Muhammad Kamol. O'g'limga 12 nasihat  ( 53106 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:26:37

O'g'lim Musomurod! Umuman olganda, ota-onaning haqiqiy vazifasi shudir. Allohdan qo'rq, namozingni o'qi, ro'za tut. Ayni paytda, dunyoni tashlama. Uning ichida turib, oxirat uchun hozirlik ko'r. Ham dining, ham dunyoing uchun ishla. Mana shu yo'l to'g'ri yo'ldir. Dunyo ishlarida ham Allohni unutma. Allohdan qo'rqib, U ko'rsatgan yo’ldan yurishga harakat qil. Mana shu usul saodat yo'li, Qur'oni karim yo'li, oila boshlig'ining vazifasi sanaladi.

Sevimli o'g'lim! Payg'ambarimiz(s.a.v.) ham shu xayrli yo'lga da'vat etuvchi oila boshliqlarini duo qilib: «Alloh taolo xayrli ishlarga ko'maklashadigan otaga marhamat qilsin», deganlar.

Aziz dilbandim! Ota-ona fidokorlik bilan senga yaxshilikni ko'rsatarkan, isyon qilsang joying jahannamda bo'ladi, undan aslo qutulolmaysan.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:27:14

Payg'ambarimiz(s.a.v.) oila boshliqlarining vazifalari haqida: «Farzandlaringizni Alloh va Rasuliga, Payg'ambar ahli baytiga, Qur'oni karim qiroatiga muhabbat bilan tarbiyalangiz», deganlar.

Mana o'g'lim Musomurod! Alloh va Rasuliga itoat, Qur'oni karimni o'qish, namoz o'qish, Yaratganning amrlarini bajarish, Payg'ambarimiz(s.a.v.) ahli baytini va asxobini sevish oila boshlig'ining vazifasi bo’lganidek, uning yo’lida dunyo ishlarini bajarish ham oila boshlig'ining farzandlariga tashviq etishi lozim bo'lgan vazifalar jumlasiga kiradi.

Ha o'g'lim, ota-ona bu to'g'ri yo'lga farzandlarini boshlashi lozim. Bunday ota naqadar ajoyib ota, uning so'ziga kiruvchi farzand ham naqadar yaxshi farzanddir. Bu yo’ldagi oila juda ham baxtiyor oiladir. Bu yo'lga boshlagan otaga isyon qilgan farzand juda zolim va baxtsizdir.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:29:45

Ota-ona haqqi

O'g'lim Musomurod! Insonda Haq va xalqning haqi bor. Haqqa tegishlisi «huququlloh» deyiladi, xalqqa oidiga «huquqi ibod» deyiladi. Bundan oldin esa ota-ona haqqi keladi. Huququlloh Allohga shirk keltirmasdan birligini tasdiqlab toat-ibodat qilishdir. Huquqi ibod esa, avvalo ota-onaga itoat qilib, xizmatida bo'lish, qarindoshlarini unutmasdan yo'qlab turish, ularga ehson qilishdir. Bevalarga, yetimlarga. qo'ni-qo'shnilar, musofirlar va qo'l ostidagilarga ochiq chehra bilan muomalada bo'lib, yaxshilik qilish, ular bilan salomlashish, bemor bo'lsa borib ko'rish, janozalariga qatnashish, maslahat so'rasa berish, aksa urib, «alhamdulilloh» deganda, «yarhamukalloh» deyish bandadagi bandaning haqlari hisoblanadi.

Payg'ambarimiz(s.a.v): «Alloh va Payg'ambariga ishongan qo'shnisiga yaxshilik qilsin. Allohga va qiyomat kuniga ishongan, mehmonga izzat ko'rsatsin. Allohga va qiyomatga ishonganlar yaxshi so'zlasin yoxud sukut saqlasinlar. Jabroil menga qo'shni haqqiga rioya qilishni vasiyat qildi. Jabroilning bu qadar ahamiyat berishidan, qo'shni qo'shniga voris qilinsa kerak deya o'yladim», dedilar.

Ey nuri diydam! Bu hadisi sharifni yaxshilab tahlil etsang, Alloh va Rasuliga ishongan kishi qo'shnisiga, meh¬monga yaxshilik qilish, ularga yaxshi gapirish yoki sukut saqlashni tushinib olasan. Ammo ota-ona haqqi barcha haqlardan ustun turadi. Alloh va Rasuliga ishonuvchi har bir musulmon ota-onasiga itoatda bo'lishi lozim. Aks holda, mardud bo'ladi. O'g'lim, ota-onaga osiy bo'lgan banda ibodatini Alloh qabul qilmaydi.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:31:34

Luqmon surasining 14-oyati karimasida: «Menga, ota-onangga shukr qil», deyilgan. Bir kishi Allohga shukr qilib, uni dunyoga keltirib, asrab-avaylab ulg'aytirgan ota-onasiga shukr etmasa, Allohga shukr qilmagandek bo'ladi.

Alloh taolo aytadiki: «Biz insonga, ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya etdik». Zero, onasi insonni zaifligiga qaramasdan qornida ko'taradi. Ikki yil sut beradi. Va aytdiki "Ey inson! Sen menga va ota-onagga shukr qil. Oxiratda faqat Mening huzurimga kelasan. Mening huzurimdan boshqa boradigan joy yo'q. O'sha payt sendan, ota-onangga shukr qilgan qilmaganingni so'rayman".

O'g'lim Musomurod! Shu oyati karimani o'qib, ota-ona haqqi qanchalik buyukligini anglab yetasan. Onaning haqqi ota haqqidan ko'pdir. Alloh taolo ona haqida: "Onasi inson¬ni zaif holida, zaif qornida ko'taradi", deydi. Ona farzandini ne mashaqqatlar va qiynoqlar bilan dunyoga keltiradi. Farzand ona qornida rivojlanish jarayonida ona zaiflashadi. Bu kuchsizlik va og'riqlar bola tug'ilgunga qadar ortib boradi. Farzand dunyoga kelgandan keyin ham ona mehrini berib farzandini tarbiyalaydi. Farzandini emizadi. Turli kasalliklardan himoya qiladi.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:33:04

Ota-onaga yaxshilik qilmaganlar, ertaga huzuri ilohiyda so'ralishini bilsinlar, turli mehnat-mashaqqatlar chekkan ota-onaga qarshi chiquvchilar o'sha kun qay ahvolga tushishlarini o'ylasinlar.

Buni yaxshilab tushunib anglaginki, ertaga huzuri ilo¬hiyda osiylar safida bo'lib qolmagin.

O'g'lim! Ota-onaga itoat Alloh nazdida eng fazilatli amaldir. Inson shu bilan eng maqbul banda bo'la oladi.

Payg'ambarimizdan(s.a.v.) asxoblaridan biri:
—   Ey Rasululloh(s.a.v.), amallar ichida eng fazilatlisi qaysi biri? — deya so'radi.
Rasululloh(s.a.v.):
—   Namozni vaqtida ado etish, — dedilar. Sahoba yana:
—   Undan keyingi fazilatli amal nima? — dedi. Rasu¬lulloh(s.a.v.):
—   Ota-onaga itoat etishdir, — dedilar. Sahoba shundan keyin:
—   Ey Rasululloh(s.a.v.), undan keyin qaysi amal fazilatlidir? — deya so'rabdi. Rasululloh(s.a.v.):
—   Alloh yo’lida jihod qilishdir, — debdilar.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:34:22

O'g'lim, shu hadisi sharifdan ham ota-onaga itoatning buyukligini bilib olasan.
O'g'lim Musomurod! Alloh taolo avval kelgan ummatlarga ham ota-onaga itoat qilishni buyurgan. Bu ota-onaga itoatning yuksakligini ko'rsatadi.

O'g'lim, Baqara surasining 83-oyati karimasida: «Eslang, Isroil avlodidan: "Faqat Allohgagina sig'inasizlar, ota-ona, qarindosh, yetim va miskinlarga yaxshilik qilasizlar, odamlarga shirinso'z bo’ling, namozni mukammal ado eting, zakot bering", deb ahd olgan edik», deyilgan.

Demak, Alloh bizdan avval o'tgan ummatlardan ham ota-onaga itoat etish haqida ahd olgan ekan. Bu, masalaning naqadar muhimligini ko'rsatadi.

O'g'lim, onaning haqqi otanikidan ko'proqdir.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:36:13

Bir zot Rasululloh(s.a.v) yonlariga keldi va:
—   Ey Rasululloh(s.a.v.), mening himoyamga va yaxshiligimga eng munosib kishi kim? — deb so'radi.
—   Onangdir, — dedilar U zot.
—   Keyin kim? — deya so'radi. Rasululloh(s.a.v.):
—   Onangdir, — dedilar.
—   Keyin kim? — deya so'radi. Rasululloh(s.a.v.):
—   Onangdir, — dedilar.
—   Keyin kim? — deya so'radi yana. Rasululloh(s.a.v.):
—   Otangdir, — deb javob berdilar.

O'g'lim Musomurod! Bu hadisi sharifda uch marotaba onang deyilishi va to'rtinchisida otang deyilishi, ona haqqining ota haqqidan qanchalar buyukligini ko'rsatadi. Ularga qanday lutfu ehtirom ko'rsatishimiz lozimligini bildiradi.

O'g'lim, bularni bilib olgach, qalbingdan bir savol tug'iladi: "Otajon u holda ota-onamga qanday muomalada bo'lishim kerak?"

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:38:01

Qur'oni karimning Al-Isro surasining 23-oyati karimasida: «Ularga uf dema va ularni jerkima! Ularga doimo yoqimli so'z aytgin!» deyilgan.

Ota-onaga teskari qarash, qo'l siltash u yoqda tursin, hatto ularga nisbatan «uf» so'zini ham ishlatmaslik kerak. Ey qalbim quvonchi o'g'lim Musomurod! Ota-onasini rozi etgan farzand Allohni rozi qilgan bo'ladi. Ota-onang seni to'g'ri yo'lga da'vat qilsa, o'sha yo'ldan borish sen uchun saodatdir. Al-Isro surasining 23-oyati karimasida: "(Ey inson) agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga uf dema va ularni jerkima! Ularga doimo yoqimli so'z aytgin!" deyilgan. Ya'ni ularga ochiq chehra bilan onajon, otajon deb muomalada bo'l.

Al-Isro surasining 24-oyati karimasida: «Ular uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va (duoda) "Ey Rabbim! Meni (ular) go'daklik chog'imda tarbiyalaganidek, Sen ham ularga rahm qilgin" deb ayt!» deyilgandir.

O'g'lim Musomurod! Ota-ona haqqi Alloh huzurida buyuk haqdir. Ularga nazokatli so'zlarni so'zla. Ularga doimo ochiq chehrada, muloyim munosabatda bo'l. Ularga mehr-shafqat ko'rsat. Doimo duo qil: «Yo Rab! Ota-onam meni go'dakligimdan qanday mehr-marhamat bilan ulg'aytirgan bo'lsa, sen ham ularga marhamat qil va rahm qil!» degin. Shuni bilki, ota-ona haqqini to'la ado eta olmaysan.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:39:40

Rasululloh(s.a.v.) yonlariga bir o'spirin kelib:
— Ey Rasululloh(s.a.v.), men keksa onamni yelkamda olib yuraman, haqqini ado eta oldimmi? — deya so'rabdi. Rasululloh(s.a.v.):
—   Yo'q, u seni yelkasida ulg'aysin deb olib yurdi, sen esa uni qachon o'larkan deya, o'ylab olib yuribsan, — debdilar.

Yana bir kun bir o'spirin kelib, otasidan shikoyat qilibdi.
—   Otam mening molimdan olib istagancha sarflaydi. Buyuringki, mening molimga tegmasin, — debdi. Rasu¬lulloh(s.a.v.) otani chaqirtiribdi. Ota Rasululloh(s.a.v.) huzurlariga kelib:
—   Yo Rasululloh(s.a.v.), bir paytlar o'g'lim zaif edi, men baquvvat edim. Undan hech narsani qizg'anmadim. Hozir u baquvvat, men zaifman, u badavlat men faqirman. O'g'lim esa meni shu faqir holimda molidan foydalanishimni ta'qiqlayapti, — deya yig'labdi. Rasululloh(s.a.v.) bu holatdan ranjidilar. Sahobalar ham uning so'zlaridan ranjib ko'z yosh to'kishdi. Rasululloh(s.a.v): «Sen va moling otangnikidir", dedilar.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:41:11

Uch amr va uch ta'qiq

O'g'lim Musomurod! Qur'oni karim Nahl surasining 90-oyati karimasi barcha yaxshi va yomon xulqlarni uch amr va uch ta'qiqda jamlagan: "Albatta Alloh adolatga, ezgu ishlarga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyurar hamda buzuqchilik, yovuz ishlar va zulmdan qaytarur. (U) eslatma olursizlar, deb sizlarga nasihat qilur".

O'g'lim, bu oyati karima insoniyat uchun katta nasihat va mo’jiza sanaladi.

Bu mojiza sirdan voqif bo'lganlar ushbu oyati karimani «Ruhi Qur'on» ham deyishadi. Barcha fozil axloqlar uch amrda, razil axloqlar esa uch ta'qiqda berilgan. Bu dunyo qonunlarining asosidir. Dunyo saodat va salomatlikka shu oyati karima sirini bilish va amal qilish bilan erishadi. Rasululloh(s.a.v.) bu oyati karimaning buyuk sirini har juma xutbalarida bayon etganlar: «INNALLOHA YA'MURU BIL ADLI VAL EHSAN» oyati karimasi bilan uch muhim axloqni buyurib, uch muhim yomonlikdan saqlanishni aytganlar.

Qayd etilgan