O'T YO'LI KASALLIKLARI.  ( 102985 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Munavvara  09 Fevral 2009, 17:40:17

O'T YO'LI KASALLIKLARI.

Xolesistit va xolangit. O't pufagi yallig'lanishi-xolesistit o't yo'lini yallig'lanishi-xolangit deyiladi. Har ikkala kasallikka asosan infeksiya sabab bo'ladi. O't pufagi shilliq qavatiga patogen mikroorganizmlar kirishi xolesistit va xolangit etiologiyasida muhim o'rin tutadi. Ular o't pufagiga qon va o't yo'li orqali kiradi. O't suyuqligi ich terlama mikrobi uchun yaxshi oziq muhiti bo'lganligi sababli xolesistit ich terlama kasalligida ham paydo bo'lishi mumkin. Xolesistit-ning paydo bo'lishiga ko'pincha ichak tayoqchasi ham sabab bo'ladi. O't pufagida tosh bo'lsa, xolesistit va xolangit vujudga kelishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Xolesistit kechishiga qarab ikki xil bo'ladi o'tkir va surunkali.
Belgilari. Xolesistitda o'ng qovurg'a ostida qattiq og'riq paydo bo'lib, u ba'zan xuruj tarzida o'tadi. Jigar shishib, ushlanganda og'riydi va kattalashganligi qo'lga yaqqol bilinidi. Odatda bemorga dispeptik holatlar: qorin shishi, kekirish, ko'ngil aynishi, ba'zan qayt qilish, chanqash, til qurib karash, til kurib, karash boylashi kuzatiladi. Xolesistitda sklera sarg'ayadi, xolangitda esa sarg'aymaydi. Qonda lekositoz bo'lib, eritrositlarni cho'kish tezligi jadallashadi. Ko'pincha o'tkir xolesistit va xolangit surunkali formaga aylanishi mumkin. Parxez buzilsa, qaytalanib turadi.

Davolash va oldini olish.
O'tkir xolesistit va xolangitda, shuningdek kasallikning surunkali formasi qaytalanganda, bemor o'rinda yotishi kerak. Jigar sohasiga grelka qo'yiladi, yiringli xolesistitda esa mo'z qo'yiladi. Bemorga â„– 5 parxez stoli buyuriladi va ko'p miqdorda mineral suv (Yessentuki, Borjomi mineral suvlari) ichish tavsiya etiladi.
Xolesistit va xolangitni yiring paydo qiluvchi bakte-riyalar qo'zg'atgan bo'lsa, penisillin va boshqa antibiotiklar, shuningdek, sulfanilamid preparatlari buyuriladi.
Belgilari. Odatda kasallikni bemor deyarli sezmaydi. Dastlabki belgilardan biri qorinda davomli to'mtoq og'riq bo'lishidir. Kasallik aksariyat tana haroratini yuqori bo'lishi, et uvishishi bir necha kun davom etishi bilan kechadi. Badan sarg'aymaydi. Kasallik xuruj qilgan davrida qorin shishadi, jigar pal'pasiya qilingada 2-3sm kattalashganligi kuzatiladi. Ko'pincha og'riq nuqtalari bo'yinda va ko'krak atrofida bo'ladi. Kasallikning o'tkir formasida leykositlar ko'payishi, eritrositlarning cho'kish tezligini jadallashishi, bu xol uzoq davom etishi tufayli anemiya paydo bo'lishi mumkin. Oldini olish va davolash xolesistitdagi kabi.

Qayd etilgan


Munavvara  09 Fevral 2009, 17:43:52

O‘t-tosh kasalligi

O‘t-tosh kasalligi keng tarqalgan kasalliklardan biri. Ma'lu-motlarga qaraganda, bu kasallik juda keng tarqalgan bo‘lib, har o‘nta odamdan bittasi o‘zida tosh olib yuradi. Yosh o‘tib borgan sari bunday odamlar soni ham ortib boradi, ammo hamma ham kasal bo‘lavermaydi. Hayotda hech kasal bo‘lmaganlarda ham tosh topilishi mumkin. Hisobotlarga qaraganda, shunday kasallik bilan og‘rigan bemorlarning taxminan 10% ida tosh borligi aniqlangan.
O‘t-tosh kasalligi-organizmda modda almashinuvi buzilishi natijasida o‘t pufagi yo‘llarida tosh paydo bo‘lishi, ularda o‘t dimlanib qolishi bilan kechadi.
O‘t-tosh kasalligi bilan ko‘pincha ayollar kasallanadi. Kasallikning kelib chiqishida turmush sharoitining ahamiyati katta. Kasallik ko‘pincha to‘ladan kelgan odamlarda uchraydi.
O‘t-tosh kasalligining rivojlanishiga turli yuqumli kasalliklar (qorin terlamasi, ichburag‘, enterokolit, ko‘richak, gijjalar, yallig‘lanish jarayonlari), shuningdek, qorin dam bo‘lishi, su-runkali ich qotish, ko‘krak-qorin to‘sig‘ining sust harakatlanishi ham kasallikka sabab bo‘lishi mumkin. O‘t-tosh kasalligi irsiy xususiyatga ega bo‘lishi ham mumkin.
O‘t-tosh kasalligi rivojlanishida moddalar almashinuvi-ning buzilishi va o‘t tarkibining o‘zgarishi katta ahamiyatga ega. Jigardagi disxoliya jarayoni o‘t tarkibidagi qiyin eriydigan moddalarni, asosan, xolesterinni cho‘kishiga imkon yaratadi. Xolesterinning cho‘kishi esa, o‘t tarkibida xolesterin ko‘payganda sodir bo‘ladi. Lekin, ba'zan xolesterin me’yorida bo‘lsa ham cho‘kishi mumkin. Xolesterin suvda erimaydi, o‘tda esa o‘t kislotalari yordamida ushlab turiladi. O‘t kislota yetishmovchili-gida xolesterin tosh hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘tning tarkibi va uning ichakka tushishi ovqatning xususiyatiga va uni qabul
qilish darajasiga bog‘liq. Seryog‘, sergo‘sht va boshqa oqsilga boy bo‘lgan ovqatlar hamda xolesterin, billirabinga boy konservalan-gan mahsulotlar o‘t ajralishiga imkon beradi. Shuning uchun kasallik ko‘pincha ko‘p ovqat yeydigan, semirishga moyilligi bo‘lgan, ichak harakati sust odamlarda uchraydi. Noto‘g‘ri ovqatlanish va shoshilib ovqat yeyish, ovqat vaqtida diqqatning bo‘linishi, ovqatlanish maromining buzilishi ham o‘t-tosh kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablardan biri. Xolesterin, kalsiy tuzlari, bilirubin, bundan tashqari, oqsil tosh hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Tarkibiga ko‘ra toshlar xolesterinli, rangli, aralash bo‘ladi.
O‘t-tosh kasalligining klinik ko‘rinishi har xil, asosan, asoratli va asoratsiz turlarga ajratiladi. O‘t-tosh kasalligining asoratsiz turi dispepsiya, o‘t yoki jigar sanchig‘i ko‘rinishida bo‘ladi, dispeptik holat kasallikning doimiy belgisi bo‘lib hisoblanadi. Bemor vaqt-vaqti bilan paydo bo‘ladigan qorin ustidagi va o‘ng qovurg‘a ostidagi og‘riqdan, qorin dimlanishidan, keki-rish, vaqt-vaqti bilan qusishdan shikoyat qiladi. Kasallar ko‘¬pincha tuxum, pishloq, yog‘li ovqatlar, xamirni ko‘tara ol-maydilar. Ba'zan, ovqat yegandan 3-4 soat o‘tgach o‘ng qo¬vurg‘a ostida og‘riq paydo bo‘ladi. U orqaga va o‘ng kurak so-hasiga tarqalishi mumkin. Ich ketib, najasda ko‘p miqdorda o‘t ajraladi. O‘t-tosh kasalligining o‘ziga xos belgisi jigar yoki o‘t sanchig‘i deb ataluvchi og‘riq paydo bo‘lishidir, og‘riq xuruj-simon bo‘ladi. Og‘riq qo‘qqisdan yuzaga kelishi, ba'zan unga ba'zi bir belgilar qo‘shilishi mumkin. Ko‘pincha xuruj yog‘li ovqat yegandan so‘ng paydo bo‘ladi. Ayniqsa, spirtli ichimlik ichish, botmaydigan ovqat iste’mol qilish, sovqatish, o‘ta charchash, egilib ishlash, hayajonlanish, qo‘rqish va hokazolar ham kasallik xurujiga sabab bo‘ladi. Ayollarda kasallik hayz ko‘rishdan oldin yoki u boshlanganda, homiladorlik vaqtida, tuqqandan so‘ng paydo bo‘ladi.
Odatda xuruj kunning birinchi yarmida, ya’ni o‘n ikki barmoq ichak ovqat bo‘tqasi bilan eng ko‘p ta'sirlangan vaqtda, o‘t ko‘p
oqishi natijasida boshlanadi. Og‘riq o‘tkir, ba'zida chidab bo‘l-maydigan darajada bo‘ladi.
Oshqozon kasalligidagi qusishdan farqli o‘laroq, bu kasallik-da qusgandan so‘ng bemorning ahvoli yengillashmaydi. Qator hollarda, ayniqsa yurak kasalligi bilan og‘rig‘an bemorlarda yurak-qon tomir sistemasida o‘zgarish vujudga keladi, marom buziladi, bradikardiya, ekstrasistologiya, stenokardiya xuruji, yurak astmasi xurujlari, oyoq-qo‘llarning muzlashi kuzatiladi. Og‘riq xuruji vaqtida reflektor anuriya boshlanishi mumkin, xuruj oxirida ko‘p miqdorda tiniq siydik ajraladi. Nerv sistemasining qo‘zg‘alish belgilari paydo bo‘ladi, boldir muskulining tortilishi va umumiy tutqanoq tutishi mumkin. Og‘ir hollarda es yo‘qoladi. Ko‘pincha qisqa vaqt harorat ko‘tariladi, xuruj vaqtida bemor bezovta bo‘ladi, u har xil vaziyatni oladi.
Qorinni tekshirganda uning dam bo‘lishi, devori tarangla-shishi mumkin. O‘ng qovurg‘a ostida hamda o‘t pufagi sohasida keskin og‘riq aniqlanadi. Ma'lum nuqtalarda: o‘t pufagi, qorin-ning yuqori qismida, umumiy o‘t yo‘li va oshqozon osti soha¬sida, yelka, VII, IX, XII umurtqa sohasida, ko‘krak burchagida, diafragma sohasida, o‘ng qovurg‘a osti yoki qovurg‘a yoyi barmoqlar bilan tebratilganda keskin og‘riq paydo bo‘ladi (Ortner ijobiy belgisi). Qorinni mukammal tekshirish xuruj to‘x-tagandan so‘ng amalga oshiriladi. Xuruj bir necha daqiqadan bir necha soatgacha, ba'zan 1-2 kungacha davom etadi. Jigardagi og‘riq goh to‘xtab, goh paydo bo‘ladi.
Qon tahlili. Qonda leykotsitlar ko‘payadi. Agar xuruj bir necha kundan ortiq davom etsa, o‘t yo‘lining tiqilishi yoki tora-yishi natijasida mexanik sariqlik paydo bo‘ladi. Bu holda qonda billirubin ko‘payadi, qisqa vaqt najas rangi o‘zgaradi.
Toshning o‘t pufagi bo‘ynida yoki pufak yo‘lida bo‘lishiga parhezning buzilishi, kuchli hayajonlanish, kamquwatlik sabab bo‘ladi.
Kasallik alomatlari. O‘t pufagi sohasida sanchiqli og‘riq tu-rishi kuzatiladi. Og‘riq ko‘pincha qisqa vaqtli bo‘ladi. Agar tosh
kichik bo‘lsa, u umumiy o‘t yo‘liga o‘tib ketadi yoki o‘t pufagiga qaytadi. Agar tosh katta bo‘lsa, pufak yo‘li bekilib qoladi. Natijada kuchli og‘riq ro‘y beradi. Sariqlik kuzatilmaydi. Paypaslaganda o‘t pufagi kattalashganligi aniqlanadi. O‘n ikki barmoq ichakni zondlaganda o‘tning „B“ ulushi bo‘lmaydi.
Xoletsistografryada o‘t pufagi soyasini aniqlab bo‘lmaydi. Bir necha haftadan so‘ng o‘t pufagi istisqosi rivojlanadi. O‘ralgan o‘t pufagidan o‘t so‘rilib ketadi, pufak o‘t pufagi devorlaridan sizib chiquvchi tiniq suyuqlik oq o‘t bilan to‘ladi. Ba'zan o‘t so‘¬rilib, pufak bo‘shab qoladi. O‘t pufagi istisqosining asosiy bel-gisi qorinning o‘ng yarmida, o‘ng to‘g‘ri muskulning tashqi qirrasida oval yoki noksimon shish paydo bo‘lishidir. U jigar bilan bog‘langan bo‘lib, nafas olganda va paypaslaganda harakatchan, og‘riqsiz yoki og‘riqli bo‘lishi mumkin. Sariqliq, qichishish, bradikardiya kuzatilmaydi. Xuruj o‘tgandan so‘ng bemorning umumiy ahvoli uncha o‘zgarmaydi. Harorat me’yorida yoki subfebril bo‘ladi.
Xuruj vaqtida bemor o‘t (safro) tashlab, qayt qiladi. O‘t sanchig‘idagi og‘riqqa morfm og‘rig‘i deyiladi, chunki u faqat narkotik inyeksiyasi bilan bartaraf qilinadi.
Davosi. O‘t-tosh kasalligida ko‘p hollarda xirurgik davo qilish zarur. Terapevtning vazifasi bemorni operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyingi davrda davolashdan iborat. Terapevt o‘t pufagidagi yallig‘lanish jarayoniga davo qilish bilan birga, umu¬miy mustahkamlaydigan terapiya ham tayinlaydi, zarurat bo‘l-ganda esa qo‘shni organlar va sistemalarga davo qiladi. Aksa-riyat, operatsiya ximiyaviy tarkibi, shakli va katta-kichikligi tur-licha konkrementlar bilan to‘lgan o‘t pufagini olib tashlashdan iborat. Operatsiya o‘t pufagi va o‘t yo‘llari kasalliklariga davo qilish bir zvenodangina iborat.
Parvarishi. Kasallikning zo‘rayib ketishi va qo‘zib qolishi oldini olishning asosiy choralaridan biri ovqatlanish rejimini tashkil etish va parhezga qat’iy rioya qilishdan iborat. Ayniqsa, o‘t-tosh kasali bor, buning ustiga yog‘ bosib ketgan odam xamir ovqatlar, pecheniy, tuxum bilan shakar qo‘shib qorilgan xamir-
dan tayyorlangan mahsulotlarni cheklab qo‘yishi kerak. Ov-qatni 4 soat oralab, oz-ozdan, tez-tez yeb borish o‘t pufagining vaqtida bo‘shalib turishiga yordam beradi. Odam o‘tirganda o‘t pufagining bo‘shalishi qiyinroq bo‘ladi, shu sababdan o‘t-tosh kasalligi bilan og‘rigan va o‘tirib ishlaydigan odamlarga tana vaziyatini o‘zgartirib turish bilan aloqador gimnastika mashg‘ulotlari, nafas mashg‘ulotlarini kun davomida bir necha marta takrorlab turish tavsiya etiladi.

emedic.uzdan olindi

Qayd etilgan