Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (2-qism)  ( 73046 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 15 B


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:38:05

419-FATVO
Qabr ichida kimningdir qiymati bir dirhamlik biror narsasi qolib ketgan bo‘lsa ham tuproq tortilgan bo‘lsa-da, qayta ochib, birovning omonati qaytariladi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «al-Bahr»

Izoh:
Bir dirham tilla 3,12 g.

420-FATVO
Musibat yetgan xonadon egalariga uch kungacha bir marta ta’ziya bildirib qo‘yishlik yaxshi ishlardan sanaladi. Ta’ziya bildirish deganda «Marhum yoki marhumani Alloh o‘zining rahmati va mag‘firatiga sazovor qilsin, gunohlarini kechirsin. Sizga Alloh sabr bersin», kabi so‘zlar bilan dillarga tasalli berish tushuniladi. Musulmon odam kofirga va kofir odam musulmon kishiga o‘ziga yarasha so‘zlar bilan ta’ziya bildirishi joiz.
«Olamgiriya», «Muzmarot», «Zahiriya», «as-Siroj»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:38:40

421-FATVO
Kimningdir vafot etishi bilan musibat yetgan xonadon ahli uydan chiqmay, uch kungacha aza tutib o‘tirishlari va ta’ziyaga keluvchilarni kutib-kuzatib turishlari mumkin. Faqat darvoza oldida kursi va to‘shaklarda o‘tirib yoki tik turib, ta’ziyachilarni kutish eng xunuk odatlardandir.
«Olamgiriya», «Zahiriya»

Izoh:
Bunga qaraganda bizning shu kabi odatlarimizni isloh etish lozimga o‘xshaydi. Haqiqatan, darvoza oldida ta’ziyachi kutish degani, albatta, hammaning kelishi shart, degandek bo‘ladi. Ammo darvozani ochiq qoldirib, uch kungacha ichkarida o‘tirish esa, birinchidan, kamtarlik alomati. Zero, kamtar odam odamlarni ovora qilish, vaqtlarini olishdan iloji boricha o‘zini saqlaydi. Ta’ziyaga kela olmaganlardan xafa ham bo‘lmaydi. Ikkinchidan, ko‘chadan shoshilinch ravishda o‘tib borayotgan vaqti tang kishilar xijolatsiz o‘tadi. Ta’ziyaga kelish ham xolis bo‘ladi.

422-FATVO
Aza tufayli ayollarning qora kiyim kiyishlarining zarari yo‘q. Erkaklarga bu mumkin emas. Ammo musibatga toqatsizlik qilib, yuz va ko‘llarini qoraga bo‘yash, yoqa yirtish, yuzni tirnab qon chiqarish, boshiga tuproq sochish, son va ko‘kraklariga urib faryod solish, qabristonga chiroq yoqish kabi ishlar botil va johiliyat odatlaridandir.
«Olamgiriya», «Muzmarot»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:38:58

423-FATVO
Musibatzada xonadon ahli uchun taom tayyorlab yedirish joiz. Uchinchi kuni ziyofat berish nojoiz ishlardandir.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Tatarxoniya»

Izoh:
Musibat ahlining ko‘ngliga ovqat tayyorlab yeyish sig‘maydi. Shuning uchun qo‘shnilar taom hozirlab, berib tursalar, ayni savob ish qilgan bo‘ladilar. Hatto mayyit chiqqan xonadonda sharoit ko‘tarsa, bir chekkada qozon osib, ovqat tayyorlab, musibat ahli, uzoqdan kelgan mehmonlar, xizmat bilan ovora bo‘lib, chiqib ovqatlanib kelishga imkoniyat topolmay turgan kishilarga ham berilsa, buning hech qanday zarari yo‘q. Faqat isrofgarchilik bo‘lmasa, to‘y ziyofatiga o‘xshab qolmasa bo‘lgani. Zero, zarurat yuzasidan yengillik baxsh etish dinimizga xos xususiyatlardandir.

424-FATVO
O’zini yoki mol-mulkini dushman va o‘g‘ridan himoya qilayotib nima bilandir o‘ldirilsa, musulmonlar yoxud zimmiylarning jonini saqlab qolish harakati asnosida o‘ldirilsa, dushmanning o‘t ochishi bilan kemadagi musulmonlar kuyib o‘lsa, ularning hammasi shahid hisoblanadi. Ular yuvilmasdan, kiyimlari bilan birga janoza o‘qilib, dafn etiladilar. Kiyimlarida qondan boshqa najosat bo‘lsa, o‘sha joyi yuviladi. Kafanlikka yaraydigan kiyimlaridan boshqa barcha narsalari yechib olinadi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:39:17

425-FATVO
Shaharda qotili noma’lum jasad topilsa yoki jang maydonida og‘ir yaralanib, tashqariga tirik holda chiqqach, dunyoviy gapdan gapirib, ovqatlanib, biror ichimlik ichib yoki uxlab, davolanib, vasiyat qilib, salqinlab yoki bir namoz vaqti o‘tgunicha tirik turib, so‘nfa jon bersa, bu kabi shahidlar yuvilib, keyin janozalari o‘qiladi. Bog‘iylik va qaroqchilik qilgani tufayli o‘lim jazosiga mahkum etilganlar yuviladilar, lekin ularga janoza o‘qilmaydi.
«Muxtasar», «Olamgiriya»

426-FATVO
Mozor va qabristonlarni ziyorat qilish erkak va ayollarga barobar joiz, hatto, savobli ishlardandir. Payshanba, jum’a va shanba kunlari ziyorat qilinsa, mayyitlar sezib turarkan. Faqat ziyorat odoblariga rioya qilinib, bid’at ishlardan saqlanish shart.
«Raddul-muhtor» matni va hoshiyasi

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:39:36

427-FATVO
Mozor va qabriston ziyoratining odoblaridan biri — mayyitning oyoq tomonlaridan kelib, salom bergach, tik turgan holda duo qilishdir. Payg‘ambarimiz (a.s.) «Jannatul Baqe» qabristonini ziyorat qilganlarida shunday qilar edilar. Agar oyoq tomondan kelishning imkoni bo‘lmasa, boshqa tomonlardan kelish mumkin. Salom bergandan keyin shunday deydi: «Assalomu alaykum, dora qavmin mo‘‘minin. Va inno in shoallohu bikum lohiqun». Agar arabcha ayta olmasa, uning tarjimasi: «Assalomu alaykum, ey mo‘minlar diyori! Biz ham, inshoalloh, sizlarga qo‘shilajakmiz». Shundan keyin bilsa «Yosin» surasi yoki o‘n bir marta «Ixlos» surasi yoxud bilgan sura va oyatlarini o‘qib, savobini mayyitlar ruhiga hadya etadi.
«Raddul-muhtor» matni va hoshiyasi

428-FATVO
Kimiki, nafl ro‘za tutib yoki nafl namoz o‘qib, xayr-sadaqa qilib, savobini mayyitlar ruhiga hadya etsa, Ahli sunna val-jamoa e’tiqodiga ko‘ra, yuborgan savobi ularga yetadi.
«Raddul-muhtor» hoshiyasi

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:39:56

429-FATVO
Qur’on tilovatining savobini Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga hadya etish joizligiga ko‘pchilik ulamolar ittifoq qilganlar.
«Raddul-muhtor» hoshiyasi

430-FATVO
O’limidan oldin o‘zi uchun kafan tayyorlab qo‘ygani kabi qabr kavlatib qo‘yishi ham joiz, balki savobli ishdir. Umar ibn Abdulaziz, Rubayyi’ ibn Xaysam va boshqa ulug‘ zotlar shunday qilgan ekanlar.
«Raddul-muhtor» matni va hoshiyasi

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:40:17

431-FATVO
Musibat yetgan xonadon ahli va qarindoshlarining yig‘lashlari mumkin. Faqat og‘izlaridan kufrona, shikoyatomuz gaplar chiqmasligi shart. Agar Allohdan nolib yig‘lasalar qattiq gunohkor bo‘lurlar. Mabodo mayyit yig‘lashga vasiyat qilgan bo‘lsa, u ham qabrida azoblanadi.
«Raddul-muhtor» matni va hoshiyasi

432-FATVO
Mayyitning peshonasiga «Bismillohir Rahmonir Rahim», ko‘kragida «lo iloha illallohu Muhammadun Rasululloh», deb siyoh bilan emas, quruq ko‘rsatgich barmoq bilan yozib qo‘yishlik foydadan xoli emasligida yirik ulamolar ittifoq qilganlar. Lekin peshona, kafan, ko‘krak kabi joylarga oyat va Allohning nomlarini siyoh bilan yozib qo‘yishga ko‘pchilik ulamolar ruxsat bersalar, ayrimlari chirib, yiringta aylanadigan joyda oyat va Allohning ismlari yozilmagani ma’qul, deb qarshilik bildirganlar.
«Raddul-muhtor», «Navodirul-usul»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:40:39

433-FATVO
Boshqa jamoat bilan o‘qiladigan namozlarda birinchi safda turish afzal, janoza namozida esa, oxirgi safda turish afzal. Zero, bu tavoze (kamtarlik) belgisidir.
«Bazzoziya»

434-FATVO
Mayyit qabrga qo‘yilib, qaror topgandan keyin Munkar va Nakir atalmish ikki farishta kelib, u bilan savol-javob qilishi haq. Agar yirtqich yeb ketgan bo‘lsa ham, uning qornida so‘roq qilinadi. Uzoq joyga olib ketish uchun biror qutiga o‘xshagan narsaga solib qo‘yilgan mayyit to-olib borilib, dafn qilinmagunicha so‘roq qilinmay turadi. Barcha omonat ruhi topshirilgan inson so‘roq qilinadi. Hatto chaqaloq ham bundan mustasno emas. Uning javob berishida Alloh taolo ilhom bilan yordam beradi.
«Bazzoziya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:40:58

435-FATVO
Masjidga xarj qilish uchun odamlardan to‘plangan pul mablag‘ini masjid xodimi o‘zining shaxsiy ehtiyojiga ishlatib, so‘ngra o‘ringa-o‘rin o‘zining mablag‘idan to‘lab qo‘yishi joiz emas.
«Bazzoziya»

436-FATVO
Mast qiluvchi ichimlik ichib mast bo‘lgan holdagi musulmon odamni noma’lum shaxs zulman (nohaq) urib o‘ldirib ketgan bo‘lsa, u shahid hisoblanadimi yoki yo‘qmi, degan masalada hanafiy va shofiiy mazhablari ulamolari shahid bo‘ladi, deb javob aytganlar. Dalil sifatida shahidlikning shartlari unda topildi. Mast holda bo‘lmasin yoki gunoh ustida o‘ldirilgan bo‘lmasin, degan shart hech qaerda qayd etilmagan, deb ta’kidlaydilar. Shartlar mukallaflik (ya’ni, oqil, bolig‘, musulmon bo‘lish), zulman qatl qilinish, xun to‘lanmasligi, junub bo‘lmaslik va irtisos bo‘lmasligi.
«Fatovoyi xayriya», «Sharhi ar-Ravz»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 07:41:20

437-FATVO
Mayyitlar qabrlari bir-biridan uzoq yoki yaqin bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zaro ziyoratlaShib turadilar. Bu xususda hadislar vorid bo‘lgan. Tiriklarning qilib yurgagn yaxshi-yomon ishlari vafot etgan yaqinlariga ko‘rsatib turiladi. Tiriklarning qilayotgan amallari Allohga dushanba va payshanba kuni, payg‘ambarlar va avliyolarga jum’a kuni ko‘rsatib turiladi. Ularning yaxshi ishlaridan ular shodlanadilar.
«Bayon lin-nos»

438-FATVO
Dafn etilgan marhum va marhumalarning ruhlari o‘z jasadlari bilan aloqadordirlar. Ularning o‘zaro aloqasi uyqudagi odamning o‘z ruhi bilan bo‘ladigan aloqasidan ham kuchliroqdir. Mo‘minlarning ham, kofirlarning ham ruhlari o‘z jasadlari huzurida, qabriston hududida bo‘lib turishlari to‘g‘risida rivoyatlar bor. Shuningdek, ba’zi solih kishilarga marhumlarning vafot etganlaridan keyingi kechirgan holatlari ayon qilingan.
«Bayon lin-nos»

Qayd etilgan