Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (2-qism)  ( 73022 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:14:54

501-FATVO
Qo‘lida yarim nisob boyligi bo‘lib, odamlarda ham yarim nisob miqdorida qarzga bergan puli bor odam zimmasiga zakot berishlik vojibdir.
«Bazzoziya»

502-FATVO
Birovga omonatga pul qo‘ygandan keyin o‘sha odam kim ekanini unutib qo‘ygan bo‘lsa, zakot beradigan vaqti o‘tib ketgandan keyin omonat saqlovchi odamning kimligi esiga kelsa va u notanish odam bo‘lsa, o‘tgan yil uchun zakot bermaydi. Bordi-yu, u odam eskidan o‘zining tanishi bo‘la turib, esidan chiqargan bo‘lsa, esiga tushgandan keyin o‘tgan yil uchun zakot beradi.
«Bazzoziya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:17:07

503-FATVO
Xotiniga berishi vojib bo‘lmish mahrning bir qismi nasiya qoldirilgan bo‘lib, erning xotiniga uni berish niyati yo‘qbo‘lsa, o‘sha mablag‘ ham boyligiga qo‘shib hisoblanib, zakot beriladi.
«Bazzoziya»

504-FATVO
Bandalardan qistab turiluvchi qarzi bo‘lishi (basharti qo‘lidagi pulini qarziga bersa, nisobga yetmay qolsa) zakotni soqit qiladi. Bunga berilmagan zakot puli, ushr, xaroj, berilmagan savdo puli, ijara haqi, mahram sanalmish qarindoshlarning nafaqasi kiradi. Qistalmay, vijdoniga havola qilinuvchi qarzlar zakot bermaslikka sabab bo‘lmaydi. Bunga nazr, kafforat, haj puli kabilar kiradi.
«Bazzoziya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:27:29

505-FATVO
Odamlardan qarzdor, lekin niyatida uni ado etishlik bo‘lgan odam bexos o‘lib qolsa, qiyomat kuni javobgar bo‘lmaydi. Zero, qodir bo‘la turib, to‘lashni cho‘zgani yo‘q.
«Bazzoziya»

Izoh:
Bu yerda gap qarzini uzishga yetadigan meros qoldirmagan, shuningdek, otasining qarzlarini o‘z zimmasiga oladigan o‘g‘illari yoki boshqa odami bo‘lmagan qarzdor to‘g‘risida ketmoqda.

506-FATVO
Abu Hanifa va Imom Muhammad (rh.)lar nazdida boy erning kambag‘al xotiniga zakotberilmaydi. Shuningdek, otasi boy bo‘lgan norasida o‘g‘ilga ham berilmaydi. Balog‘at yoshida bo‘lsa berish joiz. Yana boyning balog‘atga yetgan kambag‘al qiziga ham zakot berilmaydi.
«Bazzoziya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:28:33

507-FATVO
O’g‘li boy bo‘lmish kishining kambag‘al otasiga zakot berishi mumkin. Abu Yusuf (rh.) nazdida, agar u boy oila qaramog‘ida yashayotgan bo‘lsa, unga zakot berilmaydi.
«Bazzoziya», «Qozixon»

508-FATVO
Bir necha hovlisi, do‘konlari va ko‘p mikdorda g‘allasi bo‘lsa ham o‘zi va oilasining bir yillik xarajatiga yetib-etmay turgan bo‘lsa, shunday odam ham zakot olishi joiz. Bu Imom Muhammad (rh.) so‘zidir.
«Bazzoziya»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:31:18

509-FATVO
Bir necha kishi bir kambag‘alga zakotlarini bergandan keyin uning qo‘lida nisob miqdorida mablag‘ yig‘ilib qolsa, shundan keyin unga zakot berish joiz emas. Agar berilsa, zakot ado etilgan bo‘lmaydi. Ammo faqirning zimmasida qarzi bo‘lsa, o‘sha miqdorga yetgunicha olishi joiz.
«Bazzoziya»

510-FATVO
Faqirlarga berib kelish uchun yuborilgan vakilga zakot puli berib yuborilganidan keyin u zakotni o‘zining balog‘atga yetgan va yetmagan muhtoj farzandlari yoki xotiniga bersa joiz. Lekin o‘ziga hech narsa olib qolmasligi lozim.
«Bazzoziya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:34:27

511-FATVO
Zakotni qarzdor kishiga berish uni faqir kishiga bergandan ko‘ra yaxshiroqdir.
«Bazzoziya»

512-FATVO
Hovlidagi mevali daraxtlarning mevasidan ushr berilmaydi, balki dalasidagi daraxtlarining mevasidan ushr beriladi. Zero, hovlidagi narsalar undagi imoratlarga tobe hisoblanib, ulardan zakot yoki ushr olinmaydi.
«Bazzoziya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:34:50

513-FATVO
Xaroj beriladigan yerga tok eksa, to tok meva berishga boshlagunga qadar tokka emas, balki faqat yerga xaroj to‘lab turadi.
«Bazzoziya»

514-FATVO
Boyligini daladagi yeriga yashirib ko‘mib qo‘yib. so‘nfa bir necha yil topa olmay yurgandan keyin topsa, o‘tgan yillar uchun undan zakot berilmaydi. Ammo uyining biror joyiga yashirib qo‘ygan boyligini bir necha yil topa olmay yurgan odam topgach, o‘tgan yillar uchun undan zakot beradi.
«Furuq al-Karobisiy», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:35:15

515-FATVO
Zakotga to‘rtta o‘rtacha qo‘y o‘rniga vaznda ularga teng keladigan uchta semiz qo‘y berish joizdir. Ammo ikkita qurbonlik qo‘ylari o‘rniga bitta semiz qo‘y berish joiz emas.
«Furuq al-Karobisiy»

516-FATVO
Uzoq safardagi boy kishi musofir bo‘lishidan qat’i nazar yurtida qoldirgan boyligidan zakot beradi. Zero, uning vakili yoki unga qarashli boshqa kishilar uning izni va buyrug‘i bilan zakotni berishlariga imkoniyati bor.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:35:47

517-FATVO
Birovga bergan besh nisobga yetadigan pul mablag‘idan bir yil o‘tgach kechib yuborsa, o‘sha mablag‘ zakoti soqit bo‘ladi.
«Qozixon»

518-FATVO
Qarz olgan odamda nisobga yetadigan yoki undan ortiq qarz puli bo‘la turib, o‘sha miqdordagi pulni unga hiba (hadya) qilib yuborsa va uni zakot deb niyat qilsa-qilmasa undagi moli hisobidan zakot bergan bo‘ladi.
«Qozixon»

519-FATVO
Ba’zi fuqaholar nazdida bir kunga yetadigan oziq-ovqati bor yoki kasb-hunar qilishga qodir yoxud nisobning to‘rtdan bir miqdoricha boyligi bor kishilarning tilamchilik qilishlari joiz emas.
«Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Yanvar 2009, 08:36:51

RO’ZAGA DOIR FATVOLAR

520-FATVO

Ro‘za uch turli bo‘ladi - farz, vojib, nafl. Farz sanaluvchi ro‘za ikki xil - muayyan farz, ya’ni, Ramazon oyi ro‘zasi bilan kafforatuchun tutiladigan ro‘za va Ramazon oyida uzrli tutilmagan ro‘za qazosi. Vojib ham ikki xil - muayyan nazr va qachon hamda qanchaligi tayin etilmagan nazr. Qolgan ro‘zalar nafl hisoblanadi.
Ro‘zaning vaqti tong yorishgan vaqtdan boshlab, to quyosh botguniga qadardir. Saharlik qilayotganida tong yorishgani yoki yorishmaganida shak qilib qolsa, darhol yeb-ichishni to‘xtatadi. Bordi-yu, yeb-ichishda davom etaversa, lekin tong yorishgandan keyin ham yeb-ichishda davom etgani aniq bo‘lmasa, ro‘zasi durust. Agar aniqlansa, bir kuniga bir kun qazosini tutadi. Kafforat lozim emas.
«Olamgiriya», «Fathul-Qadir», «Tabyin»

Izoh:
Bu masala taqvim, soat keng joriy bo‘lmagan davrlarga to‘g‘ri keladi. Ammo bizning asrimizda shak qilishga o‘rin yo‘q. Qo‘lida taqvimi, soati bo‘la turib, aniq belgilab qo‘yilgan vaqtidan keyin ham yeb-ichaversa, albatta, ro‘zasi hisobga o‘tmaydi. Ro‘za kafforati bir kuniga 60 kun ro‘za tutish yoki 60 nafar miskinga taom berishdan iboratdir.

521-FATVO
Agar ikki kishi tong otganiga, yana ikki kishi tong otmaganiga guvohlik berganlaridan keyin yeb-ichishni to‘xtatmagan bo‘lsa, so‘ngra oldingilarning gapi rost chiqsa, ham qazo, ham kafforatni ado etadi Agar tong otdi, deb bir guvoh, tong otmadi, deb yana bir guvoh aytganidan keyin yeb-ichsa va oldingi guvohning gapi rost chiqib qolsa, bir kun ro‘za qazosi vojib bo‘ladi. Kafforat vojib bo‘lmaydi. Zero, tong otganiga bitta guvohning gapi to‘liq hujjat bo‘la olmaydi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

522-FATVO
Quyosh botdi, deb ikki kishi, botgani yo‘q, deb ikki kishi guvohlik berganidan keyin og‘zini ochib yuborgan ro‘zadorga quyosh botmay turib iftorlik qilgani ma’lum bo‘lib qolsa, qazo vojib, kafforat vojib emas.
«Olamgiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan