Abu Hanifa (Imom A’zam), Abu Yusuf, Muhammad ibn Hasan, Abu Hafsi Kabir, Imom Halvoniy, Abul Lays Samarqandiy, Imom Saraxsiy, Abu Mansur Moturidiy, Imom Pazdaviy, Imom Nasafiy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Zahiriddin Marg‘inoniy, Sirojiddin O’shiy-Farg‘oniy, Alouddin Samarqandiy, Abu Bakr Kosoniy, Abdulhay Laknaviy kabi fatvo berish huquqiga ega bo‘lgan ko‘plab hanafiy mazhabining mujtahid va fuqaholari o‘zlaridan keyin fiqh va fatvoga doir asarlarni meros qoldirganlar.
Biz ushbu majmuani tasnif etishda ularning va boshqa mashhur ulamolarning fatvo kitoblaridan foydalandik.
Majmuaning birinchi qismida quyida nomlari keltirilgan kitoblardagi fatvolar arabchadan tarjima qilib keltirildi:
"Al-Hidoya", "Sharhul-Viqoya", "Muxtasarul-Viqoya", "Muhit", "Fatovoi Qozixon", "Fatovoi Olamgiriya", "Xulosatul-fatovo", "Zaxiratul-fatovo", "Fatovoi Zahiriya", "Mabsut", "Fatovoi Bazzoziya", "Fatovoi Zohidiy", "Tatarxoniya", "Sirojiya", "Tabyin", "Badoeus-sanoe", "Al-Javharatun-nayyira", "Muzmarot", "As-Sirojul-vahhoj", "Naf’ul-muftiy", "Az-Zaxoirul-ashrafiya", "Munyatul-musalliy", "Kunya", "Raddul-muhtor", "Al-Muntaqo", "Vajizi Kardariy", "Al-Kofiy", "Al-Bahrur-roiq", "Navodir", "Navozil", "Al-Fathur-Rahmoniy".
Keyingi qismlarda manbalar adadi yanada ortishi mumkin, Oxirgi qismda bu foydalanilgan asarlarning mualliflari to‘g‘risida ham kerakli ma’lumotlar ilova qilinadi, inshoallohu taolo.
Abdulaziz MANSUR