Iqtisod saboqlari yuzasidan fikr va mulohazalar!  ( 7686 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Abdullоh  11 Fevral 2009, 20:14:07

Assalomu alaykum aziz forumdoshlar. Bu mavzuni ochishdan maqsad: Forumda olib borilayotgan Iqtisod saboqlari yuzasidan o'z fikr va mulohazalaringizni, takliflaringizni va savollaringizni shu yerda bildirishingiz mumkin. Inshaalloh savollarga javob berishda astoydil harakat qilamiz.

P.S. Aziz forumning iqtisodchilari, jumladan T.Yusupov,AbdurRahmon, Usmon va boshqa iqtisodchilar(Uzr, noma-nom ayta olmadim, kimlar iqtsidochiligini bilmayman). Sizlardan bu mavzuni yuritishda va savollarga javob yozishda yordam so'rab qolaman.

Qayd etilgan


Muslim_4101  08 Mart 2009, 20:24:14

Assalom alaykum! Hammamizga malumki o'tkan yil global iqtisodiy inqiroz e'lon qilindi. Iqtisodiy portlash natijasida butun dunyoga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra iqtisodiy inqiroz katta davlatlarga o'z zararli tasirini ko'rsatdi masalan: AQsh, Rossiya va Qozoqiston shular jumlasidandir. Ko'p iqtisodchilar shu masala bo'yicha ko'p o'ylashdi, ko'p tadbirlar ham o'tkazishdi. Iqtisodiy global inqirozga nima sababchi bo'ldi? Hozirgacha ham o'z ta'sirini ko'rsatyapti, hattoki iqtisodiy jihatdan eng kuchli davlat Yaponiyaga ham inqiroz o'z ta'sirini ko'rsatdi. Men ko'p iqtisodchilar bilan suxbatda bo'lgan bo'lsam hech aniq bir javob ololmadim. lekin bir fikrga ega bo'ldim desam ham bo'ladi lekin ikkilanyapman (har xil gap so'zlar). Aziz iqtisodchilar sizlar nima deyaolasizlar, aniq nima sabab bo'ldi iqtisodiy inqirozga?  Fkirlaringiz uchun oldindan rahmat       

Qayd etilgan


ibnUyayna  09 Mart 2009, 11:44:39

muslim_4101
iqtsod haqida fikrlar  mavzuida sizga kerakli ma`lumotlar bor

Qayd etilgan