Muhammad Zohid Qo'tqu. Mo'minning sifatlari  ( 62049 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:28:35

-9-
MO’MIN ALDANGANDEK KO’RINAR


"œMo‘min kishi sodda-aldanuvchan, karamli-marhamatli bo‘ladi. Fojir kishi esa hiylakor, past, xasis va nokas bo‘ladi". ("œRamuz al-ahodis" 230-13, Hazrati Abu Hurayra raziyallohu anhu qilganlar.)

Mo‘min kishi aldanuvchi, go‘zal xulqli-karamli, ezgulik va ehson sohibidir. Fojir esa hiylakor, pastkash, xasisdir. Mo‘min kishining yana bir sifati aldanuvchan ekanligi va aldanganini bilsa ham, bilmagandek ko‘rinmog‘idir. Mo‘min kishi farosatsiz emas,  aslida u aldanmaydi, lekin zohiran shunday ko‘rinadi. Atrofdagilar doim uni aldashadi. U ham barchaga aldanadi. Chunki, yomonlikni bilmaydi, makkor va ayyor emas. Chunki pokiza, sog‘lom qalbi, iymoni uni bunday qabohatga qo‘l urishga yo‘l qo‘ymaydi.

Ammo hiyla va fasod qiluvchilarga, ularning nayranglariga qarshi munosib javob berish joiz bo‘lsa-da, hazrati Umar raziyallohu anhu kabi bo‘lmoq, uning hiylasini anglamagandek ko‘rinmoq yanada afzaldir. Hazrati Umar roziyallohu anhu ba’zi musulmon ko‘rinib, hiyla qilganlarga, makrlarini bilgan holda, bildirmasligi tufayli aldanar, qilayotgan hiylalari uchun ularni uyaltirmas edilar. Ularning haqlariga duo qilib, solih inson bo‘lishlarini Haq taolodan tilamoq eng to‘g‘ri ishdir.

Iymoniy birodarlikning xususiyatidan yana biri shuki, mo‘min kishi qarshisidagi insonlarning hollariga, dunyoqarashlariga sifatlariga qarab muomala qiladi. Masalan, bir dehqonga, hunarmandga, ishchiga, ma’murga yoki ayollarga ularning holatlariga qarab muomala qilmoq, hammaning iste’dod va qobiliyatlariga qarab so‘zlashmoq ham ahli kamolning holu harakatlaridandir. Jumladan, bir johilga, bir dehqonga ilmu mantiqdan, me’morchilikdan, kimyo va boshqa fanlardan so‘z ochmoq o‘rinsiz bo‘lgani kabi, ilmi bayon, fasohat va balog‘atdan ham gapirmoq nodonlikdir. Demak, har bir insonning holiga qarab muloqotda bo‘lmoq, bo‘yog‘iga qarab bo‘yoq, suviga qarab suv bermoq eng go‘zal amaldir.

Mo‘min kishi ayni vaqtda karimdir-karamlidir. Ya’ni axloqi juda go‘zaldir. Ezgulik va ehson sohibidir. Go‘zal xulqlarga ega bo‘lgan kishiga karim-karamli deyiladi. Fojir (gunohkor) esa aksincha fosiqdir. Ya’ni u yer yuzida fasod ishlar bilan mashg‘uldir. Mo‘min kishi esa fasoddan og‘iz ochishni ham istamaydi. Chunki iymoni bunga yo‘l qo‘ymaydi. Fojir esa xiyonatkor, yomon ishlar bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olgan. Zero, komil aqli bo‘lmasa ham o‘zini aqlli sanaydi.

Hadisdagi "hab" kalimasi hiylakor va insonlar orasida fitna-fasod chiqarib, yomonlik qiladigan kishiga nisbatan ishlatiladi. Ba’zi lug‘at ahlining fikricha, aqlu zakovatini faqat dunyo ishlariga sarflagan kishi oxirat ishlaridan g‘ofil kishidir. Alloh hammamizni bunday hiylakorlarning yomonliklaridan saqlasin, hech kimga ozori tegmaydigan haqiqiy mo‘min bandalaridan aylasin, omin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:29:09

-10-
MO’MIN HAMISHA YAXSHILIK USTIDADIR


"œMo‘min kishi har qanday holatda yaxshilik ustidadir, hatto o‘lim ko‘z oldida turgan so‘nggi nafasida ham. Va u har qanday holatda Allohga hamd aytguvchidir". ("œRamuz al-ahodis" 230\14, Roviy hazrati Ibn Abbos raziyallohu anhumo.)

Mo‘min kishi so‘nggi nafasiga qadar hamisha yaxshilikka intiladi. U har qanday holatda Allohga hamd aytadi.

Mo‘min va muvahhid, komil bir mo‘min doim xayr-yaxshilik payida bo‘ladi. Chunki mo‘min kishi yaxshilikni sevadi, doim xayrli ishlar qiladi, yomonlikni qat’iyan yoqtirmaydi. Ishlarida ham, niyatlarida ham doim yaxshilikni murod qiladi. O’ziga ham, boshqalarga ham faqat yaxshilik sog‘inadi. So‘nggi nafasida ham, jonini Mavloga taslim etishda ham, Alloh taologa hamd aytib omonatini topshiradi.

Umr bo‘yi solih amallar qilishining mukofoti o‘laroq, Haq taolo ham unga, so‘nggi nafasida hamd aytishni nasib etgay. Chunki o‘lim mo‘min kishiga bir hadyadir, ne’matdir. Mo‘min kishining zindoni bo‘lmish bu o‘tkinchi dunyodan ayrilib, abadiy saodat makoni bo‘lmish Jannatga erishuvi va Rabbiga zavqu shavq, hayajon birla ro‘baro‘ kelishi uchun hech bir vaqt tilidan hamdu sanoni qo‘ymaydi. Natijada Haqning jalolu jamoliga muvaffaq bo‘ladi.

Ulug‘lardan bir zot o‘lim oldidan: "Marhabo, ey do‘stim, menga g‘animat (fursat) bo‘lib kelding, kelishingdan nadomat qilganlar, abadiy najot topmaslar" degan va hamd aytib Haqqa qovushgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:32:34

-11-
MO’’MIN TANADAGI BOSH KABIDIR


"œIymon ahlidan bo‘lgan mo‘min kishi xuddi jasaddagi bosh kabidir. Boshdagi og‘riqni jasad bilgani kabi, butun ahli iymonning dardini ham mo‘min kishi bilib turadi". (Ramuz al-ahodis 231\1, hazrati Sahl ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat etganlar.)

Ahli iymondan bo‘lgan komil bir mo‘min kishi xuddi vujuddagi bosh kabidir. Jasad boshdagi og‘riq uchun aziyat chekkanidek, mo‘min kishi ham mo‘min birodarlari uchun aziyat chekadi.

Insonning boshida ko‘z, quloq, og‘iz, burun kabi qimmatli a’zolar joylashgan. Lekin insoniylik mohiyati ko‘z yoki quloq bilan emas, balki aqlu zakovat, ma’naviyat va xofiza bilan yuzaga chiqadi. Bu esa miyadan o‘rin olgan bir javhar bo‘lib, Allohning insonga taqdim etgan buyuk ne’matidir. Insoniyat hanuz buning haqiqatiga yetolgani yo‘q.

Miyadagi kichkinagina bir illat tufayli inson telbaga aylanadi, hayvonlar qilmagan ishlarni qiladi. Bunday telbalarning borar joylari jinnixonadir.

Ey inson! Yaxshilab o‘yla! Seni yo‘qdan bor qilgan Xoliqi zuljalol hamma narsani g‘oyat go‘zal intizom bilan yaratgan. Buning qadru qiymatini angla! Alloh taoloning kuch-qudratini tani va belgilab bergan hududlaridan chetga chiqmaslikka harakat qil!

Ahli iymondan bo‘lgan mo‘min, boshqa bir mo‘min birodari uchun qayg‘uradi, uning g‘amiga sherik bo‘ladi, dardiga davo topishga urinadi. Tunlarni uyqusiz o‘tkazadi, to birodari qayg‘udan xalos bo‘lgunga qadar bir tanu bir jon bo‘lib, bir oila a’zosi kabi yonida charx uradi. Uni har qanday moddiy va ma’naviy mashaqqatlardan qutqarishga harakat qiladi. Vujuddagi bir xastalik tufayli insonning uyqusi-oromi qochadi, butun jasad kasallik va alam ichida azoblanadi. Mo‘minlar bir tanadagi a’zolar kabidir. Shuning uchun ham mo‘minga biror ozor yetganda boshqalari hamdardlik bildirishlari, yordam berishlari lozim.

Mo‘min birodari uchun aziyat chekmaydigan, qayg‘urmaydigan, o‘zini o‘ylab, qorni uchun mehnat qiladigan va atrofidagilarga loqaydlik bilan qaraydigan kishi dunyoqarashi, saviyasi haminqadar darajadagi mo‘mindir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:35:50

- 12 -
MO’MINNING OG’IRLIGI BIROVGA TUSHMAYDI


"œHaqiqiy mo‘min birovga og‘irligi tushmaydigan kishidir". ("œRamuz al-ahodis" 231\4, hazrati Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilganlar)

Haqiqiy mo‘min birodarlariga og‘irligi tushmaydigan, zahmatu aziyati va ehtiyoji oz bo‘lgan kishidir.

Insonlar doim bir-birlariga muhtojdirlar. Ammo boshqalarning hojatlari uchun chopib, o‘z ehtiyojini unutmoq va ularga og‘irligini tushirmaslik amallarning afzalidir. Mo‘min birodarlariga doim ko‘p yordam beradi. Jo‘mardligi tufayli charchash va ranjish nimaligini bilmaydi. Komil mo‘min halim va mushohada maqomi tufayli g‘ayb nurini ko‘rishga, jannatning jamoli-yu go‘zalliklarini ko‘rib turgandek mushohada etishga qodirdir. Buning barobarida dunyoning foniyligini, butun chirkinliklarning nima ekanini yaxshi bilgani uchun dunyoviy ehtiyojlarini iloji boricha kamaytiradi. Birovga og‘irini tushirmaslikka intiladi. Zero, dunyo rohatiga erishmoqchi bo‘lsa, harom va shubhali narsalarga o‘ralashib qolish ehtimoli bor. Shuning uchun oldi-sotdilarda hiyla, yolg‘on, qasamxo‘rlik, ahdga vafosizlik, omonatga xiyonat singari musulmonlarga yarashmaydigan nopok xislatlardan xalos bo‘ladi. Oxirat uchun toat-ibodatga, zikru fikrga vaqt ham topadi, nafl namozlarini o‘qiydi, ro‘za tutadi, alal-oqibat, borgan sari muboh ishlardan uzoqlashib, Allohga qurbati-yaqinligi oshib boraveradi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:37:46

- 13-
MO’MIN XALQ ORASIDA HAQ BILAN BIRGADIR


"œInsonlarga aralashib yuradigan va ularning aziyatlariga sabr qiladigan mo‘min kishi, odamlarga aralashmaydigan va ularning aziyatlariga sabr qilmaydigan mo‘min kishidan afzalroqdir". ("œRamuz al-ahodis" 231\3, hazrati Ibn Umar raziyallohu anhumo rivoyat etganlar)

Insonlar orasida yurib, ularning jabru jafolariga sabr qilgan mo‘min kishi, jamiyatdan chetlashib, uzlatda qolgan va qiyinchiliklarga sabrsizlik qilib, dod-voy soladigan mo‘min kishidan afzaldir.

Insonlar tomonidan kelgan musibatlarga sabr etmoq ulug‘ amallardan hisoblanadi. Chunki bu musibatlar bilib-bilmay qilingan gunohlarga Alloh taolo tomonidan mana shu dunyoning o‘zida berilgan bir jazo, tanbeh, xatolarga kafforat, tavba qilishga imkoniyat, gunoh va xatolardan tiyilishga bir vosita va saboqdir. Bu - qalbi hidoyatga moyil bandalari uchun Allohning ulug‘ bir inoyati. Bu inoyatni boy berma. Ertayu kech hamd va istig‘forni kanda qila. Insonlar orasida yurganingda esa chiroyli xulqlar namoyon qil, barchaga ibrat bo‘l. Go‘zalliklarga qara, yaxshi va Haq so‘zlarni tingla, yomon va botil gap-so‘zlardan yiroq bo‘l. Doim ezgu so‘zni de, botil xatti-harakatlarni aslo xayolingga keltirma.

Zamonning olimi sanalsa-da, axloqan buzuq, Alloh taoloning amrlariga bo‘ysunmaydigan, sunnati saniyyani mahkam tutmagan, jamoatga, jamiyatga qo‘shilmaydigan insonlardan har doim uzoq yurish va saqlanish kerak. Zero, bunday kishilardan ko‘p zararlar kelishi mumkin. Har qanday salbiy illat kabi yomon axloq ham yuqumlidir. Uning xunuk fe’l-atvoridan ba’zilari yaxshi insonlarga ham o‘tib qoladi. Masalan, mayxo‘r bilan ulfat odam, hayotida ichmagan sharobni bir kun ichib qo‘yishi mumkin. Qimorbozlar, o‘g‘rilar ham shunday. Bular birlan do‘stlik qilish qanchalik yomon ish bo‘lsa, har qanday badxulq egasi bilan do‘stlik qilish ham shundaydir.

Bir insonning kim ekanini bilmoq uchun uning do‘stlariga boqmoq kifoya. Komil, fozil, olim kishilar bilan birga bo‘lganlar ulardan o‘rnak oladi, aksincha, aroqxo‘r, qimorboz, yolg‘onchi, o‘g‘ri, johil kishilar bilan ulfatchilik qilganlarga esa tabiiyki, "œqozonning qorasi yuqadi". Shu jihatdan bo‘lsa kerak, nafl haj nafl sadaqadan afzal deyilgan. Chunki haj vaqtida notanish kishilar bilan sherik bo‘ladi. Ular bilan bo‘ladigan turli muomalalarda uning qanchalik sabru toqatga egaligi ayon bo‘ladi.

Mutasavvif olimlar uzlat xususida turli xil fikr-mulohazalar bildirishgan. Jumladan, hujjatul-islom Imom G’azzoliy hazratlari uzlatning ham foydalari, ham zararlarini batafsil tushuntirganlar. Imom Shofi’iy va Imom Ahmadlar esa uzlatni yoqlamaganlar... Aslida, bu narsa insonlarning ahvoliga qarab belgilanadi. Yolg‘izlikda, Alloh bilan mustag‘raq holda bo‘lganlarga uzlat foydalidir. Xalqqa halol va haromni bildirib turadiganlar uchun esa xalq bilan aralashish, birga bo‘lish afzaldir. Chunki payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam hazrati Xolid ibn Valid, hazrati Amr ibn Os raziyallohu anhumo kabi ko‘plab sahobalarga xalqqa xizmat bilan shug‘ullanishni vazifa etib tayinlagan bo‘lsalar, hazrati Abu Zarr G’iforiy raziyallohu anhu kabi ba’zi sahobalarga buning aksini tavsiya etganlar:

 "œEy Abo Zarr! Men seni bir zaif kishi sifatida ko‘rmoqdaman. Va o‘zim uchun xush ko‘rgan narsani, albatta, sen uchun ham xush ko‘raman. Sen aslo ikki kishi o‘rtasida amr qiluvchi bo‘lmagin va yetilar haqqiga aslo ko‘z olaytirmagin". (Muslim, "œKitobi Imora", (4), 3\1457-1458\17, Hazrati Abu Zarr G’iforiy raziyallohu anhu rivoyat qilganlar.) Demak, kishining holatiga ko‘ra harakat qilish kerak bo‘ladi...

Haq subhanahu va taolo hammamizni avfu mag‘firat aylasin, Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam hazratlarining shafoatlariga noil qilsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:40:22

- 14 -
KOMIL MO’MIN BA’ZI FARISHTALARDAN AFZAL


"œMo‘min kishi Alloh taolo uchun ba’zi farishtalardan ko‘ra afzalroqdir. Mo‘min kishi Alloh taolo uchun muqarrabiyn farishtalardan ham ko‘ra mukarramroqdir". ("œRamuz al-ahodis" 231\2.)

Mo‘min kishi Alloh taologa ba’zi farishtalaridan ham ko‘ra hurmatliroqdir. Mo‘min banda Alloh taologa muqarrabiyn-yaqin farishtalardan ham ko‘ra azizroqdir.

Hazrati Abu Hurayra va Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qilgan bu hadisi sharif Alloh taolo komil iymon sohiblarini ba’zi farishtalardan-da mukarram qilganini anglatib turibdi.

Zero, farishtalarda nafs va shahvat bo‘lmaganidek, hirs, hasad kabi xislatlar ham yo‘q. Shaytoni la’in ham ularni yo‘ldan ozdirolmaydi. Chunki ular nurdan yaratilgan. Holbuki, inson unday emas. Insonni bir tarafdan nafsi, ikkinchi tarafdan shahvati, hirsi, uchinchi tarafdan haq yo‘ldan adashtirishga, jahannamga yetaklashga, Allohdan uzoqlashtirishga urinadigan shaytonlar, munofiqlar, hasadgo‘ylar, kofirlar qamrab olgandir. Ular bilan bo‘lgan kurashlarda g‘olib chiqqan bandaning mukofoti, hech shubhasiz, farishtalarning ba’zilaridan ham mukarram va afzal bo‘lishlikdir. Shuning uchun Allohning xos mo‘min bandalari farishtalarning avomidan afzaldir, deyiladi.

Hasan Basriy  quddisallohu sirruhu hazratlari aytadilar: "Agar mo‘minlar gunoh qilmasalar edi, samo mulkidagi maloikalar kabi uchgan bo‘lardilar". Lekin Haq taolo gunohlari tufayli ularni bundan man’ qildi.

Muhyiddin ibn Arabiy rahmatullohi alayh deydilar: "Haqoyiqi olam insonga oiddir. Inson olamdan faqat kichikligi bilan ajralib turadi. Bu olam asli ikki qismdan iborat bo‘lib, biri kamolotni qabul etmagani uchun yaratilgani bo‘yicha qolgan, biri esa kamolotni qabul qildi va bunda Haqning Jalol va Jamol sifatlari tajalliy etadi, shu bois u Alloh uchun har holatda mukarram va afzaldir".

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:40:54

- 15 -
MO’MIN NASIHATGA QULOQ TUTADI


"Mo‘min mo‘minning birodaridir, hech bir holatda uning nasihatini yerda qoldirmaydi". ("œJomi as-sag‘ir" 2\157, Hazrati Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qilganlar.)

Islomda mo‘minlar bir-birlari bilan aka-uka kabidirlar. Shunday ekan, mo‘minlar o‘rtasidagi haqiqiy munosabat tug‘ishgan birodarlari bilan qiladigan munosabati kabi bo‘lishi kerak. Hatto ziyodaroq bo‘lishi lozim. Shu sababdan birodarini sevmoq, unga go‘zal muomala qilmoq, uning oldida kamtar bo‘lmoq, o‘zining va aka-ukasining obro‘sini himoya qilgani kabi uning ham sharafini himoya qilmoq mo‘minlik, birodarlik shartlaridandir.

Bunday birodarlik Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hazratlari Madinaga borgan vaqtlarida sahobai kirom o‘rtasida tadbiq etilgan. Bunday samimiy birodarlikni dunyo bir marotaba ko‘rdi. Yana bir bor ko‘rishi, balki, faqat jannatda nasib etar. Chunki bu birodarlik Makkada bor-yo‘g‘ini qoldirib, faqat Allohning roziligi uchun hijrat qilgan makkalik muhojirlar bilan ularni quchoq ochib kutib olgan Madina xalqi — ansorlar orasida yuzaga keldi. Islomga yordam berganlari uchun madinalik musulmonlar ansor — yordamchi deyildi. Madinalik ansor makkalik muhojir birodariga bor-yo‘g‘ini topshirib, haqiqiy birodarlik muomalasi qilgan bo‘lsalar ham, ahli Makka — muhojirlar o‘zlariga ko‘rsatilgan bu insoniy birodarlikka minnatdorlik bildirish bilan birga, birodarlariga ortiqcha yuk bo‘lmaslik uchun darrov savdo-sotiq bilan shug‘ullana boshladilar. Biroz vaqtdan so‘ng esa ularning o‘zlari boshqa muhtojlarga yordam bera boshladilar. Muhojirlardan hazrati Abdurrahmon ibn Avf (Alloh undan rozi bo‘lsin) Shom safaridan kelgan savdo mollarini tuyalari bilan birga Madina kambag‘allariga ehson qilganlar.

Ma’lumki, inson nuqsondan xoli emas. Ammo musulmon o‘z birodaridagi ba’zi kamchiliklarni shartta yuziga solmaydi. Balki munosib bir vaqtda munosib bir zabon bilan hamda tanho bir joyda aytadi va nasihat qiladi. Birodarining xatoyu kamchiliklarini oshkor-ommaviy aytish johillarning harakatidir. Zero, buning foydadan ko‘ra zarari ko‘proq bo‘ladi. Chunki o‘rtada hasad, kin-adovat, janjallar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun nasihat qiluvchilar, mutlaq tanho bir joyda, shirin til bilan o‘zining kamchiliklarini ham biroz misol keltirib, uni o‘zidan sovutib, uzoqlashtirmaydigan darajada o‘git berishlari lozim. Har holda, barchamiz nasihatga muhtojmiz.

Bir-birimizni to‘g‘ri kuzatgan holda to‘g‘ri yo‘lga chaqirishimiz ham dinimiz amri, ham dunyoyu oxiratimizning saodati uchun zarurdir. Fayyozi Mutlaq hazratlari hammamizga shunday go‘zal xulq egasi bo‘lmog‘imizni nasib aylasin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:41:34

- 16 -
ENG ZAIF MO’MIN HAM KOFIRDAN AFZAL


"Mo‘min kishi dunyo amallaridagi xato-kamchiliklari uchun kamsitilmaydi,  kamsitilishga loyiq bo‘lganlar ahli kufrdir". ("œRamuz al-ahodis" 231\5, Hazrati Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qilganlar.)

Iymonning fazilati shu qadar buyukki, uning ta’rifiga til ojiz. Quyosh chiqqanda yulduzlar g‘oyib bo‘lganidek, iymon nuri yetgan joyda ham nur taraladi. Mo‘min kishi katta-kichik gunoh va nuqsonlar sodir etsa-da, iymoni tufayli baribir jannatga kiradi va Haqning cheksiz lutfiga muyassar bo‘ladi.

Kufr ahli esa qanchalik yaxshi inson bo‘lmasin, bashariyatga elektr, radio, telefon, tayyora va shunga o‘xshash qanchadan-qancha fan-texnika yutuqlarini taqdim etmasin, iymoni bo‘lmas ekan, bu xizmatlari qadrsizdir. Chunki Allohning nazdidagi eng asosiy masala iymondir. Yaratilishimizning ham birlamchi sababi Robbimizni tanimoq, unga hech narsani sherik qilmaslik. Kofir asosiy ne’mat — mo‘minlikdan mahrum ekan, boshqa har qanday sohadagi xizmatlari Allohning dargohida maqbul emas. Janobi Haq ularga bergan yetuk aqlu zakovatni U zotni bilishga, tanishga va iymon keltirishga ishlatmas ekan, do‘zaxda chekadigan azoblari ikki hissa ortiq bo‘ladi, vallohi a’lam.

Shuning uchun ba’zi kufr ahlining xayru ehsonlariga aldanib, ularni maqtash, ko‘klarga ko‘tarish kechirilmas gunohi azimdir. Kofir bizning nazarimizda yaxshi ko‘ringani bilan kufrining o‘zi yomonligiga yetarli dalil bo‘ladi. Abadiy jahannamda qolishiga shuning o‘zi kifoya. Bunga alohida e’tibor ber va zinhor kofir yurgan yo‘lga mayl etma! Ularning ortidan ergashma. Ular bergan bir tomchi asalda minglab og‘u zaharlar borki, ta’siri keyinchalik yuzaga chiqadi. Hayhot, sen Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni yaxshi tanib ol, u zotni har narsadan ortiqroq sev, yo‘llaridan aslo ayrilma, chunki dunyo va oxirat saodati u zotga ergashishdadir.

Ushbu jihatlarga ko‘ra, mo‘min kishi dunyo amallaridagi xato-kamchiliklari uchun aslo kamsitilmaydi. Kamsitilishga loyiq bo‘lganlar ahli kufrdir. Mana senga insof darsidan bir saboq. Allohning haqlariga hamda insonlarning haqlariga rioya qilish nima ekanligini endi tushungandirsan. Barcha yaxshi xulqlar mo‘min-musulmonlarning xatti-harakatlarida zohir bo‘lib, bularning aksi yomon va gunoh amallar ekanligi tobora ma’lum bo‘lmoqda. Parvardigori olam barchamizni ilmiga amal qiluvchi iymoni komil musulmonlar qatoriga qo‘shsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:44:09

- 17 -
OMI MO’MIN HAM AQLI SALIM EGASIDIR


"Mo‘min kishi juda zakovatli, qobiliyatli, ziyrak va hushyordir". ("œRamuz al-ahodis" 231\14, Hazrati Anas ibn Molik raziyallohu anhu  rivoyat etganlar.)

Mo‘min kishi juda aqllidir, zukkodir, ziyrakdir. Maktab-madrasa ko‘rmasa ham, uning aqli iymon nuri ila har narsaga qodirdir. Ayni vaqtda qobiliyatli, tadbirli, o‘z ishining ustasidir. Ba’zi doktorlarni mahoratli, o‘z ishining mutaxassisi deb maqtaganimizdek, mo‘min ham shundaydir. Fatonat - Qur’oniy va ma’naviy sirlardan voqif bo‘lish orqali yaxshi-yomonni, iymonsizlarning aqllari yetmagan narsalarni tez fahmlaydigan qobiliyat demakdir. Bu xislat faqat iymon ahliga xos. Masalan, kufr ahli va dinsizlar aql bovar qilmaydigan turli xil ilm, san’at va mahoratga ega. Ammo, afsuski, haq bilan botilni farqlay oladigan qobiliyatlari bo‘lmaganidan, ko‘ra-bila turib o‘z qo‘llari bilan yasaganlari but-sanamlarga sig‘inib, urf-odat deya qilgan botil qilmishlarini anglamaydilar. Ular rohiblarning so‘zlariga aldanib, Allohga ibodat qilish o‘rniga, butlarga sig‘inadilar. Bundan ham og‘irroq ahmoqona ish bo‘ladimi? Shu boisdan mo‘min kishi, o‘tkinchi dunyosi uchun emas, balki abadiy bo‘lgan oxirati uchun mehnat qiladi. Oxiratini vayron qilish evaziga dunyosini obod qilishni xohlamaydi. Binobarin, mo‘min dunyo ne’matlaridan ham mahrum emas. Kofir dunyo uchun qulday mehnat qiladi, yelib-yuguradi. Buning ustiga oxirat saodatidan benasib qoladi. Mo‘minlar oxiratlarini xarob qilmagan holda dunyo uchun ham ter to‘kib, uni ham obod etadilar.

Mo‘min har vaqt hazir va hushyordir. Muammoli, yechimi qiyin bo‘lgan masala va ishlarni go‘zal ravishda hal qiladi. Doim sergak va tetikdir. Oqibati xunuk ishlardan o‘zini saqlaydi va uzoq yuradi. Aqlli, zakovatli, zehni o‘tkir, hozirjavob, teran fikrlilik kabi xislatlarga egalik haqiqiy mo‘minlarga xosdir. Sahobai kirom va tobe’in davrlarida musulmonlar na sanoatda, na savdoda, na harb-askarlikda mahoratlari baland edi. Ammo u davrning eng mukammal olimlariga, sanoatiga, savdo-sotig‘iga va harbiy kuchlarga ega bo‘lgan Rum imperatorligi bilan ulkan Eron davlati ushbu mo‘min-musulmonlar qarshisida qanday ojizu notavon ahvolda qolganlari, taslim bo‘lganlari, yurtlarini tashlab qochganlari ayni haqiqatdir.

Mo‘minlar basirat ko‘zi bilan boqib, ishlarini sog‘lom boshqarib, aql bilan harakat qiluvchi fahm-farosatli kishilardurki, g‘aflat va tuzoqqa tushmaydilar. Xuddi qush singari bir donni og‘ziga olish uchun atrofida dushmanim yo‘qmi deb bir necha marta boshini ko‘tarib qaraydi. Nabiyyi muhtaram (Alloh ul zotga salotu salom  yog‘dirsin) hazratlari ummatlarini ogohlantirib: "Mo‘min kishi oqibatning yomonligidan doimo sergak turmog‘i lozimdir" deganlar.

Daylamiy hazratlari "Musnadi Firdavsiy" asarida bunday hadisi sharifni keltiradilar:
"œMo‘min kishilar shubhali narsalardan qochadilar, sabr qiladilar, shoshilmaydilar, chunki shoshilish shaytondandir. Ilmli mo‘minlar ham shubhalardan juda uzoq yuradilar, qo‘rqadilar. Munofiq esa, tamoman buning aksidir, insonlarga doimo ziyon yetkazuvchi, o‘ylab-netmay, davomli haromlarga qo‘l uruvchi, tunda o‘tin tashiydiganlar kabi, qaerdan foyda qilib, qaerga sarflayotganini hisob-kitob qilmaydigan va ahamiyat bermaydigan kimsadir. Zinhor sizlar bundaylardan bo‘lib qolmanglar!" ("œRamuz al-ahodis" 231\14, Hazrati Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qilganlar).

Haq jalla jaloluhu bizlarni o‘ziga xizmat qildirib, botildan uzoq yuruvchi bandalaridan qilsin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 08:45:02

- 18 -
MO’MIN SODDA VA MULOYIMDIR


"Mo‘min kishi yumshoq, muloyim, soddadir. Hatto soddaligi tufayli uni ahmoq deb hisoblaydilar". ("œRamuz al-ahodis" 231\8, Hazrati Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilganlar.)

Mo‘min kishi sodda, halim, har narsani oson hal qiladigan, ayni vaqtda viqor va sokinlik sohibi bo‘lib, qiladigan ishlarida shoshqaloq emas, yetti o‘lchab, bir kesadigan, yumshoq tabiatli, muloyim, johil va qaysarlikdan esa yiroq kishi. Darg‘azablik va qo‘pollikning dushmanidir. Yumshoqligi va muloyimligi uchun uni ahmoq deb hisoblaydilar. Vaholanki, maqomi takvinda solih bir bandaga rang barang tajalliylar yetadi va holati ham shunga ko‘ra o‘zgarib turadi. Mo‘min jazba va suluk holatlarida voqe’ bo‘lgan tajalliylarga sabot ila Parvardigoriga ko‘rsatgan qulligi tufayli, ilohiy ma’rifatga moyil va shunga ko‘ra harakat qiluvchi kishidir. Shuning uchun bir kunda yetmish rangga kiradi. Voqe’ bo‘lgan tajalliylarga bo‘ysunadi.

Munofiqda bunday iste’dod bo‘lmaganidan, to‘qson yil bo‘lsa ham, o‘sha bir xil holda o‘zgarmay, qaysarligicha qolaveradi. Chunki unga tajalliylar to‘silgan, tajalliyni qabul etmaydi. Bu tajalliylardan bexabar, bechora insonlar esa bularni bilmaganlari va ko‘rmaganlari uchun mo‘minning turli vaqtda turli darajada bo‘lishini kamchilik deb hisoblaydilar. Holbuki, ular qanchalar adashmoqdalar. "Har kuni u (yangi bir) ijoddadir" (Rahmon surasi 29-oyat) oyati karimasidan har  on Haq tajalliysining o‘zgacha bo‘lishini bilmoq kerakligi ma’lum bo‘lmoqda.

Biz Haqning ismi shariflaridan faqat to‘qson to‘qqiztasini bilamiz xolos. Haddi zotini esa hech kim tugal bilmaydi. Masalan, ulug‘lar, valiylar mingtasini biladilar. Har bir osmondagi farishtalar esa besh mingtasini biladilar. Qolganini faqat Alloh taoloning o‘zi bilguvchidir. Har asmoi husna — muborak ismlarning tajalliylari, G’affor va Qahhor, Qobiz va Bosit ismlarining tajalliylari, Hofiz, Rofi’, Muiz ismlari bilan Mubdiy va Muid ismlarining tajalliylari, shubhasiz, boshqa-boshqadir. Robbimiz barchamizni avf etib, G’affor, Sattor, Rahmon, Latif va Muhsin sifatlari bilan tajalliy topgan bandalaridan qilsin.

Qayd etilgan