Muallif Mavzu: Muhammad Zohid Qo'tqu. Mo'minning sifatlari  ( 31111 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MO’MINNING SIFATLARI. Muhammad Zohid Qo'tqu
« Javob #45 : 03 Fevral 2009, 09:35:38 »
-36-
MO’MIN MO’MINGA BIRODAR


"Musulmon musulmonning birodaridir". (“Ramuz al-ahodis” 235\9, Hazrati Abu Hurayra va Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhumo rivoyat qilganlar.)

Mo‘minlar bir-birlariga birodardirlar. Ularning ozod, qul, kambag‘al, boy, keksa yoki yosh bo‘lganliklarida aslo farq yo‘q. "Faqat mo‘minlargina bir-birlari bilan birodardirlar" oyati karimasining sharofati ila bu birodarlik bir ota-ona naslidan bo‘lgan aka-ukalikdan ustun qo‘yilgan. Zero, aka-uka qarindoshligi dunyoviydir. Iymon va Islom birodarligi esa ham dunyoga, ham oxiratga taalluqlidir.

Ushbu hadisi sharifning naql qilinishiga quyidagi voqea sabab bo‘lgan ekan. Roviy hazrati Hanzala raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni ziyorat qilmoqchi bo‘libdilar. Voil ibn Hojar degan zotni ham yonlariga olibdilar. Yo‘lda Voil ibn Hojarning dushmanlari uchrab, uni qo‘lga olmoqchi bo‘libdilar. Shunda Hanzala: "U mening birodarim" deb qasam ichibdi. Dushmanlar uning so‘ziga ishonib, Voilga tegmabdilar. Rasululloh huzurlariga kelgach, Hanzala hodisani bayon etibdi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "To‘g‘ri aytibsizlar, musulmon-musulmonga aka-ukadir", debdilar.

Hadisning to‘liq matni esa bunday: "Musulmon musulmon uchun aka-ukadir. Unga zulm qilmaydi, molini nohaq tortib olmaydi, Haqqini ham kamaytirmay beradi"... (“At-tarhib vat-tarxib”, 3-jild, 610-bet.)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MO’MINNING SIFATLARI. Muhammad Zohid Qo'tqu
« Javob #46 : 03 Fevral 2009, 09:36:10 »
Musulmon kishi dindosh birodarlariga yordamini ayamaydi. Uning qiyinchiligini bartaraf etishga, unga boshqa taraflardan keladigan jabru zulmni qaytarishga harakat qiladi. Birodarlarining orasini isloh etadi, unga suyanilganida ishonchni oqlaydi. Chunki musulmonlikning rusumi shunday. Birodarini tahqirlamaydi, uning ustidan kulmaydi, istehzo etmaydi. Zero, u ham Allohning bandasi. Uni ham Alloh yaratgan. Ammo bir jihatdan zaifroq, faqirroq.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam qalblarini ko‘rsatib: "Taqvo shu yerda" deganlar. Allohdan qo‘rqish kufr, shirk va gunohlardan saqlanib, solih amallar qilishga vositadir. Ul zot yana ko‘ksilarini ko‘rsatib: "Kishining yomonligiga musulmon birodarini tahqirlashi yetarli dalildir", deganlar.

Islomda insonni kambag‘al, miskin, kuchsiz bo‘lganligi uchun haqoratlash, haqir ko‘rish juda yomon odat hisoblanadi. Chunki hamma ham Allohning bandasi. Faqat birisini chiroyliroq, boyroq, ikkinchisini kuchsizroq, kambag‘alroq yaratgan. Insonning vazifasi birodarini tahqirlash emas, balki unga yordam berib, duosini olishdir. Zero, ko‘ngillar nozik bo‘ladi. Faqir mo‘minlar o‘z taqdirlariga rozi bo‘lganlaridan Haq nazdida ularning qadr-qiymatlari baland. Duolari ham mustajobdir. Sevimli Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Vido xutbasida bunday deganlar:

"Ey insonlar! Shubhasiz Rabbingiz yagonadir. Otangiz ham bir. Ya’ni barchangiz Odam alayhissalomning avlodlarisiz. Ogoh bo‘lingizkim, hech bir arabning ajamdan, ajamning arabdan ustunligi yo‘q. Qizil tanlining qora tanlidan, hora tanlining qizil tanlidan afzalligi yo‘q. Ustunlik faqat taqvodadir. Chunki Allohning nazdida eng mukarramingiz taqvodorrog‘iningizdir… (Xutba oxiriga qadar mo‘min-musulmonlarga nasihat va tavsiyalar bilan davom etgan)". (“At-tarhib vat-tarxib” 3\612-613\9, hazrati Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qilganlar.)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MO’MINNING SIFATLARI. Muhammad Zohid Qo'tqu
« Javob #47 : 03 Fevral 2009, 09:36:29 »
Agar musulmonlar mazkur hadislarga binoan harakat qilsalar, nomlari, shonu shavkatlari dunyo va oxiratda mangu qoladi. Dunyoda ham jannatdagi kabi yashash mumkin bo‘ladi. Bu faqatgina musulmonlar uchun emas, butun insoniyatga dastur bo‘la oladigan qoidadir. Bu qoidaga amal qilinganda birov-birovning haqqiga xiyonat qilmagan bo‘lardi. Bir-birining moliga, joniga ko‘z olaytirmagan bo‘lardi. "Uning shuncha mol-dunyosi: imoratlari, ulovlari, yozgi va qishki dala hovlilari bo‘lsa, bu nima degan gap?! Bizda esa hech narsa yo‘q. Uraylik, sindiraylik, tortib olaylik, biz ham rohat-farohatda yashaylik", degan vasvasalar xayolga kelmagan bo‘lardi. Chunki qalbiga iymon o‘rnashgan inson, hamma narsani beruvchi Alloh taolo ekanini anglab, taqdiriga tamomila rozi bo‘ladi.

Ulug‘larimiz taqvoni ta’riflab bunday deganlar: "Allohdan qo‘rqmoq, bu – sidqidildan, tavozu’ bilan amal qilmoq, ozga qanoat va oxiratga tayyor turmoqlikdir".

Ayni vaqtda, musulmonlar mol dunyoning ko‘pligiga qarab insonlarga baho bermaydilar. Chunki oxirat saodati dunyoda manmanlik qilmaydigan, fasod ishlardan saqlanadigan zotlar uchundir. “Oqibat-natija taqvodorlarnikidir” oyati karimasi buning yorqin dalilidir.

Aziz birodarim! Bu mulk Alloh taolodan boshqasiniki emas. U o‘z mulkida istaganicha tasarruf etaveradi. Uning izni-irodasi bo‘lmasa, hech narsa o‘zgarmasligini har bir sog‘lom aql egasi biladi. Bizlarni bu dunyoga maxluqotlarning eng karamlisi va mavjudotlarning eng sharaflisi qilib keltirdi. Bizga bu mulkdagi vazifalarimizni bildirish uchun huzuridan bir ilohiy kitob, ilohiy qonunlar majmuasi, bir dastur nozil qildi. Bizlarga bu kitoblardagi buyruq va ta’qiqlarni bildirish uchun payg‘ambarlar ham jo‘natdi.

Oxirgi payg‘ambar Muhammad alayhissalomga tushirilgan Qur’oni karim azimush-sha’nning hukmlari qiyomatgacha boqiydir. Kim bu kitobni sidqu sadoqat bilan o‘qib-o‘rgansa, uning amru nahiylariga amal qilsa dunyo va oxiratning abadiy saodatiga erishadi... Alloh taoloning so‘zlari jamlangan bu mo‘‘tabar kitobdagi suralarni yod olgan kishining fazilati, sharafi ortadi. Qur’onni to‘g‘ri o‘qiyolmaydigan, biron oyat yoki sura yod olmagan kishilar xaroba bir uy kabidirlar. Ularning oxiratlari ham shunga yarasha bo‘ladi. Bu gap bilib turib amal qilmaganlarga ham taalluqli...

Qodir Alloh barchamizni Qur’on o‘qib, unga amal qiladigan bandalaridan aylasin. Bizlarni nafs, shayton, shahvat va o‘zi yomon ko‘rgan bandalarining yomonligidan saqlasin. Bizlarni o‘zi rozi bo‘ladigan amallarni bajarib, oxiratga ham o‘zi rozi bo‘lgan holda boruvchi bandalari qatoriga qo‘shsin!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MO’MINNING SIFATLARI. Muhammad Zohid Qo'tqu
« Javob #48 : 03 Fevral 2009, 09:36:53 »
-37-
MO’MINLARGA YORDAM BERGAN KISHI


"Musulmon musulmonga birodardir. Musulmon o‘z birodariga zulm qilmaydi, boshiga musibat tushganida uni tark etmaydi, uni yolg‘iz tashlab qo‘ymaydi. Kimki o‘z birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qilgaydir. Kimki musulmon kishidan bir ham-tashvishni ketkazsa, Alloh buning sababi bilan Qiyomat kuni uning ham-tashvishini ketkazgay. Kimki musulmon kishining aybini yopsa, Alloh taolo Qiyomat kuni uning aybini yopgay". (“Ramuz al-ahodis” 235\8, Hazrati Ibn Umar raziyallohu anhumo rivoyat qilganlar.)

“Zubdat ul-Buxoriy” asarida o‘rin olgan (â„– 1083) mazkur hadisi sharifni o‘qigan har bir muslim dunyodagi barcha musulmonlar bilan birodar ekanini yaxshi anglab oladi. Agar bu birodarlikni anglamasa, jiddiy xatodir. Bilsa-da, loqaydlik, sustlik qilayotgan bo‘lsa, bu undan ham katta xatodir. Bilib turib qilmaslik, bilmaslikdan ham yomon. Holbuki, bu birodarlik diniy bo‘lgani uchun tug‘ishgan birodarlikdan ham muhimroq, ustunroqdir. Zero, bunday birodarlik abadiy bo‘lib, Allohning roziligini qozonmoq uchun qilingan fidokorlikdir. Tug‘ishgan birodarlik oilaviy manfaatlarga, naslga suyanadi. Ammo islomiy birodarlik faqatgina xolis Alloh uchundir. Bir-biridan manfaat kutmaydi. Natijani oxiratda Allohdan kutishadi. Shu bois, islomiy birodarlik e’tiborli va afzaldir.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MO’MINNING SIFATLARI. Muhammad Zohid Qo'tqu
« Javob #49 : 03 Fevral 2009, 09:37:25 »
-38-
MO’MIN MO’MINDAN IBRAT OLADI


"Musulmon musulmonning ko‘zgusidir. Agar unga qarasa, undan ibrat oladi". (“Jomi as-sag‘ir” 2\159, Hazrati Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat etganlar.)

Musulmon musulmon uchun ko‘zgudir. Ko‘zguning vazifasi barchaga ma’lum: insonning tashqi ko‘rinishidagi butun go‘zalligi-yu xato kamchiliklarini to‘la aks ettiradi. Ko‘zgu yordamida inson o‘zidagi dog‘ va qusurlardan voqif bo‘lib, ularni ketkazishga harakat qiladi. Chunonchi, shu holatda insonlar orasiga kirishdan uyaladi. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam safarga chiqsalar, yonlarida ko‘zgu olib yurar edilar. Ba’zida esa suvga qarab ham qiyofalariga bir razm solib qo‘yar edilar. Ul zot shul amallari ila bizlarga ham doimo usti boshimizni toza va chiroyli tutmoqni tavsiya etmoqdalar. Usti boshi iflos, soch-soqoli iflos, to‘zg‘igan kishilarni ul hazrat yoqtirmas edilar.

Bu hol albatta zohiriy bo‘lishi bilan birga, botinga ham taalluqlidir. Mo‘min-musulmon kishi nafaqat birodarlari uchun, balki butun insoniyat uchun ham ko‘zgu va namunadir.

O’tmishda Xitoy, Indoneziya va boshqa mamlakatlardagi insonlarning Islomga kirishlariga sabab bo‘lgan muhtaram zotlar haqiqiy ko‘zgulik sifatini namoyon etganlar. Ular nuroniy, qalbi va amali bir, to‘g‘ri, halol, taqvodor bo‘lib, Alloh taolo roziligi yo‘lida chekadigan ham-tashvishlarni hech narsaga almashmaydigan insonlar edi. Ularning go‘zal xulq va xizmatlarini ko‘rgan zamondoshlari ularga havas qilib musulmon bo‘lishardi. Hatto Xitoyda ham shunday hodisa ro‘y bergan: ikki sahoba u yerlarga savdo uchun borishganda Xitoy ahli ulardagi to‘g‘rilik, halollik va boshqa fazilatlarni ko‘rib, Islomga shaydo bo‘lib, mehrlari tushib, musulmon bo‘lishgan.

Holbuki, missionerlar qilayotgan har xil aldamchi yordamlarga, targ‘ib va tashviqlarga aldanmasdan, yuzlarida ilohiy nur porlaydigan, xulqlarida go‘zallik sababli millionlab kishilar iymonga kelganlar. Bu o‘sha kungi musulmon ota-bobolarimizning naqadar sof, shaffof bir ko‘zgu va haqiqiy birodar bo‘lganliklarini ko‘rsatadi. Lekin bugungi kunda bir oyog‘imiz qoldirgan iz ikkinchi oyog‘imizga to‘g‘ri kelmaydigan darajada teskari harakat qilayotganimiz ma’lum.

Namozlarimizga, ro‘zayu haj ibodatlarimizga  qarab, musulmon demoqdalar. Ammo muomala qismiga kelganda, turli yolg‘on, hiyla, va’daga vafosizlik, omonatga xiyonat, hasad, g‘iybat va hokazo amallar sodir etilayotganini ko‘rib, musulmonlardan, Islomdan yuz o‘girmoqdalar. Shunday ekan, har bir musulmon o‘zi sodir etayotgan nuqsonlarni tuzatmog‘i lozim. Azizlik Alloh va musulmonlarga xosdir. Musulmon kishi esa o‘zining ko‘zgu ekanini unutmagan holda ana shu azizlikka munosib amallar qilishi kerak.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MO’MINNING SIFATLARI. Muhammad Zohid Qo'tqu
« Javob #50 : 03 Fevral 2009, 09:37:58 »
- 39 -
MO’MIN MUROSAGO’YDIR


“Albatta, Alloh azza va jalla menga farz amallarni bajarishni buyurgani kabi, insonlar bilan murosayu madora qilmoqni ham buyurgandir”. (“Ramuz al-ahodis” 87\2, hazrati Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qilganlar.)

Bugun bir imonsizga: “Kel, sen ham musulmon bo‘l!” – deb faxr bilan dadil ayta olmaymiz. Chunki musulmonlikning cho‘qqisiga, mag‘zi-mohiyatiga hanuz o‘zimiz yetolmaganimizdan, boshqalarga so‘z ayta olishga jasoratimiz bo‘lmayapti. Albatta, biz harakat qilmasak ham, musulmonlikning nurlari atrofga yoyilaveradi. Ko‘ryapsizki, guruh-guruh odamlar musulmonlikka to‘g‘ri, beixtiyor yurmoqdalar. Buni hech kimsa to‘sa olmas.

Ammo bugun ko‘rayapmizki, iymonimizning zaifligi tufayli dinimizni boy beryapmiz. Bu holni bir qo‘ziday tilsiz, churq etmay tomosha qilayapmiz-u, og‘zimizni ochib: “Bu ne hol?” deydigan bir mard musulmon chiqmayapti. Qiyin ahvolda qolgan musulmonlarning yordamiga nechta musulmon intildi? E voh! Bugun gap-so‘zdagina musulmonmiz, xolos. Qilayotgn amallarimizga bir qarab ko‘raylikchi, qay biri musulmonlikka muvofiq kelayotgan ekan. Ana ayollardagi yalang‘och holat! Agar u sening yaqining bo‘lsa, sen qanday qilib bu holga rozi bo‘lmoqdasan! Yaqining bo‘lmasa, "Bu mening opam yo singlim emas" desang, chin musulmon emassan... Ana maorif sohasini olaylik: bolangga diniy tarbiya berdingmi? Allohni tanitdingmi, payg‘ambarni sevdirdingmi, ibodatlarini o‘rgatdingmi? Yo‘q, faqat ularning dunyoda kelajaklarini ta’minlash uchun qilgan fidokorliklar bilan o‘zingni ma’naviy mas’uliyatdan qutqara olarmikansan?
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MO’MINNING SIFATLARI. Muhammad Zohid Qo'tqu
« Javob #51 : 03 Fevral 2009, 09:39:49 »
Bu hadisi sharifning davomida yana shunday bir ibora borki, hammamiz uchun diqqatga sazovor. Inson o‘z ishi, tijorati, kasb-kori uchun qanday himoyachi bo‘lsa, birodarining ishlariga ham, xoh u savdo-sotiq, xoh ziroat, nima kasb bo‘lishidan qat’i nazar, xuddi o‘z ishiga bo‘lganidek va hatto yana ham diqqatli, ziyrak bo‘lib kuzatish, uni  zarar va ziyondan, xato yo‘ldan himoya qilish, diniy birodarligining ilk vazifasi hisoblanadi. Mo‘min kishi qancha befarq bo‘lsa, dinu diyonatga, musulmonlikka shuncha zarar yetadi. Bir kishi musulmon bo‘lsa-yu, o‘z birodariga befarq bo‘lsa, bu naqadar yomon illat. Axir, bunday bo‘lishi mumkin emas. Bundaylarning yo iymoni yo‘q yo boshqalarning yordamiga muhtoj bir bemorday. Boshqacha bo‘lishi haqiqatdan uzoq narsa.

Aziz birodar! Bu hadisi shariflar bizga chiroyli saboqlar, o‘gitlar bermoqda, anglatmoqdaki, musulmonlarning hammasi bir tan, bir jon ekan. Shu boisdan ham juda samimiy, qonunlarga muvofiq bir shaklda musuloonlarga yordam sandig‘i – jamg‘armalarini barpo etish kerak. Xristianlarda yuzlab bunday jamg‘armalar, yordam tashkilotlari bor. Bir musulmon faqir bo‘lgan aka-ukasiga, oshna-og‘aynisiga yordam bergisi keladi, lekin o‘zi faqir, kambag‘al. Ich-ichidan iztirob chekadi, qattiq qayg‘uradi. Ammo bechoraning qo‘lidan nima ham kelardi? Biroq musulmonlar, jamiyat o‘laroq ko‘p narsalar qilishlari mumkin. G’ayratlari va himmatlariga muvofiq huzur-halovat va saodatga ega bo‘ladilar.

Qarang, boshqa qavmlarni, g‘ayridinlarni ko‘rmayapsizmi? Ulardan birontasini ko‘chada qo‘l cho‘zib tilanib turganini ko‘rdingizmi? Yo‘q, chunki ularning jamiyati, o‘zaro hamjihatlik tashkilotlari mavjud bo‘lib, ular eng avvalo o‘z qavmdoshlariga loyiq, qobiliyatiga yarasha bir ish bilan ta’minlashga harakat qilishadi. Bunga muvaffaq bo‘lmasa, holbuki bu ular uchun juda ham kam uchraydigan holat, u holda tashkilotning yordam sandig‘i uning tirikchiligiga kerakli, yetarli miqdorni beradi. Tilanishligiga yo‘l qo‘yishmaydi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MO’MINNING SIFATLARI. Muhammad Zohid Qo'tqu
« Javob #52 : 03 Fevral 2009, 09:40:52 »
Biz uchun ayb emasmi, shunday muhtoj bir din birodarimizni o‘z holiga tashlab qo‘yamiz, mehr-muruvvat ko‘rsatmaymiz. Xohlasa, tilanchilik qilsin, xohlasa o‘lsin, nima ishim bor, deymiz... Mana shu befarqligimiz, loqaydligimiz sababidan har kuni, aqlu fikrga, xayolga ham kelmaydigan turli hodisalar ro‘y bermoqda. Bu hodisalarning chorasi oson emas. Juda mushkul. Holbuki, bu hodisalarning nima uchun, nima sababdan yuzaga kelganini aniqlaydigan bo‘lsak, bu haqda o‘ylab ko‘rsak, qabohat, ayb va qusurning ularda emasligi, bu holga musulmonlarning hammalari sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ladi-qoladi. Chunki musulmonlikda:

 "Birodarining, qo‘shnisining och ekanligini bilib turib, o‘zi esa to‘q holda yotib tong orttirgan odam haqiqiy musulmon emas" (“Jomi as-sag‘ir” 2\120; “Ramuz al-ahodis” 369\2, hazrati Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qilganlar.) deyilgan. Biroz fikr yuritaylik. Bu nima degani? Ochlik so‘fiylikni buzadi, deyishadi. Bugun och bo‘lib, dardini kimsaga aytolmagan va hech kimga zarari tegmay o‘ladigan nechta kishi bo‘lishi mumkin? To‘g‘ri, sabrli bo‘lish kerak, qanoatkor bo‘lish lozim, ammo boy va o‘ziga to‘qlar ham insof qilib, isrofdan tiyilishi lozim. Musulmonning gunoh ishlarga behisob pullar sarflaguncha, zaifu bechoralarga, faqiru miksinlarga yordamga shoshilishi yaxshi emasmi? Shubhasiz, insonlarning ko‘zlari boy kishining to‘kin-sochin, isrof qilayotgan xatti-harakatlarida bo‘ladi. Faqirlarning nazaridan bu narsa maxfiy qolmaydi. Ana o‘shanda hasad, kin, o‘g‘rilik kabi yaramas hollar ro‘y beradi. Bularni jazolash bilan bu ishlarning oldini olib bo‘lmasligini necha yillardan buyon qilingan tajribalar yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Haq taolo o‘g‘rining qo‘lini kesishlikka buyurgan. Bu, tabiiyki, juda ham adolatli va sharmandali jazo – ham qo‘lsiz qoladi, ham to o‘lgunicha jamiyat ichida o‘g‘ri degan dashnom ostida yashaydi. To‘g‘ri, bu bilan o‘g‘rilikning oldi olinadi, ammo u odamni gunoh qilishga majbur etgan va bu holga keltirgan musulmon jamiyatining bu borada biror aybi yo‘qmi? U bechoraning qo‘li nima uchun kesilgan? Och qolgan bo‘lsa, ayb faqat undami? Yoki uning shu holga kelishiga sabab bo‘lgan musulmonlardami?

Albatta, musulmonlar  ham aybdor. O’g‘rilik qilganida uning qo‘li kesiladi. Ammo uning qo‘lini kesiladigan holatga keltirgan musulmonlarni nima qilamiz? U bu o‘g‘rilikni ishsiz qolganidan va yo och qolganidan qilgandir. Shu taxlit, o‘g‘rilikni bir kasb-hunar qilib olgandir.

Bundaylarni qidirib topish va ilm, odob, kasb-kor o‘rgatish, biror ish bilan ta’minlash kerak ekan, sen bularni xayolingga ham keltirmay, zavqu safodan, kayf qilib yurishdan, isrofgarchilik ko‘chalarida tentirashdan to‘xtamaysan. Yozda yozloq dalahovli, kurort, plyaj va hokazoda, qishda esa boshqa dabdabali, qulay uy-joyingda yashab, xilma-xil avtomobillarda sayru sayohat qilib, bechora faqir-fuqarolarning qo‘li kesilar ekan, battar bo‘lsin desang, shu ishing musulmonlikmi?

Birodar, axir sen musulmonlik vazifangni bajarganingda, uning qo‘li ehtimol kesilmas edi! Burchingni ado qilmaganingdan keyin u jinoyatga qo‘l ursa, “Uning qo‘lini ham kes, oyog‘ini ham kes, olamga ibrat bo‘lsin”, deya rozi bo‘lasan. Biroq sen o‘z vazifangni ado etmaganing uchun senga qanday jazo berilishini ham bir o‘ylab ko‘r. O’zingga o‘zing hukm qil...
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MO’MINNING SIFATLARI. Muhammad Zohid Qo'tqu
« Javob #53 : 03 Fevral 2009, 09:41:29 »
- 40 -
AFZALLIK - ALLOHDAN QO’RQISHDA


   â€œMusulmonlar birodardirlar, lekin bir-birlaridan faqat taqvo bilangina afzaldirlar”. (“Ramuz al-ahodis” 236\1, Muhammad ibn Habib al-Xarrosh otasidan raziyallohu anhumo rivoyat qilganlar.)

Bu hadisi sharif ham biz uchun juda qiymatlidir. Barcha mo‘minlarni birodar qilgan musulmonlikdir. Zero, Islom jamiyati va Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hazratlarining sulh bayrog‘i ostida birodorona, ittifoq bo‘lib, birlashgan bu islomiy jamoaga - iymon yo‘lida hamjihat bo‘lganlari uchun – birodar degan nomni Haq subhanahu va taoloning o‘zi bergan. Bu lutf va ehsonning qiymatini baholash mumkinmi?

Bir-birlariga o‘xshagan ikki narsa orasida birodar nomi ishlatiladi. Bir-birlariga qanchalik o‘xshayaptilar, xuddi aka-ukaday birodardirlar, deyilgani kabi... Shuning uchun haqiqiy birodar tabiatda, ra’yda, fikrda, zavqda va shu kabi jihatlarda senga qo‘shilgan, hamfikr bo‘lgan insondir. Aksincha, bir onadan tug‘ilgan aka-ukalar, bir oila farzandlari bo‘lsalar ham tutgan yo‘llari, fikrlari va maqsadlari turlicha bo‘lgani sababli haqiqiy birodar bo‘lishdan uzoqdirlar. Ba’zan bir oz manfaatlariga xalal yetsa, darhol ayriladilar, to‘s-to‘polon ko‘taradilar. Balki yuz ko‘rmas bo‘lib, bu dunyodan ko‘z yumib ketadilar. Shu birodarlikmi?!

Musulmonlikda birodarlik deyilganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri din birodarligi, oxirat birodarligi ko‘z oldimizga keladi. Imom G’azzoliyning "Ihyou ulumid-din" asaridagi birodarlik bo‘limi boshdan oyoq alohida bir dars, butun insoniyatga saboq, ibratdir. Insonlar agar mana shunday bir birodarlik qila olsalar edi, dunyodagi saodatlariga to‘yib bo‘lmasdi. Shunda insonlar dunyodan oxiratga ko‘chsalar ham nomlari qiyomatgacha boqiy qolur edi. Mana shunday bo‘la olganlarga dunyodagi barcha jonzotlar, hatto farishtalar ham hayron bo‘lar va suqlanib havas qilgan bo‘lardi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MO’MINNING SIFATLARI. Muhammad Zohid Qo'tqu
« Javob #54 : 03 Fevral 2009, 09:41:57 »
Musulmon birodarligida bilimli, boy bo‘lgan bir inson ustunman deb da’vo qilishga, o‘zini katta tutishga hech haqqi yo‘q. Zero, u holda, musulmonlar orasida bo‘linish boshlanadi, birlik, birodarlik iplari uziladi va Islomiyatdagi birodarlik hikmatlari yo‘qoladi. Masalan, qo‘mondon har qancha mohir bo‘lsa ham, uning rejasini amalda tadbiq qiluvchi qo‘l ostidagi askarlardir. Birining bilimi, zakovati bor bo‘lsa, qolganlarining g‘ayratu shijoati, mardligi bor. Agar qo‘mondon: "Shunchalik bilim va quvvat egasimanki, mening yuz ming kishilik qudratim bor" desa, hech kim uning gapiga quloq solmaydi. So‘zi e’tiborsiz qoladi. Unga: "Siz ham boshqalar kabi bir inson quvvatiga egasiz"- deyishadi, xolos.

Bu esa Haq taoloning Qur’oni karimida marhamat qilgani kabi: "Albatta sizlarning Olloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir” oyatida ifodasini topgandir. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hazratlari ham shu bois: "Ustunlik faqat taqvodadir" deganlar. Bu juda ham muhim. Chunki taqvo bizga ma’lum emas. Uning joyi qalbdir. Binobarin, hech bir muttaqiy uchun bir musulmonni xor-haqir ko‘rish joiz bo‘lmaydi. Qanday qilib tahqir qila oladiki, axir, oxirgi nafasda o‘zining holi nima kechishini bilmaydi! O’z holini bilmagani kabi, o‘zganing ham oxirgi nafasi qanday bo‘lishi ma’lum emas.

Shunday ekan, boshqa kimsani haqorat qila ko‘rmang. Oqibatimizning qanday bo‘lishi hammamizga qorong‘u, noma’lum. Dunyoviy boylik yoki bilimga aldanib, boshqa faqir va avom insonlarni mensimaslikday nodonlarcha bir xatti-harakat Islomda yo‘q. Chunki butun maxluqotu mavjudotni yaratgan Allohdir. Qay birini boy, qay birini faqir, qay birini olim, qay birini esa johil qilib yaratgan. Bularning barchalarining alohida-alohida xizmatlari bor. Dunyoga bir qarasak: ko‘p qismi suv, oz qismi quruqlik; bir qismi tog‘u tosh, bir qismi jarlik, chuqurlik, o‘pqon; boshqa bir qismi esa taqir cho‘l – hech narsa bitmas, ko‘karmas, qaqroq joy. Yerning osti esa alohida olam. Ba’zi yerida ko‘mir, ba’zi yerida gaz, ba’zisida oltin, platina, kumush va hokazo. Bularning hammasi bir xil narsa bo‘lganida qandoq bo‘lardi? Yo‘q. Chunki bizlarning bilganimiz va hatto biz bilmaganimiz bir qancha ma’danlarning hammasi ham dunyo hayoti uchun zarur ehtiyojdir. Bu haqiqatni inkor qilish mumkinmi?

Mana shuning uchun ham sog‘lom aqlli bir musulmon bu haqiqatlarni obdon o‘ylab, yaratgan Allohga shaksiz-shubhasiz taslim bo‘lishi zarur. Mo‘minlikning, musulmonlikning shukrini keltirib, qadriga yetishi kerak. Mo‘min-musulmon birodarlariga har qanday vaziyatda o‘z burchi sifatida moddiy va ma’naviy yordam berishi lozim.

Alloh mo‘minlarni ilmli, axloqli, ixlosli, himmatli, yaxshiliklarga intiluvchi, yomonliklardan saqlanuvchi, birodarlariga yordam beruvchilardan aylasin. Omin. Valhamdu lillahi rabbil olamin.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MO’MINNING SIFATLARI. Muhammad Zohid Qo'tqu
« Javob #56 : 04 Fevral 2009, 10:06:16 »
Mo'minning sifatlari



Muallif: Muhammad Zohid Qo'tqu
Hajmi: 371 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Muhammad Zohid Qo'tqu. Ahli sunnat val-jamoat aqoidi

Muallif HanafiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 203
Ko'rilgan: 84728
So'nggi javob 16 Iyul 2008, 06:42:17
muallifi AbdulAziz
Muhammad Zohiq Qo'tqu. Ichkilik - iymon zavoli

Muallif AbdullоhBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 43
Ko'rilgan: 22496
So'nggi javob 02 Fevral 2009, 00:48:57
muallifi AbdulAziz
MO'MINNING qo'lidan faqat yahshilik keladi

Muallif zaynulabidiynBo'lim Islom

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 3015
So'nggi javob 06 Iyun 2008, 14:48:22
muallifi Odila
Abdurashid Zohid. Siddiqnoma

Muallif mubashshirBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 25873
So'nggi javob 11 Iyul 2008, 16:32:44
muallifi AbdulAziz
Muhammad Huzariy. Nur-ul yaqin

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 545
Ko'rilgan: 168775
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 08:27:09
muallifi AbdulAziz