Fleshkani tuzatamiz  ( 7206 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Usmon  19 Yanvar 2009, 11:16:01

Fleshkani qanday tuzatish mumkin? ::)

Ogohlantirish: quyida yozilganlar faqat tavsiya bo'lib, sizga fleshkangiz 100% tuzalishi uchun qo'llanma bo'la olmaydi. Men faqat o'zimning fleshkamni tuzatish jarayonida yig'ilgan tajribamni bir tizimga soldim. 
Yana bir ogohlantirish: quyidagi usullarning barchasi quyi darajada formatlash bilan bog'liq bo'lib, zarar yetgan fleshkadagi axborotni butunlay o'chirib tashlaydi. Shu sababli bu usuldan boshqalari yordam bermagandagina foydalanishni maslahat beraman. Agar fleshkaning kafolat muddati tugamagan bo'lsa, yaxshisi uni servisga yoki do'konga olib boring.


Shunday qilib, agar siz fleshkani ulaganingizda disk, fayl tizimi, fleshka hajmi aniqlanmayotgan bo'lsa, hali hammasi yo'qotilgan emas.

Bunday holat odatda fleshkani unga narsa yozayotgan paytda sug'urib olganingizda yoki formatlash jarayonidagi qandaydir nuqson oqibatida yuz berishi mumkin. Bu hollarda sizning fleshkangiz "noma'lum hajmli noma'lum fayl tizimiga ega noma'lum qurilma" sifatida aniqlanish ehtimoli katta.
Buning sababi 2 xil bo'lishi mimkin:
1) Mikrochip-kontroller kuygan. Bu holda kavsharlagich (payalnik)siz hech narsa qila olmaysiz.
2) Fayl tizimi ishdan chiqqan. Bu holda esa uni jonlantirish mumkin.

Birinchi navbatda fleshka ishlab chiqarilgan kompaniya saytiga kiramiz. U yerda shunday vaziyat uchun mo'ljallangan utilita bo'lishi mumkin. Masalan Transcend kompaniyasi sayti: http://www.transcendusa.com

Saytda o'zimizning fleshkamizni topamiz. Matnni sinchiklab o'qib, utilitani topamiz. Odatda matnda recovery so'zi bo'ladi. Utilitani ko'chirib olib, instruksiyalarga amal qilib, fleshkani formatlaymiz.

Biroq saytda bunday utilita bo'lmasligi ham mumkin.

Unda sal murakkabroq yo'liga o'tamiz. Bunda bizga fleshkamizning VID va PID parametrlari kerak bo'ladi. 

Mikrochipning bunday parametrlarini topishga bizda yordam beruvchi maxsus utilitalar mavjud:
1. CheckUDisk 5.0: http://www.flashboot.ru/index.php?name=Files&op=view_file&lid=44
2. ChipGenius v2.62: http://www.flashboot.ru/index.php?name=Files&op=view_file&lid=89

Ko'chirib olib, ishga tushirgan bo'lsangiz, siz endi kontroller turi, VID va PID parametrlarini bilasiz, fleshka hajmini esa avvaldan bilardingiz.

Endi iFlash katalogiga kiramiz: http://www.flashboot.ru/index.php?name=iflash. Bu yerda fleshkalar haqida axborot mavjud. Fleshkangiz hajmi, VID va PID parametriga mos keluvchi qatorni topamiz (axborot bu sahifada bir necha betda berilgan).

Topgan bo'lsangiz, o'ng tomonda eng chetdagi ustun - Utilita ustunidagi utilita nomini ko'chirib olasiz. Endi http://www.flashboot.ru/index.php?name=iflash bu yerga kiramiz.

“Каталог файлов” yozuvi ostidagi formaga utilita nomini kiritamiz, “найти” ni bosamiz. Topilgan utilitalar orasidan o'zimizga mosini topib, yuklab olamiz.

Endi utilitani ishga tushirib, VID va PID parametrlari, kontroller turi to'g'ri ko'rsatilganiga ishonch hosil qilgach, kerakli tugmani bosamiz (barcha utilitlarda turlicha). Omad  ;)

P.S. Windows Vista da ushbu amallarni bajarish hech qanday natijaga olib kelmasligi mumkin.

Manba: http://ivanpobeda.ru/fleshka/

Qayd etilgan


FazliddinFM  08 Iyul 2009, 20:15:26

Baraka toping, juda foydali maslahat beribsiz. Mening fleshkam pand berayapti, nima qilishim kerak? MMC mobile 1Gb kingston fleshkasi uchun ham utilitalarni qayerdan topsam bo'ladi? Uning fayl sistemasi ketgan.

Qayd etilgan


Muslim_4101  22 Noyabr 2009, 15:31:39

Assalomu alaykum menda ham shunday muammo bo'lyapti. Mening fleshkam ham Kingston bir yil mobaynida yashi ishladi so'ngra ichidagi fayil, dacument, papkalar nomlari umuman o'zgarib so'ng ularni umuman ochib bo'lmayotganini bildim, HD tune proga.da fleshkamni testdan o'tkazganimda, fleshkam o'qiganda bir ikki joylarida defektrlari bor ekan bu albatta viruslar oqibatida bo'lgan, bir qancha utilitalardan foydalandim ammo umuan foydasi yo'q. Aziz forumdoshlar menga yordam beringlar.  

Qayd etilgan