Imom G'azzoliy. Ey, farzand  ( 123068 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:56:05

TAOM DUOSI

Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) deydilarki:
«Bir kishi taomlangach, quyidagi duoni o‘qisa, Alloh o‘sha kishining o‘tgan gunohlarini afv etadi. Rizqi shifoga aylanib, barokatlanadi».
Duo yolg‘iz yoki ko‘pchilik taomlanganda o‘qiladi. Duo har taom so‘ngida qilinishi tavsiya etiladi. Duo budir:
«ALHAMDU LILLAHILLAZIY AT’AMANI HAZAT TOAMA. VA ROZAQANI MIN G’OYRI HAVLIN MINNIY VA LA QUVVAH».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:56:16

LIBOS KIYISH DUOSI

Ey, farzand!
Yangi libos kiyganlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday duo qilardilar:
«ALHAMDU LILLAHILLAZIY KASANIY MA URIYA BIHI AVROTIY».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:56:30

ISTIG’FOR DUOSI

Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Kim bu istig‘for duosini tongda o‘qib shomgacha, shomda o‘qib tonggacha vafot etsa, shahid sifatida ketadi».
Duo budir:
«ALLOHUMMA ANTA ROBBIY LA ILAHA ILLA ANTA XOLAQTANIY. VA ANA ABDUKA VA ANA ALA AHDIKA MASTATO’TU. A’UZU BIKA MIN SHARRI MASONA’TU. ABU’U LAKA BINE’MATIKA ALAYYA. VA ABU’U BIZANBIY FAG’FIRLIY ZUNUBIY. FAINNAHU LA YAG’FIRUZ ZUNUBA ILLA ANTA. LA ILLAHA ILLA ANTA SUBHANAKA INNIY KUNTU MINAZ ZOLIMIYN».
Ey, farzand!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Hurayraga (r.a.) shunday deganlar:
«Ey, Abu Hurayra! Kim kunda yigirma besh marta shu duoni o‘qisa, Alloh uni obidlar qatoridan deb yozadi».
O’sha duo:
«ASTAG’FIRULLOHA LI VA LIVALIDAYYA. VALIL MU’MINIYNA VA MU’MINATI. VAL MUSLIMIYIA VAL MUSLIMATI. AL AHYAI MINHUM VAL AMVATI. BIROHMATIKA YA ARHAMAR ROHIMIYN».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:56:41

IXLOS SURASINING FAZILATI

Ey, farzand!
Ixlos surasini ko‘p o‘qish kerak. Ixlos surasi haqida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Mahshar maydonida bir jarchi shunday jar soladi:
«Allohni ko‘p zikr etganlar, Ixlos surasini ko‘p o‘qiganlar beri kelinglar!»
Shunday kishilar oldinga chiqadilar.
Farishtalar ularga shunday deydilar:
«Dunyoda Allohni ko‘p zikr etib, Ixlos surasini ko‘p o‘qirdingiz, shuning barokati bilan kechirildingiz. Qani, haqingiz, jannatga kiring!»
Ey, farzand!
Abu Hurayra (r.a.) rivoyatiga ko‘ra, Rasulullohning (s.a.v.) yonlarida bir kishi Ixlos surasini o‘qidi. Bir payt Payg‘ambarimiz (s.a.v.) «Vajabat» dedilar. Bu — «vojib bo‘ldi», deganlari. Bir sahoba: «Vojib bo‘lgan nima? Yo Rasululloh?!» (s.a.v.) deb so‘raganida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) «Jannat» deya marhamat etdilar: «Ixlos surasini ixlos bilan, ishonch bilan o‘qigan kishi muhaqqaq jannatga kiradi».
Bu suraning fazilati ko‘p.
Jobirdan (r.a.) qilingan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Bir farishta ko‘kka chiqayotib, ikkinchisi ko‘kdan yerga tushayotib bir payt orada uchrashib biri ikkinchisiga shunday dedi:
«Illiynga (jannat) shunday bir amal eltdimki, bunday amalni shu paytgacha olib chiqmagandim».
Buni eshitgan farishta so‘radi:
—   U qanday amal edi?
—   Bir kishi Ixlos surasini o‘qidi, shu amalni eltdim, — dedi farishta.
—   Alloh u kishini qanday mukofotladi?
—   O’sha bandaning barcha gunohlarini kechirib, o‘rniga shuncha savob yozadi».
Ey, farzand!
Ixlos surasini «Bismilloh» bilan ming marta o‘qigan tish og‘rig‘idan qutilishi rivoyat etilgan.
Muhammad ibn Fazl deydilarki:
«Bir kun tishim juda qattiq og‘ridi. Tushimda ming marta Ixlosi sharifni o‘qishim bildirildi. Bir oz o‘tdi. Ketidan yana tush ko‘rdim. Bu gal «Bismilloh» bilan o‘qishimni aytdilar. Aytilganidek ado etdim. Va bundan so‘ng bir marta ham tishim og‘rimadi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:56:59

SALOVATI SHARIF AYTISH FAZILATI

Ey, farzand!
Ayniqsa, juma kuni ko‘p salovat aytish kerak. Kim juma kuni yuz marta salovat aytsa, Alloh uning yuzta tilak-istagini o‘rinlatadi. Bu tilaklarning o’ttizi dunyo, yetmishi oxirat uchundir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Har kun yuz marta salovati sharif keltirgan kishi mahshar maydonining chidab bo‘lmas issig‘idan qutiladi. O’sha dahshatli kunda arsh soyasida men bilan birga bo‘ladi!»
Kim bir marta salovati sharif aytsa, Alloh o‘sha salovati sharif xurmatiga bir farishta yaratadi, u qiyomatgacha o‘sha kishi uchun Allohdan mag‘firat tilaydi. Yana Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Kim menga kunda uch marta salovat aytsa, uning o‘sha kun qilgan gunohlari kechiriladi!»
Ey, farzand!
Rasulullohni (s.a.v.) ko‘p eslamoq, u zotga ko‘p salovati shariflar aytmoq zarur. Salovati shariflar aytmoqqa davom etgan kishi xo‘rlanmaydi va qashshoqlik ko‘rmaydi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Uch toifa kishining qo‘lga kiritgan narsasida barokat bo‘lmaydi va qayda bo‘lsa xo‘rlanadi. Bular:
1.   Mening nomimni eshitganda salovati sharif aytmagan.
2.   Ramazon oyiga hurmat ko‘rsatmagan, ro‘za tutmagan, tarovih namozini o‘qimagan.
3.   Ota-onasi tirik bo‘la turib, ularni xursand qilmagan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:57:22

SADAQA BERIShNING FAZILATI

Ey, farzand!
Faqir va muhtojlarga yordam bergan, taomlantirgan kishini Alloh jannat ne’matlari bilan siylaydi. Ming gunohini o’chirib, ming savob yozadi. Muhtojlarga har jihatdan madad-yordam berish zarur. Oila a’zolariga, qarindosh-urug‘larga, qo‘ni-qo‘shnilar, do‘stu birodarlarga xasislik qilmaslik kerak. Bularga sarflangan narsa sadaqa o‘rniga o‘tadi.
Abu Umoma (r.a.) hazratlarining Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qilgan hadislarida shunday deyiladi:
«Bir kishining oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga, qo‘ni-qo‘shnilariga ko‘rsatadigan ikromi ikromlarning eng go‘zalidir. Bularga nisbatan xasislik qilmaslik kerak».
Ey, farzand!
 To‘rt xislat kishining yaxshilik egasi ekanini va yaxshiligini bildiradi. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
1.    Mo‘l-ko‘l (boy va kambag‘al) zamonlarda zakot va taqchil paytlarda sadaqa bermoq.
2.    G’azablangan holda jahlini yutmoq.
3.    Bir kishida ko‘rgan kamchilikni atrofga yoymasdan berkitmoq.
4.   Oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga, qo‘ni-qo‘shnilariga, atrofidagilarga nisbatan jo‘mard, saxovatli muomalada bo‘lmoq.
Shunday xislatlarga ega bo‘lgan zot yaxshi insondir. Bu xislatlar kishini yaxshi inson sifatida namoyon etadi.
Chanqagan kishiga suv ichirmoq ikromlarning eng savoblisidir. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Chanqagan bir kishiga suv ikrom etganning amal daftariga yetmish yillik ibodat savobi yoziladi.
Bu ikromni suv tanqis joyda qilganga hazrati Ismoil (a.s.) (bunga Payg‘ambarimizning (s.a.v.) axli bayti ham doxil) avlodlaridan bir kishini kofir qo‘lidan qutqarganning savobi beriladi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:57:37

Ey, farzand!
Xayr va hasanotni mo‘l qilmoq, saxiy bo‘lmoq lozim. Alloh xayr qilguvchi, saxiy qullarini sevadi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Har doim xayr qilib, xayrli ishlar bilan mashg‘ul va yomon ishlardan uzoq bo‘lgan qulini Alloh sevadi».
Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Bir dona xurmo bilan bo‘lsa ham faqirga ikrom etganga o‘sha xurmo donasi besh narsani mujdalaydi:
1.    Men bir dona edim, meni ko‘paytirding.
2.    Kichik narsa edim, ulg‘aytirding.
3.    Men dushman edim, sen do‘st aylading.
4.    Men yeyilib yo‘q qilinardim, meni abadiylashtirding.
5.   Hozirgacha sen meni saqlashga harakat etarding, bundan buyon men seni saqlanishingni tilayman».
Ey, farzand!
O’rniga xarjlangan mol kamaymaydi. Shubhasiz ortadi. Abdurrahmon ibn Avf (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) shunday rivoyat qilgan:
«Uch xususda hech shubha qilmasdan qasamyod etaman:
1.    Sadaqa berish va xayrga sarf etish bilan mol kamaymaydi. Balki ortadi, ko‘payadi.
2.    Bir kishiga yomonlik qilinsa, yomonlik ko‘rgan uni kechirsa, Alloh qiyomat kunida o‘sha kechirgan qulini mahshar xalqi havas qiladigan bir kishiga aylantiradi.
3.   Tilanmoqqa odatlangan faqirlikdan qutilmaydi.
Ey, farzand!
Abu Hurayra(r.a.) aytgan rivoyatga ko‘ra, Paygambarimiz (s a.v.) shunday deydilar:
«Alloh rizosi uchun qilingan bir yaxshilikka ming savob bilan javob beriladi».
Abu Hurayra (r.a.) hazratlari deydilarki:
«Buni eshitgan bir zot mendan shu xabar to‘g‘rimi, yo‘qmi deb so‘radi. Men unga shunday javob berdim: Men Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) eshitdim. Shunday dedilar:
«Kim Alloh uchun qarz bersa, Alloh unga ikki ming savob ehson etadi. Birovga qarz beruvchi yaxshilik bilan bersin, hamda yaxshilik bilan olsin».
Chunki yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Sizlar bir-biringiz bilan qarz oldi-berdi qilgan paytingizda bu ishni yaxshilik bilan ado etingiz. Agar boy bo‘lib, faqirda bergan qarzingizni kechib yuborsangiz, mahshargohda arshning soyasida bo‘lasiz. Jannat ham sizni oshiq bo‘lib kutadi!»

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:57:52

QARZ OLISH VA QARZ BERISH HAQIDA

Ey, farzand!
Birovga qarz berish sadaqa berishdan afzaldir. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar:
«Bir kishining muhtojga qarz berishi sadaqa berishidan o‘n sakkiz daraja afzalroqdir». Ro‘za tutish va sadaqa berishni o‘ziga nazr qilish xavflidir. Chunki har ikkisini bajara olmay qolish ehtimoli bor. Aks holda nazr sohibi Allohga nisbatan qarzdor sanaladi.
Ishlagan odamning haqini terisi qurimasdan, ya’ni juda tez ado etish kerak.
Qarz so‘ragan kishining qiyin holini o‘ylab, uni hijolat qilmaslik, ranjitmaslik kerak. Bu xususda Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar:
«Qarz olib, qarz berish ishini yaxshilik bilan bajaringiz. Agar taraflardan birini ranjitsangiz, xafa qilsangiz katta gunoh orttirgan bo‘lasiz!»
Qarz olgan kishi boshdan qaytarishga niyatli bo‘lishi shartdir.
Uch holatda qarz olmoq uchun murojaat qilinadi:
1. Xastalik va boshqa sabablar bilan ishlab foyda topolmay qolganda, muhim ehtiyoj chiqqanda shunga yarasha olmoq.
2.    Ro‘zg‘or, oila kamchiligini butlamoq uchun.
3.    Uylanmoq uchun yetarli tayyorgarlik ko‘rilmagan holda.
Bu uch holatda Alloh qulning vakili va yordamchisi bo‘ladi.
Bunday kishiga Alloh yordam va’da qilgan.
Qarzdor bo’lish kishining huzurini buzadi. Ko‘p qarz olmoqdan keskin tiyilish kerak. Qarzi bo‘lganning rohati bo‘lmaydi. Kishi qarzining xizmatkoridir.
Qarz insonni kechalar g‘amli, kunduzlar g‘amgin qiladi.
Qarzdor kishiga zakot berishni Alloh joiz etgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:58:04

SUDXO’RLIKNING YOMONLIGI

Ey, farzand!
Oldi-sotdi, oldi-berdi (qarz) kabi ishlarda foizdan qochish zarur. Qarz berilgan kishidan ortiqcha foydalar kutmaslik kerak. Chunki foiz yeyishning gunohini Payg‘ambarimiz (s.a.v.) deydilar-ki, kishi onasi bilan zino qilgan kabidir. Bu holga tushish xorligidan barchamizni Allohning o‘zi asrasin!
Foiz ishida guvoh, kotib va vakil bo‘lgan, bergan va olgan — hammasi la’natlangan. Foiz ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan xavotirli natijalarga olib keladi. Qanday qilib bo‘lsa ham bundan qochish kerak.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2009, 09:58:22

SAVDODA YOLG’ON SO’ZLASHNING YOMONLIGI

Ey, farzand!
Oldi-sotdiga yolg‘on qo‘shganga Alloh rahmat nazari bilan boqmaydi. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Alloh mahshar yerida uch toifa insonga rahmat nazari bilan qaramaydi. Bular:
1.    Oldi-sotdi ishlarida yolg‘on aytguvchi.
2.    Tez-tez qasam ichib oldi-berdi qiluvchi.
3.   Yonida suv bo‘lgani holda muhtojdan ayaguvchi (qizg‘anchiq, baxil, xasis)lar.
Alloh suv bermasdan baxillik, ziqnalik qiluvchilarning mahshargohdagi ahvoli haqida shunday marhamat etadi:
«Sen Mening suvimni Mening muhtoj kishimdan ayading. Men ham fazlu rahmatimni sendan ayayman».
Ey, farzand!
Bir narsani sotib olgan kishi pushaymon bo‘lib, shu narsasini o‘z holicha qaytarib keltirsa, sotuvchi o‘sha molni qaytarib olishi kerak. Bu xususda Rasulullohning (s.a.v.) marhamatlari bor:
«Bir kishi bir molni sotsa, olgan kishi pushaymon bo‘lib, xususiyatini o‘zgartirmasdan qaytarib keltirsa, yoxud sotuvchi sotganiga afsuslanib qaytarib olishni istasa, shu istaklarga muvofiq ish tutingiz. Qiyomat kuni Alloh shunday kishilardan rozi bo‘ladi».
Qaytib olingan mol esa taraflar uchun zarar emas, foyda keltirishi ko‘p hayotiy tajribalarda ko‘rilgan.

Qayd etilgan