Forumdoshlarning osh - majlisi  ( 41727 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


AbdulAziz  30 Yanvar 2009, 19:43:39

Bu gap, gap bilan bo'lib, osh tagiga oladiku. Aniq takliflar bo'lsa aytinglar iltimos, qornim ochqab ketdiku!!!!!!!!

O'zi necha kishi kelmoqchi. Shuni aniq bilish kerak.
Xabardor bo'lmagan birodarlarga yetkazish kerak.

Xabardor bo'lganlar, ovozinglarni chiqarib, boramiz deb qo'ysangizlar, Inshaalloh rejalarni tuzamiz.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  30 Yanvar 2009, 20:15:06

O'zi necha kishi kelmoqchi. Shuni aniq bilish kerak.
Xabardor bo'lmagan birodarlarga yetkazish kerak.

Xabardor bo'lganlar, ovozinglarni chiqarib, boramiz deb qo'ysangizlar, Inshaalloh rejalarni tuzamiz.

Odamlaru, odamlar! Eshitmadim demanglar! Tez orada forumimiz yigitlari yig'ilishib, diydor ko'rishishmoqchi! Vertual olamda birodarlar aylangan insonlar, real hayotda ham bir-birlari bilan suhbat qurishmoqchi! (uzoq-yaqin, faol-nofaol userlarmi, bularning farqi yo'q)
Ulugbek-Uz bitta palovxonto'ra va'da qilganlar. (ammo mening postimni o'qib, sekingina qochib qoldilarmi deyman, kamnamolar   :7)

Ishtirok etish istagida bo'lganlar shu yerda yozsinlar yoki bo'lmasa AbdulAziz akaga murojaat qilsinlar!

Tag'in do'stlar diydoridan bebahra qolib ketmanglarooooooovvvvvvv! (ux-xu, ux-xu... Baqiraverib tomog'im bo'gilib qoldi)

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  30 Yanvar 2009, 21:24:47

Yakshanba kuni Blits-savollar tanlovi g'olibi bo'lgan MarufXON bilan uchrashdim. Ularni va yana shuningdek, Ulugbek-Uz va Musannif Adhamni ham "Zakovat" intellektual ko'rsatuvining navbatdagi suratga tushirish jarayoniga taklif qilgandim. Qolgan birodarlarimiz kela olmasligini aytdilar. Ma'rufbek esa tashrif buyurib meni xursand qildilar. Anchayin kamtar va kamgap bola ekanlar. Ularga va'da qilingan kitoblarni topshirdim. "Zakovat"ni ko'ruvchi do'stlarimiz bo'lsa, e'tibor beringlar, ko'k "babochkali" inson bu Ma'ruf Yusupxo'jayev bo'ladilar. :-)

А­сс ..бордик биз ҳам Адҳам билан, "Бабочка"си йсқ скан деб қсйишмади :)))


Iqtibos
Odamlaru, odamlar! Eshitmadim demanglar! Tez orada forumimiz yigitlari yig'ilishib, diydor ko'rishishmoqchi! Vertual olamda birodarlar aylangan insonlar, real hayotda ham bir-birlari bilan suhbat qurishmoqchi! (uzoq-yaqin, faol-nofaol userlarmi, bularning farqi yo'q)
Ulugbek-Uz bitta palovxonto'ra va'da qilganlar. (ammo mening postimni o'qib, sekingina qochib qoldilarmi deyman, kamnamolar   :7)

ҳой..ҳой...
Ҳозирги ёшларга ҳайронманда, бсйнимизга битта ошни илиб қсймагани етмагандай, снди қочиб қолдиларми дейди :))

Тезда адвокат топмасам бслмайди шекилли, Ай Хушнудбек, Юристлардан адвокат жсраларингиз борми ? :)

Мавзуга қайтсак, Абдураҳмон (Бекзод) билан Бухородаги хайрли тадбир баҳонасида учрашдик. 

Qayd etilgan


ZUBAIR  30 Yanvar 2009, 21:36:01

:as:

ikbaljohn bilan gayrat17 ni ham chaqirish esdan chiqmasin :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Yanvar 2009, 01:32:21

Hazil-huzul o'z yo'liga.
Asosiy mavzuga qaytsak.

Hozircha forumdosh yigitlarning osh-majlisiga kelishga xohish bildirganlar:

1. Yurist
2. Abdulloh90
3. Musannif Adham
4. Orif
5. AbdulAziz.


6. Akbar, ularga hali aytamiz, inshaalloh keladilar.
7. Ulugbek-Uz (hali borishlarini tasdiqlamadilar-u, lekin inshaalloh kelishlaridan umidvormiz)
8. MarufXON (bu bolani Yurist, o'zingiz olib kelasiz)

Kelishi aniq emas-u, lekin kutilayotganlar:
9. Ikbaljohn
10. gayrat17
11. Usmon
12. Shohjahon12
13. Huseyn


PS. Agar qolib ketganlar bo'lsa, ma'lum qilib qo'yarsizlar.


TAKLIFLAR

1. "Halol Food", "Eshonguzar" yoki "Kamolon" choyxonalarida o'tirish. U yerda ovqatlar tayyor. O'zimiz urinmaymiz. Uchrashuvdan maqsad osh emas, bir-birimiz bilan ko'rishib, birodar bo'lish.

2. Bironta choyxona topish. U yerga balki harajatni qilib borarmiz, o'zlari tayyorlab berishar.

Qaysi birini tanlaysizlar? Yana boshqa takliflar bormi?

Qayd etilgan


ORIF  31 Yanvar 2009, 07:43:39


1. "Halol Food", "Eshonguzar" yoki "Kamolon" choyxonalarida o'tirish. U yerda ovqatlar tayyor. O'zimiz urinmaymiz. Uchrashuvdan maqsad osh emas, bir-birimiz bilan ko'rishib, birodar bo'lish.

2. Bironta choyxona topish. U yerga balki harajatni qilib borarmiz, o'zlari tayyorlab berishar.

Qaysi birini tanlaysizlar? Yana boshqa takliflar bormi?

AbdulAziz, men o`ylab ko`rdim. Menimcha birinchi variant yaxshi, forumdoshlarimiz qo`lidan osh yeyish qochmas, bu "maza"ni ko`klamda, biror bir tabiat qo`ynida tashkillashtirsa ayni muddao bo`ladi. Hozir esa biror joyda "tayyori"ga boraversak ham bo`ladi.
O`tgan gal AbdulAziz bilan ko`rihganimizda chinyon haqida ham so`z ochilgandi. Men bir oz surishtirdim. U yerda ham qozon-tovoq bor ekan, o`zimiz tayyorlasak ham bo`lar ekan. O`tgan gal

Qayd etilgan


ZUBAIR  31 Yanvar 2009, 19:45:18

 :as:

Forumda T.Yusupov degan user ham bor.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2009, 08:49:01

Assalomu alaykum!

Forumdosh yigitlarning osh-majlisiga kelishga xohish bildirganlar soni oshmoqda:

1. Yurist
2. Abdulloh90
3. Musannif Adham
4. Orif
5. AbdulAziz
6. Ikbaljohn
7. Akbar
8. Jasonnur
9. Usmon
10. T.Yusupov
11. AbdurRahmon
12. Huseyn
13. Shohjahon12
14. Baxtiyor
15. esCape


16. gayrat17 (Iqboljon olib kelaman dedilar)
17. Ulugbek-Uz (hali borishlarini tasdiqlamadilar-u, lekin inshaalloh kelishlaridan umidvormiz)
18. MarufXON (bu bolani Yurist, o'zingiz olib kelasiz)
19. Foniy
20. Uzmus


Qolib ketganlar bo'lsa eslatib qo'yinglar, pliiz.


Uchrashuvning taxminiy joyi

"Halol Food" kafesi.
Mo'ljal: To'xtaboyvochcha (Charxchi imom) masjidining ro'parsida, 4-Oilaviy poliklinikada yuqoriroqda joylashgan.
Transportlar:
65-avtobus (Mustaqillik metrosi - Qoraqamish 2-4)
Paxtakor metrosidan 32-marshrut (Damas)
Chorsu metrosining bozordan chiqadigan tarafian go'st bozor tomonga yuriladi. O'sha yerdan so'ralsa, aytib berishadi. Halol Foodgacha 250 metr pyida yuriladi.

Uchrashuvning taxminiy vaqti

8 fevral, 2009 yil. Yakshanba kuni. Soat 18.00 da.

Qayd etilgan


The_Alchemist  01 Fevral 2009, 09:23:03

Hurmatli "Oshxur" Forumdoshlar,

Bu safargi osh majlisiga vatandan uzoqligim sabab qatnasha olmasamda bazi iltimoslarimni bildirish jazm etdim. Birinchi iltimosim, osh majlisini judayam fayzli utkazib, qatnasha olmaganlar uchun ham oshni ohirigacha paqqos tushuringlar :)
Ikkinchi iltimosim, osh majlisi tafsilotlarini barcha forum azolari bilan urtoqlashsalaringiz (kichkina hikoyacha kurinishida bulsa ham).
Uchunchi iltimosim shuki, iloji bulsa dasturhonning chiroyli rasmlarini osh majlisiga bora olmaydigan forumchila bilan ham baham kursangizlar.

The Alchemist

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2009, 10:21:26

Inshaalloh, tafsilotlarni sizlar bilan baham ko'ramiz.
vatanga qaytganingizda bizga ma'lum qiling. Inshaalloh ko'rishamiz.

Qayd etilgan