Эркакмисиз? Йўғ-э!  ( 31247 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


imlaah  14 Mart 2009, 17:31:15

«Шу чивиндай жони билан менинг тизгинимни жиловига олди», деб дам куламан, дам куюнаман. Бу не ҳол, у ҳеч қачон ҳеч нарсадан ранжимайди, қаттиқ танбеҳга аразламайди, аммо ҳамиша унинг ранжиши ёки кайфисти бузилишидан хавфсираб сшай­ман.
«Асган ксзга чсп тушади» деганларидай, уни сҳтиётлаб юриб сзим фожиага учрадим. Машинамни кс­ча бошидаги бетон устунга уриб олдим. Мисмдан жароҳатландим. Бир ой комада ётдим. Духтирлар хотинимга «Бслди, снди  фойдаси йсқ, иккита болангизни сйланг, аппаратдан чиқарайлик», дес йсл-йсриқ ксрсатишибди. Аммо у кснмабди. «Юраги уриб турган одамни қандай қилиб сз ихтиёрим билан слимга маҳкум стаман», деб оёқ тираб туриб олибди. Уйимиздаги бор бисотимизни сотиб, керакли дори-дармонга сарфлабди.
Аиҳост бир срим ойда ҳушимга келдим. Афсуски, ногиронликка маҳкум сканман. А оппа-роса олти ой тсшакка михланиб ётдим. Ойсулув ёнимдан бир қарич силжимади. Ота-онам стиб кетишганди, ака-укаларим мендан бутунлай юз сгиришди. Узоқ касал ётган одам беморликнинг қадрини кетказиб қссркан. Аста-секин дсстларимнинг ҳам оёғи тийилди. Иккита болам билан мушт­дай хотиним ҳаёт давом стаётганлигининг белгиси сди. Яна телевизор ҳам жонимга оро кирарди. Корейс кино­ижодкорлари сериалларни мен учун чиқаришган скан. Ўзим слим билан ҳаёт оралиғидаги аросат ксчасидаману, ҳали Жумонг,  ҳали Жанг Бого, ҳали Ми А ан, ҳали Жун Санг деганлари тақдирини ачиниш билан кузатаман. Буларнинг устига Ойсулувнинг қанчалар қийналаётганлигини айтмайсизми.
У хусусий ошхонада бош ошпаз сди. Емоқ-ичмоққа кам пул сарф­ласак ҳам, менинг муо­лажаларим учун унинг топгани етмасди. Бунинг устига болаларга кийим-бош, китоб-дафтар дегандай.
У офтобда қолган гул каби кундан-кунга сслиб борарди. Илгари ойнадан ксз узмайдиган аёлим снди вақти келса сзига қарашга улгуролмасди. Унинг оппоқ юзида, лаблари ва қовоқлари атрофида ажинлар пайдо бслди, майин ва сунбул соч­ларига оқ оралади. Айниқса, тез-тез юраги оғриб тсшакка чсзилиб ётганига ксзим тушганида ичимдан зил кетардим. Уни бу аҳволда ксрганимдан ксра слиб кетганим схши смасмиди? Бечоранинг ҳаётда қандай қувончи қолди? Уйига келса, каравотга муҳрланган ср, серғалва болакайлар, тсс-тсполон уй, супуриб-сидирилмаган ҳовли...
Гоҳида сйлаган сйимдан лабимга учуқ тошади. Худо ксрсатмасин, унга бирон кор-ҳол бслса, менга ким қарайди, ким меҳр беради-ю, ким инжиқликларимни кстаради?
Бир куни у одатдагидан бошқача кайфистда кириб келди. Анчадан буён унинг жилма­йиб, чеҳрасига табассум қснганини ксрмагандим. Шу куни тсшакларимни снгилаб, дазмолланган чойшаблар тсшади. Қсй гсштидан чучвара тугиб, сз қсли билан ичирди, едирди. Анбошларимни, елкаларимни силаб, бошимга бошини қсйиб узоқ ёнимда ётди.

Qayd etilgan


imlaah  14 Mart 2009, 17:31:51

Кейин у кундан кунга очилиб-сочилиб, бир гапирса, сн кулиб юрадиган бслди.
Илгари қалин матодан костюм-юбка ки­йиб юрарди. А­нди қоматига мос ксйлак, қимматбаҳо халат сотиб олди. Болаларнинг уст-бошлари снгиланди. Менга қимматбаҳо атир совға қилди.
Бир куни мендан рухсат ссраб, фарзанд­ларим билан сайрга чиқиб келди. А­рталаб сафарга отланган болаларнинг қувончи ичига сиғмасди. Кечга сқин бир олам қувонч, таассуротлар билан уйга қайтишди.
-Дада, бизни сйнатган амаки зср скан, машинаси ҳамманикидан сзиб кетаркан,-мақтанди кичик сғлим.
Бу «хушхабар»дан юрагимда санчиқ турди. Аммо «миқ» стмадим, столмасдим ҳам.
Келаси скшанба сп-снги «Аексис» уйимизнинг олдидан оила аъзоларимни олиб кетди. Сездимки... қачонлардир шубҳаланганим, қсрққаним рсй берди. Мен бу хиёнат йслини тссишга ожиз сдим. Иккинчи томондан, буни неча йиллар сурган айш-ишратим ва чакки қадамим учун интиқом сканлигини ҳам билардим.
Улар сна кеч қайтишди. Болалар чарчаб тезда ухлаб қолишди.
Ойсулув ечиниб чиқиб, олдимга дастурхон ёзди, қозон қайнатиб, оғзимга овқат тутди. Қачонлардан буён юрмаган, қон ҳам айланмаётган оёқларимни уқалади. Бу унинг ички туғёни, аниқроғи, тазарруси сди. А­нг ёмони, ҳамма нарсадан огоҳлигимни, бир пайт­лар ожизлиги билан мени енггандай, мен ҳам сукут сақлаб, унинг жигарини «кабоб қилаётганлигим»ни сққол англаб етган сди.
«Аексис» қайтиб дарвозамиз ёнига сқин йсламай қсйди. Яна сша вазист юз берди: Ойсулув арзимас хафагарчиликка чидамай, йиғлайдиган одат чиқарди, болалар сса зерикишиб, тез-тез «йсқолган» амакиларини ссрайди. Ойсулув ҳам... сзига қарамай қсйди. «Ўшанда сз норозилигимни ошкора намойиш стиб, хатога йсл қсйдиммикан», деган андиша ҳамон юрагимни сртайди ва қачон ксчамиздан машина стса, «сша амаки» смасмикан, деб йсл қарайман

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Mart 2009, 18:01:06

Bunaqa maqolalarni umuman o'qishni yomon ko'raman. Lekin fikr so'raganingiz uchun o'qib chiqdim (o'qish dacvomida rosa jahlim chiqdi : ))
Bu maqolani qaysi gazeta beribdi?
Men jurnalkistikaning ichida yuraman. Ko'pincha bunaqa to'qilgfan hikoyalar eridan ayrilgan feminist ayollar tomonidan uyushtiriladi.

Garchi bu to'qima judayam ishonchsiz bo'lsa-da, maqolaga kelsak, kamdan kam holatda ham bunaqa "erkak"lar uchrab qolishi mumkin. Nima derdik, u "akamiz" ancha zaif ekanlar. O'zinmi musulmon deb bilagan eng xudbin erkak ham xotinining xiyonatini bilsa, hech bo'lmasa qovog'ini o'yib oladi.
"Aka" men da'yus emasman, majburlikdan qilyapman deyaptilar-u, lekin bunaqa sharmandalikdan ko'ra o'sha kasallikka sabr qilib o'lib ketgani yaxshi emasmi?

Qayd etilgan


imlaah  14 Mart 2009, 19:24:49

Bunaqa maqolalarni umuman o'qishni yomon ko'raman. Lekin fikr so'raganingiz uchun o'qib chiqdim (o'qish dacvomida rosa jahlim chiqdi : ))
Bu maqolani qaysi gazeta beribdi?
Men jurnalkistikaning ichida yuraman. Ko'pincha bunaqa to'qilgfan hikoyalar eridan ayrilgan feminist ayollar tomonidan uyushtiriladi.

Garchi bu to'qima judayam ishonchsiz bo'lsa-da, maqolaga kelsak, kamdan kam holatda ham bunaqa "erkak"lar uchrab qolishi mumkin. Nima derdik, u "akamiz" ancha zaif ekanlar. O'zinmi musulmon deb bilagan eng xudbin erkak ham xotinining xiyonatini bilsa, hech bo'lmasa qovog'ini o'yib oladi.
"Aka" men da'yus emasman, majburlikdan qilyapman deyaptilar-u, lekin bunaqa sharmandalikdan ko'ra o'sha kasallikka sabr qilib o'lib ketgani yaxshi emasmi?

Sizningdek men ham hozirgi  matbuotni ko'pgina oldi qochdi gazetalarini umuman deyarli O'zbek matbuotini ko'p ham yoqtirmayman.Menga ham bir tanishim tavsiya qilgan edi...
O'qib chiqdim..O'qish davomida va undan keyin bir necha kun ham bu "maktub" sohibi va uni deyarli 80%aholisi musulmon hisoblanadigan O'zbek matbuoti Respublikda obro'li hisoblangan gazetada targ'ib qilgan "madaniyyat targ'ibotchilari" haqida o'ylanib mushohada yuritib ko'rdim...
Forumga joylashdan maqsadim esa shu "maktub" ga ma'noda hamohang seriyallar bilan ongi va farzandlari ahloqini "tarbiya" qilayotgan ko'p sonli o'zbek oilaridagi paydo bo'layotgan "muhabbatga erkin qarash" demokratiyasiga munosabatlarni bilish edi..
Yuqorida Munirahonim hayotda bo'layotgan kuzatuvlari asosida fikr yozib "juda bahsli munozarani umid qilgan edim afsus" deb aytibdilar...
Gazetalar bunday "sevgi ihlosmandlarini " madh etgan maqola va maktublarga to'lgan bo'lsa.TV ertadan kechgacha "sevgi izhoriga ko'milgan behayolikni targ'ib qilsa" jiddiy ayblovlarni kim qachon ilg'ab olishiga ulguradi?
Hayotga jiddiy munosabat va mulohaza bilan qarashlik uchun insonda ziyo va yashashdan maqsadni anglash bo'lishi shart emasmi??
Bunday sifatlarga TV va o'zbek matbuotidan vaqt ajratib kitob o'qigan ,o'qiganda ham odamiylikni anglatuvchi kitoblar mutoaala qilgan insonlar musharraf bo'lishlariga bir isbot emasmi shunday og'riqli mavzularga befarqlik??
Keling shu forumda kichik bir tadqiqot qilamiz albatta yahshilikni umid qilgan holda.Mana forumni nomi ziyouz.Bu nomdan shahsan men anglayman bu forumda shu halqni ziyoli va hayotdan maqsadini anglay oladigan insonlar qatnashsalar kerak deb.Endi shu ziyochilarga savolim malol kelmasa har bir ishtirokchi mana shu forumga kirgan vatingizda hech bo'lmasa biror maqolani to'liq o'qib nimanidir anglashga ulgurasizmi? Bu savolga ha deb javob berguvchi juda kam sonli userlarni tahminiy sanab o'tishlik mumkin.Bu mulohazamga sabab qoldirilgan postlarga e'tibor bergan inson forumchilarni qay darajada fikrlashini anglab olsa bo'ladi...
Hullas sizni ranjitgan mavzu O'zbekistonda chindan bor va bu bo'layotgan ishlarni targ'ibotchilari hohlaysizmi yo'qmi o'zbek matbuoti bo'lib qolmoqda.
Marhamat fikrlaringizni kutaman...

Qayd etilgan


Muhseena  14 Mart 2009, 20:09:53

AbdulAziz aka,Bekorga jahlingiz chiqibdi,siz unday insonlarni hayotda yo'q deb o'ylaysizmi?Bu to'qima maqola bo'lsa ham,aynan shu kabi voqea bo'lmagan bo'lsa ham undan battarlari uchrab turadi.Imlaah opa buni ibrat uchun qo'ygan bo'lsalar kerak.Erkaklarni shu yo'ldan qaytarish uchun.Bir sinfdoshim bor edi,Belgiyada yashagan,o'qigan.Umuman qaraganda juda madaniyatli,hammani hurmatini joyiga qo'yadigan bolaga o'xshardi.Lekin bir kuni shunday deganini eshitib qoldim,u qaysidir qizni sevib qolsa,u qiz bolami,yoki qiz bola emasmi farqi yo'q,faqat man uylanganimdan keyin faqat mani sevsa bo'ldi-degandi.Buni eshitganimda oyoq-qo'lim shunaqa qaltiragandiki, shu gapdan keyin uni ko'rishni ham hohlamagandim.U hozir uylangan,uylanganda ham...ishqilib...Lekin u o'zini musulmon sanaydi,otasi hatto  uni qori bo'lishini hohlab,domlalar qo'lida o'qitib ko'rdi,namoz ham o'qib turardi.Hozir u qanday ahvolda bilmadimu,Lekin u tarbiyani Yevropada olib bo'lgandi,o'sha yerning zararli illatlaridan qutula olmagandi.
Bunday insonlarni kam uchratsak ham ular  borku! yana musulmonman deya da'vo qiladiganlarning orasida.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Mart 2009, 15:19:08

Assalamu alaykum.

Yuqoridagi fikrlarni o'qib fikr yuritishni hoxlagan inson albatta undan ta'sirlanib o'zi uchun nimadur oladi.
Omagani omidi.

Man Imlaah ni yozganlari haqida fikr bildirmoqchiman.
Yozgan voqealarini o'qib mani ham jaxlim chiqdi.
Zarracha rashk tuyg'usini his qilgan inson jaxli chiqishi tabiiy.
Avvalo bu voqeada ayolini haddan ortiq sevgani uchun unga inday olmaganini pesh qilgani to'g'ri emas.
Bu Rasululloh s.a.v. ning (mazmunan) bir insonni keragidan ortiq yaxshi ko'rib ketmaslik, yoki keragidan ortiq yomon ko'rmaslik haqidagi hadislariga bir misol. Abdulaziz etganlaridek ayolining hiyonatiga rozi bo'lgandan ko'ra o'lib ketgani yaxshi. Balki biz bu insonni tushunmagandirmiz. Bu insonni vaziyatiga tushub ko'rgan insongina uni ichki kechirmalarini tasavvur qilib ko'rar. Lekin ERKAK kishining bu ahvolga rozi bo'lishidan ko'ra u uchun O'LIM afzal!

Muhseena aytganlaridek hayotda bundan ham battar voqealar bo'lib o'tmoqda.
Gazeta va kinolarda o'qib, ko'rmasakda hayotda necha marotaba odamni SHOK holatiga olib keladigan voqealarni guvohi bo'lganman.
Ayrimlarini forumda yozib bo'lmaydi.

Bir misol. Dugonamdan bu voqeani eshitib og'zim ochilib qolgan. Dugonamning ishxonasida eri-xotinlar ishlashadi. Yoshlari taxminan 30 dan oshgan. Qonuniy eri-xotinlar. Erini o'ynashi bor ekan, xatto o'ynashlarni tez-tez almashtirib turar ekan. Ayolini ham o'ynashi bor ekan...
Qolganini eshitsangiz yoqangizni ushlashingiz tayin  :)
Ishxonadagilar er janivardan so'rashsa "Nima qipti. Xotinimni o'ynashi bor, baxtli. Maniyam o'ynashim bor baxtliman" deya javob berarkan. ASTAG'FIRULLOH!!!
Bu hol o'zbekni xonadonida, o'zbekni ko'chasida, o'zbeklar orasida bo'layotganidan ichim og'ridi.

Hammamiz avvalo o'zimizni isloh qilishimiz kerak. Bu to'g'ri gap.
Lekin ilmli insonlar, dinni taniganlar shunday hollarga ko'z yumib ketaverishsa kim o'rgatadi ularga? Kim adashganlarni qaytaradi to'g'ri yo'lga?
"E o'zini hayoti, o'zi biladi" deb ketish oson.

Rasululloh solallohu alayhi vasallam: "Yomon ishni ko'rsangiz qo'lingiz bilan qaytaring, qodir bo'lmasangiz til bilan qaytaring, unga ham qodir bo'lmasangiz dil bilan. Dil bilan rozi bo'lmaslik iymonning sustligidandir" deya marhamat qilganlar.
Qo'l bilan qaytarish haqida gapirmasam ham bo'ladi, til bilan qaytarayotganlar soni sanoqli, lekin agar dili bilanda rozi bo'lmayotganlar jamiyatda ko'paysa, kelajakni JARLIKDA deb hisoblasak ham bo'ladi
 

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Mart 2009, 15:35:37

Gazetalar bunday "sevgi ihlosmandlarini " madh etgan maqola va maktublarga to'lgan bo'lsa.TV ertadan kechgacha "sevgi izhoriga ko'milgan behayolikni targ'ib qilsa" jiddiy ayblovlarni kim qachon ilg'ab olishiga ulguradi?
Hayotga jiddiy munosabat va mulohaza bilan qarashlik uchun insonda ziyo va yashashdan maqsadni anglash bo'lishi shart emasmi??

To'g'ri aytasiz. Hamma yoq SEVGI, SEVGI, va yana SEVGI (Lenin bobo aytmagan bu gaplarni  :D ) bo'lib ketdi.
Gohida shu koreys kinolariga ko'zim tushib o'ylab qolaman "Bu koreyslarda sevgidan boshqa dardi bormi yoki faqat sevgi yeb sevgi ...?"
Oilada bo'ladigan tabiiy muammolarni, qiyinchiliklarni ko'rsatadigan serial va kinolar borgan sari kamaymoqda.

Endi kuni tun shu serial ishqibozi bo'lib borayotgan bolakaylaru, kattalar ertaga nima bo'lishardi?
Yuqoridagi amakiga o'xshab "Ayolimni sevaman shunchun hiyonatiga ham roziman" deydiganlardan bo'lishadimi? Alloh asrasin!
Koreyani qo'yib turaylik. O'zimizni MTV ga gap yo'q.
Sevgi bo'masa boshqasi bor deganlaridek, yarim yalang'och qizchalar kuni tun MTV da aylanib yurishadi.
Chet el MTV siniyam changida qoldirmoqda biznikilar.
Yana "yoshlar buzilib ketishmoqda, biri narkoman, biri kashanda, biri buzuqi" deb da'vo qilishadi.
O'zlari ularni jar yoqsiga tashlab, keyin "Kim senga bunday qilgin dedi? NIma bu yo'lga kirishinga sababchi bo'ldi?" deb hayratlanishadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Mart 2009, 10:44:10

Assalamu alaykum.
Avvalo Imlaah, Alloh sizdan rozi bo'lsin.
VA fikr bildirgan singillarimizdan ham...
Yuqoridagi "maqola"ni o'qib lol qoldim, deyolmayman, chunki men undan battarlarini ham eshitganman. Bu haqida hozi bu yerda aytib o'tmoqchi emasman.
Faqat o'z fikrlarimni bildirmoqchiman, xolos.
Bu daxshatliu holat.Bunga chidash juda qiyin. Ayol -qizlarni behayo sharmsiz bo'lib ketayotganliklaridan hamma shikoyat qiladi, lekin shu holatga asosiy erkaklar sababchi ekanligini o'ylaydiganlar kam.
Ayol kishi (Ko'plari) zamonaga, modaga, o'rtoqlariga, ko'rgan eshitgan narsalariga qarab tez o'zgaruvchan bo'lishadi. Buni tan olamizmi yo'qmi bu haqiqat. Lekin ularni to'g'ri yo'lga boshlash, Haqni tanitish, ayolni hayotda o'rnini bildirish, ularni hayoga sharmga o'rgatish, asosiy erkaklarni qo'lida.
Nima uchun ALloh taolo erkaklarga ayollarni omonat qilib berdi? Nma uchun har bir erkak, o'zining ayollaridan so'raladi qiyomatda? Bu haqida fikr yuritsak foydadan xoli bo'lmasdi. Chunki har bir ayolni qilayotgan ishlari, bosayotgan har bir qadami cuhun unga mas'ul o'lgan erkaklar javob beradi.
RAsululloh SAV ayol kishi haqida shunday deganlar: (Hadisning ma'nosi) "Ayol kishi erkakning qovurg'asidan yaratilgan. Qovurg'a egri bo'lganligi uchun, ayolning ham tabiatida egriliklari ko'p. Ularni to'g'rilayman deb qo'pollik qilsangiz sindirib qo'yasiz, agar o'z xoliga tashlab qo'ysangiz, battar qiyshayib ketadi".
Xullas, ayol bilan munosabat qilishda, uni Haq yo'liga solishda erkaklardan katta mahorat talab qilinadi.


Qayd etilgan


Munira xonim  16 Mart 2009, 11:14:35

Endi TV va Matbuot haqida: Men qaysidir mavzuda TVdagi ko'rsatuvlarni 99,5% foiziga ishonmayman, deganimda kimdir ustimdan kulgandek post qoldirgandi. Men umuman TV ko'rmayman. Lekin ba'zi ko'rsatuvlar haqida eshitganimni, ko'rib turaman. Hozirgi kunda asosiy mavzuga aylanib qolgan ko'rsatuvlarni. Men shularni nazarda tutib aytgandim. Men shu ko'rsatuv Tvda berilayotganiga va uni olib borayotgan kishi haqiqatan ham jurnalist ekaniga ishonaman xolos.
Men hamma ko'rsatuvlarni nazarda tutib aytmaganman.
Endi bolalarni va yoshlarni buzayogan ko'rsatuv va seriallar haqida, aytsak...
Hammasi bir tiyinga qimmat narsalar. Shu narsalarni bolalariga ko'rsatayotgan va yoki bolalari bilan birga o'tirib ko'rayotgan kishilar  eng qoloq, eng madaniyatsiz, eng axmoq kishilardir.
Bularni ko'rib o'sayotgan bolalari, bu narsalardan faqat,yomonlikni, behayolikni, surbetlikni, Imlaah aytganlaridek"Muhabbat demakratiyasini" o'rgandilar xolos.
Ular kelajakda qanday inson bo'ladilar? Bunisi esa hammasidan eng yomoni...
Gapirsa gap ko'p...Matbuot va TV hozir umumna talabga javob bermaydi...
Yigitlarimizda g'ururni, qizlarimizda hayoni yo'qolib borayotganiga asosiy sabab matbuoat va TV...
Muhseena singlimiz Yevropada yashagan tanishlari haqida aytib o'tibdilar. Bu ketishda erkaklarni bunday holga tushishlariga Yevropaga borishlari shart bo'lmay qoladi. ALloh asrasin...
Bu mavzu yana davom etadi deb umid qilaman.Bu fikrlarni o'qigan yoshlarimiz, farzand tarbiyasiga uka singil tarbiyasiga mas'ul bo'lgan birodarlarimizni orasidan, hech bo'lmaganda bir kishi, uyida serial tomoshlarini bekor qila olsa, biz maqsadimizga yetgan bo'lamiz, InshaAlloh.
Bu yerda hurmatli yigitlardan ham o'z fikrlarini bildirishlarini so'rab qolamiz. Va boshqa singillarimizdan ham....
Alloh barchamizni umrini va vaqtini qadrlaydigan Bandalari qatorida qilsin...Bizga bu berilgan imkoniyatdan faqat O'zini yo'lida foydalanishlikni nasib qilsin...

Qayd etilgan


shoir  16 Mart 2009, 11:25:41

Imlaah, Munira xonim, Muhseena, NOZA, fikrlaringizni rad etmayman.
Bunaqa muammolar yangi muammo emas, oldin ham bo'lgan, lekin ayni bugunga kelib ko'payib qolganligi sababidanmi yoki boshqa sabablardanmi, matbuotga ham chiqib, ko'pchilikni tashvishga solmoqda.

Meni ham, AbdulAziz, Nozaning ham jahlini chiqargan narsa aslida o'sha yozgan (yoki yozdirgan, o'z fikrlarini bayon qilgan) "ERKAK"ning andishasizligi va da'yusligi edi. Bunaqalar uchun erkak degan sharfni ko'tarib yurish ham uyat.

Ikkinchidan, AbdulAzizning bunaqa maqolalarni uyushtirayotgan ba'zi jurnalist ayollar va xotinchalish jurnalistlar haqida mening ham kuzatuv va fikrlarim bor. O'zbekistonda nashr etilayotgan birqancha ayollarga va oila va jamiyatga bag'ishlangan gazeta va jurnallarni bilaman. Ularda asosan ayollar mehnat qiladilar. Bir surishtirib ko'rsam, haqiqatdan ham bir guruh eridan ajralgan, va jamiyatda "ayollarning o'rnini o'z joyiga qo'yishga" intilayotgan jurnalistlar ishlar ekanlar. Juda ko'p maqolalarni o'zlarining g'oyalari yuzasidan yozisharkan. AbdulAziz shuni nazarda tutganm bo'lsa kerak.

Munira opa, haq gapni aytdingiz, oilada erkakning zauflashuvi ayolning turli kirdikorl;ariga sabab bo'lmoqda...

Qayd etilgan