Muhammad Kamol. O'g'limga 12 nasihat  ( 53104 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:14:51

Ey, o'g'lim Musomurod! Ilm haqidagi bu go'zal so'zlarni eshitgandan keyin o'zingni qo'lga ol. Imkoni boricha, harakat qil, harom luqmadan tiyil. Ilmi ilohiy faqat Haq sevgisi ila yo'g'rilgan pokiza chehralarga ta'sir qiladi. Harom aralashgan yuzlar qop-qora bo'ladi. Ular haqiqatni egri yo'llarda deb tushunishadi. Sen Payg'ambarimiz(s.a.v.) yurgan yo'llardan bor. Ularning hikmatli so'zlari bilan o'zingni quvvatlantir.

Yuksaklikka tegishli bilimlar insonga quvvat baxshida eta¬di va insonlarga insoniylikni o'rgatadi. Alloh va Rasululloh(s.a.v.) bildirgan oliy haqiqatlarni insonlarga taqdim etadi. Mana shu ilmlarni o'rganish farzdir. Rasululloh(s.a.v.) ham bu borada: «Erkak va ayollar, barcha musulmonlarning ilm o'rganishlari farzdir», deganlar. Allohga, oxiratga e'tiqod, namozga, ro'zaga, zakotga va hajga borish kabi e'tiqodiy masalalarga tegishlidir. Bu ilmlarni o'rganish barchamizga farzdir. O'rganmasak halok bo'lamiz. Allohni bilib, Unga risoladagidek ibodat qila olmaymiz. Farz bo'lgan bilimlarni barchamiz bilishimiz, avlodlarimizga o'rgatishimiz shart.

O'g'lim Musomurod! Ba'zi bilimlar borki, ular dunyo hayotida kerak. Bularni ham o'rgan va o'rgat. Chunki bular o'rganilmasa, moddiy hayot, jamiyat hayotining iqtisodi tahlikali ahvolga tushadi. Moddiy hayotni rivojlantirish uchun bu bilimlar jamiyatimizga kerak. Hazrati Ali bu haqiqatni bizga bildirib: «Farzandlaringizni shu vaqtga ko'ra emas, keladigan vaqt va ehtiyojlarga ko'ra yetishtiringiz» deganlar. O'g'lim, ko'rib turganingdek, har sohada insonga ilm zarur, ilmdan yiroqlashganlar halokatga yuz tutadilar. Sen ilm bilan o'zingni quvvatlantirsang, insoniyatni ham quvvatlantirgan bo'lasan. Ilmiy haqiqatlarga tayanmasdan aytilgan so'zlar o'zingni va jamiyat hayotini yomonlikka boshlaydi. Ilm yo'lida aytilgan so'zlar va amallar esa insonlarga foyda keltiradi.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:16:42

Ikki ne’mat

Aziz farzandim! Alloh insonlar uchun ikki buyuk ne'mat berganki, bundan foydalanganlar ulkan davlatni qo'lga kiritishadi. Bulardan biri sog'liq, ikkinchisi esa xotirjamlikdir.

Ko'zimning oqu qorasi, bolam! Inson barcha yutuqlarga sog'lom paytida erishadi. Xotirjam vaqtini xayrli yoilarga sarflaganlar esa oliy saodatga yetishadi.

O'g'lim! Sog'liq va xotirjam vaqtning qadrini bilgin. Bu ikkisi Allohning shunday buyuk ne'matiki, har sohada hayotiy ahamiyatga ega. Ular barcha ne'matlarni umumlashtiradi.
O'g'lim, tingla, Rasululloh(s.a.v.) bu borada nima de¬ganlar: «Ikki ne'mat borki, bu ikki ne'matdan ko'pchilik mahrumdir. Biri sog'liq, biri xotirjamlikdir».

O'g'lim Musomurod! Allohning insonlarga ato etgan eng katta ne'mati xotirjam vaqtidir. Insonlar bundan g'ofildirlar. Holbuki, bu oliy ne'mat qadrini bilib foydalanish lozim.

Sog' paytlarida bo'sh vaqtlarini ilm yo'liga sarflamaganlar o'zlarini aldashadi. Aziz umrlarini havoga sovuradilar. Dunyo-yu oxiratda zarar koradilar. Jonim bolam, shu ne'matni g'animat bil va eng muhim ishlarga sarfla. Bu inson hayoti uchun juda muhim. Shuning uchun buyuk insonlardan biri ushbu hikmatli so'zni aytgan:
"Vaqtdan yutgan kundan yuuadi. Kundan yutgan, umrdan yutadi. Vaqtini yo'qotgan kunini yo'qotadi, kunini yo'qotgan umrini yo'qotadi». Vaqtini bekorchi ishlarga sarflaganlar kasallik va keksalik paytida qanday boylik qo'ldan ketganini anglab yetadilar, pushaymon bo'ladilar. Ha, o'g'iim, butun madaniyat olamining yutug'i shu ikki ne'matga bog'liq. Barcha shaxsiy va ijtimoiy borliq falokatlari ham shu dasturga amal etmaslik sababli kelib chiqadi.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:17:20

O'g'lim Musomurod! Sog'lig’ingni ehtiyot qil, badan ilmini o'rgan. Buni o'rgatadigan ikki ilm bor. Biri badanga oid, ikkinchisi esa dinga oid ilm. Badanga oid ilm ilmlarning boshlanishi, ya'ni sihat ilmidir. Yeyish-ichish intizomini bilmagan kishining sog'lig'i yaxshi bo'lmaydi.

Bu borada Payg'ambarimiz(s.a.v.) sihat ilmidan bahs etarkan, me'da kasallik uyi, parhez esa har qanday davoning boshidir, deydilar.

Sihat ilmida me'da birinchi o'rinda turadi. Me'dani to'ldirish ma'rifat emas. Asl ma'rifat vujudga o'ng'ay ovqatlanish, me'dani xastalikdan ehtiyot qilishdir. Me'dani to'ldirish xastalantiradi, mikrobni ko'paytiradi. Inson ishtahasi bor paytda xohlagancha ovqatlanishi, ammo me'dani to'ldirmasligi kerak. Shu sabab haqiqiy insonlar ishtaha ochilmaguncha ovqatlanmaydi va chanqamagunlaricha suv ichmaydi. Yana ishtahasi bo'la turib ovqatlanishni to'xtatadilar. Chunki bundan ortiq taom me'dani kasallantiradi. Davomli parhez esa sog'liqni yaxshilaydi. G'am-qayg'u yurakni, oshqozonni, inson saodatini buzadi. Badan ilmining ikkinchisi yurakka dunyo g'amini olmaslikdir.

O'g'iim Musomurod! Bilki bu dunyo har bir inson uchun imtihon dunyosidir. Unda inson juda ko'p alam va qayg'u ko'radi.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:18:19

O'g'lim! Sen Payg'ambarimiz(s.a.v.) yo'llaridan bor. Allohga tavakkal qilib, odamlarning turli qo'ydi-chiqdilariga ahamiyat berma, shunda o'zingni bu kasallikdan saqlaysan. Odamlarning yomon gaplari, ko'zlari insonlar qalbiga zahar sochadi. Allohga inon va Unga tavakkal qil. Xalqni Xoliqqa qo'yib, haq bilan bo'lib, rohat topish yo'lini izlagin. Bu ma'naviy hayoting uchun juda muhim dastur bo'ladi.

Suyukli dilbandim! Ruhiy va jismoniy hayotingda do'stlaring katta ta'sir ko'rsatadi. Bunga yaxshilab e'tibor ber. Ular bilan doimo ehtiyot bo'lib gaplash. Bugun do'st bo'lgan kimsa ertaga dushman bo'lishi mumkin, siringni ichingda saqla. Agar sir oshkor bo'lsa, ma'naviy qiymati yo'qoladi, yomon hislar ichida bo'g'ilasan.

O'g'lim! Barcha do'stlaringga yaxshilik qil. Ba'zan yaxshilik qiluvchilardan ham yomonlik kelishi mumkinligini bilib qo'y. Bu olamning tahlikali ekanligini unutma va shunga binoan insonlar bilan do'stlash, ehtiyot bo'lib yasha.

Aziz bolamginam! Bir ulug' zotga o'spirin shunday savol beribdi:
—   Ey ustoz! Men insonlar bilan qanday muomalada bo'layin, ayting, — debdi.
—   Bolam, sen hech tikonli dalada yalang oyoq yurib ko'rdingmi? — debdi.
—   Ha, ustoz, yurdim, — debdi.
—   Qanday yurding? — deya so'rabdi. O'spirin:
Ehtiyot bo'lib yurdim, — debdi.
—   O'g'lim, men beradigan javobni o'zing berding. Bu dunyoda ehtiyot bo'lib yurasan va ehtiyot bo'lib muomala qilasan!

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:19:22

O'g'lim Musomurod! Hayotda yo yaxshi so'zla yo sukut saqla. O'ylamasdan so'zlama. Rasululloh(s.a.v.) ham bir muborak hadislarida: «So'zlasang xayrli so'zla, xayr bilmasang sukut saqla», deganlar. Xayrdan uzoqlashgan kufrga yaqinlashadi. Pichoq yarasi tanga, so'z yarasi jonga. Yomon so'zlar yuraklarda yaralar paydo qiladi. Doimo xayrli so'zlashni dastur qilib ol.

O'g'lim Musomurod! Bir marta ko'rishgan kishilaring bilan ehtiyot bo'lib so'zlash. Har qanday siringni aytma, bir kun kelib biror sabab bilan do'stlar ham dushmanga aylanishi mumkin. Aytgan sirlaring achchiq oqibatlar keltirishi mumkin. Dushmaning undan qurol o'rnida foydalanadi.

Hamma narsada xotirjam bo'lishga harakat qil. Sog'liq va saodat xotirjamlikdadir. O'g'lim, ko'rib turibsanki, muvaffaqiyatlar kaliti badan sihati va xotirjam vaqt ne'matini bilganlarga beriladi. Inson shu ikki ne'matni bilsa, eng yuksak darajaga erishadi.

Doimo hayotda sog'lig'ingni ehtiyot qil, xotirjam vaqtdan unumli foydalan. Mana shuni dastur qilib olsang, sao¬dat va salomatlikka yetishish yo'lini tanlagan bo'lasan.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:20:59

Oila boshlig’ining vazifalari

Bolaginam! Oila jamiyatning eng kichik va asosiy bo'lagidir. Oila qanchalik sog'lom, toza bo'lsa, jamiyat hayoti ham shunchalik pokiza bo'ladi. Oila hayoti qanchalik yuksak axloq, ilmu urfonga asoslangan bo'lsa, jamiyat hayoti ham shunchalik sog'lom bo'ladi. Shuning uchun jamiyatning eng kichik negizi bo'lgan oila boshlig'i zimmasiga katta mas'uliyat yuklatilgan. Oila boshlig'i — oila hokimidir. Oiladagi farzandlarni o'qitib, tarbiyalab ulg'aytiradi, unga buyruq beradi.

Har bir farzand ota-onaga omonat. Ota-ona Alloh bergan omonatni yaxshi qarab, tarbiyalab, voyaga yetkazishi kerak. Aks holda, omonatga xiyonat qilgan bo'ladi. Ota-ona Alloh oldida doimo mas'uldir.

Farzandga yaxshi ism qo'yish, unga dinni o'rgatish va to'g'ri yo’l ko'rsatish har bir ota-onaning burchi sanaladi.

Men ham senga yaxshi ism qo'ydim. Shu sabab ko'ksimda katta sevinch bor. Sening Payg'ambarirniz(s.a.v.) yo'llaridan yurishingni orzu qilaman. Shunga binoan senga oila boshliqlarining vazifalarini bildirib qo'ymoqchiman.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:22:49

O'g'lim Musomurod! Alloh taolo oila boshliqlarining vazifalarini, shunday bayon qilgan: «Ahlingizni namoz (o'qish)ga buyuring va (o'zingiz ham) unga (namozga) bardoshli bo'ling! Biz sizdan rizq so'ramaymiz, (aksincha), Biz sizga rizq beramiz. Yaxshi oqibat muttaqiylar uchundir» (Toha surasi, 132-oyat).

O'g'lim! Bu oyati karimani yaxshi tushungan oila boshlig'i namozini o'qiydi va oila a'zolariga ham namoz o'qishni buyuradi. Bu dinimiz asosidir. Oqil oila boshlig'i Haqdan kelganga rozi bo'lib, rizqi Haqdan kelganini bilib taqvo yo'lini tutadi.

Suyukli bolajonim! Hazrati Payg'ambarimiz(s.a.v.) shu yo’lni tutgan, shu oyati karimaga binoan kuyovi hazrati Alining(r.a.) uylariga har tong namozda kirar va ularga: "hayyalassolah — turing namozga", deb ularni namozga da'vat qilar edilar.

O'g'lim, namozga da'vat — ota-ona vazifasidir. Allohga imon keltirgan har bir musulmon namoz o'qiydi, dinimiz buyruqlariga amal etadi. Namoz butun ibodat, zikr va duolarni jamlaydi, insonlami turli yomonliklardan saqlaydi. Inson ixlos bilan namoz o'qisa ruhan ham axloqan yuksaladi.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:23:59

O'g'lim! Bu so'zlarni tinglab sen: "Otajon, ko'p namozxonlar borki, ular nafslarini isloh qilolmaganlar-ku", deyishing mumkin.

Ular Haqni haqiqiy tanimaganidan shu holga tushganlar. Biror kishi Allohni yaxshi tanib, Uning sevgisi ila qiblaga boqib duoga qo’l ochib: «Allohu akbar», desa barcha yomon sifatlaridan qutuladi. Mana shunday namoz o'qish insonni
inson qiladi, eng yuksak darajaga ko'taradi. Qalbini Haqqa bergan Haqning sevimli bandasi bo’ladi. U yomonlikdan yiroqlashib yaxshilikka yuz tutadi. Shu sabab o'g'lim, Haqqa haqiqiy qaytgan, namoz o'qigan kishi dinning tayanchini tutgan, asosini qurgan bo’ladi.

O'g'lim Musomurod! Rasulullohimiz(s.a.v.) shu sabab: «Namoz dinning ustunidir, namozini mukammal qilgan dinini mukammal qiladi, namozini buzgan dinini ham buzadi», deganlar.

O'g'lim Musomurod! Har bir narsaning poydevori bo’ladi. Dinning poydevori namozdir.
O'g'lim, shuning uchun, yuqoridagi oyati karimaga binoan ota-onalar farzandlariga, ahliga namoz o'qishni buyurib, dinimiz buyruqlarini bajarishga tashviq etishlari kerak. Bu tamal, bu tirgak qanchalik sog'lom bo'lsa, insonning Allohga muhabbati ham shunchalik mustahkam bo'ladi. Har bir namoz o'quvchi, Allohning amrini bajaruvchi saodatmand bo'ladi.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:25:12

Ota-ona doimo farzandlariga shu saodat yo’llarini ko'rsatib, insonlarni falokatdan qaytaradilar. Chunki har bir ota-ona farzandiga mas'uldir, oilasi, farzandlarining cho'ponidir. Cho'pon suruviga mas'ul bo'lganidek, ota-ona qo'l ostidagilarga mas'ul. Rasulullohimiz(s.a.v.) ham bir muborak hadislarida: "Har biringiz cho'ponsiz. Har biringiz o'z qaramog’ingizdagilarga mas'uldirsiz. Hukmdor cho'pondir. U o'z raiyasiga mas'uldir. Er o'z ahliga mas'uldir. Ayol eri(ning) uyida cho'pondir. U uyga mas'uldir. Har biringiz bir cho'ponsiz va qaramog'ingizdagilarga mas'uldirsiz!" deganlar.

O'g'lim Musomurod! Bu dunyo mas'uliyat dunyosi. Ota-ona farzandlarini to'g'ri yo’lga boshlaydi. To'g'ri yo'ldan adashsa, ota-onaga itoat qilmasa, jahanhamga tushadi. Bu yo’lda ota-onaga itoat etmas ekan jahannamdan qutilish yo'q.

O'g'lim! Hayotda rizq uchun talashib o'zingni ovora qilma! Rizq beruvchi Allohdir. Sen harakat qilish yo’lidan bor, shu sening rizqingni topib beradi, rizq eshigini mehnat ochadi.

Toho surasi 132-oyatida Alloh taolo:
«Biz seni rizqlantiramiz», deb marhamat qiladi.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:26:01

Sen namozingni o'qi, Haqqa ko'ngil ber, ishla, qayg'udan yiroqlashib rizqingni Rabbingdan so'ra, rizq beruvchi Udir, rizq talashmasdan "Allohu akbar" nidosi bilan rukuga, sajdaga bor.

Kahf surasining 4-oyati karimasida: «Hamma narsa sababdir», deya marhamat qilinganidek, sabablarga tavassul et, rizq uchun harakat qil. Hamma narsa harakatdan vujudga keladi, sunnati ilohiy ham shudir.

O'g'lim Musomurod! Ekmasang, tikmasang, ishlamasang biror narsani qo’lga kiritolmaysan. Hamma narsani Allohdan so'raysan, Unga ibodat qilasan. Rizqing uchun ham ishlashing kerak. Haq beradi, xalqdan so'rash yo'q. Allohga yolvorasan, keyin qo'lingni ochib berilgan quvvat va qudrat bilan U ko'rsatgan yo'ldan ketasan. Ha, qul Haqdan so'rasa, haqiqiy qul bo’ladi. Xalqdan so'rasa, mushrik bo’ladi, Zero, rizq beruvchi Allohdir. Harakat qilish vosita, xolos.

O'g'lim Musomurod! Sevimli Payg'ambarimiz(s.a.v.): «Rizq eshiklari yopiq. Sa'y-harakat uning kalitidir», deganlar. Oila boshlig'ida farzandini dinga da'vat qilish vazifasi bo'lganidek, dunyoviy ishlarda ham Alloh buyurgan yo’lga boshlash ota-onaning vazifasidir. Sen ham bu dunyoda halollik yo’lini izla va shu yo'ldan borib rizq eshiklarini och. Ota-ona shu pokiza yo’lga boshlashga mas'ul. Sen ham ular ko'rsatgan yo'ldan borishga mas'ulsan. Shu mas'uliyat seni jahannam azobidan qutqaradi.

Qayd etilgan