Bo'ri-odam yili (hikoya). Stiven King  ( 5815 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  10 Iyul 2006, 18:58:50


Ehtimol, qaerlardadir osmonda to‘lin oy charaqlab turgandir, lekin bu yerda, kichkinagina Taker Millz shaharchasida, injiq yanvar havosi butun osmonni qalin qor pardasi bilan to‘sib tashlagandi. Izg‘irin shamol quturganicha bo‘m-bo‘sh ko‘cha bo‘ylab kezar, shaharning sariq rangli qor suradigan mashinalari allaqachon qalin qor ostida qolgandi.
«GS&WM» temir yo‘l kompaniyasi xodimi, egniga jun pidjak kiygan ozg‘in, uzun bo‘yli Arni Vestram labiga «Kemel» sigaretini qistirib olganicha asbob-uskunalar saqlanadigan omborda tunni o‘tkazayotgandi. Uning mashinasi yo‘lda buzilib qolgan va u tong otishini kutib, o‘zi bilan o‘zi qarta o‘ynab o‘tirardi. Tashqarida shamolning uvillashi kuchaydi. Vestram boshini ko‘tardi va quloq soldi, keyin yana qarta o‘yiniga berildi. Bu bor-yo‘g‘i bir shamol"¦

davomi >>>

Qayd etilgan