Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68797 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 16 B


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:23:55

133-FATVO
Tahoratga doir uzrli kishilar bir-birlariga iqtido qilishlari joiz. Lekin uzrlari bir xil bo‘lishi shart. Masalan, doimiy ravishda yel chiqish kasaliga chalingan odam doimiy siydigi tomib turuvchi kishiga iqtido qilishi joiz emas.
«Olamgiriya», «Bahrul-roiq», «Tabyin»

134-FATVO
A’robiy, ko‘zi ojiz, qul, valadi zino va fosiq kishilardan biri imom bo‘lib namoz o‘qilsa, unga iqtido qilish joiz, lekin karohiyati bor.
«Olamgiriya», «Xulosa»

Izoh:
Valadi zinoga iqtido qilish karohiyatining sababi - odamlar o‘rtasida shov-shuv gaplarning paydo bo‘lish xavfidir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:24:37

135-FATVO
Erkak kishining ayollarga imom bo‘lib namoz o‘qishining shartlari — ularga imomlik qilishni niyat qilishi va xilvat joyda bo‘lmasligidir. Ammo ayollarning hammasi yoki ayrimlari imomga mahram bo‘lsa xilvatda o‘qishlari ham joiz. Lekin, faqat ayollar jamoatiga imom bo‘lib o‘qishning karohiyati bordir. Jum’a va hayit namozlarida imomga iqtido qilgan ayollarga imomlikni niyat qilmasa ham joizdir. Ammo erkak kishining ayolga iqtido qilishi mutlaqo joiz emas.
«Olamgiriya», «Nihoya», «Xulosa», «Hidoya»

136-FATVO
Ayollardan biri imomlik qilgan holda xoh farz, xoh boshqa namozlarni ado etishlari makruhdir. Janoza namozi bundan mustasno. Jamoat bilan namoz o‘qigan taqdirda ham imomlikka o‘tgan ayol oldinga chiqib olmay birinchi saf orasida turgani yaxshi, deyilgan. Aslida ayollar yakka holda namoz o‘qiganlari afzaldir.
«Olamgiriya», «Xulosa»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:24:57

137-FATVO
Namoz qiroatiga yarasha Qur’on suralaridan o‘rganib olish hammaga farzi ayn bo‘lganidek, savodsiz kishi ham namozda o‘qilishi farz bo‘lgan miqdorida qiroatni to‘g‘ri o‘qishga kechayu kunduz harakat kilishi kerak bo‘ladi. Agar harakat qilmasa Allohning huzurida uzrli sanalmaydi. Toqati boricha harakat qilsa ham to‘g‘ri talaffuz bilan o‘qiyolmasa, namozni o‘qiyveradi. Xato o‘qilgan qiroati uzrli hisoblanadi. Qiroati durust odam qiroati uzrli kishiga, qiroati uzrli odam soqovga, kiyimli odam kiyimsizga, masbuq masbuqqa, lohiq lohiqqa, yerdagi odam otliqqa iqtido qilishlari joiz emas.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Xulosa»

138-FATVO
Imom bilan unga iqtido qiluvchi (muqtadiy) o‘rtasida yupqa devor bo‘lsa yoki qalin bo‘lsa ham ovoz o‘tkazadigan teshikchalar qo‘yilgan bo‘lsa, ular orqali imomning engashayotgan, turayotgan harakatlari ko‘rinib tursa yoki takbirlari eshitilib tursa namozi joizdir.
«Olamgiriya», «Muhit»

Izoh:
Shunga qaraganda hozirda masjid hududida, lekin imomdan olisda alohida xonalarda safdan ajralgan holda imomga iqtido qilib namoz o‘qishlar, ovoz kuchaytirgichlar orqali imomning holati bilinib turgani uchun joizdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:25:54

139-FATVO
Hovlisi masjidga qo‘shni bo‘lgan odam o‘z uyida turib masjid imomiga iqtido qilishining sharti — o‘rtada qatnov yo‘lining bo‘lmasligi yoki bo‘lsa ham yo‘l uzra saf tortilib uni to‘ldirib turgan bo‘lishidir.
«Olamgiriya», «Tatarxoniya»

140-FATVO
Imomga iqgido qiluvchi bir erkak yoki namozni tushunadigan yoshga yetgan norasida (sag‘ir) bo‘lsa imomning o‘ng yonida turib namoz o‘qiydi. Agar chap tomonida turib o‘qisa, namozi joiz bo‘lsa-da, yomon ish qilgan bo‘ladi. Yakka odam imom ortida turib iqtido qilsa ham namozi durust bo‘ladi. Lekin karohiyati bo‘lish-bo‘lmasligida ulamolar ikki xil xulosaga kelganlar.
«Olamgiriya», «Muhit», «Badoe»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:26:19

141-FATVO
Iqtido qiluvchi ikki erkak bo‘lsa, imomning ortida turishlari lozim. Bordi-yu, imomning ikki yonida turib o‘qishsa ham namozlari joizdir.
«Olamgiriya»

142-FATVO
Agar turli jins va yoshdagi namozxonlar bir jamoatda bo‘lib qolsalar, imom orqasidagi saflarga katta yoshdagi erkaklar, ularning ortidagi saflarga norasida o‘g‘il bolalar, ularning ortidagi safga xunasalar turib, ular ortidan ayollar, ular ortidan norasida qizlar saf tortgaylar.
«Olamgiriya», «Sharhi Tahoviy»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:26:52

143-FATVO
Ayollarning masjidga qatnab erkaklar jamoatiga qo‘shilib namoz o‘qishlari makruxdir. Keksa yoshdagi ayollarning bomdod, shom, xufton namozlariga kelishlari bundan mustasno. Lekin «Kofiy» kitobida: «Buzg‘unchilik tufayli bugungi kunda ayollarning barcha namozlarga kelishi makruh, deb fatvo berildi» deyilgan.
«Olamgiriya», «Kofiy», «Tabyin»

144-FATVO
Erkaklar safiga kirib namoz o‘qigan bitta ayol uchta erkak kishining namozi buzilishiga sabab bo‘ladi: o‘ng, chap va orqa tomonidagi namozxonlar. Boshqalarning namozi buzilmaydi. Ikkita ayol to‘rtta kishining namozini buzadi: o‘ng, chap va orqadagi ikki kishi. Uchta ayol bo‘lsa ularning ikki yonidagi ikki kishi bilan birga ayollarning ortidagi uch kishi bilan yana saf oxirigacha uch nafardan kishilarning namozi buziladi.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Tatarxoniya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:27:37

145-FATVO
Iqtido qilgan odam «Attahiyyot»dan keyingi salavot yoki duoni o‘qib bo‘lmasdan turib imom salom berib yuborsa, u ham salom berib namozdan chiqaveradi. Ruku’ va sajdadagi tasbehlarni uch marta aytmay turib imom boshini ko‘tarsa, muqtadiy ham unga tobe bo‘lib boshini ko‘taraveradi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

146-FATVO
Imomdan oldin ruku’dan yoki sajdadan boshini ko‘tarib yuborgan odam darhol ruku’ va sajda holatiga qaytishi lozim. Bu bilan ruku’ yoki sajdani ikki bor qilgan bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:28:13

147-FATVO
Namozda shunday beshta amal borki, ularni imom bajarmasa muqtadiy ham bajarmaydi — ikki hayit namozidagi qo‘shimcha takbirlar, uch, to‘rt rak’atli namozlardagi birinchi qa’da (o‘tirib «Attahiyyot» o‘qish), tilovat sajdasi, sajdai sahv, duoi qunut. Yana to‘rt amal borki, imom bajarsa ham muqtadiy bajarmaydi — biror sajdani ortiqcha qilsa, hayit namozidagi takbirlar soniga qo‘shsa, janoza namozida 5-takbir aytsa, beshinchi rak’atga sahvan turib ketsa. Agar imom esiga tushib, 5-rak’atga sajda qilmay turib qaytib salom bersa, muqtadiy ham birga salom beradi. Bordi-yu, imom sajda qilsa, muqtadiy unga qo‘shilmaydi, balki salom beradi. Imom beshinchi rak’at sajdasini qilmay turib muqtadiy salom berib qo‘ysa, har ikkisining namozi ham buziladi.
«Olamgiriya», «Vajizi Kardariy», «Xulosa»

148-FATVO
Namozga kech kelib qo‘shilgan kishi (masbuq), agar imom tovush chiqarib (jahriy) qiroat qilayotgan bo‘lsa «tahrima takbiri»ni aytib iqtido qiladi. Lekin «sano» o‘qimaydi. Namoz oxirida qolgan qismini o‘qish oldidan sano bilan «auzu»ni o‘qib qiroat qiladi. Imom tovushsiz qiroat qilayotganda iqtido qilgan odam «sano» o‘qiydi. Abu Yusuf (rh.) «Auzu»ni sanodan keyin ham, qiroatdan oldin ham o‘qiydi, degan ekanlar.
«Olamgiriya», «Vajiz», «Zahiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:29:16

149-FATVO
Masbuq imom salom berishi bilanoq qolgan qismini o‘qish uchun turib ketmay, imom boshqa sunnat yoki nafl namozga turib ketishini yoki mehrobdan yuz o‘girib ketishini kutib turadi. Zero, imom sajdai sahv qilib qolishi ehtimoli ham bo‘lishi mumkin.
«Olamgiriya», «Bahrur-roiq»

150-FATVO
Imom oxirgi qa’da (o‘tirish)da «Attahiyyot»dan keyingi salavot va duolarni o‘qiyotganida masbuq faqat «tashahhud»ni o‘qiydi. Vaqti ortib qolsa, «tashahhud»ni takroran o‘qiydi, ya’ni «ashhadu allo iloha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh»ni qayta-qayta o‘qib turadi. Masbuq «Attahiyyot»ni bir marta sekin-asta, cho‘zib o‘qib, imom bilan birga tugatishga harakat qiladi, degan ulamolar ham bor.
«Olamgiriya», «Vajiz», «Qozixon», «Xulosa»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 07:30:35

151-FATVO
To‘rt rak’atli namoz tugagach, qavm imomga: «Uch rak’at o‘qidingiz», — desa, imom: «to‘rt rak’gt o‘qidim» desa, qaraladi. Imom shubhasiz, ishonch bilan o‘z so‘zida turib olsa, namoz qayta o‘qilmaydi. Aks holda qavmning so‘zi e’tiborga olinib, namoz qayta o‘qiladi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

152-FATVO
Agar necha rak’at namoz o‘qilgani to‘g‘risida namozxonlar o‘rtasida tortishuv paydo bo‘lsa, imom qaysi tomonga qo‘shilsa, o‘sha tomonning so‘zi e’tiborga olinadi, garchi imom qo‘shilgan tomonda faqat bir kishi bo‘lsa ham.
«Olamgiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan