Muallif Mavzu: Abdulloh Murod. Qalbimizning nuri  ( 45010 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #60 : 05 Fevral 2009, 09:24:30 »
HAZRATI UMARNING O‘GITLARI

“Shu yulduzlar ilmidan sizga quruqlik va suv qorong’uliklarida yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ladigan darajada, tarix ilmidan esa xalqaro munosabatlardan xabardor etadigan miqdorda o‘rganingiz.
Qur’onga g’ilof, ilmga manba bo‘ling. Allohdan kunlik rizqingizni so‘rang.
Gunohlariga pushaymon qiladiganlar bilan oshno bo‘ling. Zero, ularning qalbi har narsadan yupqadir.
Allohdan qo‘rqqan kimsa jahl qilmaydi va xohlagan har ishini bajaravermaydi. Agar oxirat bo‘lmasa edi, dunyoni bu tarzda ko‘rmas edingiz.
Haqdan ayrilmangki, sizga haq egalarining joyi ko‘rsatilgay. Har doim faqat haqiqat bilan hukm eting...»
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #61 : 05 Fevral 2009, 09:25:48 »
USMON IBN AFFONNING O‘GITLARI

Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
“Usmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so‘lg’in edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg‘ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
— Siz o‘tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o‘tishini kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o‘lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz. Unutmangki, bu dunyo yolg‘on va aldov ustiga bino bo‘lgan.
“Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin” (Luqmon, 33, mazmuni).
Sizdan avval o‘tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So‘ng sa’y-harakat qiling va g’aflatda qolmang. Zero, siz g’aflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira g’aflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o‘rgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o‘g’illari, birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun harakat qiling. Alloh subqanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil qilgan: “(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yog’dirgach, (bahorda) u sababli yer o‘simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so‘ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur”.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #62 : 05 Fevral 2009, 09:26:29 »
ABDULLOH IBN MAS’UDNING O‘GITLARI

«Ham dunyo, ham oxirat uchun harakat qilmagan odamni xushlamayman.
Orangizda tonggacha losh (o‘lik) kabi o‘rnidan qimirlamay yotadigan va tong otgach esa, olov pashshasi kabi u yoqdan-bu yoqqa sakraydigan kimsani ko‘rmayin.
Dunyoning musaffoligi ketgan, oqavasi qolgan. O‘lim musulmon uchun sovg’adir.
Ko‘pchilik yoqtirmaydigan o‘lim va kambag’allik qanday ajoyib narsalardir. Allohga qasamki, boylik ham, faqirlik ham bir ne’matdir. Qaysisi bilan imtihon qilinsam ham, xotirjamdirman. Boy bo‘lgan kezlar muhtojlarga yordam qilish, faqirlikda esa sabr etish fazilati bor.
Banda imon cho‘qqisiga chiqmagunicha, uning haqiqatiga yetisholmaydi. Musulmon kambag’allikni boylikdan, pasayishni yuksalishdan afzal ko‘rmagunicha va uni maqtagan va yomonlagan kishilarni bir xilda ko‘rmagunicha imon cho‘qqisiga chiqa olmaydi.
O‘zidan boshqa iloh bo‘lmagan Allohga qasamki, musulmon holda tong ottirib, kechqurun shu holda uyquga ketgan bandaga dunyoning musibatlari zarar bermaydi.
Barchangiz mehmonsiz, qo‘lingizdagi dunyo moli esa omonatdir. Mehmon albatta bir kuni ketadi va omonat egasiga beriladi.
Haq og’irdir, biroq tomoqdan oson o‘tadi. Botil yengilgina, ammo kasallik keltirib chiqaradi. Necha-necha insoniy orzu-istaklar borki, ularga ergashilsa, uzoq vaqt davom etguvchi xafagarchilik bilan nihoya topadi».
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #63 : 05 Fevral 2009, 09:27:06 »
SALMONI FORSIYNING O‘GITLARI

«Mo‘min kishi xuddi shifokori yonida yurgan bemorga o‘xshaydi. Bemorning yonida yurgan tabib uning dorilarini bilib, ko‘ngli bir narsani tusaganida: “Zinhor buni yeya ko‘rma! Mabodo yesang, seni o‘limga olib boradi!” deya ogohlantirib turganidek, mo‘min kishining ko‘ngli ham ko‘p narsalarni istab qolganida Alloh taolo uni zararlilaridan qaytaradi va jonini olib, jannatga borguniga qadar nazorat ostida tutib turadi».
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #64 : 05 Fevral 2009, 09:28:35 »
ABU DARDONING O‘GITLARI

«Yaxshilaringizni sevib, siz haqingizda haq bir gap aytilganida qabul qilar ekansiz, xayr-barakot ichrasiz. Chunki haqni qabul etgan ham haq bilan amal qilgan kishi kabidir. Xalqni u mas’ul bo‘lmagan narsalarga mas’ul qilmang va Alloh nomidan hech kimni so‘roqqa tutmang.
Ey inson o‘g’li! Sen o‘z amalingga boq. Zero, xalqdan ko‘rganlarini surishtiradigan kishi har doim qayg’u chekadi va hech qachon alami so‘nmaydi.
Allohga Uni ko‘rib turgandek ibodat qilingiz. O‘zingizni o‘liklardan sanangiz. Bilingki, kun kechirishga yetgulik oz sarvat sizni yo‘ldan ozdirib, g’aflatga tushiruvchi katta boylikdan yaxshiroqdir. Yodingizda bo‘lsin, yaxshilik chirimaydi va yomonlik unutilmaydi.
Yaxshilik mol va farzandlarning ko‘pligida emas. Yaxshilik keng fe’lli, axloqli bo‘lish, ilm olish va Allohga ibodat qilishda boshqalarga ibrat bo‘lishdadir.
Yaxshilik qilganingizda Allohga hamd ayting, mabodo biror gunoh ish sodir etib qo‘ysangiz, albatta Allohdan mag‘firat so‘rang».
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #65 : 05 Fevral 2009, 09:31:02 »
MUOZ IBN JABALNING O‘GITLARI

Muhammad ibn Siriyndan rivoyat qilinadi:
“Bir odam Muoz ibn Jabalning, roziyallohu anhu, yoniga keldi. Muoz ibn Jabal mehmonlarini kuzatayotgan ekan. Kelgan odamga shunday dedi: “Senga ikki narsani tavsiya etaman. Shuni bilgin, dunyodagi ulushing seni albatta qidirib topadi. Sen undan ko‘ra oxiratdagi ulushingga muhtojroqsan. Binobarin, sen oxiratdagi ulushingni tanla. Qaerga borsang ham oxiratdagi ulushingni talab qil.
O‘g’lim! Namozingni hayot bilan vidolashayotgan kishi kabi o‘qi! Yana bir bor o‘qiy olishingni o‘ylama. Shuni bilgin, mo‘min kishi biri bajargan va biri ortda qolgan ikki yaxshilik o‘rtasida o‘ladi.
Ro‘za (nafl ro‘za) tut, biroq oralatib tut. Namoz (nafl namoz) o‘qi, biroq uyqu uchun ham vaqt ajrat. Rizqing uchun harakat qil, ammo rizq topaman deb to‘g‘rilikdan ayrilma va musulmon holda o‘lishga intil. Mazlumning badduosidan saqlan.
Kimda shu uch narsa bo‘lsa, Allohning g’azabiga uchraydi: noo‘rin (sababsiz) kulmoq, istaksiz uxlamoq va ochiqmay turib ovqat yemoq.
Ochlik va qiyinchilik fitnasi bilan imtihon qilindingiz, sabr etdingiz. Mo‘l-ko‘lchilik fitnasi bilan ham sinalursizlar. Men sizning ayollar fitnasiga uchishingizdan ko‘proq xavotirdaman. Ular oltin va kumush bilaguzuklar taqib, Shom va Yamanning yupqa, bezakvor ko‘ylaklarini kiyib, boyni charchatib qo‘yurlar, kambag’alni esa topolmagan narsalarini topishga majbur eturlar».
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #66 : 05 Fevral 2009, 09:32:37 »
UTBA IBN G’AZVONNING O‘GITLARI

Xolid ibn Umayr al-Aviydan rivoyat qilinadi: “Utba ibn G’azvon, roziyallohu anhu, Basrada hokim bo‘lganida bizga bir xutba o‘qidi. Allohga hamd va sanodan so‘ng shunday dedi:
«Ey insonlar! Dunyo bizdan ayrilmoqchi ekanini xabar bermoqda va bizdan yuzini burib tezlik bilan uzoqlashmoqda. Bizga bu dunyomizdan,  bir kosa suv ichilgach, idishning tagida qoladigan bor-yo‘g’i bir tomchi kabi narsa qolgan, xolos. Siz bu dunyodan so‘ngsiz bir hayotga o‘tish arafasidasiz. Shunday ekan, qo‘lingizda eng xayrli narsa nima bo‘lsa, o‘shani o‘zingiz bilan olib ketishga g’ayrat qiling. Bizga xabar berilishicha, jahannam shunchalar chuqurki, uning ichiga bir tosh otilsa, yetmish yilda ham tubiga yetib bormaydi.
Allohga qasamki, bu so‘ngsiz bo‘shliq insonlar bilan to‘lajakdir. Bunga hayron bo‘lyapsizmi?
Bizga tushuntirishlaricha, jannat eshigining ikki pallasi orasi qirq yillik masofadir. Kun kelib, insonlar ana shu joyda qisilib qolishadi. Eslashimcha, yetti kishi hamisha Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida qolardi. Men ham ulardan biri edim. Daraxt yaproqlaridan boshqa ozuqamiz yo‘q edi. Yaproq yeyaverganimizdan lab-lunjlarimiz tars-tars yorilar edi. Kunlardan bir kun bir sholcha topib oldim. Uni Sa’d ibn Molik ikkimiz bo‘lishib, kiyim qildik.
Bugun esa har birimiz bir o‘lkaning hokimlarimiz. O‘zimizcha buyuk, Alloh nazdida esa kichik bo‘lib qolishdan Alloh taoloning panoh berishini tilayman”.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #67 : 05 Fevral 2009, 09:45:06 »
ABU ZARR G’IFORIYNING O‘GITLARI

Sufyon as-Savriydan, roziyallohu anhu:
“Abu Zarr G’iforiy, roziyallohu anhu, Ka’ba yonida turib:
— Ey insonlar! Sizning foydangizni o‘ylagan bir birodaringiz sifatida bir-ikki og’iz gapirmoqchiman, — dedi.
Odamlar uning gaplarini eshitib atrofini o‘rab olishdi. Abu Zarr G’iforiy ulardan:
— Mobodo yo‘lga chiqmoqchi bo‘lsangiz safar uchun kerakli narsalar tayyorlaysizmi, yo‘qmi? — deya so‘radi.
Odamlar:
— Albatta, tayyorlaymiz, — deb javob berishdi.
— Qiyomat safari eng uzoq safardir. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ring.
— Qanday hozirlik ko‘rishimiz kerak?
— Katta tashvish-xavotirlardan xalos bo‘lish uchun haj farzini ado etingiz. Qiyomat kunida qattiq savol-javob bo‘lishini o‘ylab, issiq kunlarda ro‘za tuting. Qabrning dahshati va u yerdagi yolg‘izlikni o‘ylab, kechaning tim qorong’usida turib, namoz o‘qing. Qiyomat kunining mashaqqatlarini o‘ylab, doimo foydali gaplarni ayting. Agar buni uddalay olmasangiz, zararli biror so‘z aytib yubormaslik uchun jim turing. Molingiz bilan muhtojlarga yordam bering. Kuningizni ikkiga bo‘lib, bir qismini oxiratga tayyorgarlik ishlari, qolganini halol rizq-nasiba topish bilan o‘tkazing. Uchinchi bo‘limining esa sizga foydasi yo‘q, zarari bordir. Molingizni ham ikkiga bo‘ling. Bir qismini bola-chaqangiz uchun sarflab, qolganini oxiratingiz uchun ozuqa qiling. Uchinchi qismining esa sizga foyda emas, zarari borligi uchun, unga ehtiyojingiz yo‘qdir.
Abu Zarr G’iforiy, roziyallohu anhu, so‘zining oxirida baland ovozda:
— Ey insonlar! Azaldan bor bo‘lgan, oxiri ham ko‘rinmaydigan katta bir hirs-ehtiros sizlarni o‘ldirmasin, — deb hayqirdilar”.

***

Abu Nuaymdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi.
Abu Zarr G’iforiy, roziyallohu anhu, aytdilar:
“Insonlar o‘lmoq uchun tug’iladi, yiqilmoq uchun baland imoratlar qurishadi, o‘tkinchi hayotlari uchun butun kuchlari bilan harakat qilishadi-yu, abadiy hayotlari uchun ozgina g’ayrat ko‘rsatishmaydi. Oh!.. Ko‘pchilik yoqtirmaydigan uch narsa aslida naqadar go‘zal: faqirlik, xastalik va o‘lim...”
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #68 : 05 Fevral 2009, 09:45:57 »
UBAY IBN KA’BNING O‘GITLARI

«Mo‘min to‘rt vasfga egadir. U boshiga musibat kelsa, sabr qiladi. Bir ne’mat berilsa, shukr qiladi, gapirsa, to‘g‘ri gapiradi va adolat bilan hukm chiqaradi. Mo‘minning besh narsasi nurdir. Mo‘min kishi haqida Alloh “Nur’un a’la nur” (nur ustiga nur) yog’dirgan. Inchunun, mo‘minning yaxshi so‘zi nur, bilimi nur, kirgan yeri nur, chiqar joyi nur va qiyomat kuni boradigan joyi nurdir.
Kofir esa besh zulmat ichidadir. Uning so‘zi zulmat, ishi zulmat, kirgan va chiqqan joylari zulmat, qiyomat kuni borar manzili zulmatdir».
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #69 : 05 Fevral 2009, 09:46:43 »
ABU UMOMANING O‘GITLARI

Sulaym ibn Omirdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: “Abu Umoma bilan Shomda bir dafn marosimida birga edik. Janoza o‘qilgach, mayyitni ko‘ma boshladilar. Shunda Abu Umoma al-Balxiy baland ovozda dedilar:
— Ey insonlar! Bugun siz yaxshilik va yomonliklar ajratib olinayotgan hayot uyida yashamoqdasiz. Va (qabrni ko‘rsatib) juda yaqin bir kunda boshqa uyga, mana bunday qabrga ko‘chib o‘tishga majbursiz. Bu qabr yolg‘izlik, qorong’ulik uyidir, bo‘rilar uyidir, siqilish va tanglik-qiyinchilik uyidir.
Bu yerdan esa qiyomatning mushkul, qiynoqli maydonlaridan biriga o‘tasiz va u yerda Allohning amri kelguniga qadar ushlanib turilasiz. Bu uzoq kutish asnosida bir necha yuzlar oqaradi, bir qanchasi esa qorayadi. Shundan so‘ng yana boshqa bir maydonga ketasiz. U yerda sizni qorong’u zulmat bosadi. Keyin nur tarqatiladi. Bu nur faqat mo‘minlarga beriladi, kofir va munofiqlar bu nurdan benasibdirlar. Alloh subhanahu va taoloning Kitobidagi: “Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to‘lqin va uning ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o‘xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir: qo‘lini chiqarib (qarasa) uni ko‘ra olmas. Kimga Alloh nur (omonlik) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur yo‘qdir” (Nur, 40, mazmuni) oyati karimasi bunga ishora etmoqda. U kun xuddi ko‘r kimsa ko‘zi ko‘radigan kishining ko‘zidan foydalanolmagani kabi kofir va munofiq kimsalar mo‘minning nuridan foydalana olmaydilar. U kun erkak va ayol munofiqlar mo‘minlarga: “Bizga qaranglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib foydalanaylik”, — deydilar. (Ularga): “Ortingizga qaytib nur istangizlar”, deyilur” (Hadid, 13, mazmuni), Holbuki, bu munofiqlar aldanishlari uchun bir hiyladir. Shundan so‘ng munofiqlar nur tarqatilgan joyga qaytib kelsalar ham, u yerda hech narsa topa olmaslar va yana bir bor qaytayotganlarida: “So‘ng ular bilan mo‘minlar o‘rtasida darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat, tashqarisida esa azob (do‘zax) bo‘lur” (Hadid, 13, mazmuni).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #70 : 05 Fevral 2009, 09:46:59 »
ABDULLOH IBN ABBOSNING O‘GITLARI

— Ey gunoh ish qilgan kishi! Qilgan gunohingdan keyingi yomon oqibatdan amin bo‘lma. Hech bir gunoh yo‘qki, uni qilganingdan so‘ng yanada kattasi orqasidan kelmasin. Zero, gunoh qilayotganingda o‘ng va chap tomondagi farishtalardan uyalmasliging, sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Alloh taolo sen haqingda qanday hukm chiqarishini bilmay turib, kulishing qilgan gunohingdan ham kattaroq gunohdir. Fursatni qo‘ldan boy berib, qilolmay qolgan bir gunoh ish uchun xafa bo‘lishing gunohdan ko‘ra kattaroqdir. Gunoh ish qilayotganingda Alloh seni ko‘rib turgani holda, qalbing cho‘chib-titramasdan, shamolning eshik pardasini shitirlatishidan qo‘rqishing sodir etgan gunohingdan kattaroqdir.
Xudo xayringni bergur, bilasanmi, Alloh subhanahu va taolo Ayyubning, alayhissalom, qay ishi uchun shunday ko‘p sarvatini oldi va kasalliklarga duchor etdi? Bir bechora bir zolim qo‘lidan qutulmoq uchun uning huzuriga keldi. Ayyub, alayhissalom, esa, unga yordam bermadi va (himoyaga muhtoj) u kimsani zolimning zulmidan himoya qilmadi. Ittifoqo, Alloh ul zotni u katta musibatlarga duchor qildi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #71 : 05 Fevral 2009, 09:50:45 »
SAODATLI ONLAR

Haj  taassurotlarini til bilan ham, qalam bilan ham ifodalab berish nihoyatda mushkul. Bu shunday ichki, ruhiy, botiniy va huzurbaxsh kechinmaki, uni faqat yashamoq kerak. Barcha mushtariylarga ushbu saodat nasib etishini jonu ko‘ngildan tamanni etgan holda muborak safar davomida boshimdan kechirganim bir-ikki holatni ming bir andisha ila siz azizlarga bayon etmoqchiman.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #72 : 05 Fevral 2009, 09:51:24 »
IFTORLIK

Kechki ovqat har galgidek nafis bo‘lgani uchunmi, bir o‘zim ikki kishilik ovqatni yeb oldim.
Ka’batullohga qaytgach, saharlik qilmay nafl ro‘zaga niyat qildim.
Yashirmayman, ayniqsa, iftorga yaqin og’zim qurib, ochlik kuchini ko‘rsata boshladi.
Ikkinchi qavatda turib Ka’bani tavof qilarkanman, beixtiyor Rasuli Akramni esladim. Ul zotning xurmo bilan og’iz ochganlari, Zamzam suvining ochga taom bo‘lishi haqidagi hadislari yodimga tushdi. “Hozir shom namozini o‘qiyman-u, yotoqxonaga jo‘nayman, borib to‘yib-to‘yib ovqatlanaman”. Biroq bir andisha bor edi — yotoqxonaga borsam, xuftonni jamoat bilan o‘qishga ulgurmas edim. Qaniydi, xurmo bo‘lsayu shu bilan iftorlik qilsam...
So‘nggi — yettinchi tavofni tugatar ekanman, hojilardan birining bir hovuch xurmo tutib menga qarayotganini ko‘rdim. Xurmoni olar ekanman, beixtiyor ko‘zlarimdan yosh keldi...
Zamzam suvi va xurmolar menga xufton namozini o‘qib, yana bir necha soatga Ka’batullohda qolishimga sabab bo‘ldi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #73 : 05 Fevral 2009, 09:51:54 »
“UHUD BIZNI YAXSHI KO‘RADI”

Uhud shahidlarining ziyoratiga borar ekanmiz, mezbonimiz–ota-bobolari asli namanganlik bo‘lishgan amakimizning so‘zlaridan nihoyatda ta’sirlandik:
“Birodarlar, mana bu Uhud tog’i. Uhud tog’i jannatga kirajak tog’lardandir. Uhud tog’i bizni yaxshi ko‘radi, biz ham Uhud tog’ini yaxshi ko‘ramiz. Ro‘zi qiyomatda bu tog’ bizlarga shafoatchilik qilgay. “Allohim, bu bandalaring Sening roziligingni istab, meni ziyorat qilgan edi”, degay. Ha, do‘stlar, Uhud tog’i bizni yaxshi ko‘radi, biz ham uni yaxshi ko‘ramiz. Qarang unga, qanday ham kulib turibdi!”
Bu gapdan so‘ng “kulib turgan” toqqa boshqacha qaray boshladik...
Mezbon ko‘zida mamnuniyat yoshlari ila yana quyidagilarni aytdi.
— Bundan o‘n-o‘n besh yillar avval O‘rta Osiyodan juda sanoqli hojilar kelishar, biroq biz bir-birimizga yaqin borolmas, suqbat qilolmas edik. Uzoqdan termulib, qon yig‘lab qolardik. Mana, Allohning lutfu karami ila mustaqil bo‘lgach, siz azizlar bilan bemalol diydor ko‘rishib turibmiz, alhamdulillah. 
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QALBIMIZNING NURI. Abdulloh Murod Xolmurod o‘g’li
« Javob #74 : 05 Fevral 2009, 09:52:30 »
MENGA ISHONASIZMI?

Sevimli Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, Safo tepaligiga chiqdilar va ulkan qoya ustidan turib:
— Ey Abdul Muttalib o‘g’illari, ey Fihra o‘g’illari, ey Zuhra o‘g’illari, — deya qabila ulug’larini ismlari bilan chaqirib barcha qarindoshlarini bir joyga to‘pladilar va ularga shunday xitob qildilar:
— Ey Quraysh jamoasi! Men sizga shu tog’ning etagida dushman otliqlari bor!  Hozir ustingizga bostirib keladi. Mollaringizni talaydi, desam, ishonasizmi?
 Hammalari baravariga:
— Ha, ishonamiz. Chunki  hozirgacha sendan yolg‘on gap eshitmadik,  —dedilar.
— Unday bo‘lsa, eshitinglar: oldingizda shiddatli bir azob kuni borligini, Allohga ishonmaganlar o‘sha kunda buyuk azobga duchor bo‘lishlarining xabarini beraman. Sizni shunday azobdan ogohlantirmoq uchun yuborildim, — deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Sumayro Murod. Payg'ambarimizni (s.a.v.) yig'latgan hodisalar

Muallif MahdiyahBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 50
Ko'rilgan: 28839
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:28:11
muallifi AbdulAziz
Tog'ay Murod. Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 322
Ko'rilgan: 96166
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 11:37:15
muallifi AbdulAziz
Tog'ay Murod. Oydinda yurgan odamlar (qissa)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 245
Ko'rilgan: 79584
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 10:31:32
muallifi AbdulAziz
Abdulloh ibn Mas'ud hikmatlari

Muallif MuslimaxonBo'lim Rasululloh SAV va sahobalar

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 6979
So'nggi javob 28 Mart 2007, 04:50:51
muallifi mutaallimah
Tog'ay Murod. Ot kishnagan oqshom (qissa)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 240
Ko'rilgan: 76005
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 11:02:02
muallifi AbdulAziz