Qochqinlik poyoni (hikoya). Somerset Moem  ( 4697 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  10 Iyul 2006, 19:03:30


Kapitan bilan qo‘l siqishimdim, u omad tiladi. Keyin yo‘lovchilarga liq to‘la pastki palubaga tushib, turtina-surtina narvongacha yetib oldim. Kema bortiga qarasam, yuklarimni allaqachon chiqarishibdi. Hamma yoqda qo‘llarini silkitib, allanimalar haqida gap sotishayotgan shu yerlik odamlar. Menga ham joy topildi. Qirg‘oqdan uch milcha uzoqlashganimizda salqin shamol esa boshlagandi. Shaharga yaqinlashganimizda ko‘plab kakos daraxtlari-yu, ular orasidan ko‘rinib turgan kulrang tomlarga ko‘zim tushdi. Inglizchani biladigan xitoylik: mana, boshqaruvchining turarjoyi, deb ayvonli oq uyni ko‘rsatdi. Boshqaruvchining xabari bo‘lmasa-da, men aynan unikiga qo‘nmoqchi edim. Cho‘ntagimda uning nomiga bitilgan tavsiyanoma bor edi. Meni tushirib, chamadonlarimni sohilga qo‘yishganida bir muddat o‘zimni yakkalanib qolgandek his qildim. Dunyoning bir chekkasidagi joyga, Barneoning shimoliy qirg‘og‘idagi shaharchaga kelib qolgandim. O‘zimni mutlaqo begona odamga tanishtirishim, ulov kelib borar manzilimga jo‘nab ketgunimcha uning kulbasida tunashim, osh-ovqatiga sherik bo‘lishimni aytib, qo‘liga tashrif qog‘ozimni tutqazishimni ko‘z oldimga keltirib xijolat bo‘layotgandim.

davomi >>>

Qayd etilgan