Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (2-qism)  ( 73039 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 B


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:29:39

563-FATVO
Ramazon oyida tutolmay qolgan qazo ro‘zalari zimmasida turib, nafl ro‘za tutishi makruh emas.
«Olamgiriya», «Me’roj»

564-FATVO
Agar qasddan ro‘za tutmagan kuni nogoh xizmat safariga chiqib ketgan bo‘lsa kafforat zimmasidan soqit bo‘lmaydi. Zero, safar keyin ma’lum bo‘ldi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:31:03

565-FATVO
Bemor kishi halok bo‘lishidan yoki kasali kuchayib ketishidan qo‘rqsa, ro‘za tutmasligi mumkin. Keyin qazosini tutib beradi. Hatto sog‘lom holatdagi odam ham agar ro‘za tutsa kasal bo‘lib qolishini bilsa, tutmasligi joiz.
«Olamgiriya», «Muhit», «Muxtasar», «Tabyin»

566-FATVO
Homilador, bola emizadigan ayol, hayz va nifosdagi ayollar ro‘za tutmaydilar. Lekin keyin qazosini tutadilar. Agar ayol odati bo‘yicha hayzi keladigan kuni qasddan ro‘za tutmasa va o‘sha kuni hayzi kelmasa ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Zahiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:32:58

567-FATVO
Agar ro‘za tutsa, ochlik va tashnalikdan halok bo‘lishi yoki aqldan ozishining xavfi bo‘lsa, shuningdek, havoning yuqori haroratida qurilish ishlarida xizmat qilishlikka podshohlik tomonidan buyurilgan bo‘lsa va bunday sharoitda ro‘za tutish halokatga yoki aqldan ozishlikka olib kelishi mumkin bo‘lsa, bularning har biri ro‘za tutmaslikka uzr bo‘ladi. Keyin kafforatsiz qazosini tutib berilaveradi.
«Olamgiriya», «Fathul-Qadir»

568-FATVO
Shayxi foniy sanaluvchi erkak va ayollar ro‘za tutmasdan har bir kun uchun bir miskin taomi miqdorida fidya to‘lab qo‘yadilar. «Shayxi foniy» deb, kundan-kunga jismonan zaiflashib borayotgan keksalarga aytiladi. Fidyani ramazon oyining boshida yoki oxirida berish mumkin.
«Olamgiriya», «Hidoya», «al-Bahr»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:33:27

569-FATVO
Kasallik yoki safar tufayli ro‘za tutmay yurgan kishi sog‘aymay yoki uyga qaytmay turib-vafot etib qolsa, zimmasidan qazo soqit bo‘ladi. Lekin shunda ham o‘limi oldidan merosxo‘rlariga fidya berishni vasiyat qilgan bo‘lsa, uni ijro etish joiz. Qoldirgan merosining uchdan biri hisobidan fidya ajratiladi. Ammo kasal sogaygandan keyin yoki musofir uyiga qaytgandan keyin qazo qilgan ro‘za kunlari miqdoricha yashasa, qazolarini o‘zi tutadi. Agar tutmasdan o‘sha miqdordagi kunlarni o‘tkazib yuborgandan keyin o‘lim to‘shagida yotib qolsa, fidya berishni merosxo‘rlariga vasiyat qilib qo‘yishi vojibdir. Fidya har bir kun uchun 2 kg bugdoy yoki 4 kg arpa yoki ularning qiymati miqdoridagi pul mablag‘i. Agar vasiyat qilmagan bo‘lsa-yu, varasalar o‘zlaricha fidya bersalar ham joiz. Ammo vojib emas. Fidya o‘rniga boshqalarning ro‘za tutib berishi joiz emas.
«Olamgiriya», «Badoe», «Hidoya», «Qozixon»

570-FATVO
Nafl ro‘zani ham uzrsiz ochib yuborish joiz emas. Mehmonga borish, mezbon bo‘lish kabilar uzr hisoblanadi. Agar mehmondorchilik qilinayotgan joyda hech kim ranjib qolmaydigan bo‘lsa, nafl ro‘zasini ochmagani ma’qul. Aks holda ro‘zani ochib keyin qazosini tutib beraveradi. Imom Halvoniy (rh.) so‘ziga ko‘ra, keyin qazosini tutib bera olishiga ko‘zi yetmasa, ro‘zasini ochmaydi. Yana bu gaplarga zavol vaqtigacha bo‘lsagina amal qilinadi. Ammo zavoldan keyin bo‘lsa, katta uzr bo‘lmagunicha ochmaydi. Masalan, agar ochmasa, ota-onaning norozi bo‘lib qolishlariga sabab bo‘lsa.
«Olamgiriya», «Kofiy», «Muhit», «Sharhi Viqoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:34:01

571-FATVO
Ro‘za tutsa namozni tik turib o‘qishga kuchi yetmaydi, o‘tirib o‘qishga majbur bo‘ladi. Ro‘za tutmasa, namozni tik turib o‘qishga qodir. Bunday odam ro‘za tutib, namozni o‘tirib o‘qiyveradi. Shunday qilganda har ikki ibodatni bajargan bo‘ladi.
«Bazzoziya»

572-FATVO
Musofir ro‘za tutmagan holda uyiga qaytsa, to quyosh botgunga qadar ovqatlanmay turishi vojib. ShunIngdek, hayzdan kunduzi pok bo‘lgan ayol, shak kuni ro‘za tutmay turganda ro‘zaning birinchi kuni ekani aniqlanib qolgan, ehtiyotsizlik bilan ro‘zasi ochilib ketgan, majburiy ravishda ro‘zasi ochilgan kishilar ro‘zam ochildi-ku, deb ovqatlanavermasdan iftorlik vaqtigacha xuddi ro‘zadorlardek o‘zlarini yeb-ichish va jinsiy aloqadan tiyib turishlari vojibdir.
«Olamgiriya», «Xulosa», «Fathul- Kadir»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:34:45

573-FATVO
Hayz va nifosdagi ayollar, bemor va musofirlar o‘zlarini ro‘zadorlardek ko‘rsatib, ro‘za tutmaganliklarini odamlardan sir tutishlari lozim emas.
«Olamgiriya», «Xulosa»

574-FATVO
Nafl ro‘zani tutishga kirishish bilan uni ochib yubormasdan quyosh botgunga qadar yetkazishlik vojib bo‘ladi. Agar o‘z ixtiyori yoki boshqa sabab bilan ro‘zasi ochilib ketsa, qazosini tutib berishi vojibdur. Masalan, nafl ro‘za tutgan ayol kunduzi hayz ko‘rib qolsa, ro‘zasi ochilib ketgani uchun o‘sha kunning qazosi ham vojib bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Hidoya», «Nihoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:35:22

575-FATVO
Qazo ro‘za tutishning niyatini tong otgandan keyin qilsa, durust emas. Lekin nafl ro‘za deb niyat qilsa, imom Nasafiy (rh.) so‘zlariga ko‘ra, joiz. Agar shunday niyat qilgandan keyin ro‘zasini ochib yuborsa, qazosini tutib berishi vojibdir.
«Olamgiriya», «Xulosa»

576-FATVO
HazratAli (rz.)ning«Ro‘zangizningbirinchi kuni qurbonlik qiladigan kuninggizdir», degan so‘zlari xususida fuqaholarimiz shunday xulosa qilganlar. Masalan, «Olamgiriya»da qurbon hayiti ramazon oyiningbirinchi kuniga qarabbelgilanmaydi. Ya’ni, payshanba kuni ro‘za tutilgan bo‘lsa, qurbon hayitining arafa kuni ham payshanba kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, to aniqlanmaguncha shu kuni qurbonlik qilish joiz emas. Zero, Hazrat Ali (rz.)ning mazkur so‘zlari o‘sha yilning o‘ziga xos bo‘lib, abadiylikni kasb etmasligi mumkin, deyilgan. Xuddi shu ma’no «Qozixon», «Bazzoziya» kitoblarida ham ta’kidlangan. Demak, obdon aniklanmaguncha ro‘za bilan qurbonlik kuni bir kunga to‘g‘ri keladi, degan gapga amal qilish joiz emas ekan. Ayrim yillarda tasodifan to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Lekin har yili emas.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Bazzoziya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:36:12

577-FATVO
Ado etilishi farz qilingan ro‘zalar o‘n uch xildir. Ulardan yettitasi kun ora emas, paydar-pay tutilishi vojib. Ular ramazon ro‘zasi, xun kafforati, «zihor» kafforati, qasam kafforati, ramazon ro‘zasi kafforati, muayyan nazr va muayyan qasam ro‘zalari. Olti xil ro‘zada paydar-pay tutish vojib emas. Ular - ramazon ro‘zasining qazosi, haj ibodatidagi «mut’a» ro‘zasi, hajda sochini muayyan vaqtidan oldin oldirgani uchun tutiladigan ro‘za, hajda ov qilib qo‘ygani uchun tutiladigan ro‘za, mutlaq (tayinsiz) nazr ro‘zasi va qasam ro‘zasi. Ramazon oyida qazo bo‘lgan ro‘za kunlarini paydar-pay tutish-tutmasligi ixtiyoriy bo‘lsa-da, paydar-pay tutgani yaxshi. Bunda zimmasidagi qarzini tezroq ado etgan bo‘ladi.
«Olamgiriya», «al-Bahr», «as-Siroj»

578-FATVO
Laylatul-qadr kechasi Abu Hanifa (rh.) nazdida ramazon oyida kechadi. Lekin muayyan bir kechada emas. Ba’zan oldin, ba’zan keyinroqkelaveradi. Abu Yusuf bilan Imom Muhammad (rh.)lar nazdida har yili muayyan bir kechada keladi. Laylatul-qadr kechasini topib, undan bahramand bo‘lishga harakat qilish mustahab amallardandir.
«Olamgiriya», «Me’roj», «Fathul-Qadir»

Izoh:
Imom Bag‘aviy o‘zining tafsirida yozishiga ko‘ra, Ramazon oyining nechanchi kechasi Lailatul-qadr ekani Alloh va Rasuli tomonidan sir tutilgan. Lekin sahobalar Rasul (a.s.)dan uni aniqlab berishlarini so‘rayverganlaridan keyin dastlab oyning uchinchi o‘n kunligida, deb, keyinroq toq kechalaridan izlash kerakligini aytganlar. Oxiri bu muborak kechaning alomatlarini aytganlaridan so‘ng 27-kecha degan xulosaga kelganlar.

579-FATVO
Ramazon oyi tugab, hayit kunining tong‘i yorishishi bilan fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. U ikki kg bug‘doy yoki mayiz yoki 4 kg xurmo yoki arpa deb belgilangan. Fitr sadaqasi zakot nisobi miqdorida boyligi bo‘lgan musulmonlar zimmasiga vojibdir. Bunda zakotdagi kabi boyligining o‘sib turishi (numuvv) shart emas. Demak, nisobga ega, lekin zakot berish vojib bo‘lmagan kishilar ham fitr sadaqasini berishlari kerak. Uni o‘z hisobidan va balog‘atga yetmagan faqir bolalari nomidan beradi. Xotini, katta yoshdagi bolalari va boy farzandlari uchun bermaydi. Balki ular o‘zi beradi. Fitr sadaqa-sini beruvchi odam sadaqa qabul qilmaydi, zimmasiga qurbonlik va yaqin qarindoshlarining nafaqasi ham vojib bo‘ladi. Fitr sadaqasini hayit kuni bera olmagan odamning zimmasidan u soqit bo‘lmaydi, balki keyinroq bo‘lsa ham ado etadi.
«Muxtasarul -viqoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:36:45

HAJ VA UMRAGA DOIR FATVOLAR

580-FATVO

Haj ibodati aqli raso, balog‘at yoshidagi sog‘lom musulmon kishi zimmasiga yo‘lga qodir bo‘lsa, umrida bir marta ado etish farzdir. Borib-kelishga har tomonlama qodir bo‘lishi bilan o‘sha yili borishi vojib bo‘ladi. Imom Muhammad (rh.) nazdida o‘sha yili borishi shart emas. Umrining oxirigacha borsa kifoya. Lekin vaqtida, tezroqborgani yaxshi. Boshqa fuqaholar nazdida qodir bo‘lgan yili bormasdan taxirga tashlasa, gunohkor bo‘ladi. Xususan, sog‘lig‘i davom etishidan umidi oz bo‘lgan kishi kechiktirmagani avlo. Kechiktirib qilgan hajji ham hisobga o‘tadi. Qodir bo‘lgan yillari bormasdan kechiktirib yurganda vafot etsa, dunyodan gunohkor holda ketgan bo‘ladi.
Hajning farz bo‘lishi shartlaridan biri — ulov bilan oziq-ovqatga qodyr bo‘lishdir. Shuningdek, oila a’zolari uchun borib kelguniga qadar yetadigan nafaqaga ham qodir ekanligidir. Nafaqa o‘rtacha miqdorda bo‘lishi nazarda tutilgan. Qo‘lidagi mablag‘i hajga yetarli, lekin uylanish niyati ham bo‘lsa, uylanishni keyinga qo‘yib, hajga borishi lozim.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Muxtasar», «Xizona»

581-FATVO
Yashayotgan uyini sotib, arzonroq uy sotib olsa, ortgan puli haj safari xarajatiga yetadigan bo‘lsa, uyni sotishi lozim bo‘lmaydi. Shuningdek, hovlisidagi ortiqcha uylarni sotib, puliga hajga borishi lozim emas. Agar o‘zi shuni xohlab, sotib hajga borsa, bu ham avlodir.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Izoh»

582-FATVO
Sog‘liq ham hajning farz bo‘lishi uchun shart qilingan. Surunkali kasalga chalingan, ko‘zi ojiz, falaj, ikki oyog‘i kesilgan kabi kishilarga haj vojib emas. Ularni boshqa odamlar haj qildirib qo‘yishlari ham vojib emas, og‘ir kasal bo‘lsa, hajji badalga vasiyat qilishi ham lozim emas. Shuningdek, katta yoshli notavon kishilar, bemorlarga ham haj lozim emas. Bu Abu Hanifa, Abu Yusuf, Muhammad (rh.)lardan qilingan rivoyat. Oxirgi ikki imomdan yana mazkur uzrli kishilarga ham haj qilish vojib, degan rivoyat ham bor. Agar ular birovlarga haj qildirsalar joiz, basharti o‘sha ojizlik davom etib tursa. Bordi-yu, ojizlik ketib, qudrat hosil bo‘lsa, o‘zlari qaytadan haj qilishlari vojib.
«Olamgiriya», «Fathul-Qadir»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 09:37:17

583-FATVO
Yo‘lga qodir, soglom odam hajga bormay yurganida nogoh surunkali kasalga yoki falajga aylanib qolsa, xarajatini to‘lab, hajji badal qildirishi lozim. Agar uzrli, notavon bemor kishilar qiyinchilikka qaramay o‘zlari hajni ado etsalar, hajlari hisobga o‘tadi. Sog‘ayganlaridan keyin qaytadan haj qilishlari lozim emas.
«Olamgiriya», «Fathul-Qadir»

584-FATVO
Yurti bilan Makka shahri o‘rtasidagi safar masofasi (90-100 km) bilan teng yoki ortiqbo‘lsa ayol kishiga hajga birga borib keladigan mahram bo‘lishi shart qshshngan. Mahram - eri yoki o‘rtalarida nikoh ravo bo‘lmaydigan erkak qarindoshlaridan biri. Karindoshligi nasab yo emikdoshlik yoki qudachilik jihatidan bo‘lishi mumkin. Musulmon bo‘lishi shart emas. Oqil, bolig‘, ishonchli bo‘lsa kifoya. Nikoh farqiga bormaydigan majusiy mahramlikka yaramaydi.
«Olamgiriya», «Xulosa», «Qozixon», «Muhit»

Qayd etilgan