Эркакмисиз? Йўғ-э!  ( 31274 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Munira xonim  27 Mart 2009, 09:10:16

Assalamu alaykum.
Men bu hodisani yigitlarga o'rnak bo'lishini xohlab yozyapman.
Meni bir qo'shnim bor, eri qori, qaysidir masjidda imom bo'lib ishlaydi.Bu yigitni ilmiga va qoriligiga ishqiboz bo'lib qizlarini berishga qizni oilasidagilar. Eri asli boshqa viloyatdan. Ishi Toshknetda bo'lgani uchun, shu yerda qolishgan yashashga. Lekin uyni qizni uyidagilar olib berishgan. Buni men u ayoldan bilgan emasman, u buni unutib yuborayozgan, lekin uning akalari bizni oilamizga juda yaqin va qadrdon insonlar bo'lgani uchun, biz ularni oilasidagi narsalarni bilamiz.
Akalarini ishi juda yaxshi bo'lgan paytda uyni olib berishgan, hozir ularning ishi orqaga ketgan, musofir shaharlarda juda qiyin ahvolda yashashadi. Lekin kuyov bo'lmish qori yigit esa parvoyi falak, uyni pulini to'lash hayoliga ham kelmaydi. Qizni akalari bu ishni qarz sifatida qilishmagan, lekin shunday bo'lsa ham ularni qiyin ahvoldaligini bilib turgan holda, uyni pulini berishlarini biz xohlaymiz. Chunki uni akalariga biz juda ham achinamiz.
Shu haqida sizlarni fikrlaringizni bilmoqchi edim.
Sizlar bunday holatga qanday qaraysiz? Ayolni yashash joyi bilan, moddiy tomondan ta'minlab qo'yish kimning vazifasi aslida? Yoki ayollarini xonadonidan kelayotgan yordamni indamay qabul qilib yashash ham mumkinmi? Bunday ilmlik insonlarning masjidda qilayotgan amri ma'ruflari va naxiy munkarlariga insonlar amal qilishadimi? Savollarning adog'i yo'q...
Men bu bilan kimningdir sirini ochib, kimdir haqida yomon gap aytmoqchi emasman. Faqat bu yerdagi yigit va qizlarni fikrlarini bilmoqchiman xolos.
Fikrlaringizni ochiq va oshkora aytasizlar deb umid qilaman.

Qayd etilgan


AbdurRohman  27 Mart 2009, 09:33:15

 :as:
Erakak albatta o'z nomi bilan erkak bo'lishi kerak! Er o'z ayolini o'zi yeganlari bilan yedirishi, o'zi kiyganlaridek kiydirishi kerak. Ayolini, oilasini qurbi yetgan darajada maksimal holatda har tomonlama ta'minlab berishi kerak. Alloh taolo erning rizqini ziyoda qilib bergani kabi, er ham o'zi ayolini ta'minlashi kerak. Afsus hozirda ayrim hollarda buning umuman teskarisi sodir bo'lyapti. O'z vazifalarini to'liq anglab, uni bajarishga harakat qilayotganlar qatorida, barcha og'irlikni ayoli zimmasiga yuklab qo'ygan erkaklar(agar erkak nomiga munosib bo'lsa) ham topiladi.

Mani fikrimcha, er o'z oilasini ta'minlash bilan bir qatorda, ayolini qarindoshlari og'ir ahvolda qolganda qurbi yetguncha yordam qilishi kerak. Albatta har qanday savob ishni ajri bor.

Masjidlardagi amri ma'ruflar inshaAllah bekor ketmaydi. ayrim bir erkak sifatida yurgan lekin aslida erkak nomiga munosib bo'lmaganlani qilgan ishi tufayli barcha erkak haqida bir xil o'ylash yaramaydi!
Qo'ldagi beshta barmoq ham barobar emas albatta!

Qayd etilgan


Munavvara  31 Mart 2009, 16:10:46

Erkaklarga

Bilmadim siz yashagaysiz qandayin o’yda?
O’tirsangiz rohat qilib, siz issiq uyda
Xotiningiz non dardida qay ko’cha-ko’yda?
Erkaklar-chun or emasmi ayol xor bo’lsa?!

Alpomishu Go’ro’g’lilar endi ertakmi?
“Erkak” degan nom kimlarga endi ermakmi?
Xotiniga qarab qolgan erkak erkakmi?
Erkaklar-chun or emasmi ayol xor bo’lsa?!

Erkak uyda oyog’ini uzatib yotar,
Xotinning har tongi achchiq zahmatla otar.
Erlar gulday, xotin qo’li mehnatda qotar,
Erkaklar-chun or emasmi ayol xor bo’lsa?!

Sadaqalar so’rab yurar ayollar zor-zor,
Ayollardan qad ko`tardi mardikor bozor.
Dubayda ham mashhur ekan “O`zbek chamanzor”
Erkaklar-chun or emasmi ayol xor bo’lsa?!

Ammo besh qo`l barobarmas, barobar bo`lmas,
Kim bu gapdan saboq olar, kim parvo qilmas.
Ayollarni asrang, yo`qsa kelajak kulmas.  
Erkaklar-chun or emasmi ayol xor bo’lsa?!

Baxtiyor Yaqubov

www.ayol.uz dan olindi

Qayd etilgan


Muhseena  02 Aprel 2009, 16:05:25

ERKAK SHA'NI

Haq subhanuhu taolo oilaning barqarorligini saqlash yo’lida bir husnu tadbir qo’llagan.Ya’ni ayollarga nisbatan jisman kuchli bo’lgan erkak kishini oilaga boshliq qilib tayinlagan.Zero,oila jamiyatning bir bo’lagi bo’lib,unda ba’zan katta ijtimoiy,iqtisodiy muammolar ro’y berishi tabiiy.Oiladagi ana shu muammolarni hal etuvchi mas’uliyatli inson erkak kishidir.Bu borada Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday bayon qiladi:

"œErkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig’i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir.Sabab-Alloh ularning ayrimlari (erkaklar)ni ayrimlari (ayollar)dan (ba’zi xususiyatlarda)ortiq qilgani va (erkaklar o’z oilasiga) o’z mol-mulklaridan sarf qilib turishlaridir".(Niso:34)

Erkak kishini oilaga rahbar bo’lishiga sabab,ayollarda topilmaydigan ayrim xususiyatlarga egaligidir.Kuchli iroda,shijoat va qat’iyatli,o’z juftini va oilasini himoya qilish,mehnatkashlik,mehribonlik kabi fazilatlar erkaklarga xos xususiyatdir.Darhaqiqat,erkak kishi oila boshlig’i sifatida  ayolini,farzandlarini moddiy ta’minlashni o’zining burchi deb biladi.Shundayekan,o’zini oila boshlig’I deb his qilgan har bir erkak kishi hayotidavomida ana shu burchni ado etish yo’lida sa’y-harakat qilishi lozim.
Erkak kishining yana bir eng katta burchi o’z ahllarini o’zgalarga qaram bo’lib qolishiga yo’l qo’ymaslikdir.Chunki,erkaklarga ahli ayolining nafaqasi farzdir.
Payg’ambarimiz s.a.v: "œKishi o’z qaramog’idagilarini nafaqasiz tashlab qo’yishi,uning katta gunohkorligiga kifoya qiladi",-deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Ming afsuski, hozirgi kunda ba’zi bir oila boshliqlari o’z vazifalarini unutib qo’ymoqdalar.Hatto ayrim oriyatsiz erkaklar o’z juft-u halollarini pul topib kelishi uchun ko’chaga chiqishga,ayollarga xos bo’lmagan turli ishlarni qilishga yo’l qo’ymoqdalar.Natijada ular mardikorlik qilishga ham majbur bo’lmoqdalar.Holbuki,mardikorlik erkaklarga xos ish bo’lib,hech qachon,hatto ocharchilik va urush davrlarida ham ayollar mardikorchilik qilmaganlar.
O’z ahli ayoliga beparvo bo’lish,erkaklik sha’nini his etmaslik insoniylikka to’g’ri kelmaydigan holatdir.Quyidagi voqea fikrimizning isbotidir.
Bir kuni bozor oralab yurarkanman sotuvchi ayol va xaridorning janjallashayotganiga ko’zim tushdi.Tomoshabin bisyor,sotuvchi ayolning eri ham yonida beparvo turibdi.Go’yo urishayotgan ayol uning xotini emasdek.Janjal borgan sari avjiga chiqardi.Yuragimda og’riq turdi,u yerdan tezroq uzoqlashish uchun qadamimni tezlatdim.Shu dam Ali r.a.ning quyidagi gaplari esimga tushdi:" Menga ayollaringizning ba’zi bir hojatlari uchun bozorga chiqayotganlarining xabari yetdi.Rashkchi bo’lmagan kishini Alloh yomon ko’radi".
Agar sotuvchi ayolning erida ozgina rashk xissi bo’lganida,bunday "œtekin tomosha"ga yo’l qo’ymasdi.Umuman ayolning bozor-o’charda savdo-sotiq bilan shug’ullanishi durust emas.Iymoni butun  kishiga  bunday ishlar ma’qul ko’rinmaydi.

Abdug’ani qori Ismoilov
(Islom Nuri gazetasidan)

Qayd etilgan


Muzayyana  14 Aprel 2009, 11:42:16

 :as:
Sir emas, hozir ko'cha ko'yda o'zini har turga solib yurgan , yani sochlarini allambalo qilib turmaklagan va g'alati kiyimlar kiyib olgan erkaklarga, agar ularni erkak deyish joiz bo'lsa, ko'zimiz tushib qoladi.
Bozorda esa, har hil guldor ayollar shimlarini qanday matolardan tikilgani haqida muhokama qilayotganlarini ko'rib,yig'lagingiz keladi...ha bu yig'laydigan hol. Endi shular ham bir ayolga egalik qiladida, bir oilani boqadida, bir etak bolalarga otalik qiladida, bir nechta bolarni tarbiyalaydida! Alloh saqlasdin...

Qayd etilgan


Shokir63  14 Aprel 2009, 19:05:33

Assalamu alaykum.
Men erkaklarga va forum yigitlariga murojaat qilish uchun bitta mavzu ochmoqchi edim. Lekin bu singlimiz ochgan ushbu mavzu ham fikrlarimni va savollarimni bildirsa bo'ladigan mavzu bo'libdi. Shuning uchun bu fikrlarimni shu yerga qoldirdim.

Hozir zamonamizning eng dahshatli muammolaridan biri nima bilasizmi? Bunga ko'pchilik ahamiyat ham bermasa kerak, chunki bu hol odatga aylanib qoldi.
Lekin bu muammo meni juda qiynaydi. Ko'pchilik yigitlarimizni hoyu havasga, ya'ni tekin keladigan mol dunyoga ruju' qo'yishalri meni lol qoldiradi.
Yo'q deb ham ko'ringchi.

Nima uchun hozirgi yigitlarimizni ko'pchiligi boy badavlat xonadonlardan qiz olihni hohlashadi?
Nima uchun uylanaishdan oldin albatta qizni ota-onasiniyu akasini qayerda ishlashni surishtirib ko'rishadi?
Nima uchun kelinnikidan kelgan yoki keladigan narsalarni kutib o'tirishadi?
Nima uchun onang menga unday narsani qilsin, bunday narsani olsin deb ochiq oydin aytishadi?
Bu nima uchunlarni adog'i yo'q....
Ayoli tomonidan olib kelingan narsani qanday qilib xotirjam tanavvul qilib, uning ichida xotirjam yashash mumkin?
Men shu narsaga lol qolaman.
Qani bu muammolarni ildizi qayerda?
NIma ucun ko'pchilik yigitlarimiz bu qadar g'urursiz bo'lib ketishyapti?

Shu savollar ustida bosh qotirib javobini o'ylab ko'raylikchi...
Bu muammolarning ildizi qayerda? Sizning oilangizda yoki atrofingizda yoki do'stlaringizni ichida shunday bo'lgandir.
Buning asosiy sababini nimada deb o'laysiz?


Nafaqat erkakni, balki ayollarni ham jasurlikka etaklaydigan asosiy unsur bu - iymondir. Jasurlik qayda-yu, mening savollarin qayerda, deyishingiz mumkin.

Ammo, mening fikrimcha siz tilga olgan yigitlar hayotga tik boqa olmagan, hayot yukini bo'yniga olishga jasorat eta olmagan va bularning oxrida ayolining jasoratlari, ota-onasining jasorati (ota-onasiga bu qizni nega ollolmasligi aytishga jasorat eta olmagan) qarshisida faqatgina xotinaga qo'l ko'tara olgan, ya'ni o'zining jasoratsizligi hazm eta olmay, kuchini ko'rsatgan bechoralar.

Taslimiyat, jasorat, hayo, ilm bularning bari bir-biriga bog'liq va bari iymondan keyin qard-qimmatga ega bo'ladi. Allohni qo'yib ota-onasiga, hoyu-havasiga taslim bolish inqiroz emasmi? Alohdan boshqasiga taslim bo'lmaslik uchun jasorat ko'rsata olmaslikni nima deyish mumkin? Ota-onasidan uyalib, so'ng Allohdan uyalmaganning kimga keragi bor. Alloh yolida o'zlashtirilmagan ilm husrondan bashqa nimani ham bera olardi?

Siz bergan barcha savollarning ildizi IYMONning sustligidadir.

Rashk iymondandir. Nega aynan rashkni deganlar. Rashksiz odamda hayoni tasavvur qila olasizmi. Rashksiz odamda millatiga tajavuz etgan kishiga qarshi kela oladigan jasoratnichi?

Ilmni asrabon netgumdir oxir
Olib tufroqqami ketgumdir oxir
degan Farhodning IYMONi, uni Farhod - orzu qilingan yigit qilmaganmidi?

Qayd etilgan


Muzayyana  05 May 2009, 11:56:11

Bir ochiq ayol uchun, to'rt erkak do'zaxda bo'lmish.
Biri ota, biri og'a, biri o'g'il, biri er.
SHariatni bilgan inson buni yaxshi biladi.
Qiyomat kun ayol uchun erkak javob beradi.

Javobgarlik burchini bugun unutgan xalqim.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Mani o'tgan momolarim bunday ochiq yurmagan.
Orzu havas, man-man deya bid'atlarni qilmagan.

Mani o'tgan bobolarim, edilar hofizi Qur'on.
Alloh uchun shariatda bo'ldilar doimo qalqon.

Shuning uchun o'z yurtida bosmachi deb nom oldilar.
Lekin Alloh huzurida pok iymon-la qoldilar.

Shariatni posbonlari, bugun juda kam xalqim
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Paranjilar o'tda yondi, yondi kulga aylandi.
Hur erkinman degan ayol, asli qulga aylandi.

Shu o'tlarda birga yondi oru nomus, diyonat.
Barchasi yonib ketdi, qoldi faqat xiyonat.

Adolatdan yiroq bo'ldi, xiyonatga kon xalqim.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Erkak ayol teng huquqli deya farmon berdilar.
Bugun ayol erdan o'zdi, pul topishda ming chandon.

Halol-harom farqi yo'qdir, molu dunyo bo'lsa bas.
Kim yaratdi, qayga borar, buni aslo o'ylamas.

Oxiratin unutgan mani bechora xalqim.
Aytsam tilim kuyadi aytmasam dilim.

Ayoli ochiq yurgan erkak bo'larkan dayus.
Qiyomatda qabul bo'lmas, ming bor qilsalar afsus.

Alloh barcha insonlarga berarkan molu davlat.
Lekin sevgan bandasiga berar iymon, hidoyat.

Iymon yarim, hidoyatga bugun tashnadir xalqim.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

"Nurxon"ning og'asini shuncha yil dedik qotil,
Yo'q! U qotil emasdir, Alloh yo'lida botir.

SHariatni asramoq, ota-bobomdan meros.
Allohdan yuz o'girgan, singildan oldi qasos.

Qasosli dunyo uchun, yugurib elar xalqim.
Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.

Biz ham musulmon deya, bugun kerarlar ko'krak.
Lekin aslo yo'q amal, quruq so'z kimga kerak.

Erkaklarda bo'lsaydi, oru nomus, diyonat.
Minglab ayollar bugun qilolmasdi xiyonat.

O'zgalar baxtin yulib, o'z baxtin ko'zlamasdi.
Son-sanoqsiz bolalar, etim bo'lib bo'zlamasdi.

Benikoh go'daklarga to'lib ketdi bu dunyo.

Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim.


Qayd etilgan


Miss Shaxrizoda  18 May 2009, 21:31:26

Astag'firullo!!! Uzi kupchilik "erkak"larni ayollardan farqi qolmayapti. Bu judayam achinarli xol...

Qayd etilgan


Shokir63  19 May 2009, 16:52:33

Astag'firullo!!! Uzi kupchilik "erkak"larni ayollardan farqi qolmayapti. Bu judayam achinarli xol...

Gapingiz to'g'ri.

Ikki kishi borayotgan edi, men orqada edim.
Bir qarashda chap tomondagi ayol, o'ng tomondagi erkak deb o'ylarim, lekin aksi ekan.

Qayd etilgan


Sheralihon  01 Iyul 2009, 12:52:11

Avvalo Assalomu alaykum! bu muammoning sababi sifatida man albatta bugungi kun yoshlarining, hoh u akamiz yo ukamiz,opamiz yo singlimiz bo'lsin, avvalo oldindan uzr so'rayman, bu ularning o'quvsizligida deb bilaman.Ular hayotda bugungi kun bilan yashashadi nazarimda.Ular faqat o'zini o'ylaydigan odamlarga o'xshashadi.(Ular o'zida yo'q narsani ya'ni uning ota oanasi qilib bermagan narsani umr yo'ldoshining oilasidan talab qilishadi.(Erkaklik g'ururi qayerda qoladi.)Shahsan man bunaqa hayotga umuman qarshiman.)Bunday insonlardan qanday qilib ertaga bir oilaning boshlig'i yoki bekasi chiqishi mumkin.bunaqa yoshlarimizga bir narsani aytishni hohlardim.(bilmadim endi bunga mani haqqim bo'lmasa kerak.) Ular oldin kechagi kunga va ertangi kunga nazar tashlab keyin o'zlarining hayotlari to'g'risida xulosa chiqarishlarini joiz deb bilaman.Shunda ularning bu fikrlari noto'g'ri ekanligini anglab etishadi. Aziz hamyurtlarim shu o'rinda sizlar bilan bir narsani muhokama qilsak,ya'ni bir maqolni:"ko'rpangga qarab oyoq uzat","teng tengi bilan".Ushbu maqollarni bo'layotgan voqeilikning davomi sifatida davom ettirsak.

Qayd etilgan