Muhammad Kamol. O'g'limga 12 nasihat  ( 53105 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Abdullоh  03 Fevral 2009, 18:34:38

Muhammad KAMOL

O'G'LIMGA
12
NASIHAT

Toshkent
«Istiqlol»
2004

Ushbu kitob yosh odamning ruhiy kamolotini ta’minlash yo’lidagi istaklarning natijasidir.

Muallif kitobida bolalarga tushunarli bo'lgan til bilan, ensani qotirmaydigan, malol kelmaydigan yo'sinda o'smirlarga Yaratganni tanish, o'zining axloqiy va ruhoniy qiyofasini tayin etish yuzasidan o'gitlar beradi. Sinovdan iborat inson umrining fayzli, foydali va ziynatli qilish uchun suv va havoday kerak bo'lgan nasihatlar Qur'oni karim va Payg'ambarimizning (s.a.v.) hadislaridan kelib chiqqan holda berilganligi ularning ta’sir darajasini oshirgan.

Mutarjim:
Rohila RO'ZMONOVA

So'zboshi muallifi:
Pedagogika fanlari doktori, professor
Qozoqboy YO'LDOSHEV

Mas'ul muharrir:
Abdumannon KARIMOV

Nashrga tayyorlovchi:
Muna MUROD qizi


MUNDARIJA

"O'g'limga 12 nasihat" kitobi yuzasidan mulohazalar
Muqaddima
Tavhid ilmi. Allohning birligi
Axloq
Axloqsizlikning asosi yettita
Ilm
Ikki ne’mat
Oila boshlig’ining vazifalari
Ota-ona haqqi
Uch amr va uch ta'qiq
Nafsni yengish
To'g'ri so'zli bo’l
Idora
Yaxshi muomala

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 18:38:33

"O'G'LIMGA 12 NASIHAT" KITOBI YUZASIDAN MULOHAZALAR

Bismillahir rohmanir rohiym!
Odamning umri kamolot yo'lidir. Chunki u bir umr yetuklikka intilib yashaydi. Tug'ilgan vaqtida bir parcha et bo'lgan chaqaloq umri davomida ulkan qomatli, baquvvat kishiga aylanadi. Umrining dastlabki yillarida issiq bilan sovuqning, yaxshi bilan yomonning farqiga bormaydigan bola yillar o'tib, aqli qilni qirq yoradigan, tabiat va jamiyatda ro'y beradigan o'ta chigal hodisalarning sababini izohlaydigan darajaga etadi. Lekin shuning o'zi insonning etukligi uchun etarli emas. Ruh egasi bo'lgan yaratiq sifatida odam o'zining ruhoniy jihatlarini ham kamolotga etkazishi lozim bo'ladi.

Kitobda tavhid bo'yicha berilgan o'git, Allohning zoti, sifati va amalidagi birligi g'oyat ta'sirli va tushunarli yo'sinda anglatilgan. Shuningdek, asarning axloq borasidagi o'rinlari ham o'quvchilarning aqlu shuuriga yetib boradigan tarzda bitilgan. Islom dinining axloq asosiga qurilganligi, ezgu axloqning ibodatdan afzalroq ekanligi, go'zal axloqiy sifatlargina insonni baland rutbaga ko'tarish mumkinligi singari o'rinlar mantiqan asosli va tushunarli bitilgan. Kitobda Alloh elchisining: "Amallarning qiymati niyatlarga bog'liqdir", — degan hadisdan kelib chiqadigan ma'no yuzasidan bildirilgan mulohazalar g'oyat qimmatlidir. Niyatning amaldan avval kelishi va yaxshi niyatning ezgu amaldek xayrli ekanligi haqidagi qanoat sobir bir mo'min, komil bir inson shaxsiyati shaklianishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Insonni haqiqat manzillariga etaklashda ilmning katta ahamiyatga egaligi kitobda juda ishonarli ko’rsatilgan. Ilmsiz aqlning insonni halokatga yetaklashi mumkinligi borasidagi fikrlar kishiga kuchli ta’sir ko'rsatadi. Rasulullohning: "Hikmat mo'minning yo'qotganidir. Uni qaerdan topsa, oladi", — degan hadisi zamiridagi teran ma'no risolada yaxshi ochilgan. U bolalarni ilm olishga undaydigan tarzda yozilganligi bilan diqqatga molikdir.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 18:39:41

Kitobda inson kamolotining ruhoniy jihatlarigagina to'xtalib qolinmay, inson turmushining maishiy jihatlarini tashkil etishga doir sog'liqni saqlash, xotirjamlikka erishish, oilani boshqarish, ota-ona haqqini ado etish, sarf-xarajatlar, ehson, isrofgarchilik, idora bobida bildirilgan fikrlar ham amaliy salmog'i va mantiqiy asoslari bilan diqqatni tortadi. Ayniqsa, Alloh ota-onaga osiy bo'lgan bandaning ibodatini qabul qilmasligi borasidagi haqiqatlar kishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Binobarin, yoshlar ma'naviyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kitobdagi nasihatlar orasidagi haqiqatni anglash, uni bilish uchun nafsni yengish kerakligi borasidagi o'gitlar, ayniqsa, ta'sirli bayon etilgan. Jangdan qaytayotgan Rasululloh (s.a.v.) tomonidan aytilgan: "Biz kichik jihoddan katta jihodga qaytyapmiz", — fikrining sharhi o'quvchiga kuchli ta'sir ko'rsatishi, shubhasizdir. Payg'ambarimiz mushriklarga qarshi urushni katta jihod deganlaridagi teran ma'no bolalar tomonidan anglab olinadigan tarzda bitilgan. Chindan ham odamning nafsi eng qattol dushmandan ham xavfliroq va yovuzroqdir. Dushmanni tashqaridan emas, o'zidan izlamagan va unga qarshi tinimsiz jang qilmagan odamn¬ing komil inson bo'lishi mumkin emas. Insoniy komillik yo'li odamning o’z nafsiga qarshi olib borgan urush yo'lidir. Chunki dushman bilan har zamonda jang qilinsa, nafs bilan tunu kun olishish lozim bo'ladi.

Xullas, kitob o'zbek o'quvchilarining qo'liga yetib borsa, ko'ngillariga ham ko'chib o'tishiga ishonch bor. Chunki u juda ta'sirli va kishini o'ziga rom qilar darajada o'qishli qilib yozilgan. Inshaalloh, ushbu kitob bilan o'quvchi ko'ngli orasidagi masofa qisqa, ularning bir-biriga yaqinlashuvi tez va doimiy bo'lgay!

Pedagogika fanlari doktori, professor
Qozoqboy YO'LDOSHEV
2004-yil 6-may

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 18:41:00

Bismillahir rohmanir rohiym

Muqaddima

O'g'lim Musomurod!

Alloh bu olamni odam uchun, odamni esa ibodat uchun yaratdi. Olamdagi hamma narsani odamga xizmatchi, insonga tobe qilib yaratdi. Inson bu olamning uzoq o'tmishini anglab, haqiqatlarini o'rganmoqda. Xoliqning cheksiz qudratini tushunib yetganlar imon keltirib, Rabbilariga oshiq bo'ldilar. G'ofillar esa Allohni inkor etdilar: kufrga ketdilar.

O'g'lim Musomurod! Sen Allohning cheksiz qudratini anglagan mo'min bir otaning farzandisan. Seni Xoliq taolo bu olamga keltirdi. Bu olam oy va yulduzlar, quyosh va o'simliklar, hayvon va insonlar bilan to'ladir.

O'g'lim, sen qorong'u kechalarda yurganingda ko'kni qoplagan sanoqsiz yulduzlarni, porlayotgan oyni hayratlanib tomosha qilasan. Yaratganning qudrati naqadar buyukligini anglaysan. Shu kichik qalbingda Rabbingga nisbatan ulkan sevgi, ishq va huzur paydo bolgani uchun shukr etasan. Shu haybatli tog'lar va tubsiz dengizlar, bulutlar va hasharotlar, yerdagi cheksiz yaratilishlar sening go'zal qalbingda Yaratganga nisbatan imon uyg'otadi.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 18:42:56

Mana, o'g'lim! Men ham dunyoga kelib lolu hayron kezmoqdaman. Bu ajib go'zalliklar, yaratilishlarni ko'rib, qalbim Rabbimga nisbatan cheksiz ishq-muhabbat bilan to'lib bormoqda. Bu muhabbat qalbimning tub-tublariga joylanib, o'zimni o'zga bir olamda his qilib rohatlanaman.

Ojiz inson xotirasiga nima keladi, bilasanmi?

Men sen bilan shu xotiralar va g'aroyib savollarga javob izlaymiz.

Aziz farzandim! Sening go'zal va murg'ak qalbingni eng avvalo quyidagi savol egallasa kerak:
— Otajon, bu olam nima? Bu oy, quyosh, yulduzlar ne? Dengizlar, tog'lar, bu gullar, hasharotlar, bu kecha- kunduzlar nima? Bu cheksiz borliq nima? Bularni kim yaratgan?

O'g'lim Musomurod! Bu buyuk olam, bundagi borliq senu meni Yaratganning borligi hamda birligining isbotidir. Inson bu cheksiz mavjudotlar ichida eng mukarrami va mukammalidir. Bu olam insonlar uchun bir ibratxona hisoblanadi. Inson ilm va ibrat olib, olim va orif bo'ladi. Bu dunyoga kelib ketishning hikmatini anglaydi. Aks holda, inson bu olamga ko'ngil qo'yib johil bo'lsa, Alloh taolo haqiqatlarini ko'rolmay so'qir bo'lib olamdan o'tadi.

O'g'lim, Rabbing senga aql va buyuk qobiliyat berdi. Alloh payg'ambarlar va kitoblar yuborib, haqiqatlarni insonga bildirdi. Agar Xoliqning buyuk lutflari bolmasa, biz bu cheksizliklar ichidagi sirli haqiqatlarni his qila olmas edik.

O'g'lim! Sen bu jamiyatda Kitobga ishonmaydigan, shubhaga borgan faylasuflarga ham duch kelasan. Alloh sirli haqiqatlarini anglatish uchun Qur'oni karimni yubordi. Biz undan cheksiz mavjudliklarning sirli hikmatini va vazifalarimizni bilib olamiz.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 18:44:02

Ey o'g'lim! Alloh bizga eng sevimli quli va habibi Muhammadni (s.a.v.) yubordi. Va lutfu karam aylab, bizlarni unga ummat qildi. Allohning bu cheksiz ne'matlariga shukronalar aytamiz.

Shu bois biz bu cheksiz lutf ne'matlariga g'arq bo'ldik. Biz endi umrimiz yetgancha bilim olishimiz kerak. Chunki ilm insonlarni haqiqatga yetkazuvchi nurdir. Ilm insonlarga Xoliqni tanitadigan, haqiqatlarga yetishtiradigan obi hayotdir. Inson bu obi hayotni ichsa o'zligini anglaydi, komillikka erishadi, aks holda hayvondan farqi qolmaydi.

O'g'lim Musomurod! Bu ilm va haqiqatlami o'rganishing uchun senga o'n ikki nasihat aytmoqchiman. Bu nasihatlar senga hayol haqiqatini anglatuvchi bir darsdir. Sen ularni uqib olsang, inshaalloh, haqiqiy mahbub va maqbul inson bo'lasan. Aks holda, nafsoniy hislarga tobe bir johilga aylanasan.

Ey o'g'lim! Sening pokiza qalbingda oliy hislar uyg'otib insoniy komillik sari yetaklovchi 12 nasihatni Qur'oni karim va Payg'ambarimizning (s.a.v.) o'gitlaridan foydalangan holda herishga harakat qilaman. Maqsadim — sening sinov dunyosida bezak va o'yinlarga aldanmasdan komil inson bo'lishingdir. Va bu olamga kelib-ketish mohiyatini anglab, maqbul va mahbub inson bo'lishingdir.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 18:45:16

O'g'lim senga nasihat:

Kibrli bo'lma,
Birovni yomonlama,
Johil bo'lma,
Allohni yod et,
Unga ibodat qil,
Haqqa niyoz et,
Olimlarga yaqin bo'l,
Ilmga tashna bo'l,
Ular bilan do'st bo'l,
Ne'matni demagin oz,
Hikmatlarni etgin yod.
So'rashni or bilma,
Kibrni foyda bilma,
O'zingni xarob qilma,
Oz so'zla, ko'p tingla,
Haqiqatni doimo
Qabul qil xush ko'ngil-la,
Bilganingni o'rgat,
Doimo tafakkur qil,
Yomonlikdan qoch,
O'g'lim shudir senga nasihat.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 18:49:04

Tavhid ilmi. Allohning birligi

Suyukli o'g'lim Musomurod! Barcha anbiyolar tavhidga, Allohning birligiga da'vat etganlar. Buni anglash insonlarning eng birinchi va eng asosiy vazifasi sanaladi. O'g'lim! Tavhid nima, bilasanmi? Tavhid bu cheksiz olamni Yaratgan Allohning birligini anglab, Unga ibodat qilishdir.

O'g'lim! Barcha anbiyolar insonlarni shu yo'lga davat qilishgan, faqat vaqt o'tib insonlar to'g'ri yo'ldan adashib, shirkka kirib Allohga sherik qo'shish yo'lini tutganlar.

Bularmng hammasi tavhid ilmini, nabiylar yo'lini tutmaslik tufayli paydo bo'lgan ayanchli natijalardir.

Aziz dilbandim! Inson o'z holicha qolsa, faqat aqliga tayanadi, o'ngi bilan tushini farqlamaydi; shayton unga bu olamni go'zal qilib ko'rsatadi. Oqibatda adashgan inson zalolat botqog’iga botib ketadi. Ammo o'zini aqlli, to'g'riman deb hisoblaydi va zalolatga botib borayotganini sezmaydi. Tarix bizga bu achchiq va ayanchli haqiqatni ko'rsatib turibdi.

Shunday davrlar bo’diki, insonlar o'z qo'llari bilan yasagan narsalariga ham Alloh deya topindilar va ba'zan xayollarida o'zlaricha shakl yasab, unga ham Alloh dedilar va sig'indilar.

Musomurod! Shunday zamonlar bo’ldiki, insonlar yuldozlardan madad so'rab, yulduzlarga topinishdi.

Ha, o'g'lim! Dunyoda shunga o'xshash minglab botil mazhablar paydo bo'ldi. lnsonlarning ongi va aqli shu qadar zaiflashib ketdiki, haqiqatdan uzoqlashdilar. Ular haykallar yasab sajda qilishdi, maqbaralar qurib duolar qilishdi, qurboniik etib ular norniga qasam ichdilar, bu ishlarining to'g'riligiga o'zlarini o'zlari ishontirdilar. To'g'ri yoldan ozdilar, butlarga topinib Allohga shirk keltirganlarning hammasi mushriklar edilar.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 18:51:10

Suyukli Musomurodim! Baqara surasining 165-oyati karimasida shunday deyiladi:
"Odamlar orasida shunday kimsalar borki, ular Allohdan o'zga (soxta ma'buda)larni Unga teng bilib, Allohni sevgandek ularni sevadilar. lmon keltirganlarning Allohga bo'lgan muhabbatlari ularnikidan kuchlidir. Zolimlar (qiyomatda) azobni ko'rganlarida btun kuch-qudrat Allohga xos ekanligini va Allohning  azobi (o'ta) qattiqligini bilsalar edi!"

O'g'lim Musomurod! Tarix sahifalarida keltirilganidek qancha-qancha odamlar Allohni butunlay inkor qilib, abadiy ziyonga sho'ng'ib ketishdi. Zalolatda qolgan insonlarga haqiqatni anglatish uchun Alloh taolo paygambarlar yubordi. Payg'ambarlarning hammasi insonlarni egri yo’ldan qaytarib to'g'ri yo'lga da’vat etdi. Ular tavhidga, ya'ni Allohning yagonaligiga da'vatchi bo'ldilar.

O'g'lim! Qur’oni karimning lbrohim surasi 10-oyatida shunday deyiladi: "Osmonlar va yerning yaratuvchisi — Alloh (borligi va birligi) xususida shak bormi?!"

Baqara surasining 163-oyati karimasida esa:
"llohingiz yagona ilohdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. U yagona, mehribon va rahmlidir", deyilgan. O'g'lim Muso¬murod! Bularni bilib, Paygambarlar da'vat qilgan tavhidni anglab olasan.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 18:52:27

O'g'lim! Inson "la ilaha" deyishi bilan ibodatga noloyiq, barcha soxta ilohlar va ma'budlarni inkor etadi, ularni qabul qilmaydi. "œillalloh" deyishi bilan esa ibodatga tanho munosib sherigi, tengi yo'q Allohga imon keltiradi, tasdiqlaydi.

Inson tengi va sherigi yo'q Allohga irnoni bilan ahli tavhid bo'ladi, musulmon bo'ladi.

Ahli tavhid ibodatga tanho munosib bo'lgan Allohni taniydi va unga ibodat qiladi.

O'g'lim Musomurod! Kishi «LA ILAHA ILLALLOH» kalimasini aytsa, yagona Allohga qullik qilishni tasdiq etsa o'sha damdan boshlab haqiqiy mo'min bo'ladi.

Kishi tili bilan «LA ILAHA ILLALLOH» desa-yu, harakatlari bilan Allohdan boshqa narsalarni (ma'budlarni) sevsa, ularga ibodat etsa, shirkdan qutulmaydi, uning tavhidi faqat tilida bo'lib, haqiqiy mo'min bo'lolmaydi.

O'glim Musomurod! "LA ILAHA ILLALLOH" degandan so'ng Alohga sherik qo'shmagin. Hojatlaringni yolg'iz Undan so'ragin va faqat Unga ibodat qilgin. Haqiqiy mo'minlarning vazifasi shudir.

Aziz bolam! Ixlosi sharifning boshqa bir nomi surai tavhiddir. «LA ILAHA ILLALLOH» Allohdan boshqa ma’bud yo'qligini bildiruvchi kalimai tavhid bo'lganidek, ixlosi sharif ham Allohning yagonaligini bildirgani uchun surai tavhid deyiladi.

Qayd etilgan