Kim kimni, qayerda uchratdi?  ( 65119 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 11 B


AbdulAziz  28 Yanvar 2009, 01:59:21

Assalomu alaykum!

Bu mavzuni forumchilarning kichik uchrashuvlari deb nomlasam ham bo'lardi.

Ushbu mavzuda forumdosh birodarlar bilan uchrashuvlar, tafsilotlar imkon qadar berib boriladi.

Demak, boshladik. Aziz forumdosh! Siz forumdagi qaysi birodaringiz bilan uchrashdingiz?


O'n kunlar oldin "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovi bahonasida Akbar bilan ko'rishgan edim. Yaxshi bo'ldi. "Sahihi Buxoriy"ning 4-jildi masalasini ham gaplashib oldik.
Akbar judayam kamtar, uyatchan bola. Ilmga ishtiyoqi kuchli. Allohim iymonini mustahkam aylasin!


O'tgan seshanba kuni "Xolislik sari" diski bahonasida Musannif Adham bilan ko'rishgan edim. Ancha suhbat qildik. To'g'risi, maza qildim. Menga bu bolaning kamtarligi yoqdi.
Ilohim, ilmi bundanam ziyoda bo'lsin! Alloh uchun qilayotgan xizmatlarini O'zi mukofotlasin!


Shu kuni Orif akamiz bilan ham uchrashdim. Birgalikda tushlik bahona maza qilib suhbatlashdik. Menimcha ular ham juda yaxshi kayfiyatda uyga qaytdilar.


Shanba kuni birrov Y_U_R_I_S_T bilan ko'rishdim. Bu g'ayratli ukamiz haqida ko'p yaxshi fikrlarni aytsak bo'ladi. Yakshanba kuni ular blits-ensiklopediya g'olibiga sovg'alarni topshiribdilar.


Kecha Abdulloh90 bilan uchrashdim. O'zi yosh bo'lsa ham, fikrlash doirasi keng yoshlardan ekan. Ancha suhbatlashdik. Abduloh, hadyangiz juda yoqdi menga. Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


G_u_l_i  28 Yanvar 2009, 07:42:23

Biz Siddiqa,Munisa88 bilan har hafta bir marotaba kamida juma kuni ko`rishib turamiz va juma kunlarini mazza qilib o`tkazamiz!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  28 Yanvar 2009, 17:20:40

Yuqorida aytilganidek, men AbdulAziz akam bilan shanba kuni uchrashgandim. Ulardan Blits-savollar tanlovi g'oliblari uchun atalgan kitoblarni qabul qilib oldim. Afsus sessiya vaqti bo'lgani uchun birrovgina uchrashdik. Oldingi safargidek, ko'proq vaqt suhbat qursak yaxshi bo'lardi. Ayniqsa, ularning oshlarini sog'indim. :-)



Yakshanba kuni Blits-savollar tanlovi g'olibi bo'lgan MarufXON bilan uchrashdim. Ularni va yana shuningdek, Ulugbek-Uz va Musannif Adhamni ham "Zakovat" intellektual ko'rsatuvining navbatdagi suratga tushirish jarayoniga taklif qilgandim. Qolgan birodarlarimiz kela olmasligini aytdilar. Ma'rufbek esa tashrif buyurib meni xursand qildilar. Anchayin kamtar va kamgap bola ekanlar. Ularga va'da qilingan kitoblarni topshirdim. "Zakovat"ni ko'ruvchi do'stlarimiz bo'lsa, e'tibor beringlar, ko'k "babochkali" inson bu Ma'ruf Yusupxo'jayev bo'ladilar. :-)

Qayd etilgan


Abdullоh  28 Yanvar 2009, 17:31:43

Assalomu alaykum!
Kecha men AbdulAziz aka bilan ko'rishdim. Allohga shukrlar bo'lsin, va nihoyat bu orzuimga erishdim. Anchadan beri ziyouz.com day ajoyib saytning administratori bilan uchrashish niyatim bor edi. U kishi menga juda yoqdi. AbdulAziz aka sizning sovg'angiz uchun ham katta rahmat. Alloh nasib qilsa, qolgan userlar bilan ham tanishish niyatim bor. Ayniqsa, Musannif Adham, Y_U_R_I_S_T bilan.

Qayd etilgan


Robiya  29 Yanvar 2009, 16:13:55

Assalamu alaykum!

AbdulAziz aka, ajoyib mavzu uchun tashakkur!

Men ham qaysi forumdoshlarim bilan uchrashganimni yozsam a:

1. AbdurRohman, birinchi bora, Odila ikkalamiz uchrashgandik, biroz suhbatlashgandik. Fikrlashlari yoqdi, juda ma'noli gapiradila, samimiy inson.

2. Toshkentda o'tgan yili muslimalar uchrashuvi bo'lgandi, forumning gigant userkalari - Muniraxonim, Muslima opajonim, NOZA, Lolo, Fazilat, Mubina opajonlar bilan uchrashib, mazza qilib iymonlashgandik o'tirib. Ehh... yana qaytib kelsaydi o'sha damlar :)

2. Fatima - mani asal singiljonim. Navoiylik 2 faol userkaning bittasi. Judayam hazilkash. Buxorodagi uchrashuvga kelgandila,maza qilgandim.

3. NafisaBonu - navoiylik yana bir userka. Juda quvnoq,samimiy qiz. Kelganlarida va men Navoiyga borganimda ham kayfiyatimni ko'tarib, gaplashgandik.

4. Mr.Twister - Erkin, forumning jonkuyar, qiziquvchan userlaridan, oyda bir marta, duch kjelib qolsak haftada ham ko'rishib qolamiz, ba'zan :) Juda yaxshi inson, tirishqoq, talabchan.

5. Azza binti Baxrom - kogonlik userkalarning eng sho'x, quvno'gi. Aziza, dugonam, juda yaxshi, samimiy qizlar. U kishi bilan deyarli har kun uchrashamiz, telefonda ham gaplashib, iymonlasahib turamiz.

6. Muslimaa - meni asalim, Alloh yo'lidagi dugonam, maslahatgo'yim. U kishi bilan qurbon hayitiga kelganlarida uchrashgandik. Menga juda yoqadilar. Har vaqtda agentda gaplashib, iymonlashib turamiz. Insha Allah, yaqin kunlarda yana uchrashib qolsak kerak ;)

7. Dilsora - mani asssal singiljonim, opajonlarining sevimli suyanchlari, shu jumladan meni ham. Juda beg'ubor, ajoyib qiz. Asalim mani, yaqin kunlarda yana diydorlashamiz, xo'p?

Hozircha mana shu forumdfoshlarim bilan uchrashish nasib etgan.

Alloh nasaib etsa, qolganlar bilan ham diydorlasharmiz...

Assalamu alaykum!

Qayd etilgan


Zamiraxon  29 Yanvar 2009, 18:15:11

:as:
Afsus, men hali hech kim bilan uchrashganim yo'q... :(

Qayd etilgan


Hadija  29 Yanvar 2009, 19:19:46

Assalamu alaykum!

6. Muslimaa - meni asalim, Alloh yo'lidagi dugonam, maslahatgo'yim. U kishi bilan qurbon hayitiga kelganlarida uchrashgandik. Menga juda yoqadilar. Har vaqtda agentda gaplashib, iymonlashib turamiz. Insha Allah, yaqin kunlarda yana uchrashib qolsak kerak ;)

7. Dilsora - mani asssal singiljonim, opajonlarining sevimli suyanchlari, shu jumladan meni ham. Juda beg'ubor, ajoyib qiz. Asalim mani, yaqin kunlarda yana diydorlashamiz, xo'p?

Assalamu alaykum!

Assalam alaykum... Tashakkur qadirdonim, InshaAllah uchrashuv kunini soat sanab kutamiz :)... Alloh rozi bo'lsin, arzimasakda shunchalik e'tibor va hurmat uchun...

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Yanvar 2009, 00:46:02

Bugun yana Abdulloh90 bilan uchrashdik. Bu bola juda chaqqon chiqib qoldi. Bergan kitobimni bir kundayoq tahrir qilib, bugun internetga kiritishga ham ulguribdi. Bu "chaqqonligi" jazosiga unga yana 3 ta kitobni berdim. Inshaalloh, mana shu shijoati aslo susaymasin!

Kechroq bir matbuot konferensiyasiga borgan edim. Ne ko'z bilan ko'rayki, Orif ham o'sha yerda hoziru nozir ekanlar. Press-reliz olish bahonasida asta oldinga yurib, Orifning oldidan o'tar ekanman, bir turtib qo'ydim. -Iye, taqsir o'zlarimi deya tiqinda so'rashib ham oldik :) Matbuot anjumanidan so'nggi bir piyola choy ustidagi suhbatlar ham har doimgidek maroqli bo'ldi. Orif aka ham Toshkentda bo'lgan birodarlarning osh marosimini qo'llab-quvvatladilar. Agar mohir oshpazlarimiz biron choyxonada o'z qo'llari bilan osh damlab bersalar, nur ustiga a'lo nur bo'lardi.
Men u-bu ishlarga qarashib turaman : )

Qayd etilgan


siddiqa  30 Yanvar 2009, 07:24:09

Biz Siddiqa,Munisa88 bilan har hafta bir marotaba kamida juma kuni ko`rishib turamiz va juma kunlarini mazza qilib o`tkazamiz!
       Munisa88 ,Guli ajoyib birodarlarim .

Qayd etilgan


Abdullоh  30 Yanvar 2009, 15:12:41

Assalomu alaykum!
Ikki safardan beri AbdulAziz aka bilan uchrashganimni birinchi bo'lib post qilmoqchi bo'ldim, afsus bu sohada AbdulAziz aka bizdan "chaqqon" ekanlar.
Aytganday, Alloh xohlasa oshga biz ham boramiz. Yosh kelsa ishga, qari kelsa oshga deganlariday, hech bo'lmasa, qo'llaringga suv quyishga yararmiz...

Qayd etilgan