّ مِنَ الأخْيَارِ


«Yana Ismoil, Alyasa’ va Zul Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir». (Sod, 48.) 
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #432 : 13 Fevral 2009, 06:11:26 »
Adashgan qavm to‘g‘ri yo‘lni tan olmadi. Alyasa’ (a.s.)ning mo‘‘jizalariga ishonmadi, aksincha isyon qilib, inkor yo‘lini tutishdi. Natijada, ularga Alloh taolo zolim bir qavmni yuborib, Bani Isroil yana xorlikka tushdi.

Ilyos (a.s.) va Alyasa’ (a.s.)ning boshqa payg‘ambarlar kabi hidoyatga erishganlari va solihlardan bo‘lganliklari Allohning nazdida maqbul insonlar ekanligini bildiradi.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
« So'nggi tahrir: 13 Fevral 2009, 07:30:13 muallifi Musannif Adham »
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR. Rahmatulloh Obidov.
« Javob #434 : 13 Fevral 2009, 07:35:45 »
TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI
Rahmatulloh qori Obidov


PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR
(Qur'oni Karimda payg'ambarlar siymosi)

Toshkent - 2005

"Fikr-media" mas'uliyati cheklangan jamiyatida chop etildi. Bosmaxonaga 2004 yil 15 dekabrda topshirildi. Bosishga 2005 yil 20 yanvarda ruxsat etildi. Bichimi 42X30. 1/8. Adadi 1000 nusxa. Ofset qog'ozi. 20-son buyurtma.
« So'nggi tahrir: 13 Fevral 2009, 08:00:11 muallifi Musannif Adham »
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

 

Rahmatulloh Obidov. Qur'on va tafsir ilmlari

Muallif Musannif AdhamBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 614
Ko'rilgan: 224790
So'nggi javob 23 Noyabr 2008, 08:14:36
muallifi AbdulAziz
Bugungi kun tarixi

Muallif muxbirBo'lim Yangiliklar

Javoblar: 199
Ko'rilgan: 108785
So'nggi javob 27 Iyun 2013, 14:24:35
muallifi Muhammad Sanjar
Alixonto'ra Sog'uniy. Tarixi Muhammadiyya

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 736
Ko'rilgan: 236311
So'nggi javob 07 Iyun 2008, 16:30:27
muallifi Foniy
QASHQADARYO tarixi.

Muallif Muhammad AminBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 29931
So'nggi javob 06 Mart 2008, 18:14:59
muallifi Muhammad Amin
Testlar: O'zbekiston tarixi

Muallif muxbirBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 748
Ko'rilgan: 198623
So'nggi javob 28 May 2008, 17:45:31
muallifi muxbir