- 13-
MO’MIN XALQ ORASIDA HAQ BILAN BIRGADIR
“Insonlarga aralashib yuradigan va ularning aziyatlariga sabr qiladigan mo‘min kishi, odamlarga aralashmaydigan va ularning aziyatlariga sabr qilmaydigan mo‘min kishidan afzalroqdirâ€. (“Ramuz al-ahodis†231\3, hazrati Ibn Umar raziyallohu anhumo rivoyat etganlar)
Insonlar orasida yurib, ularning jabru jafolariga sabr qilgan mo‘min kishi, jamiyatdan chetlashib, uzlatda qolgan va qiyinchiliklarga sabrsizlik qilib, dod-voy soladigan mo‘min kishidan afzaldir.
Insonlar tomonidan kelgan musibatlarga sabr etmoq ulug‘ amallardan hisoblanadi. Chunki bu musibatlar bilib-bilmay qilingan gunohlarga Alloh taolo tomonidan mana shu dunyoning o‘zida berilgan bir jazo, tanbeh, xatolarga kafforat, tavba qilishga imkoniyat, gunoh va xatolardan tiyilishga bir vosita va saboqdir. Bu - qalbi hidoyatga moyil bandalari uchun Allohning ulug‘ bir inoyati. Bu inoyatni boy berma. Ertayu kech hamd va istig‘forni kanda qila. Insonlar orasida yurganingda esa chiroyli xulqlar namoyon qil, barchaga ibrat bo‘l. Go‘zalliklarga qara, yaxshi va Haq so‘zlarni tingla, yomon va botil gap-so‘zlardan yiroq bo‘l. Doim ezgu so‘zni de, botil xatti-harakatlarni aslo xayolingga keltirma.
Zamonning olimi sanalsa-da, axloqan buzuq, Alloh taoloning amrlariga bo‘ysunmaydigan, sunnati saniyyani mahkam tutmagan, jamoatga, jamiyatga qo‘shilmaydigan insonlardan har doim uzoq yurish va saqlanish kerak. Zero, bunday kishilardan ko‘p zararlar kelishi mumkin. Har qanday salbiy illat kabi yomon axloq ham yuqumlidir. Uning xunuk fe’l-atvoridan ba’zilari yaxshi insonlarga ham o‘tib qoladi. Masalan, mayxo‘r bilan ulfat odam, hayotida ichmagan sharobni bir kun ichib qo‘yishi mumkin. Qimorbozlar, o‘g‘rilar ham shunday. Bular birlan do‘stlik qilish qanchalik yomon ish bo‘lsa, har qanday badxulq egasi bilan do‘stlik qilish ham shundaydir.
Bir insonning kim ekanini bilmoq uchun uning do‘stlariga boqmoq kifoya. Komil, fozil, olim kishilar bilan birga bo‘lganlar ulardan o‘rnak oladi, aksincha, aroqxo‘r, qimorboz, yolg‘onchi, o‘g‘ri, johil kishilar bilan ulfatchilik qilganlarga esa tabiiyki, “qozonning qorasi yuqadiâ€. Shu jihatdan bo‘lsa kerak, nafl haj nafl sadaqadan afzal deyilgan. Chunki haj vaqtida notanish kishilar bilan sherik bo‘ladi. Ular bilan bo‘ladigan turli muomalalarda uning qanchalik sabru toqatga egaligi ayon bo‘ladi.
Mutasavvif olimlar uzlat xususida turli xil fikr-mulohazalar bildirishgan. Jumladan, hujjatul-islom Imom G’azzoliy hazratlari uzlatning ham foydalari, ham zararlarini batafsil tushuntirganlar. Imom Shofi’iy va Imom Ahmadlar esa uzlatni yoqlamaganlar... Aslida, bu narsa insonlarning ahvoliga qarab belgilanadi. Yolg‘izlikda, Alloh bilan mustag‘raq holda bo‘lganlarga uzlat foydalidir. Xalqqa halol va haromni bildirib turadiganlar uchun esa xalq bilan aralashish, birga bo‘lish afzaldir. Chunki payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam hazrati Xolid ibn Valid, hazrati Amr ibn Os raziyallohu anhumo kabi ko‘plab sahobalarga xalqqa xizmat bilan shug‘ullanishni vazifa etib tayinlagan bo‘lsalar, hazrati Abu Zarr G’iforiy raziyallohu anhu kabi ba’zi sahobalarga buning aksini tavsiya etganlar:
“Ey Abo Zarr! Men seni bir zaif kishi sifatida ko‘rmoqdaman. Va o‘zim uchun xush ko‘rgan narsani, albatta, sen uchun ham xush ko‘raman. Sen aslo ikki kishi o‘rtasida amr qiluvchi bo‘lmagin va yetilar haqqiga aslo ko‘z olaytirmaginâ€. (Muslim, “Kitobi Imoraâ€, (4), 3\1457-1458\17, Hazrati Abu Zarr G’iforiy raziyallohu anhu rivoyat qilganlar.) Demak, kishining holatiga ko‘ra harakat qilish kerak bo‘ladi...
Haq subhanahu va taolo hammamizni avfu mag‘firat aylasin, Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam hazratlarining shafoatlariga noil qilsin.