Madrasaning yo'laklari. Gapirsangiz ovozingiz jaranglab chiqadi. Odatda madrasa talabalari Qoronni bu yerda yodlashar ekan.
Bir paytlar ayni shu joylar zabardast olimu fuzalolar, tolibi ilmlar bilan gavjum bo'lgan. Menga bu surat, Grenadadagi Al-Hamro saroyi va ilm yuksak rivojlangan Qurtuba masjidlarini eslatadi. Qurtuba, Bag'dod, Damashq kabi, Buxoro ham bir paytlar Islom ilm-fanining yuksak markazi bo'lgan. Ayni o'sha davrlarda mana shu ustunlar tagida necha minglar qoriyu olimlar yetishib chiqqan... Hozir esa u yerlarning tuprog'iga qadam bosish turistlaru, bir guruh ziyoratchilarga nasib etyapti xolos...