Imom G'azzoliy. Ey, farzand  ( 91169 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 10 B


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:52:05

RAMAZON OYINING FAZILATI

Ey, farzand!
Ramazon oyi ro‘zani barcha a’zolar bilan tutmoq zarur. Faqat shundagina ramazon ro‘zasi mukammal tutilgan bo‘ladi. Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Hurayra(r.a.) hazratlariga shunday marhamat etadilar:
«Ey, Abu Hurayra! Ro‘za tutganingda beparvo bo‘lib iftor qilishni kechiktirma. Ummatimning xayrlisi vaqti kirishi bilan iftorini kechiktirmaganidir.
Albatta, saharga tursang, saharlik qilishga, taomlanishga beparvo bo‘lma. Chunki saharda qancha rahmat va barokat bor.
Ummatimdan ramazon ro‘zasini mukammal tutganlarning mukofotini Alloh o‘z fazl va karamidan beradiki, buning o‘lchovi va buyukligini hech kim bilmaydi».
Qudsiy bir hadisda shunday marhamat etilgan:
«Ro‘za Mening roziligimni qozonmoq uchun tutiladi. Uning mukofotini ham faqat O’zim bilaman».
Ro‘za faqat Alloh uchun tutiladi. Ibodatlarning eng fazilatlisi namoz o‘qimoq, undan keyin ro‘za tutmoqdir.
Ey, farzand!
Tarovih namozi o‘qimoqning fazilati haqida hazrati Alidan (r.a) so‘radidar. U zot marhamat etdilar:
«Mahshargohda bir jarchi shunday jar soladi: «Butun ramazon bo‘yi tarovih namozi o‘qiganlar jahannamdan ozod etildi. Ular jannatga va Allohning jamoliga yetadilar».
Alloh shunday marhamat etadi:
«Izzatim va Jalolim haqqi bu qullarimning barcha gunohlarini kechirdim va ularga jahannamni harom qildim».
Alloh ramazon oyini to‘la ro‘za bilan o‘tkazganlarga baroat (hujjat) beradi. Bu baroatda ramazon kechalarini tarovih bilan jonlantirganlar (ayollar, erkaklar) jahannamdan qutulganlari, sirotdan oson o‘tib, jannatga yetishlari yozilgan bo‘ladi.
Ramazon oyi va tarovihning qudsiyyatiga ishonib, samimiy xizmat bilan o‘tkazgan har qul uchun ikromlar hozirlanishiga hech shubha yo‘q. Baxt va ish ishonchda, ixlosda, niyatda, muhabbatda va samimiyatdadir. Ashkda go‘zal bo‘lgan bu tuyg‘ularning insonda bo‘lishi yanada go‘zaldir.
Ey, farzand!
Ramazon oyida qadr kechasi bor. Qadr kechasidagi ibodat ming oydan, ming oylik ibodatdan xayrlidir. G’aflatda qolma. Bu fursatni qo‘ldan berma. Aksincha, bu muborak kechada avval yo‘qotgan fursatlaringni, boyliklaringni qayta qo‘lga kiritish imkoni bor. Bu nodir va noyob bir baxtdir. Albatta, bu yana niyat, ishonch, ixlos, samimiyat, bir so‘z bilan aytganda, muhabbatga bog‘liq. Muhabbat yaxshiliklar, go‘zalliklarga yo‘l topadi. Alloh muborak kechalarini ibodat bilan kechirguvchi ogoh va bedorlarga muhabbat ato etgan bo‘lsa ne ajab: Qanday go‘zal baxt bu!

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:52:23

ZULHIJJA OYI VA ILK O’N KUNINING FAZILATI

Zulhijja oyi, ilk o‘n kunining fazilatlarini bilish zarur. Alloh Odamning (a.s) tavbasini bir rivoyatga ko‘ra muharram oyida, bir rivoyatga ko‘ra zulhijja oyida qabul qilgan.
Ibn Abbosdan (r.a.) qilingan rivoyatga ko‘ra, bu zulhijja oyining birinchi kunida bo‘lgan.
O’ninchi kuni esa qurbon bayrami. Kim shu qurbon hayit namoziga kelib, qurbonlik go‘shtidan yeguncha hech narsa tanovul qilmasa, orqasidan ikki rakat shukr namozi o‘qigach, gunohlarini ko‘z oldiga keltirib, pushaymon bo‘lsa, Alloh o‘sha kishini, ota-onasi va butun oila a’zolarining barcha gunohlariii kechiradi.
Qurbonlik go‘shtining ma’lum qismini faqir va miskinlarga, yo‘qsillarga tarqatgan kishiga Alloh Uhud tog‘ining vaznicha savob ehson etadi.
Har kim shu o‘n kun ichida sadaqa bersa, payg’ambarlarga xizmat qilganning savobini qozonadi. Bu o‘n kun ichida bemorni ziyorat qilgan — Alloh do‘stlaridan birining ahvolini so‘ragan va ko‘nglini olgan kabi savobga sazovor bo‘ladi.
Bu o‘n kun ichida bir yetimga yoki bir bechora, miskinga libos kiydirganga Alloh jannat libosini kiymoqni nasib aylaydi.
Shu o‘n kun ichida bir yetimning ko‘nglini olib sevintirganni Alloh (oxiratda) arsh soyasiga oladi. Bu o‘n kun ichida ilm majlisida qatnashgan payg‘ambarlar majlisida ishtirok etganchalik savob oladi

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:52:45

YARATILGANLARNING BIRINCHISI—AQL

Ey, farzand!
Alloh Xoliqi Zul Jalol avval aqlni yaratdi. Bu haqda Payg‘ambar (s.a.v.) shunday deydilar:
«Alloh aqlni yaratib, uni nur ichiga qo‘ydi. Ilmni aqlning taniga kiydirdi. Fahm (sezgi)ni aqlning joniga berdi. Zuhd va taqvoni unga joylashtirdi. Ixlosni yuziga berdi. Xasislik (to‘ymaslik)ni qulog‘iga berdi. Rostlikni tiliga berdi. Jo‘mardlik (saxovat) ni qo‘liga berdi. Tavakkulni beliga berdi. Qo‘rquvni belidan pastga, umidni belidan balandga berdi. Keyin Alloh O’zi yaratgan aqlga shunday xitob qildi: «Ey, aql! Ko‘tar boshingni! Tila, tilagingni beray!»
Aql shunday dedi:
«Ey, mening Parvardigorim! Men faqir, haqir bir maxluqingman, faqat gunohlarimni kechirishingni so‘rayman. Meni qay qulingga loyiq ko‘rsang, o‘sha bandangni ham kechirgaysan!»
Alloh taolo shunday dedi:
«Ey, Mening farishtalarim! Sizlar guvoh bo‘ling! Men qay qulimga aql bergan bo‘lsam, o‘sha qulimni kechirdim. Boshida aqli bor kishi har ishini aqlga muvofiq qiladi».
Alloh taolo Qur’oni karimda (Naziat, 40-41) marhamat etadi: «Ammo kim Robbining azamatidan qo‘rqib o‘zini yomonlikdan (havoi nafsdan, shayton sharridan) qaytargan (saqlagan) bo‘lsa, boradigan joyi, shubhasiz, jannatdir!»
Alloh aqldan so‘ng nafsni yaratdi, taniga esa jaholatni kiygizdi. Shahvatni ko‘ziga berdi. Ochko‘zlikni tomog‘iga berdi. Yolg‘onni tiliga berdi. O’zini xira ko‘rmoqni (xudbinlikni, manmanlikni, kerilishni) ko‘ksiga berdi. Ta’magirlik va hirsni qorniga berdi. Zulmni beliga berdi. G’azabni qo‘liga berdi. Nopoklikni tanosil a’zolariga berdi. Fasod (fisq, g‘avg‘o, buzg‘unchilik)ni oyog‘iga berdi. Shubhani belidan quyisiga, shirkni belidan yuqorisiga berdi. Keyin Alloh marhamat etdi:
«Ey, Mening farishtalarim! Guvoh bo‘ling, kim mening amrimni tutmay, nafsiga ergashsa, uni jahannamga otgum».
Alloh Qur’onda (Naziat, 37,38-39 oyatlar) marhamat etadi:
«Yo‘ldan ozib, tug‘yonga tushib dunyoni afzal ko‘rib, ustun qo‘yuvchilarning boradigan joyi, shubhasiz, jahannamdir!»
Demak, har kim ishini aqlga muvofiq ado etmog‘i xayrlidir. Aql qabul qilmaydigan ishdan yaxshilik hosil bo‘lmaydi. Aqlga zid harakat qilgan—nafsiga ergashgandir. Bunday kishining jahannamga tushishiga Alloh farishtalarni guvoh qildi.
Inson uchun eng buyuk dushman — nafsdir. Nafs, yomonlikdan omon bo‘lmoq — aqlga quloq solmoq, aqlning yaxshi ko‘rsatmasiga ko‘ra harakat etmoqdir.
Allohning borligi, birligi ham aql bilan taniladi. Payg‘ambarlar aqli yuksakdir. Yo‘llari ham aqlga mu’ofiqdir. Aql bilan ado etilgan amallar jannatga ko‘tariladi.
Allohning rahmati va barokatiga inson aql bilan yetadi. Roziligini aql bilan qozonadi.
Allohning borligi va birligini anglamagan, paygambarlarga ishonmagan aqlsiz, tentak, dinsiz, kofir, dahriydir.
Musulmon bo‘lgani holda nafsining amrida bo‘lgan ahmoqlar ham bor.
Alloh Qur’oni karimda shunday deydi:
«... ular hayvonlar kabi, hatto tubanroqdirlar...»
(Furqon surasi, 44-oyat) Ya’ni nafsiga ergashganlar to‘rt oyoqli hayvonlarqan ham tubanroq bo‘ladi.
Ey, farzand!
Alloh Odamni (a.s.) yaratdi, Jabroil (a.s.) aql, imon va hayoni unga keltirib, shunday dedilar:
—   Ey, Odam! Sizga Allohdan salom. Keltirganim uch narsadan birini qabul qilishingni istaydi.
Odam (a.s.) aqlni qabul qildilar. Jabroil (a.s.) imon va hayoga;
—   Qani, sizlar ayrilib, keting, — dedilar. Shunda imon:
—   Alloh menga aqldan ajramasligimni, u qayda bo‘lsa, o‘sha yerda bo‘lishimni amr etdi. Men aqldan ayrilmayman, — dedi.
Keyin hayo:
—   Alloh meni imonga omonat qildi. Imon qayda bo‘lsa, men ham o‘sha yerdaman. Imon bo‘lgan joydan ayrilmasman dedi.
Shundan so‘ng uchovi bir joyda qolib, bir-biridan ayrilmadilar. Bu holga ko‘ra Alloh kimga aql bergan bo‘lsa, imon va hayo ham u bilan birgadir. Kimga aql berilmagan bo‘lsa, unda imon ham, hayo ham bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:53:00

IBRATLI HIKOYA

Bir kuni Hasan Basriy xuzurlariga bir ayol kelib, shunday dedi:
—   Ey, Allohning do‘sti! Sizga savollarim bor, javob berishingizni istayman,
—   So‘rang, — dedilar Hasan Basriy.
- Ey.. Imom! Din pokligi, din javhari, din xazinasi nima? —dedi ayol.
Hasan Basriy xazratlari:
—   Siz ayting, biz ham eshitib, o‘rganaylik, — dedilar. Ayol aytdilarki:
—Din pokligi — tahorat olmoqdir.
Din javxari — Allohdan qo‘rqmoqdir,
Din xazinasi — ilmdir. Ayol yana qo‘shimcha qildi.
Din ma’dari — hayodir. Alloh hayoli qulini maqtaydi. Rasululloh (s.a.v.) «hayo —imonning bir bo‘lagi ekanini bildirganlar,
Hasan Basriy bu ayol so‘zlarini eshitib, sevinchdan hayratu hayajonga tushdilar, ayolning so‘ziga muxlis bo‘ldilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:53:17

IMON QAL’ASI

Imon besh burchli qal’aga o‘xshaydi,
Birinchi burji oltindan, ikkinchi burji kumushdan, uchinchi burji po‘latdan, to‘rtinchi burji tunj (bronza, ruh) dan, beshinchi burji misdan.
Qal’a ichiga o‘g‘ri kirsa, qimmatli narsalarni o‘maradi. Imon qal’asining o‘grisi — shayton.
Mis burji — adabdir. Adab bo‘lmagan joyga shayton kiradi. Adab burjiga shayton yo‘llay olmaydi. U zotning imoni ozod, najot topadi. Po‘lat deganimiz vujud, temir deganimiz tandir. Tunj deganimiz farzdir. Kumush deganimiz — ixlos. Oltin deganimiz - Allohga yaqinlik.
Kimning adabi bo‘lsa, sunnatga yo‘l topadi.
Sunnatga amal qilgan ixlosga yo‘l topadi. Ixlosli kishi Allohga yaqinlashadi. Yaqinlikka erishgan esa Allohga vosil bo‘ladi.
Adabga e’tibor etmagan sunnatdan uzoq qoladi. Sunnatga ahamiyat bermaganning farzi qusurli bo‘ladi. Farzi qusurli bo‘lganning samimiyati bo‘lmaydi.
Berganini Alloh roziligi uchun bergan, sevganini Alloh rizosi uchun sevgan, sevmaganini tag‘in Alloh rizoligi uchun sevmagan kishining imoni komildir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Ey, sevimli ashobim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Odobi, xulq-atvori, tarbiyasi, tabiati go‘zal bo‘lib, insonlarga yaxshilik qiluvchingiz sizlarning imonda mukammalingizdir».
Haqiqatan bu to‘g‘rida Alloh marhamat etadi:
«Shubhasiz, siz buyuk axloq sohibisiz».(Qalam surasi, 4-oyat)
Bu oyatda Alloh Habibini vasf etmoqda, maqtamoqda. Agar bir kishi go‘zal axloqqa ega bo‘lsa, Payg‘ambarimizning axloqlari bilan (s.a.v.) axloqlangan bo‘ladi. Uning axloqi bilan axloqlangan, Uning yo‘lini tutgan bo‘ladi.
Shunday kishi qo‘rquvdan xoli va kutganiga noil bo‘ladi. Ya’ni kutgan ma’naviy maqomiga, ma’naviy yuksakliklariga erishadi. Haqiqiy ummat bo‘lish bilan sharaflanadi.
Kishi ko‘ngliga yomon bir fikr kelsa, uning yomonligini bilmoq imondandir.
Sahobai ikromdan ba’zilar bir kun Payg‘ambarimizga (s.a.v.) shunday dedilar:
«Yo Rasululloh (s.a.v.)! Ba’zan ko‘nglimizga shunday yomon fikrlar keladiki, bundan ko‘ra olovda yonganimiz yaxshiroq. Bu yomon, yaramas fikrlardan so‘ng badtar behuzur bo‘lamiz».
Payg‘ambar (s.a.v.) shunday javob berdilar:
«Bunday yomon narsalar ko‘nglingizga kelganda yomonligini bilishingiz imondandir. Chunki ko‘ngilga yaxshi narsalar kelganidek, yomon narsalar ham kela oladi».
Ey, farzand!
Imoni mukammal bo‘lishini istagan kishi kamtarin, tavoze’li bo‘lishi kerak. Imoni komil bo‘lishni istamoq va buni ta’minlashga kirishish har mo‘minning vazifasidir. O’zini insonlarning eng zaifi, ya’ni ibodati eng kami deb bilishi kamolotidan nishonadir.
Ikki narsa mo‘minning imonini komil qiladi, kamolotga yetkazadi:
1.   O’zini mo‘minlarning, insonlarning eng zaifi, ya’ni eng zaif imonlisi deb bilish.
2.   O’zi kambag‘al bo‘la turib, muhtojlarga yordam berishga shoshilish.
Ey, farzand!
Imon bor joyga ichkilik kirmaydi.
Ey, farzand!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«To‘rt narsa imonni falokatga sudraydi:
1.   Bilganiga amal qilmasdan, bilmaganiga amal qilish.
2.   Bilganini o‘rgatmaslik.
3.   Bilmaganini orlanib so‘ramaslik.
4.   O’rganganga to‘siq bo‘lib, o‘rganmoqqa qo‘ymaslik».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:53:57

TAVHID BAHSI

Ey, farzand!
Tavhid — Allohni bir deb bilmoqdir. Tavhid kalimasi:
«LA ILAHA ILLALLOHU MUHAMMADUR RASULULLOH». Shahodat kalimasi: «ASHHADU ANLA ILAHA ILLALLOHU VA ASHHADU ANNA MUHAMMADAN ABDUHU VA RASULUH».
Tavhid kalimasining ma’nosi: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Muhammad Uning elchisidir».
Shahodat kalimasining ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga va Muhammad Uning quli va rasuli ekanligiga iqrorman».
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) deydilar:
«Bir kishi «LA ILAHA ILLALLOHU MUHAMMADUR RASULULLOH» desa, tavhid kalimasi shunday deydi:
«Yo, pok Parvardigoro! Meni aytgan qulingni kechirmaguningcha, men tinchlanmayman!»
Alloh fazli bilan shunday deydi:
«Izzatim va Jalolim, Jamolim va Kamolim haqqi Meni zikr etgan bandamni kechirdim».
Ey, farzand!
Tavhid kalimasini aytgan kimsani mahshargohda bir guruh malaklar ziyorat etadilar. Uni mahshar dahshatlaridan qo‘riqlaydilar.
Alloh Musoga (a.s.) Tur tog‘ida shunday marhamat etdi:
«Yo Muso! Mahshar yerida farishtalar seni ziyorat etishlarini istasang, tavhid kalimasini ko‘p zikr et!»
Ey, mo‘min kishi! Tavhid kalimasini til bilan zikr etib, aslo dilda shubhaga tushma! Shubhaga tushish - jahannamga tushish ko‘prigi (sababchisi).   
Bunday kishiga shafoatchi yo‘q.
Ey, farzand!
Kalimai tavhidni ko‘p zikr qilgin.
Tur tog‘ida Muso (a.s.) so‘radilar:
«Allohim! «La ilaha illalloh» deya zikr etguvchi qulingga qanday haq ato etgaysan?»
«Ey,Muso! O’sha qulimdan rozi bo‘lib, jannati A’loda Jamolim bilan sharaflantiraman!»
Kalimai tavhid fazilati va uni zikr etganga beriladigan haq ta’rifga sig‘mas darajada. Buning mukofotini Allohning O’zi tayin, taqdir va ehson etadi.
Alloh xitob (murojaat) etadi:
«Ey, farishtalarim! Shohid bo‘ling, tavhid kalimasini ishonib hatto bir marta zikr etgan qulimni afv etdim, kechirdim!»
Ishonib tavhid kalimasini bir bor aytganning barcha gunohlari to‘kiladi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadi:
«Kim sidqidildan, ishonch bilan bir bor tavhid kalimasini zikr etsa, Alloh o‘sha kishiga jannatda to‘rt ming daraja ikrom etadi. To‘rg ming gunohini ham kechiradi!»
Ashobi ikromdan savol bo‘ldi:
«Yo Rasululloh (s.a.v.)! O’sha kishining to‘rt ming gunohi bo‘lmasa-chi?»
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etdilarki:
«Oila a’zolarining, qarindosh-urug‘larining, qo‘ni-qo‘shnilarining ham gunohlarini (qo‘shib) kechiradi!»
Ey, farzand!
Tavhid kalimasini zikr etishda davomli bo‘lib, barokatidan foydalanmoq, gunohlardan forig‘ bo‘lmoq zarur.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Mahshar maydoniga butun hayoti gunohlar bilan o'tgan bir kishini keltirishadi. Faqat nomai a’molida bir marta tavhid kalimasini aytgani ko‘rinadi. Barcha gunohlari tarozining bir pallasiga, tavhid kalimasining savobi bir pallasiga qo‘yiladi. Tavhid kalimasining savobi og‘ir kelgani uchun jahannamdan chiqariladi».
Ey, farzand!
Tavhid kalimasining fazilati cheksiz. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir hadisi shariflarida shunday deydilar:
«Banda «LA ILAHA ILLALLOH!» deya zikr etishi bilan og‘zidan bir yashil qush uchib chiqadi. Bu qush ko‘tarilib to‘g‘ri arshning ostiga joylashadi. Umri davomida uni aytgan kishiga Allohdan mag‘firat tilaydi. Mahshargohda esa o‘sha kishining qo‘lidan tutib, to‘g‘ri jannatga eltadi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:54:49

ALLOH RIZOSI

Ey, farzand!
Alloh rizosini istasang, quyidagilarga amal qil.
Alloh Musoga (a.s.) marhamat etdi:
«Ey, Muso! Men uchun nima xizmat qilding?»
Muso:
«Yo Robbim! Sen uchun namoz o‘qidim, ro‘za tutdim, tasbeh aytdim, sadaqa berdim...»
Alloh yana marhamat qildi:
«Ey, Muso! Bularning hammasi o‘zing uchun. Namoz o‘qigan bo‘lsang, evaziga jannat beraman. Ro‘za tutgan bo‘lsang, qabringda va sirotda senga nur bo‘ladi. Tasbeh aytgan bo‘lsang, jannatda o‘zingga mevachi daraxtlar bo‘lib ko‘karadi. Sadaqa bergan bo‘lsang, raddi balo, ya’ni senga keladigan balo-qazolarga, falokatlarga qarshi turadi. Barcha bu qilgan ishlaring o‘zing uchundir. Men uchun nima qilding?»
Muso(a.s):
«Allohim! Sen uchun nima qilishim zarur?»
Alloh taolo:
«Men uchun bir kishini sev, uni uzingga do‘st tut! Sevganingni Men uchun sev, sevmaganingni ham Men uchun sevma! Men faqat qulimdan shunday qilsagina rozi bo‘laman», dedi.
Rasululloh (s.a.v) marhamat etadilar: «Bir kishi bir gunoh qilmoqchi bo‘lganida Allohni yodga olib, Uning uchun o‘sha gunohdan darhol qaytsa, voz kechsa, Alloh o‘sha kishiga atab ikki jannat yaratadi, har bir jannat kattaligi, kengligi eni-bo‘yiga sakson ming gazlik yo‘l uzunligidadir».
Ey, farzand!
Bir kishining qazo va qadarga rozi bo‘lishi maqbul bir banda ekaniga ishoratdir. Qazo va qadarga isyon qilishi esa osiy bir qul ekanini bildiradi. Har qanday iztirobga, g‘am-anduhga nisbatan g‘azablanib isyon etmoq ham shunday. Mashaqqatdan, g‘amdan, qiyinchilikdan sabr bilan o‘tmoq kerak.
Ey, farzand!
Allohga itoatli bo‘lmoqni istagan banda har so‘zida:
«Inshaalloh» deya boshlashi kerak.
Payg‘ambar (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Inson uchun har qanday bir ishni boshlayotganda
«Inshaalloh» demoqdan xayrliroq va go‘zalroq bir so‘z yo‘q».
Bir ish uchun «Inshaalloh» deb so‘zga kirishmoq yoki ish boshlamoq o‘sha ishni Allohga havola etmoqdir. «Agar Alloh xohlasa» demakdir.
Kishining ko‘ngli uch narsada ochiq va bo‘sh bo‘lishi kerak:
1.    Qur’oni karim o‘qiyotganda.
2.    Zikr qilayotganda.
3.    Namoz o‘qiyotganda.
Ibrohim Adham hazratlari aytadilarki, ko‘nglini ham uch holda hozirlamagan kishi uchun rahmat va fayz eshiklari ochilmaydi. Bir kishining orif ekanining uch alomati bor:
1.    Jimligi (sukuti) — tafakkur
2.    Boqishi (qarashi) — ibrat.
3.    Xohishi (istagi) — ibodatdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:55:01

SHAYX ZUNNUNI MISRIY O’GITI

Zunnuni Misriy hazratlari deydilarki: Shu o‘gitlarni tutgan kishining dunyosi va oxirati obod bo‘ladi. Me’dasi ovqat bilan to‘la kishining ko‘nglidan ilmu hikmat joy olmaydi.
Gunoh qilishdan saqlangan kishilarga mujdalar bo‘lsin!
Gunohlardan saqlanmoq yo‘li — kam yemoqdir.
Oz yemoq, ko‘p zikr etmoq Alloh rizosiga yaqinlashtiradi.
Allohdan qo‘rqish alomati — quyidagilardir:
1.    Har bir ishni yaxshi niyatda boshlamoq.
2.    Nafs bilan kurashib, uni yengish.
3 O’limni juda yaqin bilib, so‘nggi nafasida imon bilan ketish uchun diqqat-e’tibor va andishali bo‘lish.
4.    Har narsadan Alloh rizosini ustun qo‘ymoq. U rozi bo‘lmaydigan narsalardan uzoq turmoq.
5.    Bid’atlarni, dinga keyinchalik suqilib qolgan narsalarni tashlab, sunnat bo‘lgan amallarni bajarish.
6.   Hech bir gunohni kichik hisoblamaslik.
Alloh rizosini ko‘zlaganlar va izlaganlar bu olti narsaga amal qilsin!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Bir kishi zikr va duo majlisida bo‘lib, birga zikr etib, duolar qilsa, Alloh o‘sha kishini zikr va duo ahli sifatida qabul qilib, himoyasiga oladi. Alloh himoyasi ostiga olgan kishini esa aslo jazolantirmaydi».
Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Aksirgan kishi «Alhamdulillah» deganida Alloh u kishini yetmish xil g’am-qayg‘u va falokatdan saqlaydi».
Alloh huzurida shu to‘rt kalimadan sevimliroq bir narsa yo‘q. Bir kishi bu to‘rt kalimani shomu sahar yuz martadan o‘qisa, barcha xohishu istaklariga yetadi. Alloh shu duo hurmatidan o‘sha kishining oxirat murodini ham beradi. Mana o‘sha to‘rt kalima:
«SUBHANALLOHI VAL HAMDU LILLAHI. VA LA ILAHA ILLALLOHU VALLOHU AKBAR. VA LA HAVLA VA LA QUVVATA ILLA BILLAHIL ALIYYIL AZIYM.
Yana bir tasbeh mana bunday tarzda:
«SUBHANALLOHI VA BI HAMDIHI SUBHANALLOHIL AZIYM».
Bir kishi ixlos bilan shu tasbehni shomu sahar yuz martadan aytsa, Alloh o‘sha kishiga qabul bo‘lgan yuz haj savobini beradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:55:27

IMON DUOSI

Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Sevimli sahobalarim! Qiyomatga qadar keladigan ummatlarim! Tongda to‘shagingizdan turar-turmas shu duoni o‘qing:
«SUBHANALLOHI VA BIHAMDIHI SUBHANALLOHIL AZIYM».
O’sha kuni kechgacha qilgan gunohingizni Alloh kechiradi».
Bir boshqa hadisi shariflarida shunday deydilar:
«Kim shu duoni kunda o‘n marta o‘qisa, o‘sha kishiga Alloh qirq ming savob ehson aylaydi».
«ASHHADU ANLA ILAHA ILLALLOHU VAHDAHU LA SHARIYKA LAHU. ILAHAN VAHIDAN SOMADAN LAM YATTAXIZ SOHIBATAN VA LA VALADAN. VA LAM YAKUL LAHU KUFUVAN AHAD».
Ey, farzand!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar:
«Bir kishi bir joyda shu (quyidagi) duoni o‘qisa, o‘sha joydan turmay turib, shirk va birovning haqqidan tashqari barcha gunohlarini Alloh kechiradi».
Shirkning jazosi — jahannam. Birovning haqqi esa haqlarni rozi qilish bilan kechirmadi.
Duo budir:
«SUBHANAKALLOHUMMA VA BIHAMDIKA. ASHHADU ANLA ILAHA ILLA ANTA VAHDAKA. LA SHAR’IYKA LAKA VA ASTAG’FIRUKA VA ATUBU ILAYKA».
Abu Bakr Qittoniy hazratlari deydilar:
«Bir kecha Rasulullohni (s.a.v.) tushimda ko‘rdim. Bir necha savollar berdim. Va dedimki:
«Yo Rasululloh (s.a.v.)! Menga shunday bir duo o‘rgatingki, aytganimda qalbimni tirik topayin!»
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etdilar:
«Har tong shu duoni o‘qi:
YA HAYYU YA QAYYUMU. YA BADIYAS SAMAVATI VAL ARZI. YA ZAL JALALI VAL IKROM. YA LA ILAHA ILLA ANTA AS’ALUKA AN TUHYIYA QOLBIY BINURI MARIFATIKA. YA ALLOH! YA ALLOH! YA ALLOH!»
Ey, farzand!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) har doim, hatto vafot etayotganlarida ham shu duoni o‘qidilar:
«SUBHANALLOHI VA BI HAMDIHI ASTAG’FIRULLOHA VA ATUBU ILAYH».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:55:45

BOZORLARDA AYTILADIGAN DUO

Ey, farzand!
Kim bozorlarda shu duoni o‘qisa, bozorning moddiy va ma’naviy zararlaridan yiroqlanadi. Oldi-berdisida ham barakot hosil bo‘ladi.- Duo budir:
«LA ILAHA ILLALLOHU VAHDAHU LA SHARIYKA LAHU. LAHUL MULKU VA LAHUL HAMDU. YUHYIY VA YUMIYTU VA HUVA HAYYUN LA YAMUTU. BIYADIHIL XOYRU VA HUVA ALA KULLI SHAYIN QODIYR».

Qayd etilgan