Эркакмисиз? Йўғ-э!  ( 31252 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


shoir  16 Mart 2009, 11:29:41

Seriallar haqida AbdulAziz yaxshigina tanqidiy maqola yozibdi:
Buzuq televizor va rangin seriallar

Unda juda yaxshi fikrlar, va hozirgi o'zbek matbuoti ayta olmayotganm mulohazalar berilibdi.

Qayd etilgan


Hadija  16 Mart 2009, 22:00:41

 :as:

Avvalo mulohazali fikrlar uchun tashakkur, o'qib bu yerga yozishimdan hojar yo'q deb gumon qip turgandim, ammo Munira opamla singillarimiz ham fikr bildirsinlar deganlari u-n fikrimni yozmoqchiman.

Sharq, G'arb deb ko'pchilik narsaga Yevropani aybdor qilamiz-u, ammo nimagadir o'ylab ko'rmiymiz, aslida unga o'hshashga harakat qilayotgan kim bizmi?! Ular bizni birortamizni ham bizga o'hshagin, taqlid qilgin deyayotgani yo'q, aksincha biz borgan sari, boshqa qavm ohiri borib vahima dahshat bo'lgan TUPIK kirib borayapmiz. Sevgi Muhabbat shunchalik kuchayganki, kichik 6 yoshli boladan sevgi nima deb so'rasang, Allohga yoki ota-onaga bo'lgan tuyg'uni aytmaydi, aksincha yigit va qiz o'rtasidagi, nafsoniy muhabbatni misol qilib, yuzda tabassum, uyatdan asar ham qoldirmay keltirishadi, bunga sabab asosan Ota va Ona, tarbiyaviy va atfordagi muhit. Tvdagi multik kino, ko'rsatuv boringki hammasida sevgi muhabbat bor. Chiqivolib Vatan haqida gapiradiyu, qog'ozga o'rab shuni ichida o'sha nafsoniy muhabbatni ham qo'shib ketishadi. Nima Noza aytganlaridek, hoh koreys hoh o'zbek bo'lsin, sevgidan boshqa ayniqsa nafsoniy muhabbatdan boshqa dard qolmadimi?! Shunchalik dardsiz insonlar bo'lib ketdikmi?! Hullas savollar beraversak ularning sanog'i kamaymaydi. Tvda ko'rsatuvlar soni ko'payishi o'rniga kino va seriallar soni ko'payib ba'zan Tv ko'rishdan odamni bezdiradi. Hullas, yaqin-yaqinda 2 ta ayollar olib boradigan ko'rsatuvlar chiqdi ahamiyat bersangiz, "Bekat" va yana bir Buxorolik jurnalist ayol olib boradigan ko'rsatuv nomi esimdan chiqib qoldi. Shu ko'rsatuv boshlanganidan ya'ni ekran yuzini ko'rsatganidan boshlab e'tibor berdim, Ishonasizlarmi faqat Turmushdagi Ayol va Erkak muammolari... Ya'ni ayol sevgisini qozonish u-n nima qilish kerak, uni ko'nglini sovutmasdlik u-n nima qilish kerak, hullas kalom shunday savol javobli 30 minlik ko'rsatuv. Yana ketidan koreys sevgi haqidagi seriali. Bu nima, yana kunduz kuni o'sha huddi shu ketma-ketlikni qaytib qo'yishishadi. Buni bolalar o'spirin yoshdagilar ko'rmaydimi, tushunmaydimi? Ertaga uladan qanaqa kelajak chiqib keladi...

Gapirsang tiling kuyar, gapirmasang diling. Bu yerda muhokama qilganlarimizni bir jurnalistlar o'qib o'zi u-n xulosa qilsa edi... Qachon qarama xalqga manfaati tegadigan jurnalistlarni ildizini qirqmasdan, bir TV tozalanib olsa juda yaxshi bo'lardi, Wa Allohu A'lam

Qayd etilgan


saltanat  17 Mart 2009, 19:32:46

gapni vaqtida gapiribsiz, balli Munira xonim.

Qayd etilgan


Muhseena  17 Mart 2009, 20:16:19

Nima uchun erkaklar rashk qilmay qo'yishdi,bir dugonamning eri to'yida qoshini terishini,uni hammani oldida go'zal bo'lib yurishi kerakligini "shart qildi".Bechora qiz nima ham qilardi,erini gapiga kirdi..Erini ko'rib qolsam bo'g'ib qo'ygim keladi.Bunday holatlarni ko'pini ko'rib yuribmiz.Yana bir yigit ayolini do'stlari orasida chiroyli deyishlarini xohlab,o'ziga 100 foiz qarab yuradigan qizni qidirdi,afsuski,ota-onasi unga qarshilik qilishdi.
Muammolar juda ko'p,ayollarda ham,erkaklarda ham...Ko'p muammolar dinimizni bilmasligimizdan,unga amal qilmayotganimizdanligi ochiq ravshan ko'rinib turibdi. Ko'pchilik "Rashk iymondandir"-degan hadisni unutib qo'ydilar

Qayd etilgan


The_Alchemist  17 Mart 2009, 23:28:39

Assalomu Alaykum forumdoshlar, suz yuritilayotgan mavzu hozirgi kunda eng dolzarb mavzu desam adashmayman.
Siz aytgan rashki yuq erkaklarni kurganda odam uzini ushlab tura olmaydi, biror janjal chiqarishni va yaxshilab dupposlashni istaysan odam (tugri yul emas albatta, lekin rosti shu)
Erkak kishi ozroq tuporiroq lekin mehribon, oilasini himoyachi bulishi kerak.
Lekin undan tashqari kucha kuyda judayam tarbiyasiz erkaklar ham kupayib qolishgan yani yonida eri bor hotinga ham kuzini luq qilib qarab qoladi, huddi usha vaqti yaxshilab tushurishging kelib qoladi. Rashkchi erkaklarga ham hozirgi zamon oson emas chunki islomdan habarsizlar kupaysa, tarbiyasizlar kup bulsa hammasi bilan urish qilib chiqadi yoki hotinini qamab quyadi uyiga.
Ushani uchun ham eng tugri yul bu hijobli ayolga uylanish deb uylayman. Har qalay imonsizlar ham hijobli ayolga yomon kuz bilan qarashga qurqadi.

The Alchemist

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Mart 2009, 22:12:02

Nima uchun erkaklar rashk qilmay qo'yishdi,bir dugonamning eri to'yida qoshini terishini,uni hammani oldida go'zal bo'lib yurishi kerakligini "shart qildi".Bechora qiz nima ham qilardi,erini gapiga kirdi..Erini ko'rib qolsam bo'g'ib qo'ygim keladi.Bunday holatlarni ko'pini ko'rib yuribmiz.Yana bir yigit ayolini do'stlari orasida chiroyli deyishlarini xohlab,o'ziga 100 foiz qarab yuradigan qizni qidirdi,afsuski,ota-onasi unga qarshilik qilishdi.
Muammolar juda ko'p,ayollarda ham,erkaklarda ham...Ko'p muammolar dinimizni bilmasligimizdan,unga amal qilmayotganimizdanligi ochiq ravshan ko'rinib turibdi. Ko'pchilik "Rashk iymondandir"-degan hadisni unutib qo'ydilar

Assalamu alaykum.
Muhseena, o'sha dugonangizga rosti achindim. CHunki eri shart qilsa, Alloh xarom qilgan ishni bajaraveradimi? Boshqa yo'li bor edi, eriga qarshilik qilishi, unga erkakligini tushuntirib qo'yishi lozim edi.
Agar erkakligini tan olmasa unday erdan voz kechgan afzal.
Bu gapim ko'plarga qo'pol tuyulishi mumkin,chunki oila muqaddas, uni har qanday holatda ham saqlab qolish kerak. Albatta, bu gap to'gri.
Lekin shu oilani ustuni bo'lmish erkakni qurt yeb erkaklgini xotirasidan o'chirib yuborgan bo'lsa-chi?
Bunday oilani saqlayman deb, gunohga botib yurishni nima keragi bor?
Bular albatta meni fikrlarim...
Bu fikrlarimdan singillarimiz o'z xulosalarini chiqarib oladilar degan umiddaman...

Qayd etilgan


Muslimа  21 Mart 2009, 13:49:44

Nima uchun erkaklar rashk qilmay qo'yishdi,bir dugonamning eri to'yida qoshini terishini,uni hammani oldida go'zal bo'lib yurishi kerakligini "shart qildi".Bechora qiz nima ham qilardi,erini gapiga kirdi..Erini ko'rib qolsam bo'g'ib qo'ygim keladi.Bunday holatlarni ko'pini ko'rib yuribmiz.

 :as:
    Ayolini oldiga olib, chiroyli qilib kiyintirib, bo'yantirib, hammaga ko'z-ko'z qilgan erkaklarni ERKAK degan nomga nomunosib dib bilaman. Nahot yonidagi jufti halolini go'zalligiga boshqalar ham hirs va yomon higohi bilan qarashiga sabr qila oladilar!? Nahot bu go'zallikdan boshqalarni havasini keltirib o'zlaricha hursand bo'ladilar?...

  Unaqalarga Alloh insof bersin! Ularga faqat bitta gap :!:
  Hazrati So'fi Alloyorni so'zlari bor ekan:

    Jamiki jonivorlar tushsa ko'zga,
    Hamiyatlik erur TO'NG'IZdan o'zga!

   Aytishlaricha hayvonlar orasida TO'NG'IZdagina RASHK hissi BO'LMAS EKAN. To'ng'izga o'xshashlikdan saqlanishsin ERKAKLAR!!! To'ng'izga o'xshashlik ham mayli, Jannat darvozalari oldida afsuslanib qolishmasin! Chunki, rivoyatlarga ko'ra Alloh taolo Jannat darvozalariga "Sen DAYUSga haromsan!" dib yozib qo'ygan ekan! Alloh asrasin U KUN dagi afsus va nadomatdan!

Qayd etilgan


Hadija  21 Mart 2009, 22:55:28

 :as:

Hayotda qanchalik ko'p insonni ko'rsangiz, yaxshilab ahamiyat bersak har bir insonning haraktiri psixikasi turlicha bo'ladi. Shu ko'pchilik ko'chaga bo'yanib chiqadigan qizlarni kuzatib ko'rdim juda ko'p desam hato bo'laru 5-6 ta qizlarni kuzatsam harakterlari turlicha ammo, bo'yanishga kelgan uslublari bir-birlarinikidan o'tsa o'tadiki ammo qolishmaydi. Asosiy aytmoqchi bo'lganim shuki, ayni o'sha bo'yanish, zeb va faqatgina o'zini tashqariga chiqanda ko'rsataib ko'z ko'z qiladigan ayol, qizlarimizning uylarini borib kuzatsak, huddi ayolsiz uyga o'hshaydi. Ayolning zebi avvalo uning ichki go'zalligi emas-mi? Yana ba'zan turmush o'rtog'ining ayolidan norozi ekanligini aytib qolishishadi...

Bir dugonam bo'lardi, turmushga chiqaman deb bechara qiz yemasdan, ichmasdan pul yig'ib, ayrim companya firmalardan pardoz andoz ashyolarini sotib olardi bechara qiz qimmatga tushib shuncha 2 savat to'ladigan buyumlarni yig'ibdi. Bir kuni dugonamni ko'rishga borganimda suhbat orasida pulga muhtoj bo'p turganini, dugonasi ishlaydigan firmadan ancha miqdorda qarz bo'lib qolganini aytdi. Uni ko'nglini ko'tarish uchun Dugonajon,  kel bir dimlama pishiramiz dganimda, pishira olmasligini, agarda hohlasam faqatgina yordam bera olishini yoki juda ochgan bo'lsam ubu ko'chadan sotib olib kelishni aytdi, ochig'i hayron qoldim. Chunki, ovqat haqidagi taklifni, ayni pardoz buyumlarini ko'rsatib bo'lishi b-n aytgandim-da... :)

Yuqorida yozganlarim, bu mavzuga to'g'ri kelmas, ammo u ham bir tarbiyaning mevasi deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Sardor_NEW  22 Mart 2009, 01:13:14

Hamma erkaklar ham unday emas, u erkaklar hali Allohni chindan tanimagan erkaklar aniqrog'i insonlar!

haqiqatdan  bunday hollarga ko'zimiz tushadi, ahamiyat bersak  ular hali Allohni tanimagan va musulmonlik burchlarini bilishmaydi.

Bunisi holva hozirda namoz o'qidigan insonlarni ko'pi, namozda nechta farz borligini bilishmaydiku,

Qayd etilgan


Munavvara  22 Mart 2009, 10:46:16

 :as:

АЖАБ ЗАМОА

Ксчада не аҳвол, дес ссроқлаб,
Уйдан чиқмоқ учун сшик очармиз,
Қай томон тикилсак, фахший нигоҳлар,
Ажаб замон бслди, қайга қочармиз?!

Зинони оддий ҳол санагач башар
Валадиззино ҳам кундан—кун ошар,
Қизларнинг қараши ксзларни тешар,
Ажаб замон бслди, қайга қочармиз?!

Фарзанднинг ксзлари жовдирар ёна,
Ота не қиларин билмай парвона,
Тарбис нелигин билмаса она,
Ажаб замон бслди, қайга қочармиз?!

Сериал туфайли ҳамма овора,
Унда қора оқдир, оқ сса қора,
Момо, сизни севдим, деса невара
Ажаб замон бслди, қайга қочармиз?!

Меҳмон ссролмаса мезбондан хаққин,
Гсзал сукунатни енгганда шовқин,
Етти ёт бегона Қардошдан сқин,
Ажаб замон бслди, қайга қочармиз?!

Узоқдан бир кимса йслни пайпаслар,
Қалб ксзи атрофи сралган ҳаслар
Кср ҳассасин тепиб шодланса каслар,
Ажаб замон бслди, қайга қочармиз?!

Дунёнинг ишлари хсп қизиқ бслди,
Ғариблар йиғлабон, фосиқлар кулди,
А­ркакка уйланган сркаклар тслди,
Ажаб замон бслди, қайга қочармиз?!

Ҳақиқий бузғунчи тийилолмайин
Оламни хорлагай кун стган сайин,
«Биз асли ислоҳчи» деёлгай кейин...
Ажаб замон бслди, қайга қочармиз?!

Тсғри сғри бслди, чап йсл сса снг,
Қорилар пойгакда қалбан йиғлаб хснг,
Уй тсри ҳофизни кутганидан сснг,
Ажаб замон бслди, қайга қочармиз?!

Биродар, стмишмас, кетмайлик узоқ,
Тожигу, қирғиз ҳам, сзбек-у қозоқ
Қорбобо, қорқизни десалар раззоқ,
Ажаб замон бслди, қайга қочармиз?!

Бугун таъсир учун беҳол ссзимиз,
Қайсардан ҳам баттар сғил-қизимиз,
Барига айбдор асли сзимиз,
Ажаб замон бслди, қайга қочармиз?!

Qayd etilgan