Manam yaqin o'tgan kunlar ichida Muslima, Mahdiyah va Huzayfa yamaniy lar bilan diydorlashib, iymonlashdik.
Ko'p dugonalarim bor, ular bilan tez-tez ko'rishib, gaplashaman, suhbatlashaman, lekin bunchalik suhbatlardan orom olmayman.
Sababi ko'pincha bunday suhbatlar fisqu fujurga to'la bo'ladi.
Iymonli muslima opa-singillar bilan uchrashganimizda albatta mavzu bitta bo'ladi, iymonlashish!
Mana bu hadisni shunday vaqtda juda ko'p eslayman, Rasululloh
dedilar:
"Jannat bog'lariga duch kelganingizda foydalanib qolinglar.
Sahobalar so'rashdi:
Jannat bo'lari nimadir, yo Rasululloh?
Rasululloh
dedilar:
-Ular zikr halqalaridir."
Biyru bor Parvardigorimiz aytadiki, agar banda Allohni bir o'zi zikr qilsa, uni Alloh ham yolg'iz eslar ekan, agar jamoat bilan zikr qilinsa, Alloh ham o'sha bandani O'z maoikalari bilane slar emish.
Alloh bizni zokir va zokira bandalaridan qilsin, amin...
Abdulloh keltirgan hadisi sharif haqida "Haqiqiy sevgi" deb noimlangan kitobda o'qigandim. Qiyomat kunida jaziramada, bu dunyoda Alloh uchun biror bandani sevmagan inson, issiqdan shu qadar terlar ekanki, o'z teriga o'zi g'arq bo'lar ekan. Bu hayotida o'z birodarini Alloh rizoligi yo'lida sevgan va u bilan do'stlashgan insonni esa, Alloh o'sha kunda Arshning soyasi bilan soyalantirar, birodariga bo'lgan holis muhabbati boshida toj bo'lar ekan. Yana aytiladiki, "U kunda hamma do'stlar bir-biriga dushmandirlar, magar Alloh rizoligi yo'lida do'stlashganlargina, abadiy do'stdirlar".
Alloh barchamizni ham mana shunday martabalarga yetkazsin, amin...