Muhammad Kamol. O'g'limga 12 nasihat  ( 53095 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:15:10

Axloqsizlikning asosi yettita

O'g'lim Musomurod! Insonlami yomon xulqli qiladigan narsalar bor. Ularni bilib olgin va ularga yaqinlashma.

O'g'lim! Axloqsizlikning asosi yettitadir. Inson tabiatida shu yetti yomon xulq namoyon bo'lsa, axloqsiz, beadab sanaladi.

Bulardan birinchisi:
Allohning amrlariga bo'yin egmasdan faqat o'z aqliga suyanib yashashdir. Ha o'g'lim, Kitobi ilohiyni qo'lga olmasang, unga ko'ngil qo'ymasang, qalbingni shayton istilo etadi, yomonlikka boshlab halok qiladi. O'g'lim! Hoyu havasdan kech, Qur'oni karim buyurgan axloqni o'rgan!

Seni go'zal axloqdan jaholat yiroqlashtiradi.

Agar johillik miyangga joylashib olsa aqlingni oladi. Seni shayton yo'ldan uradi, tiling qo'pol so'zlaydi, qo’ling yo¬mon ishlarga ketadi, oqibatda yomon odam bo'lasan. G'azabkor bo'lsang, uyqungda ham halovat topmaysan, yegan ichganing zahardek bo'ladi. Bu g'azab moddiy va ma'naviy hayotingni inqirozga boshlaydi. Shu sabab o'g'lim, g'azabingni yengishga harakat qil. G'azabini yenga olgan nafsini va shaytonni yengadi.

Sevimli o'g'lim Musomurod! Suyukli Payg'ambarimiz(s.a.v) ham: "Asl pahlavonlik birovning kuragini yerga tekkizish emas, g'azab kelgan paytda nafsni yenga olishdir", deganlar. O'g'lim, sen haqiqiy pahlavon bo'l va nafs xurujini yengishga harakat qil, tilingni yomon so'zdan asra. O'g'lim, ahlulllohlar ham: «g'azabning boshi jaholat, oxiri nadomatdir» deganlar. Sen g'azablanganingda telbaga aylanasan, nima qilayotganingni bilmaysan. O'zingga kelgach esa, iztirobga tushib nadomat etasan.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:16:15

O'g'lim! G'azabni sukut bilan yengishga harakat qil, yaxshi bilgilki, bu hayotda g'azablantiradigan ko'p narsalarga uchraysan. Ko'p imtihon qilinasan. Mard bo'l! Bu sinovlarda havoyi nafsga mag'lub bo'lma. G'azablansang yengilasan, hayotda erishgan yutuqlaringni yo'qotasan. G'azab kelganda halimlikni qurol qil. Sen: "Otajon, halimlik nima?" deyishing mumkin.

Halimlik g'azab kelganda, telbalik yaqinlashayotganda, muloyim bo'lishga harakat qilishdir. O'g'lim, halimlik jannat ahlining xususiyatlaridandir: halimlik seni jannatga olib boradi. G'azab otiga minsang, jahannamga ketasan. Alloh g'azab va nafsni yenggan kishilarni sevadi.

Inson ana shu g'azabli onda tilini tiysa, barcha falokatlarning oldi olinadi. Sevimli o'g'lim, avliyolar buni til ro'zasi deyishadi. Til ro'zasi, yomon so'zlardan tiyilish demakdir. Ko'rdingmi, buyuk Payg'ambarimiz(s.a.v.) bizga qanday o'gitlar bergan. Buni yaxshilab uqib ol, yeyish-ichishdan tiyilish ro'za emas, ro'za yomon so'zlar va yomon hislardan uzoqlashish hamdir. Garchi birov senga yomon so'zlasa ham, sen ularga yomonlik bilan javob qaytarma, o'zingga o'zing men ro'zadorman, deb ayt. Tilingga yomon so'z kelsa, ro'zador ekanligingni esla. Rasuli akramning(s.a.v.) so'zlarini yodingdan chiqarma.

O'g'lim Musomurod! Yomon xulqlardan yana biri shahvatdir. Shahvat insonlarni yomonlikka boshlaydi. Shahvat shar'iy-qonuniy yo'l bilan qondirilmasa, saodatga erishib bo'lmaydi, insoniyat falokatdan qutulmaydi. O'g'lim! Tarix sahifalarida yomon hayajonga berilib shahvat qurboni bo'lgan qanchalab insonlarni uchratish mumkin. Bundan saqlanmaganlarni doimo yomon oqibatlar kutadi. Hayotda pokiza yashashni istaganlar o'tganlardan ibrat olishi, bu yomon yo'llardan saqlanishi lozim. Aks holda, har kun, har daqiqada shahvat seni domiga tortadi. Buning davosi oila qurish, diniy rishtalar bilan bog'lanishdir.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:17:22

Yomon xususiyatlardan yana biri hasaddir.
"Otajon, hasad nima?" deyishing mumkin. O'g'lim, hasad birov moliga ko'z olaytirish, birovning baxtini, saodatli turmushini ko'rolmaslik tuyg'usining yurakda paydo bo’lishidir. O'g'lim, bunday xulqli kishi yirtqich hayvonga o'xshaydi. Bu tubanlikdan kishilar doimo zarar ko'radi. Hasad hech kimga foyda keltirmaydi. Bu hisdan qutulmaguncha yaxshi xulqli bo'lolmaysan.

O'g'lim Musomurod! Yomon xususiyatlardan yana biri baxillikdir.
Boylik sevgisi seni yomon yo'llarga boshlaydi. Kecha bi¬lan kunduz jam bo'lmaganidek, baxillik bilan go'zal xulq bir joyda bo'lolmaydi. Yomon xulq bilan ham Haqning, ham xalqning oldida yomon bo'lasan.

O'g'lim Musomurod! Bu yomon xulqdan uzoqlashganing sari yaxshi xulq sohibi bo'la borasan. Do'st baxti uchun molingni emas, joningni ham ayamagin. Shu bilan saxiylik yo'liga kirgan bo'lasan. Yaxshi xulq egalari daryoga o'xshab suvini qizg'anmay boshqalarga hayot beruvchi kishilardir. Qur'oni karim ham shunaqa saxiy insonlami quvvatlaydi. Ammo isrofni man etadi.

Suyukli farzandim! Yomon xulqlardan yana biri xudbinlikdir. Sen: "Otajon, bu yomon xislat nima?" deb so'rashing mumkin. O'g'lim, xudbinlik boshqalarni past sanab, o'zini yaxshi ko'rishdir. Ko'pgina insonlar o'zlarini ongli, fozil, aqlli, qodir ko'rib, boshqalarni nazar-pisand qilmaydi. Mol-davlati, farzandlariga maftun bo’ladi. Bular axloqi yomon kishilardir. Xudbinlardan yiroq bo'l, ular bilan do'stlashish yaxshilikka olib bormaydi. O'zini yaxshi ko'rish shayton amriga bo'ysunishdir.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:18:39

Aziz bolaginam! Yomon xislatlardan yana biri kibrli bo'lishdir. Kibr yomon xislatlaming eng kattasidir. O'g'lim, kibrlanish o'zidagi kuch-qudrat va mol-mansab bilan mag'rurlanishdir. Kibr tufayli insonlar orasida sovuq muomala paydo bo’ladi. Kibrli insonlar jahannam ahlidir. O'g'lim, Rasululloh(s.a.v.) ham qalbida zarracha kibr bo'lgan inson jannatga kirolmaydi, deganlar.

Senga yomon xulqlardan yettitasini sanab berdim. Bu marazlar tabiatingga yuqsa, yomon inson hisoblanasan, ja¬hannam ahlidan bo'lasan. Bularni tark etsang, yaxshi inson bo'lasan. Sen: "Otajon, men yomon xulqlarni tark etib, qaysi yaxshi xulqlarni egallayman?" deyishing mumkin.

O'g'lim Musomurod! Hoyu havasdek yomon xulqni tark etganingda ogohlik xulqini egallaysan. Har doim o'zingni Haq huzurida bilib, hoyu havasdan saqlanib, to'g'ri so'zli, to'g'ri amalli bo'lasan. G'azab va jahlni yengsang, muloyim xulqli bo'lib halol, osoyishta yashaysan. Chunki g'azab kelganda aql ketadi. Yumshoq xulqli bo'lsang, go'zal xulq egasi bo'lasan. O'g'lim, yomon shahvat tuyg'usi o'rniga Kitobi ilohiy yo'li ila ishq-muhabbat yo'lini tutgin.

O'g'lim Musomurod! Ochko'zlikni tark etsang, hamma havas qiladigan yo'ldan ketasan. Rabbinga: «Yo Rab, unga ehson qilgan buyuk ne'matlarni menga ham ehson et!" deb duo qilgin. Baxillikni tark etsang, saxovat yo’liga kirasan, biroq isrofga yo'l qo'yma. Ye, ich, ammo isrof qilma.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:19:56

O'g'lim, nafs insonni yomon yo'llarga boshlaydi.
Yusuf alayhissalom ham men nafsimni siylamayman, chunki nafsim yomonlikka buyuradi, deydilar. Sen ham nafsingni siylama.

O'g'lim Musomurod! O'ziga bino qo'yish, kibrli bo'lish o'rniga nafsni tiyib, kamtar bo'lish eng yaxshi fazilatdir. Go'zal xulqlar inson aqlini yuksaltiradi, insoniylik hislarini uyg'otadi. Ko'rib turganingdek, insoniylik go'zal xislat¬lardan iborat. Bu go'zal xulqlar insoniylik da'vosida bo'lgan barcha islom ahliga tavsiya qilinadi.

O'g'lim! Inson go'zal xulqli boisa, yuzida nurli tabassum porlaydi. Uning alomati tabassumdir. Yuzning nurli bo'lishi imondan dalolatdir. Musulmonlaming o'zaro ochiq yuz bilan salomlashishi axloqning oliy darajasidir. Bu oliy muhabbat va axloq juda kam kishilarga nasib bo’ladiki, bu insonlar komil inson deb ataladi.

O'g'lim! Imon nuri insonlarni buyuk muvaffaqiyatlarga yetishtiruvchi eng katta vositadir. Iso alayhissalomga ham Alloh taolo vahiy yuborib: «Ey Iso! Samoda malaklar bi¬lan parvoz qilishni xohlasang, shu besh axloqni egalla», deb buyurgan.
Birinchisi: marhamatda quyoshdek bo'l.
Ikkinchisi: aybni yopishda tundek bo'l.
Uchinchisi: hayot baxsh etishda dengizdek bo'l.
To'rtinchisi: tavoze'da, kamtarlikda tuproqdek bo'l.
Beshinchisi: halimlikda, xushxulqlilikda o'likdek bo'l.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:21:15

Suyukli bolajon! Bular insoniyatni oydinlikka olib chiqadi, kamolotga erishtiradi. Butun yaratilganga nisbatan Yaratganning muhabbati sabab mehr-shafqat tuyg'ularini quy¬oshdek taratish, marhamat qilish sanaladi. Shunday go'zal qalb va mehr-muhabbat bilan yaratilishlarga boqish buyuk insonlarga xos ishdir.

O'g'lim! Insonlarning kamchilik va ayblarini berkitishda qorong'ulikka o'xshash kerak. Tunda yer yuzini qorong'ulik qoplaganda hech narsa ko'rinmaydi. Sen ham insonlar ayb va nuqsonlarini insoniy hislar bilan berkitgin.

O'g'lim Musomurod! Yana bu yerda aytilganki, insonlarga hayot berishda dengizdek bo'l. Daryolar suvidan tuproqlarda hayot jo'sh uradi, daraxtlar, maysalar yashnaydi. Xuddi shuningdek yaxshi insonlar ham hayotbaxsh yaxshi so'zlar bilan boshqalar qalbiga quvvat bag'ishlaydi.

O'g'lim! O'gitlarda insonlaming kamtarlikda tuproq singari bo'lishi aytiladi. Tuproq har xil mahsulotlarni yetishtirib chiqaradi, ammo u baribir oyoq ostidadir. Buyuk in¬sonlar ham shunaqa kamtar bo'ladi. Oddiy insonlar o'sha zotlar ma'rifatidan bahramand bo'ladi. Shoir Huvaydo bir she'rida yozadi:
Xoki poyi yaxshilar bo’l, xok bo’lmasdan burun,
Bu qaroyer bag'ri senga chok bo'lmasdan burun.


O'g'lim Musomurod! Yana shu o'gitlardan biri, halimlikda insonlarning o'likni eslatadigan holda bo'lishidir. Inson g'azablanganda qo'lidan, tilidan, ko'zidan yomonlik otilib chiqadi. O'sha damda o'zini o’likdek tutsa, o'sha yomonlikni qaytaradi.

O'g'lim Musomurod! Mana shu fazilatlarni egallagan kishi eng yuksak axloqiy darajaga erishadi.

Bolaginam! Bularni bilish, amal qilish bilan yaxshi inson bo'lasan. Inson faqat shu tuyg'ular bilangina islomiyat va insoniylikni anglab yetadi.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:22:44

Ilm

O'g'lim Musomurod! Ilm insonlarga haqiqatni bildiradi. Insonlar ilm yo'li bilan johiliyatdan qutulib, haqiqatga yetishadilar. O'g'lim, ilm bo'lmasa hech kim haqiqatga erisha olmaydi. Ilm insonni haqiqatga boshlovchi Allohning eng katta ne'matidir. Ilmsiz inson bu dunyoga ko'rdek kelib ketadi. Bolam, ilm insonlardagi ma'naviy ko'rlikni ochuvchi, bu olamga kelib ketishning sirti hikmatini o'rgatuvchi bir nurdir. Bu nurning ahamiyati Qur’oni karimda ilk nozil qilingan oyatda keltiriladi.

Alaq surasining 1-oyati karimasida:
"(Ey, Muhammad, butun boriqni) yaratgan Zot — Rabbingiz nomi bilan o'qing" deyilgan. Ha, o'g'lim, o'qish, din yo'lida harakat qilish islomiyat talqin etgan ilk xitobdir. Har bir musulmon haqiqatlarga ilm nuri bilan yetishadi.

Qadrli bolam! Islomiyat jaholatni qabul qilmaydi. Payg'ambarimiz(s.a.v.) buyurganlaridek, beshikdan to qabrgacha ilm izlash kerak. Ilmni tark etgan kishi jahannamga yuz tutadi. Jaholatdan qutqaruvchi, hayvoniy hislardan qaytaruvchi, insonni eng oliy darajaga yuksaltiruvchi ilmdir. Shuning uchun Rasululloh(s.a.v.) buyurganidek, har bir musulmon uchun ilm o'rganish farzdir.

O'g'lim Musomurod! Inson tanasi yeyish-ichish bilan oziqlansa, aql ozig'i ilmu hikmatdir. Ilmsiz aqlning foydasi yo'q, ilm aqlga nur beradi. Ilmsiz aql insonni falokatga yetaklaydi, tahlikali yo'llarga boshlaydi. Ilm aqlni falokatdan qutqarib, haqiqatga yetishtiradi. Ilm aqlning baquvvat bilagi, xayrli ishga boshlovchi ziyosidir. Har qanday taraqqiyot ilm bilan bo'ladi. Moddiy va ma'naviy taraqqiyotlar kamolotini shunda topadi. Shuning uchun Alloh taolo:«Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo'lurmi?» (Zumar surasi, 9-oyat) deb marhamat etadi.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:24:40

Bu oyati karimaning mag'zini chaqsang, haqiqat yo'lida senga katta saboq bo'ladi.

Ilm insonlarga berilgan ne'matlarning eng afzalidir. Bu ne'mat qadriga yetganlar muvafaqqiyatlarga erishadi. Johillar esa halokatga yuz tutadi.
Payg'ambarimiz(s.a.v.) ham: «Beshikdan to qabrgacha ilm izlang. Ilm Chinda bo’lsa ham borib olingiz. Ilm tahsil qilingiz. Chunki uni qo'lga kiritgan Haq sevgisiga ega bo'ladi. Jannat yo'lini oydinlatar. Ilm insonga cho’llarda yo’ldosh, yolg'izikda hamroh, ayriliqda jon do'stdir. Insonni saodatga boshlovchi, falokatdan qutqaruvchi, do'stlar davrasida ziynat beruvchi, dushmanlarga qarshi qalqon bo’luvchidir», deganlar.

O'g'lim Musomurod! Bu o'gitlar senda rag'bat uyg'otishi aniq. llmning qadr-qimmatini Payg'ambarimizning(s.a.v.) muborak hadislaridan bilib olding. Zotan, Rasululloh(s.a.v.) bir duolarida: «Yo Rab! Meni ilm bilan boyit. Kamtarilik bilan ziynatlantir. Sendan qo'rqish ila mukarram qil. Sog’ligimni mukammal qil», deganlar.

O'g'lim! Sen bu duoni yod ol va Rabbingga shunday duo qil. Rabbing seni ilm bilan boyitsin. Luqmon alayhissalom o'g'liga: O'g'lim! Olimlar davrasida bo'l, ular so'zlarini tingla. "Alloh taolo yer yuzini yomg’ir bilan jonlantirganidek o'lik qalblami ham ilm bilan tiriltiradi", deganlar. Payg'ambarimiz(s.a.v.) "Ilm talabida bo'lish har bir mo'min uchun farzdir", deganlar. Hazrati Aliga(r.a.) ham: «Ey Ali! Yo olim bo'l yo tolib bo'l yoki unga quloq soluvchi bo'l yoki ilmga muhabbat qo'y. Beshinchisi bo'lmaginki, halok bo'lasan», yana: "Alloh uchun ilm talabida bo’lgan kishilar rizqlarini Alloh yo'q joydan beradi. Ilm  yo'lini tutgan har mo'minga Alloh jannat yo'lini ochadi", deganlar.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:25:44

Ey farzandim! Ko'rib turganingdek, Payg'ambarimiz(s.a.v.) ummatlarini har doim ilmga da'vat qilganlar.

O'g'lim Musomurod! Ilm darajalarning eng oliysidir. Sen shu oliy daraja talabida bo'l. O'zingni ilmga bag'ishla. Yomon oqibatlardan faqat ilm bilan qutulasan. Haqiqatga erishib jannat yo'lini tutgan bo'lasan. Doimo noming dillarda yashaydi. Hurmat bilan yodga olinadi. Payg'ambarimiz(s.a.v.) bu borada: «Ilmga hayot berganlar hech vaqt o'lmaydi», deganlar. Chunki ilmga hayot beruvchilar ko'ngillarda yashay¬di, jasadi o'lsa-da, nomi abadiy qoladi. Ilmni qaerdan izlasang ham topasan, u bilan boy bo'lishni o'yla. Ilmu hikmat mo'minning yo'qolgan moliga o'xshaydi. Uni topib olish mo'minlarning eng asosiy vazifasidir. Rasululloh(s.a.v.): «Hikmat mo'minning yo'qotganidir. Uni qaerda topsa oladi», deganlar. Sen ularni kofirlar tilidan topsang ham ol. Bu hikmatli haqiqat sening yo'qotgan molingdir. Ilmu tahsil uchun har qanday zahmatga tayyor bo'l, zavqlarning eng kattasi shudir. Va hormasdan ishla, bu esa jihodning eng kattasidir. Bu yo’lda ter to'kish, uyqudan kechish, iztirob chekish, jon berish sharafdir. Sen faqat bu yo'llardan haqiqatni izla. Xayoliy xurofotdan yiroq bo'l. Haqiqatlarga o'zingni bag'ishla. Mana shu seni Allohga do'st qiladi. Buni birovlar ko'zi uchun emas, Alloh uchun qilsang, haqiqiy olim bo'lasan. Maqtanib ko'rsatish uchun qilsang, halokatga giriftor bo'lasan.

Payg'ambarimiz(s.a.v.) ilmni kibr uchun o'rgangan kishini Alloh jahannamga ravona qilishini aytganlar.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:27:08

O'g'lim Musomurod! Ilmni Alloh rizoligi uchun egallagan kishilar insoniyatga haqiqiy xizmat qilgan bo'ladi. Ilm o'rganishadi va o'rgatishadi. Ilmni yomon niyatda o'rgangan insonlar yomon oqibatlarga duch keladi.

Shuning uchun sen insonlarga foyda keltiruvchi yo’lni tanla. Olimlarni hurmat qil. Payg'ambarimiz(s.a.v.) ham: «Olimlarga hurmat  ko'rsatganlar menga hurmat ko'rsatgan bo'lishadi», deganlar. Sen haqiqiy olimni hurmat etsang, Payg'ambarimizni(s.a.v.) hurmat qilgan bo'lasan, davlatga ega bo'lasan. Senga ilm berganlarning haqqi ko'pdir. Ota-ona haqqidan kam emas. Ular yuziga tik qarashdan saqlan, ularga ters gapirma, doimo odobli, hurmatli bo'l. Ularni har vaqt hurmat bilan yodga ol, namoz va duolaringda unutma. Ularga yaxshi nazar bilan boqsang, shu nigoh senga Alloh rizoligini keltiradi. Ilohiy muhabbatga sazovor etadi.

Musomurod bolam! Payg'ambarimiz(s.a.v.) olimu ulamolarni tinglash ibodat maqomiga doxildir, deganlar.

Bilginki, olimlar nabiylarning vorislaridir. Bular Allohning yerdagi yulduzlari sanaladi. Ular yo'lidan borish saodatga erishtiradi. Sevimli o'g'lim, Payg'ambarimiz (s.a.v.): «Ummatimning ulamolarini hurmat qiling. Ular yer yuzining yulduzlaridir. Ilmiga amal qilgan olimning obidga nisbatan fazli mening ummatimga nisbatan fazlim kabidir», deganlar.

Qayd etilgan