Bugun muzqaymoq qildim, xozircha muzlatgichda. Oyshanurni ta'riflari bilan 3-4 xil ta'rifni aralshatirib qildim, Ko'ramiz qanday bo'larkin:)
Bu Oyshanurni muzqaymoqlari:
Bu esa ta'rifi:
Mana bu linkda uni qanday tayyorlashni ko'rsatgan.
http://www.youtube.com/watch?v=GONkBoMVkV8&feature=related MuzqaymoqKerakli masalliqlar:
8ta tuhum sarig'i,150gr. shakar,tahminan 400grcha sut,vanilin yoki mevali essensiyalar,1 choy q. tuz,2st.qaymoq(slivka)
Videodagi bo'yicha masalliqni yarmiga qildim.(4-5 kishilik muzqaymoq bo'ldi)Menda "Ice maker"(muzqaymoq qilgich) bo'lmagani uchun ba'zi joylarini tavakkal boshqa usuldan foydalandim.Hozir shu usulni ham aytib o'tib ketaman.
Tuhumni sarig'iga shakarni solib aralashtirasiz(sbivalkada yoki mikserda).Keyin ustiga gazda ilib turgan sutni quyib,aralashtiramiz.So'ng bu massani o'rtachadan pastroq olovga qo'yib,taxtali yoki plastmassa kapgirda aralashtirib turamiz.7minutcha turishi kerak olovda.Juda pishib qolmasligi kerak.(O'ta suyuq kasha holini eslatadi)
Keyin uni suzgichdan o'tkazib, plastmassali yoki shisha idishga solib, vanilin, tuz va qaymoqni solamiz va aralashtiramiz.
Shu yerda Ice makerga solish kerak.Ammo menda u yo'q bo'lgani uchun boshqacha yo'l tutdim.
Ustini yopib,muzlatgichga qo'ydim.40daqiqalardan keyin olib,mikserda yaxshilab aralashtirdim(5daqiqa).Keyin yana muzlatgichga qo'ydim.1soatlardan keyin yana mikserda 5-10 daqiqacha aralashtirdim.(Yuzasida mayda ko'piklar paydo bo'ladi).Yana muzlatgichga qo'ydim.Shu holatda har 1-2 soatda mikserda aralashtirib turdim.4marta shu usulni qildim.O'zi shu massa oxirgi aralshtirishlarga borib quyulib,muzqaymoqni tusiga kiradi.Keyin to qattiq bo'lguncha muzlatgichda turdi.(bir necha soatlar).Agar ice maker bo'lsa judayam tez tayyor bo'larkan.
Juda mazali va haqiqiy muzqaymoq bo'ldi.
P.S.boshqa forumlarga ham qo'yilgan.Oyshanur, dugonajon, sizni ma'lumotlaringizni joyladim bu yerga, balki foydasi tegar boshqalargayam deb, hafa bo'lmaysiz endi:)