Bizning fotogallereya  ( 1086817 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 163 164 165 166 167 168 169 170 171 172 173 ... 292 B


Ansora  17 Fevral 2010, 12:06:26



yoshligimizda doim muzlani, xorazqnat dib chimardik!

Fotimaxon, rasmlarni kompyuterga olgandan keyin "chapga", "o'ngga" aylantir, degan joydan rasmlarni tuzatib olsangi bo'ladi : )

Qayd etilgan


ossiyobinti  17 Fevral 2010, 14:27:21


 yoshligimizda doim muzlani xorazqant qilib chimardik!

Qayd etilgan


ossiyobinti  20 Fevral 2010, 18:42:33

Ajoyib fantan ekan! muzikaga qarab fantan otilarkan :D

Qayd etilgan


uzboy  21 Fevral 2010, 05:56:20

Homilador ayol (Pregnant woman) tepaligi, ko'ra oldingizmi? bosh, ko'kroq, qorin va oyoqlar.. oxshaydimi?


Burgutlar oroli (Langkawi - Malayziya) dagi cho'qqidan tushirilgan tasvir



Oroldagi burgutlar juda g'aroyib, boshi va buyni oq rangda, boshqa joylari qizil. Odamga beozor ekan.


Qayd etilgan


uzboy  21 Fevral 2010, 06:14:51

Malayziya egizak binolari (Kuala Lumpur Twin Towers). Ko'pchilik Petronas Twin Towers deb ataydi, chunki bitta bino Malayziyadagi yirik neft gaz kompaniyasi bulmish Petronas (Petrol Nasional - malay tilida) ga tegishli.

Bino dunyodagi eng balang egizak minoralardan biri hisoblanadi.
Balandligi 451 metr
Qurilgan yili 1992-1998 yillar
Qavatlar soni 88 ta
Liftlar soni 78 ta ( eng tez yurar liftlar ham bor, sekuniga 1 qavatga ko'tariladi
Ikki bino o'rtasidagi ko'prik eng baland osmon o'par ko'prik. 41 va 42 qavatlar o'rtasiga joylashtirilgan.

Turistlar uchunbino 24 soat ochiq, o'rtasida 5 qavatli juda katta savdo markazi bor. Istagan odam 41 qavatgacha, ya'ni ko'prikkacha chiqishi mumkin, tekinga. Faqat ertalab vaqtli borib navbatda turish kerak, chunki butun dunyodan odamlarni bu yerga keladi va tepaga chiqishni orzu qiladi. Kuniga 1600 tagacha odam ko'prikka chiqishi mumkin, undan ko'pi binoga ortiqcha yuk bo'lsa kerakda

Minoralar musulmonlarning ramziy sakkiz burchak shaklida qurilgan.

Hozirgi kunda, birinchi bino Petronas kompaniyasiga tegishli va ikkinchi biznes markaz. Turli korhonalar uchun ijaraga idora sifatida berilgan.



O'rtadagi ko'prikdan pastga qarab tushirilgan rasm

Qayd etilgan


uzboy  21 Fevral 2010, 06:30:00

Nitsa shahri, Fransiya (Nice, france).. o'rta yer dengizi sohili




Monte Carlo, Monaco (shahar-mamlakat) ning markazi.
Dunyodagi eng boy odamlar istiqomat qiladigan joylardan biri, KAzinosi ham mashhur


Qayd etilgan


uzboy  21 Fevral 2010, 06:41:54

Kolizey (The Colosseum)...

Rim arhitekturasining eng noyob va ulkan na'munalaridan biri.
50 000 ming kishiga mo'ljallangan ekan


Gladiator filmi esingizga tushdimi? Kinoda sal boshqacha edi a? Chunki montaj qilishganda, hozir Kolizey ichki va tashqi tomondan ancha yemirib  ketgan, ayniqsa yomg'irlar ta'sirida


Bu bino ulkan va chiroyli bulishiga qaramasdan, bu yerdagi turli hil qonli o'yinlar natijasida 500 000 dan ortiq odam va 1 ml.dan oshiq yirtqich hayvonlar o'lgan ekan.



Qayd etilgan


uzboy  21 Fevral 2010, 07:02:23

Nou Camp ( ispanlar Camp Nou deyisharkan, ma'naso "Yangi maydon") ga sayohat
Barcelona jamoasining uy maydoni hisoblagn stadion Evropa qit'asidagi eng ko'p tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan maydon hisoblanadi, 98 772 ta
1957 yilda ochilgan. Hammaga ma'lumu mashxur, Chempionlar ligasining final uchrashuvi (1999, ManUtd 2-1 Bavariya) aynan shu stadionda o'tkazilgan.


Teskari tomondan tushirmoqchi edim, chunki u tomonning usti yopiq va FC BARCELONA deb katta yozilgan edi. Afsuski, faqat shu tomonda rasmga tushirishga ruhsat berishdi


2008-2009 yil jamoa uchun omadli keldi, chunki Barcelona ushbu mavsumda maksimal darajada o'ynab o'zi qatnashgan barcha musobaqalarda g'olib buldi. O'sha kuboklar hozir muzeyda saqlanmoqda


Chiptalar sotiladigan kassa

Qayd etilgan


uzboy  21 Fevral 2010, 07:15:56

Vulqonlar haqida eshitganmiz, lekin ko'pchilik uni yaqindan ko'rmagan bo'lsa kerak. Indoneziyaning Bali orolida bir nechta tirik va o'lik vulqonlar bor ekan. Safar chog'ida rasmga tushirishga muvaffaq bo'ldim

Tirik Vulqon, samolyotdan tushirdim. Turistlar havfsizligi uchun yaqindan ko'rish ta'qiqlangan ekan.




Bunisi esa so'ngan vulqon ekan, lavalarni oqib kelgan joyni yerga qarab bilsa bo'ladi. Osha joylar qorayib o'tlar o'smay qolgan.


Butun yer yuzidan odamlar u yerga sayohat qilib, vulqon qarshisidagi chiroyli manzarani tomosha qilgan holatda balkonli restoranda ovqatlanib zavqlanishar ekan



Qayd etilgan


Ansora  21 Fevral 2010, 13:06:43

A.alaykum. uzboy, rasmlar va asosiysi izohlar uchun katta rahmat.

Qayd etilgan