Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (2-qism)  ( 72965 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 15 B


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:18:24

319-FATVO
Bemor agar tik turib namoz o‘qisa, peshobi yoki jarohatidan yiring oqib ketadigan bo‘lsa, namozni tark qilishi durust emas.
«Olamgiriya», «Sirojiya»

320-FATVO
Boshini baland ko‘tarishga dushmandan xavfi bor odam, chodirdan tashqari loy yoki yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lsa, chodirning pastligidan tik turib o‘qishning ilojini topmaydigan odamlar namozni o‘tirgan holda o‘qishlari mumkin.
«Olamgiriya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:19:47

321-FATVO
Kishi bemorligida qazo qilgan namozlarini sog‘aygach, o‘tirib yoki imo-ishora bilan emas, balki sog‘lom kishidek ruknlarni to‘la bajargan holda o‘qishi shart.
«Olamgiriya», «Muhit»

322-FATVO
Bemor kishi sog‘lom vaqtida o‘qimagan qazo namozlarini sog‘aygach, o‘z holiga qarab, o‘tirgan holda yoki imo-ishora bilan o‘qishi mumkin.
«Olamgiriya», «Sirojiya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:21:38

323-FATVO
Agar namozxon hatto namoz o‘qiyotganida bir odam yonida o‘tirib olib qachon ruku’ va qachon sajda qilishi kerakligini aytib turmasa namoz o‘qiy olmaydigan darajada faromushxotir bo‘lsa, shunday qilib ham namozni o‘qiyvergani yaxshi.
«Olamgiriya», «Qunya»

324-FATVO
Jum’a namoziga chiqa olmagan bemor imomning forig‘ bo‘lishini kutib, undan keyin peshin namozini o‘qigani yaxshidir. Jum’a namozi o‘qilayotgan vaqtda peshin o‘qish makruhdir.
«Olamgiriya», «Muzmarot»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 02:22:31

325-FATVO
Shar’an musofir nomini olib, ayrim imtiyozlarga ega bo‘lishi uchun kishi eng kamida uch kecha va kunduzlik yo‘lni bosib o‘tishni niyat qilib yo‘lga chiqqan bo‘lishi kerak. Yilning eng qisqa kunlaridagi uch kunlik yo‘l odamning piyoda yoki tuyaning yurish tezligi bilan o‘lchanadi. Musofirga beriladigan imtiyozlar - to‘rt rak’atli farz namozlarning ikki rak’atga aylanishi, Ramazon ro‘zasini tutish-tutmaslik ixtiyori, poyafzalga uch kechayu kunduz mash tortish mumkinligi, jum’a va ikki hayit namozlarining soqit bo‘lishi kabilardir.
«Olamgiriya», «Sirojiya», «Tabyin»

326-FATVO
Uch kecha va kunduzlik masofa ertadan kechgacha yo‘l yurish bilan belgilanmaydi. Safar masofasi tongda yo‘lga chiqib peshin vaqti kirgunicha yo‘l bosib, so‘ngra bir joyda dam olib, tunab, yana ertasi tongda yo‘lga chiqib, peshingacha yurib, uchinchi kuni ham shu tariqa yo‘l yurish bilan o‘lchanadi. Farsax yoki kilometr bilan o‘lchash sharg emas. Zero, har bir yo‘lningo‘ziga xos qulayligi va qiyinchiliklari bor.
«Olamgiriya», «al-Javhara», «al-Bahr»

Izoh:
Shunga ko‘ra, safar masofasini km bilan belgilashda ulamolar o‘rtasida qadimdan ixtiloflar mavjud. Ba’zilar buni 80, boshqalar 90, ayrim ulamolar 100 km. deb hisoblaydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 07:23:03

327-FATVO
Musofirning ko‘zlagan manziliga ikkita yo‘l bo‘lib, biri uzoq, ikkinchisi yaqin. Uzog‘i uch kechayu kunduzlik, yaqini ikki kechayu kunduzlik yo‘l bo‘lsa. Uzog‘i bilan yursagina musofir hisoblanadi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

328-FATVO

Uch kechayu uch kunduzlik yo‘lni ulov bilan ikki kunda bosib o‘tgan bo‘lsa ham musofir hisoblanib, to‘rt rak’atli farz namozlarni qasr (ikki rak’at) o‘qiydi.
«Olamgiriya», «Javhara»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 07:23:28

329-FATVO
Musofir odam qasr o‘qishi, ya’ni, to‘rt rak’atli farz namozlarni ikki rak’at qilib o‘qishi vojibdir. Bordi-yu, to‘rt rak’at o‘qib, ikki rak’atdan keyin o‘tirgan bo‘lsa, namozi durust hisoblanadi. Lekin keyingi ikki rak’at naflni qo‘shib, salomni kechiktirgani uchun gunohkor bo‘ladi. Oldingi qa’daga o‘tirmagan bo‘lsa namozi buziladi.
«Olamgiriya», «Hidoya»

330-FATVO
Safarda sunnat namozlarini o‘qimaslikka ba’zi ulamolar ruxsat bergan bo‘lsa-da, xavf-xatarli joylarda o‘qimaslik, barqaror, tinch joylarda o‘qishlik avlodir.
«Olamgiriya», «Vajizi Kardariy»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 07:24:26

331-FATVO
Musofir namozlarni qasr qilib o‘qishni uyida niyat qilgan vaqtidan boshlab emas, balki yo‘lga tushib, shahri yoki qishlog‘ining chekka uylari ortida qolgan joydan boshlaydi. Safardan qaytganda ham xuddi shu joyga kelganidan keyin qasrni to‘xtatib, to‘la o‘qishga o‘tadi.
«Olamgiriya», «Muhit», «Tatarxoniya»

332-FATVO
Uch kechayu uch kunduzlik yo‘lga chiqishni niyat qilmay safarga chiqsa-yu, bir oylik yo‘l bosib o‘tgan bo‘lsa ham shar’an musofir hisoblanmaydi. Masalan, otini qidirib uzoq masofagacha izlab borgan odam qancha ko‘p yo‘l bosgani bilan niyatsiz bo‘lgani uchun musofir bo‘lmaydi. Ammo uyiga qaytishda musofirga aylanadi. Zero, safar masofasidagi uyiga borishni niyat qildi.
«Olamgiriya», «Tabyin»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 07:24:49

333-FATVO
Musofir safar masofasini bosib o‘tgach, biror shahar yoki qishloqda eng kami o‘n besh kun turishni niyat qilgan holda to‘xtasa, musofirlik imtiyozlari soqit bo‘ladi. Shuningdek, safar masofasini bosib o‘tmay turib biror joyda o‘n besh kun turishni yoki uyiga qaytishni niyat qilsa ham muqimga aylanib, musofirlik imtiyozlaridan xoli bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Hidoya»

334-FATVO
Sahro va dashtu biyobonlarda chodir tikib yashaydigan ko‘chmanchi qabila kishilari agar bir joyda o‘n besh kun va undan ortiq turishni niyat qilsalar, Abu Yusuf (rh.)dan qilingan ikki xil rivoyatdan biriga ko‘ra, ular muqimga aylanadilar.
«Olamgiriya», «Hidoya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 07:25:21

335-FATVO
Bir shaharga kelgan musofir ishim bitgan kuni qaytaman, degan niyat bilan bir necha yil turib qolsa ham muqimga aylanmaydi.
«Olamgiriya», «Tahzib»

336-FATVO
Musofir 15 kun yoki undan ortiq vaqt ikki manzilda turishni niyat qilsa, qaraladi — agar o‘sha ikki joy o‘ziga mustaqil makonlar bo‘lib, biri ikkinchisiga tobe bo‘lmasa, muqimga aylanmaydi. Agar 15 kun kunduzi bir qishloqda, tunda ikkinchi qishloqda bo‘laman, deb niyat qilsa, tunaydigan qishloqqa kirishi bilan muqimga aylanadi.
«Olamgiriya», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 07:25:53

337-FATVO
Hoji Makka shahriga Zilhijja oyining birinchi kuni kirib kelib, 15 kun yoki ortiqroq turaman, deb niyat qilgani bilan muqim bo‘lib qolmaydi. Zero, oyning sakkizinchi kuni Minoga, to‘qqizinchi kuni Arafotga chiqib ketishi kerak. Demak, 15 kun bir joyda kechmay, bo‘linib qoladi. Shuninguchun musofirligicha qolib, namozlarni qasr qilib o‘qiyveradi.
«Olamgiriya», «al-Bahr»

338-FATVO
Savdogar bir shaharga borib, hojatimni ado etgunimcha 15 kun turaman, deb niyat qilsa, muqimga aylanmaydi. Zero, ertaroq hojati bitsa, yurtiga qaytishi aniq. Demak, 15 kun turishiga ishonchi mustahkam emas. Binobarin, niyat ham barqaror emas.
«Olamgiriya», «al-Bahr»

Qayd etilgan