Muhammad Zohid Qo'tqu. Mo'minning sifatlari  ( 62036 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:32:38

- 33 -
MO’MIN VA JAMIYAT


"Odamlarga aralashib yuradigan va ularning aziyatlariga sabr qiladigan musulmon kishi odamlarga aralashmaydigan va ularning aziyatlariga sabr qilmaydigan musulmon kishidan yaxshiroqdir". ("œRamuz al-ahodis" 235\2.)

Hazrati Umarning o‘g‘li Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qilgan bu hadisi sharif hazrati Imom Tabariy, Ahmad ibn Hanbal, Imom Termiziy va Ibn Moja rahmatullohi alayhlarning "œKutubi sitta" hisoblanmish sahih hadislar to‘plamlarida zikr etilgan.

Musulmonlar ikki toifadan iborat bo‘ladi: bir qismi tasavvuf va zuhd yo‘lini tanlab, uzlatga chekinib, vaqtinchalik jamiyat ishlariga aralashmaydilar, o‘z nafslarini isloh etish bilan Mashg‘ul bo‘ladilar. Ularning maqsadga muvaffaq bo‘lish-bo‘lmasliklari, bu alohida masala. Buning ham o‘ziga xos fazilati va mukofoti bor. Balki jannatning eng go‘zal mavqelariga erisharlar. Chunki ular nafsga qarshi mujodala natijasida o‘zlarini dunyoning fitna-fasodlaridan saqlaydilar. Ammo hadisi sharifda ijtimoiy hayotga aralashib, turli fitnalarga ro‘baro‘ kelgan, lekin Haq yo‘ldan toymay, mashaqqatlarga sabr qilgan holda insonlarni hidoyatga chorlovchi musulmonlar toifasi avvalgisidan afzal sanalmoqda.

Demak, jamiyat ishlaridan chetda turish qobiliyatli mo‘min uchun hech bir fazilat emas. Chunki musulmonlar turli bahonalar bilan o‘zlarini jamiyat ishlaridan chetga olsalar, diniy tarbiyadan yiroq kimsalar ahli islomga bilib-bilmay dushmanlik qilishlari mumkin. "œSo‘nggi pushaymon o‘zingga dushman", degan maqol bor. Pushaymon bo‘lib qolmaslik uchun har bir mo‘min sog‘lom aqli ila fikrlasin. Jamiyatning islohiga foydasi tegadigan ishlarni muhim deb bilsin. Moddiy zararlari ko‘p bo‘lsa-da, ma’naviy foydalarining behisob va davomiyligiga zarracha shubhamiz yo‘q.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:33:19

-34-
MO’MIN MO‘MINLARGA OZORSIZ


 "œQo‘lidan va tilidan musulmonlarga zarar yetmaydigan kishi haqiqiy musulmondir. Insonlarning mol va jonlarini ishonib topshiradigan kishi haqiqiy mo‘mindir". ("œRamuz al-ahodis" 235\6, hazrati Abu Hurayra va Vasila ibn Asho raziyallohu anhumo rivoyat qilganlar.)

Bu hadisi sharifda Islom asoslarining ba’zi bir haqiqatlariga ishora qilinmoqda. Aniqrohi, mo‘min-musulmonga xos yana bir sifat bildirilmoqda. Zero, bugungi tasavvurimizga ko‘ra namoz o‘qiydigan, ro‘za tutadigan, zakot beradigan va hajga ham borib kelgan kishini mukammal musulmon deb bilamiz. Holbuki, musulmon kishi mazkur amallarni bajarish bilangina komillik kasb etib qolmaydi. Balki Qur’oni karimda juda ko‘p takrorlangan "œAmanu va a’milus solihat — Iymon keltirganlar va yaxshi amallar qiluvchilar" oyati karimasi va payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning o‘gitlarini chinakam anglab, ularga amal qilish bilan komillik kasb etishi mumkin. Yuqoridagi hadisda esa mo‘minni kamolot sari yetaklovchi sifatlaridan yana bittasi bayon etilmoqda. Demak, bir inson haqida uning namoziga, ro‘zasiga qarabgina xulosa chiqarilmas ekan.

Haqiqiy mo‘min-musulmon o‘z birodarigagina emas, hatto o‘zga dindagi shaxslarga ham jabr va xiyonat qilmaydi, kezi kelganda, ularga izzat-ikrom ko‘rsatadi. Tabiiyki, bu amallar har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Lekin, inson o‘zini imkon qadar go‘zal xulqlarga ko‘niktira borishi lozim. Vaqti kelib, bu odatlar uning uchun tabiiy holatga aylanib qoladi. Ana shunda u musulmonlarning eng mumtoz va baxtiyorlaridan sanalib, jannatdagiday hayot kechiradi. Yunus alayhissalom aytganlariday, baliq qorni ham unga saroy bo‘ladi.

Mo‘min-musulmonlarning kimgadir aziyat berishdan saqlanishlari asli Islomiyatdandir. Islom, musulmonlik - ulug‘ maqom va sharafli holdir. Chunki Islom bilan sharaflangan kishi oxiratdagi ahli jannatning holiga erishadi. Ya’ni Allohning buyruqlariga bo‘yinsunib, isyonlarni tark etib, boshqalarga ziyon-zahmat yetkazishdan tiyiladi. Musulmonlarga biror kishidan aziyat yetmasa, albatta komillar qatoridan joy olishi muqarrardir. Holbuki, tilning jabri qo‘lning jabridan qattiqdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:33:50

Tilni tiymoq, bu — xoinlik, tuhmat, yolg‘on, g‘iybat, chaqimchilik, istehzo, birovni masxara qilish, yolg‘on qasam ichishdan tiyilish, azon aytilayotganda, masjidlarda, Qur’oni karim o‘qilayotganda, iqomat va xutba vaqtida, hojatxonada, jimo’ paytida so‘zlashmoq va suhbatlashmoqdan tiyilish, Qur’oni karimni o‘z ra’yiga ko‘ra tafsir qilmoq, omonat so‘z va sirlarni fosh qilmoq, gunohkorlarni himoya qilmoq, birodarining uzrini qabul etmaslik, mo‘minlarni qo‘rqitmoq va shunga o‘xshash til vositasida bajariladigan behuda va yomon amallardan o‘zini saqlashdir.

Qur’on tafsirlarida til va qo‘l bilan jafo yetkazish u yoqda tursin, ko‘z va qosh bilan insonga yetkaziladigan aziyatning ham til va qo‘l jafosidan qolishmasligi bayon etilgan.

Insonning tabiati uch joyda ma’lum bo‘ladi: safarda, ovqatlanish paytida, pul va molga tegishli oldi-berdilarda. Chunonchi, haj safarida inson mashaqqatlarga, yo‘l qiyinchiliklariga yo‘liqadi. Og‘ir paytlarda inson hamrohiga qanday muomala qiladi? Faqat o‘zining g‘amini yeydimi yoki boshqalarga ham yordam beradimi? Ana shu masalalarda haqiqiy mo‘minning kamoloti namoyon bo‘ladi. Agar bir chekkada o‘tirib, qodir bo‘lsa-da, hech kimga yordam bermasa, aksincha, o‘zgalardan yordam so‘rasa, unday odamga afsuslar bo‘lsin. Bu hol ham tanballik, ham iymon zaifligiga dalolatdir.

Tanavvul paytida ham faqat qornini o‘ylashlik iymondagi nuqsonning alomatidir. Savdo-sotiqda ham shunday. Birinchi navbatda o‘z manfaatini o‘ylaydigan insonlar hech qachon komil musulmon bo‘lolmaydilar. Dunyoga hirs qo‘ygan, xudbin, muxolif, mag‘rur, mutakabbir, ziqna, darg‘azab, riyokor, shuhratparast insonlar ham shu jumladandirlar.

Tasavvufda mazkur illatlardan xalos bo‘lishga va go‘zal xulqlarni egallashga yo‘llanmalar bor. Masalan, riyozat chekib Allohni doimiy zikr etish orqali eng qabih insonlar ham eng solih mo‘minlarga aylanganliklari ayni haqiqatdir. Keraksiz yotgan bir temirni olib, olovga qo‘ysangiz, cho‘g‘day qizarib, yumshaydi, keyin uni muayyan shaklga solib, o‘zingizga kerakli asbob yasab olishingiz mumkin.

Shuningdek, komil musulmonlarning qatoriga qo‘shilgan badxulq odamlarga ham beixtiyor fozillarning fazilati yuqadi. Shuning uchun ulug‘larimiz avlodlariga doimo ulamo, hukamo va faqihlar majlislarida qatnashishni, ulardan fayz olishni va hech qachon ulardan ayri bo‘lmaslikni nasihat qilganlar. Zero, ular taomni xushta’m qiladigan ziravorga  yoki o‘z vaqtida yoqqan barakotli yomg‘irga o‘xshaydilar. Quruq, jonsiz yerlarga yomg‘ir yoqqach, u yerlar ko‘karib, yashnaganiday, o‘lgan, jonsiz qalblar ham olimu fozillar davrasida qayta jonlanadi. Parvardigor barchamizni hidoyat va kamolotga sabab bo‘luvchi olim va hakimlar majlislaridan ayirmasin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:34:28

-35-
MO’MINNING ILTIJOSI MAQBUL


"Tili va qo‘lidan musulmonlar salomat bo‘lgan kishi haqiqiy musulmondir. Alloh qaytargan narsalardan qaytgan kishi haqiqiy muhojirdir". ("œRamuz al-ahodis" 235\7, hazrati Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qilganlar.)

"Sahih Buxoriy"dan  ham o‘rin olgan ushbu hadisi sharif haqiqiy muhojir kim ekanini bildirmoqda. Biz aslida muhojir deganda dini uchun yurtini tark etib, musulmon diyoriga ko‘chib o‘tganlarni tushunamiz. Albatta, buning o‘ziga yarasha sabablari bo‘ladi. Ona yurtni, yoru birodarlarni tark etish oson emas. Lekin dinu diyonatini saqlash maqsadida qilingan bu hijratlardan, albatta, buyuk mukofotlar oladilar. Samarasini bu dunyoning o‘zida ham ko‘radilar. Alloh ularga kenglik va rohatlik beradi, ne’matlar ato etadi, ayriliq alamini unuttiradi. Ammo inson hayotini bulg‘ashi mumkin bo‘lgan yomon amallar borki, agar ular tabiatga o‘rnashib qolsa, Alloh saqlasin, kishi qaerga hijrat qilmasin badfe’lligi o‘zi bilan birga bo‘ladi. Hatto Makka, Madinaga hijrat qilsa ham, u inson shundayligicha qolaveradi. Joy o‘zgartirish bilan tabiat, fe’l o‘zgarmaydi, balki, biroz mashaqqat ko‘rgach, yanada yomonlashishi mumkin.

Shuning uchun haqiqiy muhojir, qaerda bo‘lishidan qat’i nazar Alloh ta’qiqlagan narsalarni tark eta olgan kishidir. Kufr diyoridan qutulish har vaqt mumkin. Nafsini toat-ibodatga yo‘naltirmoq, uni yomon, gunoh amallardan qutqarmoq esa oson ish emas. Boz ustiga nafs dushmanligi kofir dushmanligidan ham shiddatliroq, chunki u insondan hech ayrilmaydi. Nafs bir narsaga ko‘nikdimi, osongina tashlay olmaydi. Masalan, eng oddiysi — sigaret chekish, hatto shuni tashlash qanchalik og‘ir, holbuki, uning moddiy va ma’naviy zararlari behisob.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:34:54

Ichkilik, yolg‘on, qimor, hiyla, o‘g‘rilik, tarozidan urish ham behad qabih amal, gunohi kabiradir. Bu xususda hazrat Imom Birgiviy rahmatullohi alayhdan naql etilgan bir rivoyatda: "Alloh taoloning ta’qiqlaridan zarra miqdorichalik bo‘lsa-da, birortasini tark etmoq yeru osmon ahlining nafl ibodatlaridan xayrliroqdir" deyiladi. Naqadar sermazmun va hikmatli so‘z. Masalan, bir uchqundan paydo bo‘lgan yong‘inlarning juda katta  falokatlarga sabab bo‘lgani barchaga ayon. Kemada paydo bo‘lgan bir teshikcha tufayli haybatli bir kema suvda g‘arq bo‘lishi mumkin. Shunga o‘xshab kichik  gunohlar ham bir kishida to‘planib qoladigan bo‘lsa, uni halok qilishi muqarrar. Chunki bu gunohlar iymonni xarob  qiladi. Avvalo iymonni mikroblar kabi yemirib zaiflashtiradi, oxir-oqibat esa o‘ldiradi. Darvoqe, iymon bir zaiflashdimi, uni yo‘ldan toydirish oson bo‘lib qoladi. Mana shu jihatdan nafsning dushmanligi boshqa dushmanlarga qaraganda qo‘rqinchliroqdir.

Dunyodagi turli ofatu balolar ham Rabbil olaminning lutfu ehsonidir, bandasini o‘ziga qaratmoq va iltijo ettirmoq uchun bir vasiladir. Balo kelmasa, banda  yo‘ldan ozadi. Fir’avnlar, namrudlarning yo‘ldan ozishiga asosiy sabab ham baloga giriftor bo‘lmaganliklaridir. Shuning uchun  mashaqqatlar, balolar bandaning Haqqa yuzlanishiga, unga yolvorib iltijo qilishiga bir vositadir.

Gunohkorlarning ohu fig‘onlari obidlarning nafl ibodatlaridan ko‘ra Allohga maqbulroq, degan gaplar bor. Buni faqat ibodatning o‘ziga ishonib qolish to‘g‘ri emas, deb tushunish kerak. Chunki barchasi Allohning lutfu ehsoni bo‘lib, faqatgina bandasida tajalliy etgan, xolos.

Mo‘minning qalbi doim sergak bo‘lmog‘i lozim. Ojizlikni his etib, Haqqa yolvorish, tavba qilib, ko‘z yoshi to‘kish bebaho xususiyatdir. "Jahannam olovini hech narsa so‘ndirolmas, daryo-dengizlarning suvi quyilsa ham o‘chirolmas, ammo Allohdan qo‘rqqan holda ko‘zlardan to‘kilgan haqiqiy ko‘z yoshlari uni so‘ndirar".

Namoz arkonlarini shoshilib bajaradiganlar, ruku’ va sujudlarni to‘g‘ri qilmaydiganlar namoz o‘g‘rilaridir. Tovuq don cho‘qiganidek shosha-pisha namoz o‘qiydilar. Ayniqsa, Ramazoni sharifda tarovihlardagi shoshma-shosharlik iymonnnig zaifligidandir. Holbuki, barcha taqvodor zotlar xatm bilan namoz o‘qishni ixtiyor etganlar. Haqning huzurida tik turish neligini bilganlar, uning zavqiga to‘ymay, uzoq turadilar. Allohni yaxshi tanimagan g‘ofillar esa namozni apil-tapil bajarib, tezroq qochishga harakat qiladilar. Hushyor mo‘minlar esa ayrilmoqni istamaydilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:35:38

-36-
MO’MIN MO’MINGA BIRODAR


"Musulmon musulmonning birodaridir". ("œRamuz al-ahodis" 235\9, Hazrati Abu Hurayra va Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhumo rivoyat qilganlar.)

Mo‘minlar bir-birlariga birodardirlar. Ularning ozod, qul, kambag‘al, boy, keksa yoki yosh bo‘lganliklarida aslo farq yo‘q. "Faqat mo‘minlargina bir-birlari bilan birodardirlar" oyati karimasining sharofati ila bu birodarlik bir ota-ona naslidan bo‘lgan aka-ukalikdan ustun qo‘yilgan. Zero, aka-uka qarindoshligi dunyoviydir. Iymon va Islom birodarligi esa ham dunyoga, ham oxiratga taalluqlidir.

Ushbu hadisi sharifning naql qilinishiga quyidagi voqea sabab bo‘lgan ekan. Roviy hazrati Hanzala raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni ziyorat qilmoqchi bo‘libdilar. Voil ibn Hojar degan zotni ham yonlariga olibdilar. Yo‘lda Voil ibn Hojarning dushmanlari uchrab, uni qo‘lga olmoqchi bo‘libdilar. Shunda Hanzala: "U mening birodarim" deb qasam ichibdi. Dushmanlar uning so‘ziga ishonib, Voilga tegmabdilar. Rasululloh huzurlariga kelgach, Hanzala hodisani bayon etibdi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "To‘g‘ri aytibsizlar, musulmon-musulmonga aka-ukadir", debdilar.

Hadisning to‘liq matni esa bunday: "Musulmon musulmon uchun aka-ukadir. Unga zulm qilmaydi, molini nohaq tortib olmaydi, Haqqini ham kamaytirmay beradi"... ("œAt-tarhib vat-tarxib", 3-jild, 610-bet.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:36:10

Musulmon kishi dindosh birodarlariga yordamini ayamaydi. Uning qiyinchiligini bartaraf etishga, unga boshqa taraflardan keladigan jabru zulmni qaytarishga harakat qiladi. Birodarlarining orasini isloh etadi, unga suyanilganida ishonchni oqlaydi. Chunki musulmonlikning rusumi shunday. Birodarini tahqirlamaydi, uning ustidan kulmaydi, istehzo etmaydi. Zero, u ham Allohning bandasi. Uni ham Alloh yaratgan. Ammo bir jihatdan zaifroq, faqirroq.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qalblarini ko‘rsatib: "Taqvo shu yerda" deganlar. Allohdan qo‘rqish kufr, shirk va gunohlardan saqlanib, solih amallar qilishga vositadir. Ul zot yana ko‘ksilarini ko‘rsatib: "Kishining yomonligiga musulmon birodarini tahqirlashi yetarli dalildir", deganlar.

Islomda insonni kambag‘al, miskin, kuchsiz bo‘lganligi uchun haqoratlash, haqir ko‘rish juda yomon odat hisoblanadi. Chunki hamma ham Allohning bandasi. Faqat birisini chiroyliroq, boyroq, ikkinchisini kuchsizroq, kambag‘alroq yaratgan. Insonning vazifasi birodarini tahqirlash emas, balki unga yordam berib, duosini olishdir. Zero, ko‘ngillar nozik bo‘ladi. Faqir mo‘minlar o‘z taqdirlariga rozi bo‘lganlaridan Haq nazdida ularning qadr-qiymatlari baland. Duolari ham mustajobdir. Sevimli Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Vido xutbasida bunday deganlar:

"Ey insonlar! Shubhasiz Rabbingiz yagonadir. Otangiz ham bir. Ya’ni barchangiz Odam alayhissalomning avlodlarisiz. Ogoh bo‘lingizkim, hech bir arabning ajamdan, ajamning arabdan ustunligi yo‘q. Qizil tanlining qora tanlidan, hora tanlining qizil tanlidan afzalligi yo‘q. Ustunlik faqat taqvodadir. Chunki Allohning nazdida eng mukarramingiz taqvodorrog‘iningizdir"¦ (Xutba oxiriga qadar mo‘min-musulmonlarga nasihat va tavsiyalar bilan davom etgan)". ("œAt-tarhib vat-tarxib" 3\612-613\9, hazrati Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qilganlar.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:36:29

Agar musulmonlar mazkur hadislarga binoan harakat qilsalar, nomlari, shonu shavkatlari dunyo va oxiratda mangu qoladi. Dunyoda ham jannatdagi kabi yashash mumkin bo‘ladi. Bu faqatgina musulmonlar uchun emas, butun insoniyatga dastur bo‘la oladigan qoidadir. Bu qoidaga amal qilinganda birov-birovning haqqiga xiyonat qilmagan bo‘lardi. Bir-birining moliga, joniga ko‘z olaytirmagan bo‘lardi. "Uning shuncha mol-dunyosi: imoratlari, ulovlari, yozgi va qishki dala hovlilari bo‘lsa, bu nima degan gap?! Bizda esa hech narsa yo‘q. Uraylik, sindiraylik, tortib olaylik, biz ham rohat-farohatda yashaylik", degan vasvasalar xayolga kelmagan bo‘lardi. Chunki qalbiga iymon o‘rnashgan inson, hamma narsani beruvchi Alloh taolo ekanini anglab, taqdiriga tamomila rozi bo‘ladi.

Ulug‘larimiz taqvoni ta’riflab bunday deganlar: "Allohdan qo‘rqmoq, bu — sidqidildan, tavozu’ bilan amal qilmoq, ozga qanoat va oxiratga tayyor turmoqlikdir".

Ayni vaqtda, musulmonlar mol dunyoning ko‘pligiga qarab insonlarga baho bermaydilar. Chunki oxirat saodati dunyoda manmanlik qilmaydigan, fasod ishlardan saqlanadigan zotlar uchundir. "œOqibat-natija taqvodorlarnikidir" oyati karimasi buning yorqin dalilidir.

Aziz birodarim! Bu mulk Alloh taolodan boshqasiniki emas. U o‘z mulkida istaganicha tasarruf etaveradi. Uning izni-irodasi bo‘lmasa, hech narsa o‘zgarmasligini har bir sog‘lom aql egasi biladi. Bizlarni bu dunyoga maxluqotlarning eng karamlisi va mavjudotlarning eng sharaflisi qilib keltirdi. Bizga bu mulkdagi vazifalarimizni bildirish uchun huzuridan bir ilohiy kitob, ilohiy qonunlar majmuasi, bir dastur nozil qildi. Bizlarga bu kitoblardagi buyruq va ta’qiqlarni bildirish uchun payg‘ambarlar ham jo‘natdi.

Oxirgi payg‘ambar Muhammad alayhissalomga tushirilgan Qur’oni karim azimush-sha’nning hukmlari qiyomatgacha boqiydir. Kim bu kitobni sidqu sadoqat bilan o‘qib-o‘rgansa, uning amru nahiylariga amal qilsa dunyo va oxiratning abadiy saodatiga erishadi... Alloh taoloning so‘zlari jamlangan bu mo‘‘tabar kitobdagi suralarni yod olgan kishining fazilati, sharafi ortadi. Qur’onni to‘g‘ri o‘qiyolmaydigan, biron oyat yoki sura yod olmagan kishilar xaroba bir uy kabidirlar. Ularning oxiratlari ham shunga yarasha bo‘ladi. Bu gap bilib turib amal qilmaganlarga ham taalluqli...

Qodir Alloh barchamizni Qur’on o‘qib, unga amal qiladigan bandalaridan aylasin. Bizlarni nafs, shayton, shahvat va o‘zi yomon ko‘rgan bandalarining yomonligidan saqlasin. Bizlarni o‘zi rozi bo‘ladigan amallarni bajarib, oxiratga ham o‘zi rozi bo‘lgan holda boruvchi bandalari qatoriga qo‘shsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:36:53

-37-
MO’MINLARGA YORDAM BERGAN KISHI


"Musulmon musulmonga birodardir. Musulmon o‘z birodariga zulm qilmaydi, boshiga musibat tushganida uni tark etmaydi, uni yolg‘iz tashlab qo‘ymaydi. Kimki o‘z birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qilgaydir. Kimki musulmon kishidan bir ham-tashvishni ketkazsa, Alloh buning sababi bilan Qiyomat kuni uning ham-tashvishini ketkazgay. Kimki musulmon kishining aybini yopsa, Alloh taolo Qiyomat kuni uning aybini yopgay". ("œRamuz al-ahodis" 235\8, Hazrati Ibn Umar raziyallohu anhumo rivoyat qilganlar.)

"œZubdat ul-Buxoriy" asarida o‘rin olgan (â„– 1083) mazkur hadisi sharifni o‘qigan har bir muslim dunyodagi barcha musulmonlar bilan birodar ekanini yaxshi anglab oladi. Agar bu birodarlikni anglamasa, jiddiy xatodir. Bilsa-da, loqaydlik, sustlik qilayotgan bo‘lsa, bu undan ham katta xatodir. Bilib turib qilmaslik, bilmaslikdan ham yomon. Holbuki, bu birodarlik diniy bo‘lgani uchun tug‘ishgan birodarlikdan ham muhimroq, ustunroqdir. Zero, bunday birodarlik abadiy bo‘lib, Allohning roziligini qozonmoq uchun qilingan fidokorlikdir. Tug‘ishgan birodarlik oilaviy manfaatlarga, naslga suyanadi. Ammo islomiy birodarlik faqatgina xolis Alloh uchundir. Bir-biridan manfaat kutmaydi. Natijani oxiratda Allohdan kutishadi. Shu bois, islomiy birodarlik e’tiborli va afzaldir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:37:25

-38-
MO’MIN MO’MINDAN IBRAT OLADI


"Musulmon musulmonning ko‘zgusidir. Agar unga qarasa, undan ibrat oladi". ("œJomi as-sag‘ir" 2\159, Hazrati Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat etganlar.)

Musulmon musulmon uchun ko‘zgudir. Ko‘zguning vazifasi barchaga ma’lum: insonning tashqi ko‘rinishidagi butun go‘zalligi-yu xato kamchiliklarini to‘la aks ettiradi. Ko‘zgu yordamida inson o‘zidagi dog‘ va qusurlardan voqif bo‘lib, ularni ketkazishga harakat qiladi. Chunonchi, shu holatda insonlar orasiga kirishdan uyaladi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam safarga chiqsalar, yonlarida ko‘zgu olib yurar edilar. Ba’zida esa suvga qarab ham qiyofalariga bir razm solib qo‘yar edilar. Ul zot shul amallari ila bizlarga ham doimo usti boshimizni toza va chiroyli tutmoqni tavsiya etmoqdalar. Usti boshi iflos, soch-soqoli iflos, to‘zg‘igan kishilarni ul hazrat yoqtirmas edilar.

Bu hol albatta zohiriy bo‘lishi bilan birga, botinga ham taalluqlidir. Mo‘min-musulmon kishi nafaqat birodarlari uchun, balki butun insoniyat uchun ham ko‘zgu va namunadir.

O’tmishda Xitoy, Indoneziya va boshqa mamlakatlardagi insonlarning Islomga kirishlariga sabab bo‘lgan muhtaram zotlar haqiqiy ko‘zgulik sifatini namoyon etganlar. Ular nuroniy, qalbi va amali bir, to‘g‘ri, halol, taqvodor bo‘lib, Alloh taolo roziligi yo‘lida chekadigan ham-tashvishlarni hech narsaga almashmaydigan insonlar edi. Ularning go‘zal xulq va xizmatlarini ko‘rgan zamondoshlari ularga havas qilib musulmon bo‘lishardi. Hatto Xitoyda ham shunday hodisa ro‘y bergan: ikki sahoba u yerlarga savdo uchun borishganda Xitoy ahli ulardagi to‘g‘rilik, halollik va boshqa fazilatlarni ko‘rib, Islomga shaydo bo‘lib, mehrlari tushib, musulmon bo‘lishgan.

Holbuki, missionerlar qilayotgan har xil aldamchi yordamlarga, targ‘ib va tashviqlarga aldanmasdan, yuzlarida ilohiy nur porlaydigan, xulqlarida go‘zallik sababli millionlab kishilar iymonga kelganlar. Bu o‘sha kungi musulmon ota-bobolarimizning naqadar sof, shaffof bir ko‘zgu va haqiqiy birodar bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Lekin bugungi kunda bir oyog‘imiz qoldirgan iz ikkinchi oyog‘imizga to‘g‘ri kelmaydigan darajada teskari harakat qilayotganimiz ma’lum.

Namozlarimizga, ro‘zayu haj ibodatlarimizga  qarab, musulmon demoqdalar. Ammo muomala qismiga kelganda, turli yolg‘on, hiyla, va’daga vafosizlik, omonatga xiyonat, hasad, g‘iybat va hokazo amallar sodir etilayotganini ko‘rib, musulmonlardan, Islomdan yuz o‘girmoqdalar. Shunday ekan, har bir musulmon o‘zi sodir etayotgan nuqsonlarni tuzatmog‘i lozim. Azizlik Alloh va musulmonlarga xosdir. Musulmon kishi esa o‘zining ko‘zgu ekanini unutmagan holda ana shu azizlikka munosib amallar qilishi kerak.

Qayd etilgan