Assalamu alaykum.
Avvalambor Alloh iymonli ayollarga uylarida o’tirishlarini, hijob kiyishlarini, o'z go'zalliklarini begona erkaklarga ko’rsatmaslikni buyurgandir.
Islomda ayollarning o'rni juda ham kattadir va Islom ayollarga nisbatan ularning sofligini yo'qotish uchun qilinadigan barcha narsalarni harom qildi. Shuning uchun ham ba'zi ulamolar ayollarning mashina haydashlari mana shu yomon narsaga olib boradigan holat deb hisoblashadi.
Bu yerda shu o’rinda 2 ta usulni aytib o’tish joizdir:
1. Haromga yetaklaydigan narsaning, ishning o'zi haromdir.
2. Yomonlikdan qaytarish yaxshilikka chaqirishdan ustun turadi.
Mana shu 2 usulni e'tiborga olsak, ayollarning mashina haydashi quyidagi yomonliklarni olib keladi:
1. Mashina haydayotgan ayolning niqobini olishga to’g’ri kelib qoladi. Ayol kishinig go'zalligi asosan yuziga qarab bilinadi. Agar bir kishi aytsaki ayol niqobi bilan mashina hayday oladi, masalan ko’ziga qora ochki taqib, keyin yuzlarini o'rab hayday oladi desa, bunga javob shuki ayol mashina haydayotganda ko’p hollarda bunaqa bo’lib chiqmaydi. Agar qilishsa ham, u narsa ko’pga yetib bormaydi.
Ko’p hollarda boshida yaxshi boshlashadiyu keyin yomonlashib ketishadi.
2. Yana yomon tomonlaridan biri shuki ayol hayosini yo'qotadi. Hayo bu iymondandir deb payg'ambarimiz sahih hadisda aytganlar. Hayo ayol kishining go'zal hislatlaridan biri va u ularni fitnalardan saqlaydi. Ayolning hayosi yo'qoldimi keyin u haqda so’ramanglar deyishadi.
3. Mashina haydash ayol kishini uyidan juda ko’p marta chiqishiga sabab bo’ladi. Yuqoridagi oyatlarda ko’rdikki ayol kishi uchun uy eng yaxshi joy. Mashina haydashni yaxshi ko'ruvchilar haydash bilan rosa maza qilishadi, shu sabab ularning u yer bu yerda sababsiz mashina bilan maza qilish uchun haydab yurganlarini ko’rasiz.
4. Eridan ajralgan ayollarning mashina bilan xohlagan joyiga xohlagan vaqtlarda borganlarini ko’rasiz, kechasimi yoki kunduzi. Juda ham kechgacha tashqarida bo’lishiga ham sabab bo’ladi. Bu narsa esa yaxshi emas ayol kishi uchun.
5. Mashina haydash ayollarning oilasi va eriga qarshi chiqishiga sabab bo’ladi, ya'ni uylaridan mashina haydab biror joyda tinchlik olish uchun chiqib ketishlariga sabab bo’ladi. Ya'ni oddiy biror tushunmovchilik bo’lganda yoki biror shunga o’xshash sabab qidirib "tinch olib kelay" deb chiqib ketishadi.
6. Mashina haydash masalan svetoforda to’xtaganda, yoki benzin olish uchun to’xtaganda, yoki militsiya xodimlari tomonidan to’xtatilganda yoki umuman mashina buzilib to’xtaganda kattaroq fitnalarga sabab bo’ladi. Tasavvur qiling ayolning holati nima bo’ladi shu hollarda? Ko'chadagi erkaklarning hammasi ham yaxshi, insofi bor deb kim garantiya bera oladi? Shu sabab masalan, o’sha erkak kishi yomon niyatda bo’lsa ayolga yordam berish orqali boshqa yomon ishlarga qolini olib borishi mumkin.
7. Ayol kishi mashina haydagandan keyin yoshlarning ham ko’chada ayol kishi bilan "Musobaqa" qilaman degan bo'lib mashina bilan chiqishlariga sabab bo’ladi, shu sabab ham ko’chada mashinalar gavjum. Ayniqsa ko’pchilik yoshlar mashina bilan chiqishsa o’ynashadi va h.k...
8. Mashina haydash ayol kishini go’zalligini ko’rsatishga sabab bo’ladi, ya'ni masalan, aytaylik yangi moda paydo bo'ldi, ko’pincha ayollar eski kiyimlarini tashlab mana shu yangi modadagi kiyimlarni kiyib olishadi va hokazolar.
Bu yuqoridagi mulohazalar arab mamlakatlaridagi ulamolarning nima uchun ayollar mashina haydashi mumkin emas, degan savolga javoblaridan olingan.