Muhammad Kamol. O'g'limga 12 nasihat  ( 53156 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:42:04

O'g'lim Musomurod! Sen bilan endi shu oyati karimaning mo’jizaviy haqiqatini tahlil qilamiz. Yaxshilab tingla. Haqiqat nuri bilan umring charog'on bo’ladi. O'g'lim, Alloh taolo bu oyati karimada uch narsani buyuradiki, ular jamiki go'zal axloqlarning onasi sanaladi. Insonlar shu amrni bajarsalar, go'zal axloq sohibi bo'ladilar. Jamiyat ham shu go'zal axloq bilan farovonlik va sadoqatning eng yuksak cho'qqisiga ko'tariladi. Barcha qonun va buyruqlar shu uch go'zal dasturdan hayot topadi. Alloh bu oyati karimada uch narsani man qilganki, bu ham barcha yomonliklar yo'lini to'sadi. Odamlar va butun jamiyat bundan saqlansa, turli yomonliklar oldi olinadi.

Ey qalbimning quvonchi! Alloh avvalo shu oyati kari¬mada adolatni buyurgan. O'ylab ko'r, adolat jamiyat hayotining asosi emasmi? Adolat bo'lmasa, jamiyat inqirozga yuz tutadi. Adolatli jamiyatda, insoniyat saodatga erishadi. Adolatsizlik inson uchun zulm, adolat esa rahmatdir. O'g'lim, sen: "Adolat nima?" deb so'rashing mumkin.

O'g'lim, adolat hamma narsani to'g'ri hal qilish demakdir. Adolatdan yiroqlashgan jamiyat zulmga yaqinlashadi, insonlar katta iztirobga duch keladi. Adolat eng katta yo'nalishdir. Imom G'azzoliyning fikricha, ishni adolatli hal etish lozim. Insoniyat faqat adolat bilangina hayot topa¬di. Alloh taolo yuqoridagi oyati karimada avvalo adolatni buyurgan. Rasululloh(s.a.v.) ham: «Al adlu asasul mulk», deya mulkning asosi adolat ekanligini ta'kidlaydilar.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:43:20

Oyati karimada Alloh taolo adolatdan so'ng ehsonni buyuradi. Ehson yaxshilik deganidir. Insonlarga foyda keltiradigan har bir yaxshilik ehson sanaladi. Yaxshilikni hammaga qilish kerak. Alloh taolo shunga buyurgan.

O'g'lim Musomurod! Ehsonning islomiyatda juda katta qiymati bordir. Alloh taolo yaxshilik qilguvchilarni sevadi. Shu bois ahli imon doimo yaxshilik yo'lidan yurishgan. Har tomonda ko'priklar, kutubxonalar, madrasalar, imoratlar qurdirib, har yaxshilikka bosh bo'lib qimmatli asarlar qoldirishgan. Islomiyatda adolat va ehson jamiyatni falokatdan qutqaruvchi buyuk dastur sanaladi. Adolat bilan jamiyat yuksaladi. Ehson bilan esa insonlarning ko'ngil rizoligiga erishiladi. Yaxshi qalb egalari insoniyatga kuch bag'ishlaydi.

Bu oyati karimada qarindoshlarga yaxshilik qilish ham buyurilgan. Rasululloh(s.a.v.) bir hadisi shariflarida: "Yo'qsillarga berilgan sadaqa yaxshi, ammo qarindoshlarga berilgan sadaqaning savobi ikki hissa ortiq", deganlar.

O'g'lim Musomurod! Ko'rinib turibdiki, yaxshiliklarda ham bir tadrijiy bosqich bor.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:44:11

Alloh taolo uch narsaga buyurdi va uchta yomonlikdan qaytardi. Biri «fahsh», ya'ni uyatsizlik, jirkanch harakatlar. O'g'lim, beorlik insonni hayvonga tenglashtiradi. Uyalmagan ko'z-hayvon ko'zi bo'lib, yomonlik bilan boqadi va undan zavqlanadi. Hayo imondandir. Qalbda imoni bor odamning ko'zida hayosi bo'ladi. Yomon qaramaydi, yomon so'zlamaydi, g'ayri qonuniy ishlar qilmaydi.

Ta'qiqlangan uch yomonlikdan ikkinchisi esa, munkar ishlardir. Inson ba'zan g'azab otiga minib, yomonlikka yuz tutadi. Haqning amrini unutib, haromga qo'l uradi. Xullas, shar'an harom bo'lgan narsa munkar sanaladi.

Yolg'on gapirish, g'iybat qilish, hasad ham munkar amallar qatoriga kiradi.

O'g'lim, haddan oshish deyiluvchi holat ham borki, bu ham insondagi quvvai vahima ta'sirida yuzaga chiqadi. Kibr g'urur va manmanlikka boshlaydi. Butun jamiyat hayoti bundan azob chekadi.

O'g'lim Musomurod! Inson shu uch ezgulikka amal etib, uch yomonlikdan yiroqlashsa, haqiqiy insonga aylanadi. Islomiyat ruhi bilan yashaydi.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:45:12

Nafsni yengish

O'g'lim Musomurod! Dunyodagi barcha yomonliklar nafsni yengolmaslik oqibatida kelib chiqadi. Nafsini yengolmagan kishi doimo zalolatga ketadi. Qulog'iga nasihat kirmaydi, ko'ziga haqiqat ko'rinmaydi. Nafsini yengolmagani uchun payg'ambarlarni inkor qiladi, so'zlarini noto'g'ri tushunadi, o'zini turli falokatlarga boshlaydi.

Mening qimmatli bolajonim! Haqiqatni ko'rish, bilish uchun nafsni yengish kerak. Nafsingni yomon hislardan qutqarsang, haqiqat nuri ila hidoyatga yetasan. Faqat o'shandagina bu dunyoga kelib-ketishning mohiyatini anglaysan. Rabbisini bilgan va sevganlardan bo'lasan. Dunyoning eng pokiza insonlari nafsiga hokim bo'la olganlardir. Payg'ambarlar nafsiga hokim, yomonlikdan yiroq bo’lgan insonlar edilar.

Nafs insonni yomonlikka boshlaydi. Bu tuyg'u har kimda har xil tarzda bo’ladi. Buyuk insonlar nafsini toptab, arshga yuksaladilar. Nafsning sofligi bilan inson pok bo'ladi. Nafs sofligi deganda yaxshi insonning yomon hislardan yiroqlashishi tushuniladi.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:46:23

O'g'lim, inson bu dunyoga kelgach, yomonlardan qutulolmaydi. Yaxshi bo’lsang ham, ular senda bo'lmagan narsalar bilan tuhmat qilishadi.

O'g'lim, Muso alayhissalomdek bir zot ham odamlarning bu yomonliklaridan Rabbisiga shikoyat qildi:
—   Ey AJlohim, bu odamlar menga tuhmat qilishyapti, — dedi.
Rabbisi unga:
—   Ey, Muso! Bu xalqni men yaratgan bo'lsam ham, menda bo'lmagan sifatlarni aytib g'iybat qilishadi, men sabr qilaman, sen ham sabr qil, — dedi.

Ko'rib turibsanki, xalqning g'iybatidan qutulish yo'q, Alloh taoloni ham g'iybat qilishadi. Uni sabr bilan yengish mumkin. Mana shu sabr, nafsni oyoq osti qilish yo'lidir.
Hasan Basriydek buyuk zot:
"Biz tajriba qildik. Bizdan avvalgilar ham tajriba qilishgan. Dunyoda sabrdan foydali narsani topolmaymiz. Barcha ishlarni sabr bilan isloh etamiz", deganlar.

O'g'lim, sen sabrning go'zal oqibatlarini eshitgach: "Otajon, sabr nima?, deb so'rashing mumkin.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:47:03

O'g'lim, sabrni har kim har xil tushunadi va amal qiladi. Men senga buni ikki so'z bilan izohlayman.

Sabr nafsoniy hayajonlarni yengishdir. O'g'lim, insonda go'zal hislar bo'lganidek, yomon hislar ham bo'ladi. Shu yomon hislar xurujidan ogoh bo'l. Yomon so'zlarni gapirishdan tiyilgin. Ko'zingni yomon narsalarga qarashdan saqla. Har qanday tuban tuyg'ulardan yuksakda tur. Mana shu sabrdir. O'g'lim, hayot beshikdan qabrgacha kurashdan iborat. Bu kurash jarayonida sovuqqon bo'lish kerak. Agar o'rinsiz alangalansang, yomon hislar seni yomonlikka boshlaydi. Uni sovuqqonlik bilan yengish mumkin. Sovuqqonlik nafsiy hayajonlarga zarba beradi. Insonni yomonlikka boshlovchi yomon hislar bilan kurashishi eng katta jihod sanaladi.

Rasululloh(s.a.v.) bir jangdan qaytayotganlarida shu haqiqatni asxoblariga ayon qilib:
—   Biz kichik jihoddan katta jihodga qaytyapmiz, — dedilar. Jangdan qaytayotgan asxoblar hayratlanib:
—   Ya Rasululloh! Biz jangdan qaytayotibmiz, bundan ortiq jihod bormi? — dedilar.
Rasululloh(s.a.v.):
—   Ha, nafs bilan bo’ladigan jihoddir, — dedilar.
Aziz farzandim! Kofirlar bilan bo'lgan jang kichik jihod deb ataldi. Nafs bilan bo'ladigan jihodni esa katta jihod deyildi. Dushman bilan bo'ladigan kurash bir oy, besh oy, bir yil, ikki yil bo'lishi mumkin, ammo nafs bilan bo’ladigan kurash har daqiqa, har kun, kecha-yu kunduz davom etadi. Bu kurashda g'olib chiqqan esa eng buyuk qo'mondondir.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:48:08

Van-noziot surasining 40-41-oyati karimalarida: «Kim Parvardigorning (huzurida) turishdan qo'rqqan va nafsini havolanishdan qaytargan bo’lsa, bas, faqat jannatgina (unga) joy bo'lur», deyilgan.

Rabbidan qo'rqib, havoi nafsini tiyganlarning jannatga kirishlaridan xabar berildi.

Bu oyati karima senga haqiqatlarni anglatadi. Nafsingni yomonlikdan tiysang, jannatga kirasan.

Sen bularni eshitgach, "Otajon, nafsni qanday bilish mumkin?" deyishing mumkin.

O'g'lim, nafsni bilish yo'lida avliyolar kurashdilar, alohida-alohida yo'l tutdilar; shu maqsadga yetishish uchun tutilgan yo'llarni ikki turga bo'lish mumkin. Biri ruhoniy, ikkinchisi esa jismoniy yo’l. Jismoniy yo’l nafsni tiyishdir. Baqara surasining 286-oyati karimasida: "Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani taklif etmaydi," deyilgan. Insonning komillikka yetishish yo’li ruhoniy yo’ldir. Ru¬honiy yo’l esa qalbni Haqqa bag'ishlashdir. Inson doimo Haq zikrida bo’lsa, qalbi ishqdan yonsa, qalbi doimo Haqda, jismi esa xalqda bo'lib, yomon ish va harakatlardan o'zini saqlaydi. Mana shu nafsoniy yomonliklardan to’la tiyilgan kishilar Haqning do'sti bo'lishadi.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:49:49

Biz bularni avliyo deb ataymiz, ular qalbida doimo Alloh zikri bo’lgan zotlardir. Bu darajaga erishish uchun qalb Xudoda, qo’llar ishda, yurak urishda, ko'ngil zikrda bo'lishi kerak. Hazrat Bahouddin Naqshbandiy lutf qilganlaridek: "Dil ba Yaru dast ba kor"

O'g’lim Musomurod! Ko'rinib turibdiki, nafsni yengish uchun ko'ngil Haq muhabbati ila to’lishi lozim. Haq muhabbati ko'ngilga jo bo’lsa, savdo-sotiqda ham baraka bo’ladi. Rasululloh(s.a.v.) ham: «Mening ko’zim uxlaydi, ko'nglim uxlamaydi», deydilar.

Musomurod! Nafsini yengganlar ko'ngli Haqda bo’lib, Haq sevgisi ila hayot topadilar. Bu dunyoning g’am-alamlari ila ko'ngilni buzmaydilar. Ular Alloh sevgisi, Alloh zikri ila ko'ngillarini nurafshon aylaydilar. Alisher Navoiy aytganlaridek:
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko'ngil uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg'u kelmadi.


Inson Allohga tavakkal qiladi, ko'nglini unga bog’laydi.

O'g’lim, Alloh shunaqa harakat qilganlarni sevadi. Rasululloh(s.a.v): "Muvaffaqiyat qozonganlar Allohning do'stlaridir," deganlar.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:53:38

Bu yerdagi «Muvaffaqiyat qozonganlar» birikmasi Alloh rizoligini topish uchun moddiy va ma'naviy sohalarda ishlaganlar, degan ma'noni anglatadi.

Suyukli o'g’lim Musomurod! Hamma narsaning boshi sog’lom fikrlash, o'rtasi mehnat, mehnatda ham sabotdir. Buni so'nggi nafasinggacha tadbiq qil. Rasululloh(s.a.v.) ham: "Sizlardan biringizning qo’lingizda bir xurmo ko'chat bo’lgani holda qiyomat qo'padigan bo’lsa ham baribir eksin. Qiyomat qo'pyapti deb otib yubormasin," deganlar.

O'g'lim, inson faqat o'zi uchun yashamaydi. Boshqalar uchun ham yashaydi. Har sohada yaxshi yodgorlik qoldirishga harakat qiiadi.

O'g'lim, senga bir hikoyani so'zlab beraman. Xorun Rashid bir kichkina nihol ekayotgan qariyani ko'rib qoldi. Unga:
—   Otaxon! Sen bu ekayotgan niholning mevasini ko'rmaysan-ku, bu qadar terlab pishasan. O'zingni qiynama, — dedi.
Xorun Rashidga:
—   Ey podshoh! Bizdan avvalgilar daraxt ekdilar. Biz ulardan bahramand bo'ldik. Endi biz ham ekayapmizki, bizdan keyingilar bahramand bo’lsin, — dedi.
Xorun Rashid qariyaning bu hikmatli so'zidan mamnun bo'libdi. Darhol cho'ntagidan bir oltin olib qariyaga uzatibdi. Qariya:
—   Podshohim! Ko'rdingizmi? Ekkan niholimni mevasini hozir oldim, — debdi.

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 11:54:39

To'g'ri so'zli bo’l

Suyukli farzandim! Yomg'irlar quruq yerga hayot berganidek, nasihat ham o'lik qalblarga hayot baxsh etadi.

O'g'lim, din nasihatdir. Sevimli Payg'ambarimiz(s.a.v.) bir kun uch marotaba: «Din nasihatdir, din nasihatdir, din nasihatdir...», deganlar. O'g'lim, nasihatdan maqsad insonlarga kuch bag'ishlovchi, ularni g'aflatdan uyg'otuvchi xayrli samimiy so'zlardir. Insonlar bu xayrli so'zlardan bahra topadilar, din va dunyo ishlarida yaxshilikka yo'naladilar. Nasihatlar yaxshilikka boshlaydi. Insonlar buyuk zotlarning so'zlarini eshitgach, obi hayot ichgandek fikrlari o'zgarib, insoniylikni anglab yetadilar. O'g'lim, mana shunday hayotbaxsh so'zlami tinglash sen uchun buyuk ne'matdir. Uning so'zlari seni quvvatlantiradi. Shu sabab bunday insonni topish dunyo xazinasini topishdan ham afzaldir. Quyosh nurlaridan qorlar eriganidek, sening ham barcha yomon fikrlaring, g'am-alamlaring ular qarshisida mahv bo'lib ketadi. Quruiq yerga yomg'ir kuch berganidek, ularning so'zlari ham qalbga quvvat bag'ishlaydi. O'g'lim, ko'p kitob o'qish, tajriba orttirish, o'sha zotlar yonida bo'lib nasihat tinglash foydalidir. Rasululloh(s.a.v.) ham: «Avval nafsingga nasihat qil, so'ngra xalqqa», deganlar. Alloh taolo: «Ey, imon keltirganlar, sizlar nega o'zlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz deb) aytursizlar?!» (Saf surasi, 2-oyati) deya marhamat qilgan.

Qayd etilgan