Oshxonada lozim bo'ladigan foydali maslahatlar:)  ( 23840 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  13 Dekabr 2011, 20:29:50

agar kartoshka yokiy piyoz uyda qomasa, hech ham hovotir olmasdan bozorga chiqib keling.
Bozorga chiqshdan oldin pul ham ovolin siz.

Va mashina minmang, uydagilar och qoladi bo'lmasam:)

Bekorchi gaplar bilan to'ldirmaylar, heyyy barakatopgurlar:)

Baliq qovurganimizda uyda (domda yashaydiganlar albatta) hidi qolishidan shikoyat qilamiz.  Buniyam chorasi bor ekan. Baliq qovura boshlaganingizda alohida qozonda suvni ichiga limon, har xil ko'katlar solib qaynating. Bular baliqni hidini oldini olarkan.

Qayd etilgan


Muxsiya  19 Yanvar 2012, 22:54:00

Аzizlarim men sizlarga maslahat bera oladigan pazanda emasman lekin maslahatlaringizga muhtojman. Tuxumli do'lmani suvda qaynatsam yorilib ketyapti. Buni qande oldini olsam bo'ladi?

Qayd etilgan


Ansora  21 Yanvar 2012, 11:10:16

Аzizlarim men sizlarga maslahat bera oladigan pazanda emasman lekin maslahatlaringizga muhtojman. Tuxumli do'lmani suvda qaynatsam yorilib ketyapti. Buni qande oldini olsam bo'ladi?

Men hech qilib ko'rmaganman, balki Chustiyni oshxona manzillariga qarab ko'rarsiz:)

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 14:40:09

Achitqili hamirni juda issiq joyga
qo'ymang. Aks holda hamir
oshmay, achib qolishi mumkin.
Kartoshka qaynayotgan suvga bir
necha tomchi sirka tomizilsa,
qorayishining oldi olinadi.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 14:40:50

Novshadil spirti bilan qahva
dog'larini ketkazish mumkin.
Piyoz yoki baliq tozalaganda
qo'lingizdan nohush hid kelib
qolsa, qo'lingizga tuz surtingda,
iliq suvda yuvib tashlang.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 14:41:49

Qattiq hamir sovuq suv bilan
to'ldirilgan shisha idishda yoyilsa,
tez va tekis yoyiladi.

Qayd etilgan


Zumrad1995  16 Avgust 2013, 14:43:18

Jigarni qovurishdan avval o'zroq
shakar sepib olsa xam bo'ladi.
Bunda jigar tez pishadi. Lekin
shakarni ko'p sepib yubormang.
Ortiqcha shakar jigarning yaxshi
yetilmay, kuyib qolishiga sabab
bo'ladi.

Qayd etilgan