Assalamu alaykum wr wb.
Payg`ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) dedilar "Allohga qarz beringlar". Shunda Asxobi kiromdan bir "Yo Rasulluloh (s.a.v.) biz Allohga qanday qilib qarz beramiz". Rasullulohdan (s.a.v.) javob bo`ldi "Muhtojlarga yordam qilib". Va o`sha asxoblari uyiga kelib 600 tup xurmoli bog`ida o`tirgan xotiniga aytdi: "Yur, bu bog`ni men Allohga qarzga berdim". Xotinlari bilan narsalarini yig`ishtirib ketayotganini ko`rgan Rasulluloh (s.a.v.) yonlaridagi kishilarga aytdilar "Agar Jannatdagi eng katta bog` sohibini ko`rmoqchi bo`lsangiz buyoqqa qaranglar" dedilar. (Hadisni to`liq yozolmadim uzr. Rasulluloh (s.a.v.) ning asxoblarining ham ismlarini eslolmadim. Bu uchun sizlardan uzr, Allohdan mag`firat tilayman.)