Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (2-qism)  ( 72966 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 15 B


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:04:36

MING BIR FATVO

2-qism

Musanniflar:
Shamsiddinxon BOBOXON
Shayx Abdulaziz MANSUR


«O’zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent - 2005


MUNDARIJA

Namozga doir fatvolar
Bemorlik, mayyit va dafnga doir fatvolar
Zakotga doir fatvolar
Ro‘zaga doir fatvolar
Haj va umraga doir fatvolar

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:05:36

NAMOZGA DOIR FATVOLAR

301-FATVO

Namozni tik turgan holda o‘qishga ojizlik qilgan kishi o‘tirgan holda o‘qishi mumkin. Ojizlik deganda tik tursa o‘ziga biror zarar yetadigan yoki kasali zo‘rayishidan yoxud tuzalishi kechikishidan qo‘rqadigan, tursa boshi aylanib ketadigan bemorlar tushuniladi. Ammo tik turishida hiyol mashaqqat hosil bo‘ladigan bo‘lsa, bu uzr hisoblanmaydi. Shuning uchun birozgina tik turishga qodir bo‘lsa ham namozni tik turgan holda boshlab, ruku’ paytigacha toqat qila olmasa, xohlagan paytida o‘tirib olib, namozni davom ettirishi mumkin.
«Olamgiriya», «Kofiy», «Xulosa»

302-FATVO
Biror narsaga suyanib yoki hassaga tayanib tik turishi mumkin bo‘lsa-da, namozni o‘tirib o‘qishi joiz emas. Albatta, gik holda o‘qishi kerak bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Tabyin»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:09:06

303-FATVO
Uzr bilan namozni o‘tirib o‘qiydigan odam o‘ziga qulay bo‘ladigan holatda o‘tirishi mumkin. Agar devorga yoki biror insonga suyanib o‘tirishga ehtiyoj sezsa, suyanib o‘tirishi lozim. Ammo yotib olishi mumkin emas.
«Olamgiriya», «Zaxira», «Tabyin»

304-FATVO
Tik turish, ruku’ va sajda qilishga qodir bo‘lmagan kishi namozni o‘tirgan holida imo-ishora bilan o‘qiydi. Ruku’dan ko‘ra sajda ishoratida boshini pastroq egadi. Agar ruku’ bilan sajdada boshi bir xil egilsa durust bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «al-Bahr»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:12:54

305-FATVO
Tik turishga qodir, lekin engashib ruku’ va sajdaga egilishga ojiz kishi namozni tik holda imo-ishora bilan o‘qisa ham bo‘ladi. Lekin o‘tirgan holda o‘qigani yaxshidir. «Sajdai sahv»ni ham imo-ishora bilan bajaradi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Muhit»

306-FATVO
Imo-ishora bilan namoz o‘qiydigan kishi sajdaga egilish uchun biror taxta, yostiq kabi narsalarni baland qo‘yib olishi durust emas. Shunday taqdirda ham boshini ruku’dan ko‘ra sajdada pastroq ega olsa, namozi durust bo‘ladi, lekin narsa qo‘yib o‘qimagani ma’qul. Ammo boshini egmagan holda biror narsani peshonasiga ko‘tarib sajda qilsa, namozi durust bo‘lmaydi. Yerga yostiq qo‘yib olib, unga sajda qilishi mumkin.
«Olamgiriya», «Xulosa», «Muzmarot»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:13:36

307-FATVO
Peshonasida jarohati bor kishi namozni uzrim bor, deb imo-ishora bilan o‘qishi mumkin emas. Balki burni bilan sajda qilib o‘qishi kerak.
«Olamgiriya», «Zaxira»

308-FATVO
Namozni o‘tirib o‘qishga ham qudrati yetmaydigan odam oyoqlarini qibla tomonga uzatgan holda orqasi bilan yotib, boshi ostiga yostiq qo‘yib oladi. O’ng yoki chap yoni bilan qiblaga qarab yotib olishi ham mumkin. Lekin oldingisi - avlodir.
«Olamgiriya», «Kofiy», «as-Siroj al-vahhoj»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:14:32

309-FATVO
Sog‘lom odam namoz asnosida uzrli bo‘lib qolsa, ya’ni, tik tura olmaydigan xastalikka uchrasa, o‘tirgan holda imo-ishora bilan o‘qishni boshlaydi. O’tirishga ham majoli yetmasa, yotgan holatida davom etadi.
«Olamgiriya», «Tabyin»

310-FATVO
Uzr bilan o‘tirib namoz o‘qiyotgan odam tuzalib qolsa, namozni tik turgan holda davom ettiradi. Bu Abu Hanifa bilan Abu Yusuf (rh.)lar so‘zidir.
«Olamgiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:15:55

311-FATVO
Imo-ishora bilan namoz o‘qiyotgan odam namoz ichida tuzalib qolsa, qaraladi — agar ruku’ yoki sajdadan keyin bo‘lsa namozini boshidan qayta o‘qiydi. Bordi-yu, ruku’, sajda qilmagan bo‘lsa, o‘qishni davom ettiraveradi.
«Olamgiriya», «Hidoya», «Javhara»

312-FATVO
Boshi bilan ham imo-ishora qilib namoz o‘qishga qodir bo‘lmagan kishi ko‘zlari yoki qoshlari bilan imo-ishora qilib o‘qishga o‘tmaydi. Balki namoz o‘qimay turadi. Sog‘aygach yoki kasali yengillagach, qaraladi — agar bir kechayu kunduzdan ortiq namoz o‘qiy olmagan bo‘lsa, qazosini o‘qimaydi. Agar undan kam bo‘lsa o‘qiydi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Zahiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:17:29

313-FATVO
Bemor namozxon qiroat, tasbeh va tashahhudni xuddi sog‘lom odamdek o‘qiyveradi. Faqat o‘tirib-turish, ruku’, sajdalarda farq qiladi. Bordi-yu, mazkurlarni o‘qishga ham toqati yetmasa, ularni o‘qimay, faqat imo-ishora bilan kifoyalanadi.
«Olamgiriya», «Tatarxoniya»

314-FATVO
Bemor kishi qiblaga o‘girilib olishga kuchi yetmasa yoki yordam beradigan odam ham topa olmasa, qaysi tomonga qarab namozini o‘qisa ham bo‘laveradi. Keyin qayta o‘qimaydi. Ammo qiblaga qaratib qo‘yadigan odam bo‘la turib, undan yordam so‘ramay, boshqa tomonga qarab o‘qigan namozi durust emas.
Shuningdek, bemor yotgan to‘shak nopok bo‘lsa va uni o‘zi almashtira olmasa, yordam beradigan odam ham bo‘lmasa, o‘sha to‘shakda namozini o‘qiyveradi. Biroq, odam topsa, albatta, undan yordam so‘rashi shart. Aks holda namozi nodurust hisoblanadi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:17:50

315-FATVO
Besh vaqt namoz vaqti o‘tgunga qadar hushsiz yotgan odam keyin o‘sha namozlarning qazosini o‘qimaydi. Majnunlikka (ruhiy kasallikka) uchragan kishining hukmi ham xuddi shunday.
«Olamgiriya», «Tabyin»

316-FATVO
Besh vaqt namoz vaqti o‘tgunga qadar aql-hushsiz, mast yotgan odam keyin qazosini o‘qiydi. Shuningdek, dori, nasha, qoradori yoki boshqa giyohlar iste’mol qilishi natijasida bir kecha va kunduz aql-hushsiz yotgan odamdan ham namozlar soqit bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:18:03

317-FATVO
Ramazon oyida ro‘za tutsa, darmoni qurib, namozni tikka holda o‘qiyolmaydigan, ro‘za tutmasa tik turib o‘qiy oladigan odam ro‘za tutib, namozni o‘tirgan holda o‘qishi kerak bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Muhit»

318-FATVO
Ayol kishi bemorlikdan o‘zi tahorat qila olmasa, erining zimmasiga uni tahorat qildirib qo‘yish tushmaydi. Balki tayammum bilan namozini o‘qiyveradi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan