Muhammad Kamol. O'g'limga 12 nasihat  ( 53096 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Abdullоh  03 Fevral 2009, 18:54:06

O'g'lim! Ixlos surasi to'rt oyatdan tarkib topgan. unda imon asoslari jamlangan. Shu sabab surai asos deb ham ataladi.

Ixlosi Sharif ushbudir: "Bismillahir rohmanir rohiym. Qul huvallohu ahad. Allohus-somad. Lam yalid va lam yulad va lam yakullahu kufuvan ahad".

Allohga sherik keltiruvchi, butlarga sig'inuvchilar sevikli Payg'ambarimizning (s.a.v.) yonlariga kelib:

— Sening Allohing oltindanmi, kumushdanmi, qanday va nechta, ayt? — dedilar.   
Shunda Alloh taolo "QUL HUVALLOHU AHAD" surasini tushirdi, Payg'ambarimizga xitob qilib:
"Habibim, (ularga) aytki: Alloh birdir, hamma narsa Allohga muhtojdir. Tug'madi va tug'ilmadi. Uning tengi va o'xshashi yo'qdir," — dedi.

O'g'lim Musomurod! Bu surai sharif Allohni tanimoqchi bo'lganlarga, Allohning yagonaligini bildiruvchi asosiy suradir. Alloh to'g'risida zalolatga tushgan insonlarga xatolarini anglatadi: shu bilan birga Qur'oni karimning xulosasi va dinning asosi hamdir.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 18:58:54

O'g'lim Musomurod! Bu sura mushriklarning Alloh haqidagi yanglish tushunchalarini rad etdi,  Xoliqning maxluqotga o’xshamasligini bildiradi. Shu asosga ko'ra surai ixlos bizga tavhid yo'lini (ilmini) ko'rsatadi. «QUL YA AYYUHAL-KAFIRUN» surasi ham Aдlohga sajda qilish hamda tavhid amali haqidadir. Bu surada Alloh taolo mushriklar topinadigan ilohlarga, musulmonlarning topinmasliklarini bildirib, Rasuliga xitoban dedi: «(Ey, Muhammad) ayting: "Ey, kofirlar! Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibo¬dat qiluvchi emasdirsizlar. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman. Va sizlar ham men ibodat qiladi¬gan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emasdirsizlar. Sizlarning diningiz o'zlaringiz uchun, mening dinim o’zim uchundir».

O'g'lim Musomurod! Ixlos surasi e'tiqod yo'lida bilim bersa, Kofirun surasi esa Allohga ibodat yo'lini ko'rsatadi.

Sevimli o'g'lim! Surai tavhid Allohning yagonaligini, barcha narsaning Unga muhtojligini, tug’magan va tug'ilmaganligini, tengi va o'xshashi yo'qligini bayon qildi. Tavhidni anglagan inson ibodatga munosib zot yolg'iz Alloh ekanligini bilishi kerak.

O'g'lim! Ixlosi Sharifdagi «ahad» so'zi faqat Allohgagina xos bo'lgan birlikdir. Bu birlik hech bir maxluqning birligiga o'xshamaydi.

O'g'lim! Biz «QUL HUVALLOHU AHAD» deb Al¬lohni o'ziga xos yagonaligini bayon qilamiz, ya'ni, Alloh birdir deyish bilan Alloh zotida, sifatida birdir degan bo'lamiz. Sen ham: "Otajon, Alloh zotida birdir nima degani?" deyishing mumkin.

Suyukli o'g'lim Musomurod! Bu muhim masalani senga tushuntirayin, diqqat bilan tingla! Alloh zotida birdir degani, Alloh yaratgan mahluqotlardek bir qancha narsalardan paydo bo'lgan emas. Allohning bu o'ziga xos birligi yaratgan mahluqlarining birligiga o'xshamaydi. O'g'lim! Alloh zotida birdir deyish bilan Uning hech bir birlikka o'xshamasligini, o'ziga xos birlik ekanligini bayon qilamiz.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:00:40

Alloh amalida birdir degani — Allohning qilgan ishlarida sherik yo'qdir deganidir. Chunki kishilar ojiz bo'lgani uchun ishlarini sherikchilik bilan qilishadi, bir-biriga ko'maklashishadi. Holbuki Alloh hamma narsaga qodirdir. Qilgan ishlarida sherigi yo’q. Hamma narsani O'zi xohlaganidek qiladi.

Sevimli o'glim Musomurod! Alloh sifatida ham birdir, ya'ni Allohning tengi, o’xshashi yo'qdir. Alloh yaratgan mahluqlarining hech biriga o’xshamaydi.

«QUL HUVALLOHU AHAD» deyish bilan inson Allohning zoti, sifati va amalida birligini eslaydi, shu birlikka qullik qiladi. Aks holda, insonlar avval zalolatga botganlar holiga tushadi.

O'glim Musomurod! Shuning uchun payg'ambarlar insonlarni tavhid yo'liga da'vat qilishgan. Payg'ambarimizning(s.a.v.) ham ilk da'vatlari shunday bo’lgan, ya'ni Rasululloh(s.a.v.) butun insoniyatga xitoban: «LA ILAHA ILLALLOH» denglar, najot topasizlar, derdilar. Dinga da'vat va islomning ilk sharti «LA ILAHA ILLALLOH» — kalimai tavhid bo'ldi. Barcha anbiyolarning da'vati ham shudir.

Shuning uchun tavhidni bilish sening birinchi vazifangdir. Men ham senga birinchi nasihatni tavhidni anglatishdan boshladim.

Ey o'g'lim! Bu nasihatlarimni yaxshilab uqib ol! Qalbing tavhid nuri bilan nurafshon bo'lsin. Haqiqiy musulmon farzandi bo'l. Allohni tanib, Unga sajda qilgin. Bu esa eng go'zal saodat va Allohga ishonchning asosidir.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:02:47

Axloq
(go’zal xulqlar)

O'g'lim Musomurod! Axloq lug'aviy jihatdan xulqning ko'pligi bo'lib go'zal xislatlar degan ma'noni anglatadi. Axloq inson zoti vosil bo’ladigan maqsaddir. Inson bu go'zal maqsadga yetolmasa, yomon xulqli bo’ladi. Hayvoniy hislari bilan insonlarga zarar keltiradi.

O'g'lim! Bu go'zal axloqqa yetisholmaganlar islomiyatni anglamaydilar.
O'g'lim Musomurod! Islom dini go'zal axloqli bo'lishga buyuradi. Inson yaxshi xulqli bo'lgani sari insoniylik darajasi yuksalaveradi. Allohga ishongan qalb yomon xulqlardan qutuladi, yaxshi xulqli bo’ladi.

Agar inson yomon xulqli bo’lsa, ilm va ibodati ham foyda bermaydi. Chunki ilmu irfondan maqsad, insonlarni yaxshi xulqqa boshlashdir.

O'g'lim! Qur'oni karim bizni go'zal axloqli bo'lishga da'vat etadi.

Sevimli o'g'lim! Payg'ambarimiz(s.a.v.) ham: "œIslomiyat go'zal axloqdan iboratdir. Shubhasiz bar bir qul, ibodati oz bo’lsada, go'zal axloqi sabab jannat darajalarining eng balandiga va manzillarining eng buyuklariga noil bo’ladi", deganlar.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:04:25

Sevimli o'glim! Rasululloh(s.a.v.) yana bir muborak hadislarida: «Yomon xulq sabab insonlar jahannamning eng to'ridan joy olishadi»,deganlar. Demak, xulqi yomon kishi qanchalik ibodat qilmasin, natijasi xayrli bo’lmaydi.

O'g'lim! Rasululloh(s.a.v.) yana bir muborak hadislarida: «lchingizda men sevgan va qiyomat kunida birga bo’ladiganlar axloqi go'zal bo’lganlaringizdir. Men yaxshi xulqni to’ldirish, mukamallashtirish uchun yuborildim», dedilar.

Sevimli o’g’lim Musomurod! Agar bu muborak so'zlarni bir oz o'ylab ko'rsang, axloqning yaxshi sifatlari islomiyatning negizi ekanligini anglab olasan. Poydevorsiz bino bo’lmaganidek, axloqsizlik bilan islomiyat hech qachon yuksala olmaydi. Axloqsiz odamning islomiyatga aloqasi yo'qdir.

Sevimli o'g’lim! Namoz o'qib, ro'za tutib bir tarafdan axloqsizlik qilgan kishi dinimizni tushunmagan bo'ladi. Chunki islomiyat axloq asosiga qurilgan muborak bir dindir. Axloqingni go'zallashtirish sening birinchi vazifangdir. Axloqning asosi esa nafsoniy hislardan uzoq bo'lib, har bir ishni Uning rizoligi yo'lida qilishdir. Bu dastur seni axloq¬ning eng yuksak cho'qqisiga olib boradi. Maqsadi haq bo'lgan kishining amali ham solih bo’ladi, maqsadi dunyo bo'lgan kishining muvaffaqiyatlari ham dunyoda qoladi.

O'g'lim Musomurod! Allohning rizoligi yo'lidan yurib, insonlarni yaxshi xulqlarga boshlagin. Shunday qilsang, islomiyatning senga taqdim etgan eng oliy dasturini tutib, u bilan eng oliy saodatga erishasan. Zero, Haqning rizoligiga erishish inson uchun eng katta hadya, eng buyuk muvaffaqiyat sanaladi.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:06:05

O'g'lim! Tavba surasining 72-oyati karimasida:
"Allohning rizoligi hamma narsadan ulug'roqdir. Mana shu haqiqiy ulkan baxtdir", deya marhamat qilinadi.

Inson bu oyati karimada keltirilgan ulkan fayzga, buyuk najotga harakat qilishi kerak.

O'g'lim! Bu tahsil dunyosidir, insonning bu dunyodagi eng katta muvaffaqiyati Alloh rizosiga erishishdir. Bunga erishgan kishi eng buyuk saodatga erishgan, najot topgan hisoblanadi.

Suyukli o'g'lim Musomurod! Sen: "Otajon, inson Rabbisini qanday qilib rozi qiladi va Rabbisining rozi bo'lganini qanday biladi?", deyishing mumkin.
Xuddi sendek bir tolib ustozidan:
— Ey, ustoz!... Allohning rozi bo'lganini inson biladimi? — deya so'rabdi.
Ustoz:
—Allohning rizoligi yashirin. Banda Allohning o'zidan roziligini bilolmaydi, — deya javob beribdi. Tolib esa buning aksini aytibdi:
—   Alloh o'z bandasidan rozi bo'lganini inson biladi.
Ustoz hayrat bilan:
—   Alloh o'z bandasidan rozi bo'lganini inson qanday biladi? — deya so'ragach, tolib unga shu hikmatli haqiqatni so'yladi:
—   Ey ustoz! Banda Allohdan kelganga rozi bo’lsa, Alloh ham undan rozidir, — deb "Val-fajr'' surasining quyidagi mazmunli oyati karimasini o'qibdi: «U sendan rozi, sen ham undan rozi»(28-oyat). Ustoziga bu javob ma'qul bo’libdi.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:09:10

O'g'lim Musomurod! Bu imtihon olamida banda Rabbisidan kelganlarga rozi bo'lsa, Rabbisi ham undan xushnud bo'ladi. Shu sabab bu oyati karimada Alloh:

"Ey, xotirjam-sokin jon, sen (Alloh ato etgan ne'matlardan) rozi bo'lgan (va Alloh taolo tomonidan sening amallaringdan) rozi bo'lgan holda Parvardigoring (huzuri)ga qayt! Bas, solih bandalarim qatoriga kirgin va Mening jannatimga kirgin!" — deydi. Mana, o'g'lim Musomurod, qul Xoliqdan kelgan hamma narsaga rozi bo'lsa, Alloh ham qulidan rozi bo'ladi.

Musomurod! Sevikli Payg'ambarimiz(s.a.v.) ham bu kishilarni duo qilib:
"Allohning rahmati yog'ilsin shu kishiga; nafsini yengdi, qalbini pokiza qildi, Allohning ne'matlariga shukr etdi, qazoga rozi bo’ldi", deya marhamat qilganlar.

—   O'g’lim Musomurod! Bu muborak so'z bizning hayotimiz uchun yagona dasturdir. Inson nafsini kirlatadigan yomon so'zlar va amallardan o'zini tiyib, dilini pokiza tu¬tib, Allohning ne'matlariga shukr qilsa, Haqdan kelganiga rozi bo'lsa, "ROZIYATAN MARZIYYATAN" oyati karimasiga ko'ra qul Haqdan, Haq ham qulidan rozi bo'ladi. Allohning rizoligiga erishib, katta xazinaga ega bo'ladi. Zotan, barcha buyuklarimiz go'zal axloqli edilar.

O'g'lim Musomurod! Kimdir: "Banda Rabbisidan qachon rozi bo'ladi?" deya so'raganida: "Qul Allohdan ne'mat kelgan paytda xushnud bo'lganidek, musibat kelganida ham Rabbimdan keldi deb qabul qiladi. Xatosini o'ylaydi, tuzatishga harakat etadi", deya javob berilibdi.

O'g'lim! Alloh rizoligini topganlar yuksak darajaga erishadi. Nafslarini yomonliklardan asrab, yaxshilik qilishga shoshiladilar.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:10:35

Ey o'g'lim! Bu yuksak kamolotga erishish uchun har bir ishda Alloh roziligini maqsad qilmog'ing lozim. Mana shu maqsad seni yuksak, nurli manzillarga olib boradi.

O'g'lim Musomurod! Maqsading Alloh bo’lsa ahlullohsan, maqsading bu yo'lda qat'iy bo'lsa, garchi amaling oz bo'lsa-da, maqbuli ilohiy bo'ladi. Niyatingni xolis etishga harakat qil.

Rasululloh(s.a.v.) ham sevimli asxobi Muoz ibn Jabal
hazratlarini Yamanga jo'natarkan, unga shu oliy haqiqatni bildirib:   
"Ey Muoz!... Niyatingni xolis qil. Oz bo'lsa-da shu senga kifoya qiladi", debdilar.

O'g'lim Musomurod! Rasulullohning(s.a.v.) bu muborak so'zlarini yaxshilab o'ylab ko'rsang, seni haqiqatga boshlovchi eng muhim dastur ekanini anglaysan. Doimo xolis niyat bilan ishla, amaling oz bo'lsa-da, seni quvvatlantiradi.

Sevimli o'g'lim! Xolis niyatli amaling, turli-tuman ma'danlar orasidagi sof oltinga o'xshaydi, ko'p amal hisobiga o'tadi. Inson yaxshi niyatda bo'lmog'i lozim, amalning qiymati ham shunga bog'liq.

Shu sabab Payg'ambarimiz (s.a.v.) muborak hadislarida:
«Amallarning qiymati niyatlarga bog'liqdir», dedilar. Har kishining niyati nima bo'lsa, qo'lga kiritadigan narsasi ham shu bo'ladi.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:12:16

Aziz dilbandim! Rasulullohning(s.a.v.) bu muborak so'zlari hamma narsani anglatadi. Sen ularni miyangga qo'rg'oshindek quyib ol. Niyatingni pokiza qil. Insonlarga ko'mak ber. Inson faqat pok niyat bilangina insoniyligini ko'rsatadi. Barcha ulamo-yu, avliyolar ham shuni o’zlariga dastur qilib olishgan.

Go'zal amallar etishni istasang, avval niyatingni pok qil, bu pokiza niyat amalingni ham soflashtiradi.

O'g'lim! Rasululloh(s.a.v.) bir muborak hadislarida ham: "œEy insonlar, amallaringizni Alloh uchun xolis bajaring. Alloh o'zi uchun xolis qilingan amallardan boshqasini qabul qilmaydi", deganlar. Bu muborak kalomni unutma! Alloh uchun qilinmagan amallar qabul bo'lmas, ammo niyating xolis bo'lsa Alloh qabul qiladi.

O'g'lim Musomurod! Niyating xolis bo'lsa, mo'ljallagan ishni bajarishga qodir bo'lmasang-da, Rabbing senga shu ish bajarilgan darajada savob beradi.

Demak, insonning niyati uni yuksaltiruvchi eng katta dasturdir. Niyat amaldan avval keladi. Yaxshi niyat yaxshi amaldek xayrlidir.

Amaling oz bo'lsa-da, niyatingni xolis va yuksak tut. Shu buyuk maqsadlarga erishsang, Alloh seni mukofotlaydi.

O'g'lim Musomurod! Rasululloh(s.a.v.) zamonidan buyon saqlanib kelayotgan bu haqiqatlar senga juda yaxshi foyda keltiradi. Diqqat qil.

Aziz farzandim! Rasulullohning(s.a.v.) bir guruh as¬xobi mashhur Tabuk g'azotiga ba'zi bir sabablarga ko'ra borolmagan, ammo ular jangda ishtirok etolmaganidan xijolatda edi. G'azotga bora olmaganlaridan ko'z yosh to'kib o'tirishardi. Rasululloh(s.a.v.) ular haqida: «Madinada bir jamoa qoldi, ular biz bilan birga yo'l yurishmadi, kufr ahlini g'azablantiradigan joyga bormadilar. Lekin savobda bizga sherik bo'lishdi, bizdek savobga ega bo’ldilar», dedilar. Sahobalar Rasulullohning(s.a.v.) bu so'zlarini eshitib hayratda qolishdi.

Qayd etilgan


Abdullоh  03 Fevral 2009, 19:13:50

—   Yo Rasululloh! Ular biz bilan yo'l yurmasdan, kulfatga uchramasdan bizga qanday qilib sherik bo'ldilar? — deya so'rashganda, Rasululloh(s.a.v.):
—   Ularning niyati hisobga olindi. Faqat yaxshi niyatlari bilangina bizga qo'shildilar, — dedilar.

Ko'rib turganingdek, jangda qatnasholmagani uchun ko'z yosh to'kkan mashhur sahobalar go'zal niyatlari bilan jangda ishtirok etganchalik savobga ega bo'ldilar.

O'g'lim Musomurod! Mana shu go'zal misollar sening yuragingda yaxshi niyatlarni hosil qilib, katta yutuqlarga boshlaydi. Mo'mini komillar amali bilan yetmagan joylarga, yaxshi niyati bilan erishadi. Ularning yaxshi niyatlari, go'zal axloqining asosini tashkil qiladi. Musulmon kishi yaxshi niyati bilan eng oiiy darajalarga erishadi. Amallari ham shu yaxshi niyatlari mevasidir.

Axloqning uchinchi dasturi esa o'zingga ravo ko'rgan narsalarni, boshqalarga ham ravo ko'rishing, o'zingga ravo ko'rmagan narsani birovga ham ravo ko'rmasligingdir. Bu axloqning oliy dasturi, buyuk imon natijasida insonda paydo bo'ladigan buyuk hisdir. Shu go'zal tuyg'u seni insoniylikning eng yuksak cho'qqisiga olib chiqadi.

O'g'lim! Jamiyatda yashar ekansan, muammolarga uchrab, sofligingni yo'qotishing, yomon fikrlar bir kun kelib seni istilo qilishi va qalbingni kirlatib, axloqingni buzishi mumkin. Axloqing buzilgach esa jahannamga yuz tutasan.

O'g'lim! Qalbingni aslo yomon hislar egallab olmasin.

Doimo insonlarga yaxshilik qilishni o'yla. Ularning yax-shiligini nazarda tut. O'zingga ravo ko'rgan naisani boshqalaiga ham ravo ko'r va aksincha.

Qayd etilgan