Yana bir shifo
Imom Bayhaqiy va Ibn Sunniylar Ibn Mas'uddan roziyallohu anhu u kishi xastaning qulog'iga qiroat qilganida tuzalib ketganini, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: "Qulog'iga nima o'qiding?" deb so'raganlarida bunday javob berganini rivoyat qilishgan:
"Afahasibtum annama xolaqnakum 'abasav va annakum ilayni la turja'un. Fata'alallohul malikul haqq, la ilaha illa huva robbul 'arshil kariym. Va may yad'u ma'allohi ilahan axoro la burhana lahu bihi fainnama hisabuhu 'inda robbihi innahu la yuflihul kafiruun. Va qur robbig'fir varham va anta xoyrur rohimiyn". (Mo'minmlar surasi, 115-118 oyatlar).
"Yoki sizlar gumoningizcha Biz sizlarni (ya'ni dunyoda sizlarga biron vazifa bermaydigan, oxiratda hisob-kitob qilmaydigan holda) yaratdigu, sizlar Bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi?!" (Undoq emas)! Zotan Haq Podshoh - Alloh (biron ishni behuda qilishdan) yuksakdir. Hech qanday iloh yo'q, magar U - ulug' arsh sohibi bordir. Kim o'zi uchun hech qanday hujjat bo'lmagan holda Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilsa, bas, uning hisob-kitobi Parvardigorining huzurida bo'lur. Albatta, kofir bo'lgan kimsalar najot topmaslar. (Ey Muhammad), ayting: "Parvardigorim, O'zing (gunohlarimizni) mag'firat qilgin va (holimizga) arhm ayla. Sen O'zing rahm qiluvchilarning yaxshirog'idirsan". (Mo'minmlar surasi, 115-118 oyatlar) ni o'qidim, dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar shuni mo'min kishi ishongan holda toqqa o'qisa, tog' o'rnidan jiladi", dedilar.