Bizning fotogallereya  ( 1086829 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 292 B


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 01:17:58

Assalomu alaykum!
Ko'pchiligimiz hobbi sifatida suratga tushirishni yoqtiramiz. ba'zida shunday suratlar bo'ladiki, uni boshqalarga ham ravo ko'rgingiz keladi.
Ushbu mavzuda o'zimiz tushirgan ana shunday ajoyib fotolarni taqdim etamiz.

Mavzu shartlari:
1. Kiritayotgan fotoni o'zingiz tushirgan bo'lishingiz kerak. Internetdan ko'chirib, forumda chop etish taqiqlanadi.
2. O'zingiz, do'stingiz yoxud dugonangizning portret suratlarini berish taqiqlanadi.
3. Ochiq-sochiq, insonlarni gunohga chorlovchi rasmlar qat'iyan taqiqlanadi.
4. Agar bolalarning rasmlarini tadim etsangiz, ularning yaqinlaridan ruxsat olish talab qilinadi.
5. Do'stingiz tushirgan fotolardan ham foydalansangiz bo'ladi. Bunda suratni kim tushirganini yozsih shart.
6. Har bir suratga yoki suratlar guruhiga mos ta'rif berish ma'qul.

Mavzu chiroyli yuritilishi uchun ba'zi talablar:
1. Rasmning tiniqligiga e'tibor bering.
2. Rasm formati 500X375 bo'lmog'i maqsadga muvofiq, shunda rasmlar tezroq ochiladi.
3. rasm chetiga uning muallifini yozish mumkin.

Forumga rasm qanday joylanadi?
1. Bunda siz http://imageshach.us http://photobucket.com www.radikal.ru xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
2. Bu kabi xizmatlarda rasmni upload qilganingizdan so'ng, sizga forumga joylash uchun link beradi, shu linkni forumga kiritasiz.
3. Agar qandaydir mummolar bo'lsa, menga [email protected] manzili orqali rasmni jo'natsangiz, men rasmni upload qilib sizga kodlarini jo'nataman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 01:33:18



Bahor sog'inchi...
Marg'ilon, 2008



Kuz xayollari...
Toshkent, 2007

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 01:54:24



Ajoyib antenna.
Xiva, 2007



Qishloqqa kelin keldi.
Jizzax, 2007

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 01:58:17



Mag'rur kabutar
Marg'ilon, 2008



Kel, ikkimiz do'st bo'laylik...

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 08:16:47



Shumtaka jiyanlarim
Marg'ilon, 2002
- Qani bolalar, kim morojniy yemoqchi bo'lsa, kulsin!



Muhammad Azim
Marg'ilon, 2002
Bu kishim tepadagi rasmdagi chaqaloq



Jiyanlar: Orif, Muhammad Azim, Muhammad Rasul
Marg'ilon, 2008

Qayd etilgan


Abdullоh  22 Yanvar 2009, 19:37:19

Assalomu alaykum. Juda yaxshi ishga qo'l uribsiz. Menda savol bor edi. Universitet hayotidan yoki Universitetning chiroyli joylarining suratlarini ham qo'ysak bo'ladimi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 19:58:26

Assalomu alaykum. Juda yaxshi ishga qo'l uribsiz. Menda savol bor edi. Universitet hayotidan yoki Universitetning chiroyli joylarining suratlarini ham qo'ysak bo'ladimi?

Va alaykum assalom!
Agar qiziqarli rasm bo'lsa, bemalol chop etishingiz mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 20:05:28

"Onam ekkan gullar" turkumidan
Marg'ilon, 2007-2008









Afsus, gullarning nomini yaxshi bilmayman-da...

Qayd etilgan


ORIF  23 Yanvar 2009, 03:11:50

AbdulAziz! Yuqoridagi beg`ubor ijod namunalarizni ko`rib, ojizona ijod namunalarini qo`yisga ham iymanib qoldi odam.

Mayli men ham bir harakat qilib ko`raychi. Men ushbu sauratlardan boshqalshni ma'qul topdim:





"O`zimizni bog`dan!"

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 03:29:53

Hay-hay birodar, unday demang. Biz ijodingini qadrlaymiz. Ko'p-ko'p bizni bahramand aylasangiz xursand bo'lamiz.

Xurmolar juda go'zal chiqibdi, ayniqsa, undagi yozuvlar.

Menimcha daraxt yoki shotining tepasiga chiqib rasmga tushirdingiz, shekilli-a?

Ammo-lekin bog'laring judayam go'zal ekan. Boshqa ne'matlaridan ham bahramand eting.



Qayd etilgan