Muallif Mavzu: Mmmm muzqaymoq......  ( 9481 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Rukhiya

  • muslima
  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 13
  • -oldi: 139
  • Xabarlar: 961
  • Jins: Ayol
  • La ilaha illa Alloh.
Mmmm muzqaymoq......
« : 23 Yanvar 2009, 20:32:25 »

Rukhiya

  • muslima
  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 13
  • -oldi: 139
  • Xabarlar: 961
  • Jins: Ayol
  • La ilaha illa Alloh.
Re: Mmmm muzqaymoq......
« Javob #1 : 23 Yanvar 2009, 20:47:40 »
                                 

                                   


Kerakli masalliqlar:

  • sut 250ml
  • tuhum 1 dona
  • un 2-3 choy qoshiq
  • shakar 5-6 qoshiq
  • vanillin 2 choy qq
  • suyuq qaymoq 35-40%lik 200ml


Tayyorlanishi:

200 sutga+shakar+vanillin solib o'rtacha olovga qo'yamiz.
 Alohida idishga un+tushum+50ml sutni solib yaxshilab aralashtiramiz. Aralashmani gazga qo'ygan sutli massamizga qo'shamiz, hammasini birga qo'yulgunga qadar tinmay past olovda aralashtirib turamiz. Quyulgandan so'ng, gazdan olin sovutamiz.
200gr qaymoqni mexserda quyuq qb ko'pirtiramiz. Yuqorida tayyorlab olgan sovugan sutli kremga ko'pirtiilgan qaymoni qo'shib yaxshilar aralashtiramiz. Ta'bilarga ko'ra istagan  ta'm berishilar mumkin. Masalan: qulpunay,yong'oq,yoki biror bir o'zilar suygan murobbo va hokazolar bn ta'mini boyitishilar mumkin!
So'ng qulay bir idishga solib qotgunga qadar muzlatkichga solib qo'yiladi.....



Mana muzqaymog'imiz ham tayyor!!!!



                                           

Yoqimli ishtaha!!!
« So'nggi tahrir: 25 Yanvar 2009, 15:01:39 muallifi Rukhiya »

Moxim bonu

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 44
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 36
  • Jins: Ayol
  • Alloh o'zin gunoxlarimni avf etgin
Re: Mmmm muzqaymoq......
« Javob #2 : 01 Aprel 2009, 13:07:15 »
100gr meva, 50gr qaymoqyoki smetanana, tabga ko'ra shakar va yong'oq. Barcha masaliqlani aralashtirib muzlatgichga sob qo'yamiz. Va mazza qilib iste'mol qilamiz
Payg'ambarimiz shafoatlariga erishish nasib aylasin

Afifahon

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 39
  • Xabarlar: 30
  • Jins: Ayol
Re: Mmmm muzqaymoq......
« Javob #3 : 20 Noyabr 2009, 12:53:44 »
    Vanilinli muzqaymoq

                            

                          (original foto)

  • 1ta vanilin tayoqchasi
    • 5 osh qoshiq suv
    • 3ta tuhum
    • 3 dl suyuq qaymoq
    • 1dl shakar pudrasi



    1.Vanilinni 2ga bo'lib, kostrulga solib,suv bilan birga 5 daqiqa qaynating.(Qopqoq yopiq holda)
    Qopqoni oching va sovuting.
    2.Tuhumni oqini-sarig'idan ajratib,alohida-alohida idishga soling.Boshqa idishga qaymoqni quying.
    3.Tuhum oqlarini mixerda past tezlikda ko'pgunch,ko'pirtiring.So'ng tezlikni oshiring.To idishni to'ntarganda to'kilib ketmaydigan holga kelguncha ko'pirtirishda davom eting.
    4.Qaymoqni ko'pirtiring(unchalik qattiq bo'lmasligi kk).Tuhum sarig' va shakar pudrasini rosa oppoq bo'lgunga qadar ko'pirtiring.
    5.Qaynatilgan vanilni olib,ichidagi urug'ini qirib oling.Tuhum sarig'iaralashmasiga solib aralashtiring.
    6.Qaymoqni ham sekin tuhumli yqoridagi aralashmaga solib aralashtiring.Tuhum oqini ozroqdan solib,ihtiyotkorlik bn sekin aralashtiring.Hamma masalliq yaxshi aralashib bo'lgandan so'ng (mahsus muzlatishga mos)idishga quyib,qopqoq yopib,muzlatguchga qo'ying.


    Yoqimli ishtaha.







[/list]
« So'nggi tahrir: 20 Noyabr 2009, 12:55:33 muallifi Afifahon »

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Mmmm muzqaymoq......
« Javob #4 : 16 Sentyabr 2011, 19:40:57 »
Bugun muzqaymoq qildim, xozircha muzlatgichda. Oyshanurni ta'riflari bilan 3-4 xil ta'rifni aralshatirib qildim, Ko'ramiz qanday bo'larkin:)

Bu Oyshanurni muzqaymoqlari:



Bu esa ta'rifi:

Mana bu linkda uni qanday tayyorlashni ko'rsatgan.
http://www.youtube.com/watch?v=GONkBoMVkV8&feature=related
                                Muzqaymoq

Kerakli masalliqlar:
8ta tuhum sarig'i,150gr. shakar,tahminan 400grcha sut,vanilin yoki mevali essensiyalar,1 choy q. tuz,2st.qaymoq(slivka)
Videodagi bo'yicha masalliqni yarmiga qildim.(4-5 kishilik muzqaymoq bo'ldi)Menda "Ice maker"(muzqaymoq qilgich) bo'lmagani uchun ba'zi joylarini tavakkal boshqa usuldan foydalandim.Hozir shu usulni ham aytib o'tib ketaman.
    Tuhumni sarig'iga shakarni solib aralashtirasiz(sbivalkada yoki mikserda).Keyin ustiga gazda ilib turgan sutni quyib,aralashtiramiz.So'ng bu massani o'rtachadan pastroq  olovga qo'yib,taxtali yoki plastmassa kapgirda aralashtirib turamiz.7minutcha turishi kerak olovda.Juda pishib qolmasligi kerak.(O'ta suyuq kasha holini eslatadi)
Keyin uni suzgichdan o'tkazib, plastmassali yoki shisha idishga solib, vanilin, tuz va qaymoqni solamiz va aralashtiramiz.
Shu yerda Ice makerga solish kerak.Ammo menda u yo'q bo'lgani uchun boshqacha yo'l tutdim.
    Ustini yopib,muzlatgichga qo'ydim.40daqiqalardan keyin olib,mikserda yaxshilab aralashtirdim(5daqiqa).Keyin yana muzlatgichga qo'ydim.1soatlardan keyin yana mikserda 5-10 daqiqacha aralashtirdim.(Yuzasida mayda ko'piklar paydo bo'ladi).Yana muzlatgichga qo'ydim.Shu holatda har 1-2 soatda mikserda aralashtirib turdim.4marta shu usulni qildim.O'zi shu massa oxirgi aralshtirishlarga borib quyulib,muzqaymoqni tusiga kiradi.Keyin to qattiq bo'lguncha muzlatgichda turdi.(bir necha soatlar).Agar ice maker bo'lsa judayam tez tayyor bo'larkan.
Juda mazali va haqiqiy muzqaymoq bo'ldi. :)
P.S.boshqa forumlarga ham qo'yilgan.

Oyshanur, dugonajon, sizni ma'lumotlaringizni joyladim bu yerga, balki foydasi tegar boshqalargayam deb, hafa bo'lmaysiz endi:)

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Re: Mmmm muzqaymoq......
« Javob #5 : 18 Sentyabr 2011, 21:51:47 »
Muzqaymoq qanday böldi?
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Mmmm muzqaymoq......
« Javob #6 : 19 Sentyabr 2011, 12:49:35 »
Muzqaymoq qanday böldi?

Muzqaymoq yuqorida yozilganday muzxonadan olinib 5-6 marta mikser bilan aralshtirilishi kerak edi, o'g'limni mazasi yo'qligi uchun vaqtim bo'lmadi ko'p aralashtirgani, shuning uchun xohlaganimday bo'lmadibu safar. Lekin mazasi judayam yaxshi edi, inshalloh keyingi safarga yana ham yaxshiroq qilishga harakat qilaman:) qo'shni bolalar juda yaxshi ko'rishdi lekin:)

MASTURA 1

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 3
  • -oldi: 14
  • Xabarlar: 33
  • Jins: Ayol
Re: Mmmm muzqaymoq......
« Javob #7 : 14 Noyabr 2011, 17:27:02 »
KO´NGLIM MENING BIR SESKANDI BUGUNGILARDAN
PARVARDIGOR VAZIFAMIZ ANGLAYOLMADIK
UMRIMIZ HAM TASHKIL BO´LMISH QORA DAFTARDAN
OGOH BOLMAY BIROR LAHZA MUDHISH HATARDAN
GUNOH DESA QILAVERDIK SAQLANOLMADIK   
O´ZING BIZNI TUZATMASANG O´NGLANOLMADIK

MASTURA 1

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 3
  • -oldi: 14
  • Xabarlar: 33
  • Jins: Ayol
Re: Mmmm muzqaymoq......
« Javob #8 : 14 Noyabr 2011, 17:27:56 »

shunaqasini yaxshi koraman
KO´NGLIM MENING BIR SESKANDI BUGUNGILARDAN
PARVARDIGOR VAZIFAMIZ ANGLAYOLMADIK
UMRIMIZ HAM TASHKIL BO´LMISH QORA DAFTARDAN
OGOH BOLMAY BIROR LAHZA MUDHISH HATARDAN
GUNOH DESA QILAVERDIK SAQLANOLMADIK   
O´ZING BIZNI TUZATMASANG O´NGLANOLMADIK

Zumrad1995

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 5
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 77
  • Jins: Ayol
Javob: Mmmm muzqaymoq......
« Javob #9 : 16 Avgust 2013, 14:25:31 »
Ёнғоқли музқаймоқ

Масаллиқлар:

Ёнғоқлар (бодом, ерёнғоқ…);
Мандарин бўлакчалари;
шакарланган мева(цукат)лар –
200 грамм;
Аччиқ шоколад – 100 грамм;
Қаймоқ – 500 мл.;
4 дона тухум сариғи;
Шакар – 100 грамм;
Бир чимдим ванилин.
Ўз қўлларингиз билан
музқаймоқ тайёрлаганмисиз?
Йўқ, дейсизми? Унда ишга
киришдик!
Тайёрланиши:
Ёнғоқлар тозаланади, товада
озроқ қизартирилади (куйиб
қолмасин!)
Шоколад қирғичдан
ўтказилади.
Шакарланган мевалар майда
тўғралади.
Кекс идишини махсус плёнка
билан қопланг.
Тухум сариқлари ва шакарни
бир хил массага келгунга қадар
кўпиртиринг. Буғли ванна
устида 4-5 дақиқа ушлаб
туринг.
Тайёр тухумли кремни ёнғоқ,
шоколад, тўғралган мева ва
цукатлар билан аралаштириб,
устига кўпиртирилган қаймоқни
солинг.
Эҳтиёткорлик билан
қориштиринг.
Аралашмани кекс қолипига
жойлаб, плёнка билан ўранг. 12
соатга музлаткичга солиб
қўйинг.
Тайёр бўлгач, қайноқ сувга
тиқиб олинган пичоқ билан
бўлакларга бўлинг!
Ёқимли иштаҳа!

Zumrad1995

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 5
  • -oldi: 29
  • Xabarlar: 77
  • Jins: Ayol
Javob: Mmmm muzqaymoq......
« Javob #10 : 16 Avgust 2013, 14:29:26 »
MEVALI MUZQAYMOQ

Zarur masalliqlar: 0,5 kg malina. 1st
shakar. 1ta tuxum oqi.
TAYYORLANISHI: Malina shakar
bilan eziladi. Tuxum oqi qo'shib
mikserda ko'pirtiriladi.
Muzlatgichga qo'yiladi. ( Malina
o'rniga istalgan meva ishlatish
mumkin.)