Rahmatulloh Obidov. Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir  ( 231757 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 39 40 41 42 43 44 B


Musannif Adham  13 Fevral 2009, 06:09:24

4.5. ALYASA’ (A.S.)

Alyasa’ (a.s.) ham yahudiylarning tarbiyasi va islohi uchun ko‘p urindilar. Alyasa’ning nasablari haqida Ibn Ishoq: «Alyasa’ ibn Axtub edi» - deydi.

Ibn Asokir esa o‘zining «Tarix»ida: «Alyasa’ bu Al-Asbot ibn Adiy ibn Shutlam ibn Afroim ibn Yusuf ibn Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim al-Xalildir» - deydi.

Ba’zi olimlar: «Alyasa’ Ilyos (a.s.)ning amakivachchalari edi. Ba’labakka podshohidan tog‘da yashirinib yurgan paytlarida hamroh bo‘lganlar. Ilyos qavmga qaytganlarida Alyasa’ ham birga kelganlar. Ilyos (a.s.) osmonga ko‘tarilib ketganlaridan so‘ng, Alyasa’ o‘rinlariga payg‘ambar bo‘lib qoldilar» - deyishadi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Fevral 2009, 06:11:01

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:

وَزَكَرِيَّا وَيَحْيَى وَعِيسَى وَإِلْيَاسَ كُلٌّ مِنَ الصَّالِحِينَ (٨٥)وَإِسْمَاعِيلَ وَالْيَسَعَ وَيُونُسَ وَلُوطًا وَكُلا فَضَّلْنَا عَلَى الْعَالَمِينَ

«Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham hidoyat qildik. Barchalari solih bandalardandir. Ismoil, Alyasa’, Yunus va Lutni ham hidoyat qildik va barchalarini butun olamlardan afzal qildik». (An’om, 85-86.)

وَاذْكُرْ إِسْمَاعِيلَ وَالْيَسَعَ وَذَا الْكِفْلِ وَكُلٌّ مِنَ الأخْيَارِ


«Yana Ismoil, Alyasa’ va Zul Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir». (Sod, 48.) 

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Fevral 2009, 06:11:26

Adashgan qavm to‘g‘ri yo‘lni tan olmadi. Alyasa’ (a.s.)ning mo‘‘jizalariga ishonmadi, aksincha isyon qilib, inkor yo‘lini tutishdi. Natijada, ularga Alloh taolo zolim bir qavmni yuborib, Bani Isroil yana xorlikka tushdi.

Ilyos (a.s.) va Alyasa’ (a.s.)ning boshqa payg‘ambarlar kabi hidoyatga erishganlari va solihlardan bo‘lganliklari Allohning nazdida maqbul insonlar ekanligini bildiradi.

Qayd etilgan



Musannif Adham  13 Fevral 2009, 07:35:45

TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI
Rahmatulloh qori Obidov


PAYG'AMBARLAR TARIXI ISLOMIYAT TARIXIDIR
(Qur'oni Karimda payg'ambarlar siymosi)

Toshkent - 2005

"Fikr-media" mas'uliyati cheklangan jamiyatida chop etildi. Bosmaxonaga 2004 yil 15 dekabrda topshirildi. Bosishga 2005 yil 20 yanvarda ruxsat etildi. Bichimi 42X30. 1/8. Adadi 1000 nusxa. Ofset qog'ozi. 20-son buyurtma.

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Fevral 2009, 08:00:39


أَلْحَمْدُ لِلَّهِ  رَبِّ الْعَالَمِينَ وَ الْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ وَ الصَّلَوةُ وَ السَّلاَمُ عَلَي رَسُولِهِ مُحَمَّدٍ وَ عَلَي آلِهِ وَ أَصْحَابِهِ أَجْمَعِينَ

Qayd etilgan