Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68786 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 16 B


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:34:20

113-FATVO
Agar kalish yoki unga o‘xshash oson yechiladigan oyoq kiyimini yechib, ustiga oyoqlarini qo‘yib namoz o‘qisa zarari yo‘q. Bunda oyoq kiyimining osti pok yoki nopokligining daxli yo‘q.
«Olamgiriya»

114-FATVO
Qatnov yo‘l ustida, molxona, axlatxona, qassobxona (qushxona), g‘uslxona, hammom, qabriston kabi joylarda va Ka’ba tomida namoz o‘qish makruhdir. Yaylov, bo‘ryo, gilam kabi narsalar ustida namoz o‘qishning zarari yo‘q.
«Olamgiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 02:34:40

115-FATVO
To‘qqizta vaqt borki, o‘sha paytlarda qazo namozi, janoza, tilovat sajdasi joiz, lekin nafl namoz o‘qish joiz emas: Bomdod namozining — farzidan oldin (sunnati bundan mustasno), farzdan keyin to Quyosh chiqqunga qadar, asr namozidan keyin shomgacha, shom namozidan oldin, jum’a namozining (arabcha) xutbasi paytida, ikki hayit namozining (arabcha) xutbasi paytida, Quyosh, Oy tutilganda o‘qiladigan namoz xutbasi o‘qilayotganda.
«Qozixon»

116-FATVO
Makruh vaqtlarda nafl namozini boshlab qo‘ygan odam namozni buzishi va keyin qazosini o‘qishi kerak.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:19:40

117-FATVO
Ikki vaqt namozini qo‘shib bir vaqtda o‘qish bizning hanafiy mazhabimiz bo‘yicha faqat ikki joyda joiz: Birinchisi — arafa kuni Arafotda peshin bilan asrni peshin paytida, ikkinchisi — Muzdalifada shom bilan xufton namozlari xufton vaqtida ketma-ket o‘qiladi. Ammo shoifiiy mazhabida safar, kasallik, yomg‘ir kabi uzrlar bilan mazkur namozlarni jam qilib bir vaqtda o‘qilaveradi.
«Qozixon»

118-FATVO
Sajda qilishga peshonasi va burnida uzri bo‘lsa, yuzini yoki iyagini yerga tekkazib sajda qilishi joiz emas. Bunday odam o‘tirgan holda sajda niyati bilan boshi bilan imo-ishora qiladi.
«Olamgiriya», «Xizona»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:20:24

119-FATVO
Namozda qilgan jahriy qiroatni eng kami — o‘zidan boshqa kishiga eshittirib o‘qish, maxfiy o‘qishning eng kami - o‘ziga eshittirib o‘qishdir. Mabodo harflarni tili bilan o‘z joyidan chiqarib to‘g‘ri o‘qisa-yu, o‘ziga eshittirmasa qiroat qilgan hisoblanmaydi. Shunga ko‘ra, jonliq so‘yganda aytiladigan «basmala», taloq iboralari, qasamdagi istisno, savdolashuvdagi kelishuv so‘zlari ham loaqal gapiruvchining o‘ziga eshitilishi shart.
«Muxtasar», «Olamgiriya», «Muhit», «Sirojiya»

119-FATVO
Bomdod namozining birinchi rak’atida qiroat miqdorini ikinchi rak’atdagidan uzun qilish sunnatdir. Imom Muhammad (rh.) so‘ziga ko‘ra, barcha namozlarda ham birinchi rak’atda «Fotiha»dan keyin uzun, ikkinchisida qisqaroq sura zam qilish maqbuldir. Fatvo ham shunga berilgan.
«Olamgiriya», «Zohidiy», «Tatarxoniya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:20:54

120-FATVO
Ikkinchi rak’at zamsurasining mikdori birinchi rak’atda o‘qilgan zamsuradan uch yoki undan ortiq bo‘lsa makruh hisoblanadi. Agar uch oyatdan kam bo‘lsa makruh emas.
«Olamgiriya», «Xulosa»

121-FATVO
Farz namozlarning har ikki rak’atida «Fotiha» surasi bilan birga butun bir surani o‘qishlik afzaldir. Agar birinchi rak’atda suraning ayrim oyatlarini, ikkinchi rak’atida boshqa oyatlarini o‘qisa, ba’zi ulamolar bu makruh desalar, boshqalari makruh emas, debdurlar.
«Olamgiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:21:33

122-FATVO
Bir rak’atda bir necha suralarni o‘qib, ular orasidan bir yoki ko‘proq surani qoldirib o‘qisa, bu makruh. Ammo ikki rak’atda o‘qiganida esa, o‘rtada bir necha sura qoldirsa makruh emas, bir sura qoldirsa makruhdir. Ba’zi ulamolar o‘rtada qoldirilgan bir sura uzun bo‘lsa makruh emas debdurlar. Shuningdek, o‘rtada ikki kichik sura qoldirilsa ham makruh emas. Ba’zi ulamolar, o‘rtada sura qoldirib o‘qish mutlaqo makruh emas, ham deganlar. Ammo sunnat va nafl namozlarda suralar orasida sura qoldirib o‘qish mutlaqo makruh emasdir.
«Olamgiriya», «Muhit», «Xulosa»

123-FATVO
Namozda Qur’oni karimni xatm qilgan qori oxirgi rak’atda «Fotiha» surasi bilan yana xohlagan joyidan oyatlarni o‘qib tugatishi tavsiya etiladi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

124-FATVO
Namozda «etti qiroat»ning qaysi biri asosida o‘qisa joiz, lekin odamlarni taajjubga soladigan g‘arib, shozz qiroatlarni o‘qimagani ma’qul.
«Olamgiriya», «Tatarxoniya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:21:57

125-FATVO
Namozxonning tili ba’zi harflarni o‘z maxrajidan chiqara olmaydigan bo‘lsa, o‘sha harflar uchramaydigan oyatlarni o‘qishi kerak bo‘ladi. Agar shunday oyatlar uchramasa, noiloj o‘qiyveradi. Lekin tili kelmayditan harflar uchramaydigan oyatlar bo‘laturib, qiyin oyatlarni o‘qisa namozi durust bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

126-FATVO
Namozda o‘qigan oyatlari orasidan biror harf yoki kalima (so‘z) tushib qolea, qaraladi — agar bu bilan ma’no o‘zgarib ketadigan bo‘lsa, namoz buziladi. Ma’no o‘zgarmaydigan bo‘lsa namoz ham buzilmaydi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:22:24

127-FATVO
 O’qigan oyatlari orasiga biror harf qo‘shib o‘qisa ham qaraladi — agar bu bilan oyat ma’nosi o‘zgarib ketadigan bo‘lsa namoz buziladi. O’zgarmasa buzilmaydi.
«Olamgiriya», «Muhit», «Xulosa»

128-FATVO
Agar oyatdagi bir kalima o‘rniga boshqa kalimani o‘qib qo‘ysa, qaraladi — agar Qur’opda bor kalimalardan bo‘lib, ma’nosi ham qoldirilgan kalima ma’nosiga yaqin bo‘lsa namoz buzilmaydi. Masalan: «al-Hakim» o‘rniga «al-Alim» o‘qigani kabi. Bordi-yu, Qur’onda yo‘q kalimani o‘qib qo‘ysa, Abu Hanifa bilan Muhammad (rh.)lar nazdida agar ma’nosi qoldirilgan kalima ma’nosiga yaqin bo‘lsa namoz buzilmaydi. Abu Yusuf (rh.) nazdida esa namoz buziladi. Masalan: «Tavvobin» o‘rniga «tayyobin» o‘qigani kabi. Bordi-yu, mazkur kalima Qur’onda ham yo‘q, ma’nosi ham yaqin kelmasa bil-ittifoq namoz buziladi. Ma’nosi e’tiqod jihatidan kufr sanaladigan so‘zlarga almashtirib o‘qib qo‘ysa ham namoz buziladi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:22:49

129-FATVO
Agar qiroatda farzand nisbatini begona otaga berib o‘qib qo‘ysa va u nom Qur’onda yo‘q nom bo‘lsa bil-ittifoq namoz buziladi. Qur’onda kelgan nomlardan bo‘lsa, Imom Muhammad va barcha mashoyix ulamolar nazdida buzilmaydi. Ammo Iso (a.s.) bundan mustasno. Masalan: Qiroatda «Iso ibn Luqmon» deb o‘qib qo‘ysa namoz buziladi. Lekin «Muso ibn Iso» deb o‘qib qo‘ysa namoz buzilmaydi.
«Olamgiriya», «Vajizi Kardariy»

130-FATVO
Namozdagi qiroatda oyat kalimalaridagi harakat belgilarini (zer-zabarni) xato o‘qib qo‘ysa namoz buzilmaydi.
«Olamgiriya»

Izoh:
Magar ma’no buziladigan bo‘lsa namoz ham buziladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:23:27

131-FATVO
Farz namozlarni jamoat bilan ado etish ta’kidlangan sunnatlar sirasiga kiradi. Uni beuzr tark etish gunoh hisoblanadi. Lekin bir necha uzr sanalgan ishlar borki, ular tufayli masjidga va jamoatga «iqmaslik joiz hisoblanadi. Masalan, bemor, oyoqlari shol bo‘lgan, keksalik tufayli bedarmonlikka uchragan, ko‘zi ojiz kishilar jamoatga chiqmasdan uylarida o‘qishlari mumkin. Shuningdek, yo.mg‘ir, yo‘lning loyligi. qattiq sovuq havo, qalin qorong‘ulik, tundagi shamol kabilar ham uzr hisoblanadi.
«Olamgiriya», «Sirojul-vahhoj»

132-FATVO
Burhoniddin Marg‘inoniy (rh.) so‘zlariga ko‘ra, «havoyi fikr va bid’at egalari» deb nomlanuvchi firqalarning ayrim ashaddiylariga iqtido qilib namoz o‘qish joiz emas. Masalan: ravofiz, jahmiy, qadariy, mushabbiha, Qur’on — maxluh deb e’tiqod qiluvchilarga iqtido qilinmaydi. Xulosa qilib aytish. mumkinki, imomlikka o‘tuvchi firqa vakili e’tiqodida kufrga sabab bo‘ladigan aqida bo‘lmasa karohiyati bo‘lsa-da, iqtido qilish joizdir. Masalan Payg‘ambarimiz Muhammad (a s.)ning Makkadan Masjidi Aqsoga qilgan sayrlari (isro)ni inkor etuvchi firqadan bo‘lsa, unga iqtido qilinmaydi. Zero u (isro) ma’nosi aniq oyat bilan sobit bo‘lgan. Ammo Aqso masjididan osmonlarga qilgan sayrlari (me’roj)ni inkor etadigan firqalardan bo‘lsa, unga iqtido qilish.joiz. Zero, me’roj «zanniy dalil» (aniq bo‘lmagan dalil) bilan sobit bo‘lgan.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Xulosa»

Qayd etilgan