Muhammad Zohid Qo'tqu. Mo'minning sifatlari  ( 62032 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:37:58

- 39 -
MO’MIN MUROSAGO’YDIR


"œAlbatta, Alloh azza va jalla menga farz amallarni bajarishni buyurgani kabi, insonlar bilan murosayu madora qilmoqni ham buyurgandir". ("œRamuz al-ahodis" 87\2, hazrati Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qilganlar.)

Bugun bir imonsizga: "œKel, sen ham musulmon bo‘l!" — deb faxr bilan dadil ayta olmaymiz. Chunki musulmonlikning cho‘qqisiga, mag‘zi-mohiyatiga hanuz o‘zimiz yetolmaganimizdan, boshqalarga so‘z ayta olishga jasoratimiz bo‘lmayapti. Albatta, biz harakat qilmasak ham, musulmonlikning nurlari atrofga yoyilaveradi. Ko‘ryapsizki, guruh-guruh odamlar musulmonlikka to‘g‘ri, beixtiyor yurmoqdalar. Buni hech kimsa to‘sa olmas.

Ammo bugun ko‘rayapmizki, iymonimizning zaifligi tufayli dinimizni boy beryapmiz. Bu holni bir qo‘ziday tilsiz, churq etmay tomosha qilayapmiz-u, og‘zimizni ochib: "œBu ne hol?" deydigan bir mard musulmon chiqmayapti. Qiyin ahvolda qolgan musulmonlarning yordamiga nechta musulmon intildi? E voh! Bugun gap-so‘zdagina musulmonmiz, xolos. Qilayotgn amallarimizga bir qarab ko‘raylikchi, qay biri musulmonlikka muvofiq kelayotgan ekan. Ana ayollardagi yalang‘och holat! Agar u sening yaqining bo‘lsa, sen qanday qilib bu holga rozi bo‘lmoqdasan! Yaqining bo‘lmasa, "Bu mening opam yo singlim emas" desang, chin musulmon emassan... Ana maorif sohasini olaylik: bolangga diniy tarbiya berdingmi? Allohni tanitdingmi, payg‘ambarni sevdirdingmi, ibodatlarini o‘rgatdingmi? Yo‘q, faqat ularning dunyoda kelajaklarini ta’minlash uchun qilgan fidokorliklar bilan o‘zingni ma’naviy mas’uliyatdan qutqara olarmikansan?

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:39:49

Bu hadisi sharifning davomida yana shunday bir ibora borki, hammamiz uchun diqqatga sazovor. Inson o‘z ishi, tijorati, kasb-kori uchun qanday himoyachi bo‘lsa, birodarining ishlariga ham, xoh u savdo-sotiq, xoh ziroat, nima kasb bo‘lishidan qat’i nazar, xuddi o‘z ishiga bo‘lganidek va hatto yana ham diqqatli, ziyrak bo‘lib kuzatish, uni  zarar va ziyondan, xato yo‘ldan himoya qilish, diniy birodarligining ilk vazifasi hisoblanadi. Mo‘min kishi qancha befarq bo‘lsa, dinu diyonatga, musulmonlikka shuncha zarar yetadi. Bir kishi musulmon bo‘lsa-yu, o‘z birodariga befarq bo‘lsa, bu naqadar yomon illat. Axir, bunday bo‘lishi mumkin emas. Bundaylarning yo iymoni yo‘q yo boshqalarning yordamiga muhtoj bir bemorday. Boshqacha bo‘lishi haqiqatdan uzoq narsa.

Aziz birodar! Bu hadisi shariflar bizga chiroyli saboqlar, o‘gitlar bermoqda, anglatmoqdaki, musulmonlarning hammasi bir tan, bir jon ekan. Shu boisdan ham juda samimiy, qonunlarga muvofiq bir shaklda musuloonlarga yordam sandig‘i — jamg‘armalarini barpo etish kerak. Xristianlarda yuzlab bunday jamg‘armalar, yordam tashkilotlari bor. Bir musulmon faqir bo‘lgan aka-ukasiga, oshna-og‘aynisiga yordam bergisi keladi, lekin o‘zi faqir, kambag‘al. Ich-ichidan iztirob chekadi, qattiq qayg‘uradi. Ammo bechoraning qo‘lidan nima ham kelardi? Biroq musulmonlar, jamiyat o‘laroq ko‘p narsalar qilishlari mumkin. G’ayratlari va himmatlariga muvofiq huzur-halovat va saodatga ega bo‘ladilar.

Qarang, boshqa qavmlarni, g‘ayridinlarni ko‘rmayapsizmi? Ulardan birontasini ko‘chada qo‘l cho‘zib tilanib turganini ko‘rdingizmi? Yo‘q, chunki ularning jamiyati, o‘zaro hamjihatlik tashkilotlari mavjud bo‘lib, ular eng avvalo o‘z qavmdoshlariga loyiq, qobiliyatiga yarasha bir ish bilan ta’minlashga harakat qilishadi. Bunga muvaffaq bo‘lmasa, holbuki bu ular uchun juda ham kam uchraydigan holat, u holda tashkilotning yordam sandig‘i uning tirikchiligiga kerakli, yetarli miqdorni beradi. Tilanishligiga yo‘l qo‘yishmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:40:52

Biz uchun ayb emasmi, shunday muhtoj bir din birodarimizni o‘z holiga tashlab qo‘yamiz, mehr-muruvvat ko‘rsatmaymiz. Xohlasa, tilanchilik qilsin, xohlasa o‘lsin, nima ishim bor, deymiz... Mana shu befarqligimiz, loqaydligimiz sababidan har kuni, aqlu fikrga, xayolga ham kelmaydigan turli hodisalar ro‘y bermoqda. Bu hodisalarning chorasi oson emas. Juda mushkul. Holbuki, bu hodisalarning nima uchun, nima sababdan yuzaga kelganini aniqlaydigan bo‘lsak, bu haqda o‘ylab ko‘rsak, qabohat, ayb va qusurning ularda emasligi, bu holga musulmonlarning hammalari sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ladi-qoladi. Chunki musulmonlikda:

 "Birodarining, qo‘shnisining och ekanligini bilib turib, o‘zi esa to‘q holda yotib tong orttirgan odam haqiqiy musulmon emas" ("œJomi as-sag‘ir" 2\120; "œRamuz al-ahodis" 369\2, hazrati Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qilganlar.) deyilgan. Biroz fikr yuritaylik. Bu nima degani? Ochlik so‘fiylikni buzadi, deyishadi. Bugun och bo‘lib, dardini kimsaga aytolmagan va hech kimga zarari tegmay o‘ladigan nechta kishi bo‘lishi mumkin? To‘g‘ri, sabrli bo‘lish kerak, qanoatkor bo‘lish lozim, ammo boy va o‘ziga to‘qlar ham insof qilib, isrofdan tiyilishi lozim. Musulmonning gunoh ishlarga behisob pullar sarflaguncha, zaifu bechoralarga, faqiru miksinlarga yordamga shoshilishi yaxshi emasmi? Shubhasiz, insonlarning ko‘zlari boy kishining to‘kin-sochin, isrof qilayotgan xatti-harakatlarida bo‘ladi. Faqirlarning nazaridan bu narsa maxfiy qolmaydi. Ana o‘shanda hasad, kin, o‘g‘rilik kabi yaramas hollar ro‘y beradi. Bularni jazolash bilan bu ishlarning oldini olib bo‘lmasligini necha yillardan buyon qilingan tajribalar yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Haq taolo o‘g‘rining qo‘lini kesishlikka buyurgan. Bu, tabiiyki, juda ham adolatli va sharmandali jazo — ham qo‘lsiz qoladi, ham to o‘lgunicha jamiyat ichida o‘g‘ri degan dashnom ostida yashaydi. To‘g‘ri, bu bilan o‘g‘rilikning oldi olinadi, ammo u odamni gunoh qilishga majbur etgan va bu holga keltirgan musulmon jamiyatining bu borada biror aybi yo‘qmi? U bechoraning qo‘li nima uchun kesilgan? Och qolgan bo‘lsa, ayb faqat undami? Yoki uning shu holga kelishiga sabab bo‘lgan musulmonlardami?

Albatta, musulmonlar  ham aybdor. O’g‘rilik qilganida uning qo‘li kesiladi. Ammo uning qo‘lini kesiladigan holatga keltirgan musulmonlarni nima qilamiz? U bu o‘g‘rilikni ishsiz qolganidan va yo och qolganidan qilgandir. Shu taxlit, o‘g‘rilikni bir kasb-hunar qilib olgandir.

Bundaylarni qidirib topish va ilm, odob, kasb-kor o‘rgatish, biror ish bilan ta’minlash kerak ekan, sen bularni xayolingga ham keltirmay, zavqu safodan, kayf qilib yurishdan, isrofgarchilik ko‘chalarida tentirashdan to‘xtamaysan. Yozda yozloq dalahovli, kurort, plyaj va hokazoda, qishda esa boshqa dabdabali, qulay uy-joyingda yashab, xilma-xil avtomobillarda sayru sayohat qilib, bechora faqir-fuqarolarning qo‘li kesilar ekan, battar bo‘lsin desang, shu ishing musulmonlikmi?

Birodar, axir sen musulmonlik vazifangni bajarganingda, uning qo‘li ehtimol kesilmas edi! Burchingni ado qilmaganingdan keyin u jinoyatga qo‘l ursa, "œUning qo‘lini ham kes, oyog‘ini ham kes, olamga ibrat bo‘lsin", deya rozi bo‘lasan. Biroq sen o‘z vazifangni ado etmaganing uchun senga qanday jazo berilishini ham bir o‘ylab ko‘r. O’zingga o‘zing hukm qil...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:41:29

- 40 -
AFZALLIK - ALLOHDAN QO’RQISHDA


   "œMusulmonlar birodardirlar, lekin bir-birlaridan faqat taqvo bilangina afzaldirlar". ("œRamuz al-ahodis" 236\1, Muhammad ibn Habib al-Xarrosh otasidan raziyallohu anhumo rivoyat qilganlar.)

Bu hadisi sharif ham biz uchun juda qiymatlidir. Barcha mo‘minlarni birodar qilgan musulmonlikdir. Zero, Islom jamiyati va Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hazratlarining sulh bayrog‘i ostida birodorona, ittifoq bo‘lib, birlashgan bu islomiy jamoaga - iymon yo‘lida hamjihat bo‘lganlari uchun — birodar degan nomni Haq subhanahu va taoloning o‘zi bergan. Bu lutf va ehsonning qiymatini baholash mumkinmi?

Bir-birlariga o‘xshagan ikki narsa orasida birodar nomi ishlatiladi. Bir-birlariga qanchalik o‘xshayaptilar, xuddi aka-ukaday birodardirlar, deyilgani kabi... Shuning uchun haqiqiy birodar tabiatda, ra’yda, fikrda, zavqda va shu kabi jihatlarda senga qo‘shilgan, hamfikr bo‘lgan insondir. Aksincha, bir onadan tug‘ilgan aka-ukalar, bir oila farzandlari bo‘lsalar ham tutgan yo‘llari, fikrlari va maqsadlari turlicha bo‘lgani sababli haqiqiy birodar bo‘lishdan uzoqdirlar. Ba’zan bir oz manfaatlariga xalal yetsa, darhol ayriladilar, to‘s-to‘polon ko‘taradilar. Balki yuz ko‘rmas bo‘lib, bu dunyodan ko‘z yumib ketadilar. Shu birodarlikmi?!

Musulmonlikda birodarlik deyilganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri din birodarligi, oxirat birodarligi ko‘z oldimizga keladi. Imom G’azzoliyning "Ihyou ulumid-din" asaridagi birodarlik bo‘limi boshdan oyoq alohida bir dars, butun insoniyatga saboq, ibratdir. Insonlar agar mana shunday bir birodarlik qila olsalar edi, dunyodagi saodatlariga to‘yib bo‘lmasdi. Shunda insonlar dunyodan oxiratga ko‘chsalar ham nomlari qiyomatgacha boqiy qolur edi. Mana shunday bo‘la olganlarga dunyodagi barcha jonzotlar, hatto farishtalar ham hayron bo‘lar va suqlanib havas qilgan bo‘lardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 09:41:57

Musulmon birodarligida bilimli, boy bo‘lgan bir inson ustunman deb da’vo qilishga, o‘zini katta tutishga hech haqqi yo‘q. Zero, u holda, musulmonlar orasida bo‘linish boshlanadi, birlik, birodarlik iplari uziladi va Islomiyatdagi birodarlik hikmatlari yo‘qoladi. Masalan, qo‘mondon har qancha mohir bo‘lsa ham, uning rejasini amalda tadbiq qiluvchi qo‘l ostidagi askarlardir. Birining bilimi, zakovati bor bo‘lsa, qolganlarining g‘ayratu shijoati, mardligi bor. Agar qo‘mondon: "Shunchalik bilim va quvvat egasimanki, mening yuz ming kishilik qudratim bor" desa, hech kim uning gapiga quloq solmaydi. So‘zi e’tiborsiz qoladi. Unga: "Siz ham boshqalar kabi bir inson quvvatiga egasiz"- deyishadi, xolos.

Bu esa Haq taoloning Qur’oni karimida marhamat qilgani kabi: "Albatta sizlarning Olloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir" oyatida ifodasini topgandir. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hazratlari ham shu bois: "Ustunlik faqat taqvodadir" deganlar. Bu juda ham muhim. Chunki taqvo bizga ma’lum emas. Uning joyi qalbdir. Binobarin, hech bir muttaqiy uchun bir musulmonni xor-haqir ko‘rish joiz bo‘lmaydi. Qanday qilib tahqir qila oladiki, axir, oxirgi nafasda o‘zining holi nima kechishini bilmaydi! O’z holini bilmagani kabi, o‘zganing ham oxirgi nafasi qanday bo‘lishi ma’lum emas.

Shunday ekan, boshqa kimsani haqorat qila ko‘rmang. Oqibatimizning qanday bo‘lishi hammamizga qorong‘u, noma’lum. Dunyoviy boylik yoki bilimga aldanib, boshqa faqir va avom insonlarni mensimaslikday nodonlarcha bir xatti-harakat Islomda yo‘q. Chunki butun maxluqotu mavjudotni yaratgan Allohdir. Qay birini boy, qay birini faqir, qay birini olim, qay birini esa johil qilib yaratgan. Bularning barchalarining alohida-alohida xizmatlari bor. Dunyoga bir qarasak: ko‘p qismi suv, oz qismi quruqlik; bir qismi tog‘u tosh, bir qismi jarlik, chuqurlik, o‘pqon; boshqa bir qismi esa taqir cho‘l — hech narsa bitmas, ko‘karmas, qaqroq joy. Yerning osti esa alohida olam. Ba’zi yerida ko‘mir, ba’zi yerida gaz, ba’zisida oltin, platina, kumush va hokazo. Bularning hammasi bir xil narsa bo‘lganida qandoq bo‘lardi? Yo‘q. Chunki bizlarning bilganimiz va hatto biz bilmaganimiz bir qancha ma’danlarning hammasi ham dunyo hayoti uchun zarur ehtiyojdir. Bu haqiqatni inkor qilish mumkinmi?

Mana shuning uchun ham sog‘lom aqlli bir musulmon bu haqiqatlarni obdon o‘ylab, yaratgan Allohga shaksiz-shubhasiz taslim bo‘lishi zarur. Mo‘minlikning, musulmonlikning shukrini keltirib, qadriga yetishi kerak. Mo‘min-musulmon birodarlariga har qanday vaziyatda o‘z burchi sifatida moddiy va ma’naviy yordam berishi lozim.

Alloh mo‘minlarni ilmli, axloqli, ixlosli, himmatli, yaxshiliklarga intiluvchi, yomonliklardan saqlanuvchi, birodarlariga yordam beruvchilardan aylasin. Omin. Valhamdu lillahi rabbil olamin.

Qayd etilgan



AbdulAziz  04 Fevral 2009, 10:06:16

Mo'minning sifatlari



Muallif: Muhammad Zohid Qo'tqu
Hajmi: 371 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan