Iqtisod saboqlari  ( 11345 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Abdullоh  28 Yanvar 2009, 17:48:34

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar. Men sizlarga bir taklif bilan chiqmoqchi edim. Hammamizga ma'lumki hozirgi rivojlanib borayotgan davrda jahon hamjamiyati qobiliyatli iqtisodchilarga muhtoj. Hozirgi kunda hamma yerda iqtisodchilarga talab kuchli. Shularni inobatga olib Darsxona bo'limida yangi Iqtisod saboqlari degan bo'lim ochilishi va bu bo'limni oramizdan yoshi katta va bilimi bizdan kuchliroq bo'lgan birodarlar boshqarishini xihlardim. Bunga sizlarning ham fikrlaringni bilmoqchi edim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Yanvar 2009, 21:00:42

Va alaykum assalom!
Yaxshi taklif.
Menimcha ko'pchilikka ma'qul keladi.
Forumda iqtisodga oid ba'zi mavzular bor edi. Lekin bunaqa bo'lim yo'q edi.
Inshaalloh, bu kemtikni ham to'ldisrishga harakat qilamiz.

Qayd etilgan


Musannif Adham  28 Yanvar 2009, 22:12:34

Qo'llayman. Faqat bu bo'limni kim boshqaradi? Ana shuni hal qilish kerak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Yanvar 2009, 02:45:59

Hozircha Abdulloh90ga ishonib turibman. har qalay ularni sohalari - iqtisod. Birqancha manbalari ham bor ekan.
Agar boshqa takliflar bo'lsa mamnuniyat ila qabul qilamiz.

Qayd etilgan


Abdullоh  29 Yanvar 2009, 09:41:17

Hozircha Abdulloh90ga ishonib turibman. har qalay ularni sohalari - iqtisod. Birqancha manbalari ham bor ekan.
Agar boshqa takliflar bo'lsa mamnuniyat ila qabul qilamiz.
Assalomu alaykum! AbdulAziz aka ishonchingiz uchun katta rahmat. Men bu bo'limni boshqara olmayman deb qo'rqaman. Mendan yoshi kattaroq va bilimlari ham ziyodaroq userlar forumda juda ko'p adashmasam. Agar shulardan birontasini olib borsa, men ularga yordamchi bo'lishim mumkin. O'zimning kursdoshlarimdan ham bilimi yaxshilar bor. Ularni ham bu ishga jalb etaman, InshaAlloh!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Yanvar 2009, 09:51:30

Va alaykum assalom!
Abdulloh, siz ma'lumotlarni yig'ib boravering. Agar o'zingiz bilgan yaxshi iqtisod bilimdonini topsangiz, uni forumga olib keling va birgalikda bu bo'limni boshqarasizlar.

Qayd etilgan


Abdullоh  29 Yanvar 2009, 09:57:49

Juda yaxshi, qolganlardan ham takliflarni kutaylik.

Qayd etilgan


Abdullоh  08 Fevral 2009, 11:50:04

Assalomu alaykum!
Bu mavzu ochilganiga ancha bo'ldi-yu, ammo takliflar juda kam. Kecha Forumdoshlarning osh majlisidan ma'lum bo'ldiki, ichimizda iqtisodchilar juda ko'p ekan. Aziz forumimizning iqtisodchilari, o'zingizni taniting va bu yerga yangi bo'lim ochish haqida o'z takliflaringizni bildiring. Keyin esa Alloh xohlasa moderatorlar tayinlanadi va darsni ham boshlardik...

Qayd etilgan


Musannif Adham  08 Fevral 2009, 13:46:05

Hozircha bo'lim emas, Darsxona bo'limi tarkibida Iqtisod asoslari nomli kichik bo'lim ochish kerak. Keyinchalik ma'lumotlar va foydalanuvchilar ko'payib ketsa, katta bo'limga aylantirish mumkin. 

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 15:49:00

Tezroq moderator saylanglar. Hozircha agar rozi bo'lsalar Foniy akamizni tayinlash kerak.
U kishiga Abdulloh90 yordam berib turadi. Agar rozi bo'lsanglar, ochib beraman.

Qayd etilgan